Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more4 803
Subscribers
-424 hours
-277 days
-1030 days
Posts Archive
Ko'pchilik "mock interview"lar to'xtab qoldi deyapti. Ulgurmayapman. Lekin quyidagi blogda tekin intervyular qilinyapti. Frontend bo'yicha foydali ma'lumotlar berilyapti ekan.
Marhamat: @Muhammadislom_Dev
#tavsiya
@JoshDeveloper
Aytgancha mashina narxini kelishtirib beramiz. Xaridor topib berganlarga 100$ sovg'a va mashina narxidan ham o'tib beramiz. Shunchaki sotib olayotgan odam sizdan kelganini aytsa bo'ldi.
#saqa #offTopic
@JoshDeveloper
Mana shu toychoqni sotmoqchiman. Yarim yilcha oldin 11.500$ ga olgandim. Ustiga 500$ cha rasxod qilganman.
Narxi 10.700$. Yana ustida kelishamiz. DTP bo’lmagan. Qirilgan joylari bor, to’g’irlashingiz uchun narxidan o’tib beraman.
Yurgan masofasi: ~32.800km
Yili: 2023
Rangi: Some kinda blue
Sotish maqsadi: Ijaradam chiqib, kengroq uy olmoqchiman. Pul kerak.
#car
@JoshDeveloper
+9
Kvartira sotiladi 🏢 (O’zimniki)
1/1/4 (2 xona qilingan)
Manzil: Toshkent shaxar, Mirzo Ulug’bek tumani, Axmad Yugnakiy mavzesi (Prezident qarorgohiga yaqin)
Maydoni: 38kv metr + 6kv podval
Xonalar soni: 1 (2 xona qilingan)
Holati: yaxshi
Yashashga tayyor!
Barcha mebel va texnikalari bor.
➕ “Тёплий пол” bor.
Narxi: 53.000$ (Biroz kelishiladi)
Kontakt(Telegram): @UmarSadullayev
(aniq qiziqayotganlar bilan telefonda keyin gaplashamiz)
Tarqating ✈️
#uy
Google'dan "Google Developer Expert'ning bir kuni" — deb nomlangan "Lego set" kelibdi 🎉
Biror kun bo'sh bo'lganda taxlab, shu postni kommentiga tashlab qo'yaman natijasini, Xudo xohlasa.
#google #gde
@JoshDeveloper
Sun'iy intellektdan foydalanishlaringiz juda ajoyib. Faqat nima yozib berganini ham bir tekshirib qo'yinglar :D
Bo'lmasa choy tugab qoladi, muommolar esa tugamaydi.
P.s: Post hazil ma'nosida yozildi. Avtorga va kompaniyaga hech qanday tanqidimiz yo'q.
#hazil
@JoshDeveloper
Mobil reklama bilan ishlaganda eng asabiylashtiradigan narsalardan biri — SDK update hech qachon shunchaki “update” emas.
Har safar nima bo‘ladi:
• Versiyani oshirasiz
• Nimalar o‘zgarganini tekshirasiz
• Konfiguratsiyani qayta ko‘rib chiqasiz
• Platformaga xos mayda detallar o‘tib ketmaganini tekshirasiz
Aks holda, keyin attribution yoki kampaniya natijalariga sezilmay ta’sir qiladi.
Shu sabab Yandex Mobile Ads SDK 8 dagi quyidagi 2 ta narsa e’tiborimni tortdi:
1. LLM agentlar uchun tayyor skill
SDK o‘zgarsa — agentlaringiz projectni o‘zi moslashtira oladi.
Manual ishlar ancha kamayadi.
2. SKAdNetwork avtomatik yangilanadi
Info.plist’dagi ID’lar doim aktual bo‘ladi.
Kampaniyalar qo‘shimcha harakatsiz to‘liq ishlaydi.
⸻
Bu katta “wow” feature’lar emas.
Lekin aynan shunaqa ko‘rinmas, lekin muhim yaxshilanishlar update jarayonini ancha yengillashtiradi.
atafsil — saytda.
Yangi relizlar haqida esa Yandex Ads Uzbekistan kanalida.
#reklama
@JoshDeveloper
Sun'iy intellektda katta ishlarni qildirishdi hech qachon Context ayamang. Qanchalik ko'p ma'lumot berolsangiz, shuncha bering. Bo'lmasa vaqtdan yutqazganingiz qoladi.
#tavsiya
@JoshDeveloper
“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tayotgan ekan yaqinda. Qiziqqanlar boringlar.
Link: https://t.me/gdgtashkent/2024
#hackaton
@JoshDeveloper
Mabrurni ham aksiyalari tushib ketibdi shekilli.
https://t.me/mabrur_dev/1737
#hazil
@JoshDeveloper
Claude Design chiqibdi 😄
Figma'ga og'ir kunlar kelyapti shekilli.
#claudeDesign
@JoshDeveloper
Tepadagi postga uylangan va farzandli odam sifatida fikrimni bildirsam.
Postda ochig'ini yozibdilar, zo'r. Sababi ko'pchilik kuyovni ilmini, salohiyatini, dinini emas, birinchi oyligini so'raydi.
Lekin uylanmaganlar bu masalada yagona maslahatim. Hozirgi oyligingizga emas, sizni salohiyatingizga qiziqadigan qizlar ham bor. Siz "target"ni o'sha qizlarga yoqing. Yaxshi qizlarni bunday postlar bilan topolmaysiz. Oila qurish oddiy narsa emas.
Agar qiziqishi daromad, qalin puli, dabdali to'y bo'lsa, hayotingiz uyga pul tashishdan ortmaydi.
Shu borada qizlar ham "filter"ni pul qilib qo'yib olishmasa yaxshi edi. O'zim to'yimni juda kichkina, 60-70 tacha erkak va 70-80 tacha ayol bilan o'tkazdim. Tepadagi akani mahrga beradigan pulini ustiga yana azgina qo'shsa butun to'yim o'tgan.
Sababi esa to'yni hech kimdan qarz olmasdan, faqat o'zim yig'ib, birovga og'irim tushmasdan qilishni xohladim. Xatto ayolim bilan kelishib mahr pulini ham to'ydan keyin pulim bo'lganda uzib yuborishga kelishganman. Alhamdulillah yaxshi yashayapmiz.
Eng boshidan bir-birini tushungan yoshlar umri davomida ham tushunadi, Xudo xohlasa.
#fikrim
@JoshDeveloper
Ana bo’lmasam
Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁
Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅
#hazil
@JoshDeveloper
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
