ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

إظهار المزيد
5 144
المشتركون
-524 ساعات
-227 أيام
-5930 أيام
أرشيف المشاركات
Tepadagi aytilgan hujumlar haqida Frontendchi sifatida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, Angular dokumentatsiyasida yaxshi ma'lumotlar bor ekan 🌚 Yechimlari esa ishlatishga tayyor turibdi. Faqat Angularga o'tishingiz kerak 😄 Hazil, ammo ko'rishga arziydi. :) Link: https://angular.io/guide/security #maslahat @JoshDeveloper

CSRF hujumiga qarshi CSRF tokenlaridan foydalanish haqida komment yozibdilar Azizbek aka. That's a great approach tbh :) Hozir bu haqida yaxshilab ko'rib chiqdim. Tepada aytilgan maslahatni yoniga CSRF token qo'shishni ham qo'shib qo'ysak bo'lar ekan demak. Asosiysi, CSRF token'ni Localstorage yoki Cookie'ga solib qo'ymaslik 😄 Uni kod o'zida saqlash kerak ekan. Shunday biror mavzu ustida "discuss" qilib tursak bo'lar ekan. O'zim ham bir narsalar o'rganyapman mana 🌚 @JoshDeveloper

JWT'ni qayerda saqlash kerak ? 🤔 Bir qaraganda, shu ham savolmi deysiz. Ammo, yaxshilab qarasangiz 🔍🧐... Tokenni eslab qolish uchun albatta LocalStorage yoki Cookie deymiz. Ammo, "Security" tomondan qarasak, bu usullarda muommolar bor. Masalan, LocalStorage'ga XSS hujum orqali bemalol kirib olsa bo'ladi. Cookie ham shu qatorda tirjayib turibdi 😬🫤 Buni oldini olish uchun harxil usullarni maslahat berishgan. Ammo, men bilgan hammasida minuslari bor. Bitta ozgina xafvsizroq yo'li esa, "HttpOnly Cookie"lardan foydalanish. Bunda, "Hacker" akalar XSS orqali yuborgan skriptlari Cookie'ni o'qiy olmaydi. Yomon tomoni esa, o'zingiz ham o'qiy olmaysiz kodingizda 😄. Ammo, sizga o'qish shart emasligini hisobga olsak, shu usul ancha foydaliroq. But wait... Yana bir hujum turi bor ekan... CSRF Bularni hammasidan keyin, o'zim hozircha tavsiya qila oladiganim shuki, "HttpOnly Cookie"ga tokenlarni berib, o'zimiz buyoqda maksimal tarzda hujumlarni oldini olsak kifoya. LocalStorage ishlatishdan ham muommo yo'q, masalan LocalStorage'ga JWT, HttpOnly Cookie'ga esa Refresh token'ni bersangiz bo'ladi. Asosiysi hujumlarni oldini olishga e'tibor qaratish, sanitizer'lardan foydalanish va hkz. Qo'shimcha izohlaringiz bo'lsa bemalol. Post foydali bo'lsa, ulashishni unutmang. Chunki, bunday postlardan keyin kanalimizdan ko'pchilik chiqib ketadi. 😄 Og'irlik qilsa kerak 🤷‍♂️ #maslahat @JoshDeveloper

JWT(JSON Web Token)ni qayerda saqlaysiz va nega? Kommentda javoblaringizni kutaman. :) #sorovnoma @JoshDeveloper

Hozirda ko'proq loyiha arxitekturasi haqida va yo'nalishimdagi "Advanced" mavzular haqida yangi bilimlar olishga harakat qilyapman. Keyingi oydan mentor bilan C# .NET o'rganishni boshlashim kerak inshaaAlloh. Ammo hali ham tanlovda qiynalyapman. Java, Node yoki .NET tanlovlari bor. Mentorim va atrofimdagilar .NET dasturchilari va shuni tavsiya qilishyapti. Ammo, Java va Angular birgalikda ko'proq ishlatilgan ekan. indeed.com orqali qidirib ko'rdim buni. Node(+Nest.js) esa o'rganib ketishim uchun juda oson. Ammo, vakansiyalar jihatidan kamroq. Kanal a'zolarini fikri ham qiziq bu borada 🙂 Hozircha shu yangiliklar menda. #updates @JoshDeveloper

Yana bir ajoyib blog sayt ko'rib qoldim. "Nx Core" jamoasining blog sayti ekan. Ajoyib maqolalar yozilgan ekan. Ko'proq Nx, Angular, React va umumiy Frontendga maqolalar ko'p ekan. Vue'chilar xafa bo'lishmas a 😄 Link: blog.nrwl.io #maslahat @JoshDeveloper

JavaScript/TypeScript'da SOLID, DRY, KISS va UAS kabi prinsipllar uchun bir kichik videodars qilmoqchiman keyinroq inshaaAlloh. Nima deysiz ? Videoda yana shu mavzuga aloqador nimani yoritay ? UAS qanday prinsipl ekanligini bilasizmi ? Javobi 👇 Use Angular St***d 😂 Hazil edi bunisi 😄 #sorovnoma #joke @JoshDeveloper

Sardor og'amizni PHP kursini ulashmoqchi edim hazilimdan so'ng. Keyin bilsam, birinchi odobnoma darsini ko'rishi zarurlar bor ekan 😄 Ingliz tili ham. Ha mayli, Sardor og'a kurs chiqaribdilar. Juda ko'p muddatdan beri yozayotgan edilar kursni. Ancha yaxshi chiqqaniga ishonaman. Check it out: https://mohirdev.uz/kasblar/php/ #tavsiya @JoshDeveloper

joke so'zining ma'nosi hazil degani.

Bu PHP hech yo'qolmas ekanda... ☹️🙄 #joke #php @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Bilasizmi nega internetda, ijtimoi tarmoqlarda bema'ni hazillar, rasm va videolar ko'p? Chunki haridorlar shuni talabida. Biror yaxshi va foydali post chiqsa hech kimga ulashmaymiz, ammo be'mani, uyatsiz narsalar, yolg'on xabarlar chiqsa darrov tarqatib tashlaymiz. Mana shu sabablar orqali, internet qoralanadi. Ammo, uni qoralayotgan biz, o'zimiz uni qora rangga bo'yayapmiz. #tanqid @UmarSadullayev

Sayt xavfsizligini oshirish bo'yicha bilimlaringizni kuchaytirmoqchi bo'lsangiz, Content Security Policy haqida ham o'qib ko'ring. Link: web.dev/csp #maslahat @JoshDeveloper

Kompaniyamiz IT Park'ning Yashnoboddagi filialidan "Coworking" joylar olibdi bizga. Yakshanba kuni borgan edim. Juda ajoyib qilishibdi. Ammo, aholisining deyarli 90% qismi Musulmonlar ekanini ham hisobga olishsa bo'lar edi. Tahorat olishga sharoit yo'q ekan. Hech bo'lmasa dush qilib qo'yishsa ham bo'lar edi. Xodimlardan so'rasam, bilishmas ekan. Balki bordir, topa olmagandirman. Bugun C-Space Yunusobodga keldim. Tahorat uchun ham, namoz o'qish uchun ham alohida xonalari borligi uchun. Shu narsalarni hisobga oladigan insonlar bor bo'lishsin. Shunaqa gaplar...) @JoshDeveloper

Ishda bir vazifani qilayotganimda, yechimni topish va tushunib olish uchun chizgan chizmamni ko'rib, kulib yubordim 😄 O'sha
Ishda bir vazifani qilayotganimda, yechimni topish va tushunib olish uchun chizgan chizmamni ko'rib, kulib yubordim 😄 O'sha payti tushungan edim bu chizmaga lekin. 😄 @JoshDeveloper

Shu paytgacha qaysi chetel kompaniyaga ishchi sifatida kirgan bo'lsam, deyarli hammasida "Ishxona odob-axloq qoidalari" bor edi va ular bilan tanishib chiqish majburiy edi. Hammasini ichida pora berish haqida jiddiy qaytarmalar bor edi. Bo'lganda ham, oddiy yosh bola ham tushunadigan darajada chiroyli tushuntirilgan. Ha ular bu narsalarga(ishdagi odob-axloqqa) shunaqa jiddiy qarashar ekan. Bizdagi kompaniyalarda ko'p ishlamaganman. Ularda ham shunday "Onboarding" kurslar mavjudmi ? #tanqidQilmadimHali 😄 #kommentdaQilishyaptiTanqidni @JoshDeveloper

TypeScript 5 O'tgan oyda TS'ning yangi versiyasi e'lon qilindi. Yangi versiyada nimalar bor ? 🤔 Bu haqida batafsil, Microsoft'ning blog postida tanishishingiz mumkin. Marhamat: https://devblogs.microsoft.com/typescript/announcing-typescript-5-0/ #news @JoshDeveloper

Isroil va Falastinda bo'layotgan ishlari, Isroilni qilayotgan daxshatli jinoyatlari haqida hech ma'lumotga ega bo'lmagan Musulmonlarga uyat. #tanqid @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Ayni vaqtda Livan Isroilni raketalar bilan oʻqqa tutmoqda ekan.🌚 Hech hayotimda raketa uchsa hursand bo'laman deb o'ylamagandim. Batafsil: https://t.me/yolyolakayuz/28295?single Duoda bo'ling yaqinlarim. Alloh oson qilsin Musulmonlarga. @UmarSadullayev

O'zim kuzatib turadigan "Osmondagi bolalar" loyihasi ajoyib mehmonlar bilan o'z ishini yana davom etyapti. Bu safargi soni boshqa sonlaridanda qiziqarli va manfaatliroq bo'ladi degan umidda, siz azizlarga ulashyapman. Link: https://youtu.be/tvb1iNzqaLg #tavsiya @JoshDeveloper

Mana, shuncha xalqqa kerak bo'lgan sifatli kadrlarni, "hayp" qilib "IT"ga tiqib qo'yishgan... Eh shuncha turli xil mutaxassislar... #tanqid #hazil Ayniqsa "moldo'xtir"lar ham chiqarkan oramizda mana 😄 @JoshDeveloper