uz
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Kanalga Telegram’da o‘tish

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Ko'proq ko'rsatish
4 809
Obunachilar
+624 soatlar
-217 kunlar
+1030 kunlar
Postlar arxiv
Video xabar00:31

Ana bo’lmasam #joke @JoshDeveloper
Ana bo’lmasam #joke @JoshDeveloper

Sun'iy intellektdan foydalanishlaringiz juda ajoyib. Faqat nima yozib berganini ham bir tekshirib qo'yinglar :D Bo'lmasa choy
Sun'iy intellektdan foydalanishlaringiz juda ajoyib. Faqat nima yozib berganini ham bir tekshirib qo'yinglar :D Bo'lmasa choy tugab qoladi, muommolar esa tugamaydi. P.s: Post hazil ma'nosida yozildi. Avtorga va kompaniyaga hech qanday tanqidimiz yo'q. #hazil @JoshDeveloper

Mobil reklama bilan ishlaganda eng asabiylashtiradigan narsalardan biri — SDK update hech qachon shunchaki “update” emas. Har
Mobil reklama bilan ishlaganda eng asabiylashtiradigan narsalardan biri — SDK update hech qachon shunchaki “update” emas. Har safar nima bo‘ladi: • Versiyani oshirasiz • Nimalar o‘zgarganini tekshirasiz • Konfiguratsiyani qayta ko‘rib chiqasiz • Platformaga xos mayda detallar o‘tib ketmaganini tekshirasiz Aks holda, keyin attribution yoki kampaniya natijalariga sezilmay ta’sir qiladi. Shu sabab Yandex Mobile Ads SDK 8 dagi quyidagi 2 ta narsa e’tiborimni tortdi: 1. LLM agentlar uchun tayyor skill SDK o‘zgarsa — agentlaringiz projectni o‘zi moslashtira oladi. Manual ishlar ancha kamayadi. 2. SKAdNetwork avtomatik yangilanadi Info.plist’dagi ID’lar doim aktual bo‘ladi. Kampaniyalar qo‘shimcha harakatsiz to‘liq ishlaydi. ⸻ Bu katta “wow” feature’lar emas. Lekin aynan shunaqa ko‘rinmas, lekin muhim yaxshilanishlar update jarayonini ancha yengillashtiradi. atafsil — saytda. Yangi relizlar haqida esa Yandex Ads Uzbekistan kanalida. #reklama @JoshDeveloper

Sun'iy intellektda katta ishlarni qildirishdi hech qachon Context ayamang. Qanchalik ko'p ma'lumot berolsangiz, shuncha bering. Bo'lmasa vaqtdan yutqazganingiz qoladi. #tavsiya @JoshDeveloper

Rasmga izoh sizdan! #fikr @JoshDeveloper
Rasmga izoh sizdan! #fikr @JoshDeveloper

“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tayotgan ekan yaqinda. Qiziqqanlar boringlar. Link: https://t.me/gdgtashkent/2024 #hackaton @JoshDeveloper

Mabrurni ham aksiyalari tushib ketibdi shekilli. https://t.me/mabrur_dev/1737 #hazil @JoshDeveloper

Claude Design chiqibdi 😄 Figma'ga og'ir kunlar kelyapti shekilli. #claudeDesign @JoshDeveloper

Tepadagi postga uylangan va farzandli odam sifatida fikrimni bildirsam. Postda ochig'ini yozibdilar, zo'r. Sababi ko'pchilik kuyovni ilmini, salohiyatini, dinini emas, birinchi oyligini so'raydi. Lekin uylanmaganlar bu masalada yagona maslahatim. Hozirgi oyligingizga emas, sizni salohiyatingizga qiziqadigan qizlar ham bor. Siz "target"ni o'sha qizlarga yoqing. Yaxshi qizlarni bunday postlar bilan topolmaysiz. Oila qurish oddiy narsa emas. Agar qiziqishi daromad, qalin puli, dabdali to'y bo'lsa, hayotingiz uyga pul tashishdan ortmaydi. Shu borada qizlar ham "filter"ni pul qilib qo'yib olishmasa yaxshi edi. O'zim to'yimni juda kichkina, 60-70 tacha erkak va 70-80 tacha ayol bilan o'tkazdim. Tepadagi akani mahrga beradigan pulini ustiga yana azgina qo'shsa butun to'yim o'tgan. Sababi esa to'yni hech kimdan qarz olmasdan, faqat o'zim yig'ib, birovga og'irim tushmasdan qilishni xohladim. Xatto ayolim bilan kelishib mahr pulini ham to'ydan keyin pulim bo'lganda uzib yuborishga kelishganman. Alhamdulillah yaxshi yashayapmiz. Eng boshidan bir-birini tushungan yoshlar umri davomida ham tushunadi, Xudo xohlasa. #fikrim @JoshDeveloper

Ana bo’lmasam Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁 Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marh
Ana bo’lmasam Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁 Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅 #hazil @JoshDeveloper

"UzGeeks Conf 2026" bo'layotgan ekan. Barchani taklif qilaman: https://t.me/UzGeeksCommunity/812 #uzGeeks @JoshDeveloper

record.ogg18.95 MB

Bo'shman. Savollaringiz bormi? "Ask me anything" qilamiz, Xudo xohlasa. Soat 21:00 da boshlaymiz. Savollaringizni shu post tagiga yozib qoldiring.

Ana bo'lmasam, Saud aka 1 tonna kitob ehson qilmoqchi. Sharti ham oson. "Agar shart bajarilsa 200 ta kitobni kanalimizdagilarga tarqatarmush" — deb yaxshi niyat qilyapman 😄 https://t.me/saudabdulwahed/4213 #kitob @JoshDeveloper

"Claude Architecture Certificate" olganlar bormi? Qanday bo'ldi savollar? Olmoqchi bo'lganlarga tavsiyalaringiz bo'lsa yozing. Yana kim olmoqchi bo'lyapti? #claudeArchitectureCertificate @JoshDeveloper

Katta feature'larni AI orqali qanday samarali qilish mumkin? Aslida har xil usuli bor, o'zim ham doim ham bu qadamlarga amal qilmayman. Lekin, quyidagi qadamlar orqali o'zingizga yangicha usullarni bilib olsangiz bo'ladi. 1. Biznes va texnik talablarni juda aniq qilib yozib oling, yoki AI'ga yozdiring va review qiling. 2. Fayl ichiga E2E testlarga o'xshash, to'liq jarayonlarni yozsangiz ham bo'ladi. (Masalan, if user selects tree item, item gets selected, show loading until table fetches new data for this item) 2. Fayl tayyor bo'lgandan so'ng, "Feature chunk"larni yozdirib oling. Ya'ni, feature to'liq tugaguncha bo'lgan qadamlar. Masalan, feature 3-4 ta asosiy qismlardan iborat bo'lsa, har biri alohida qadam. 3. Endi, har bir qadam uchun to'liq talablarni yozib, Prompt yozsangiz bo'ladi. Bir qadamni tugatmasdan keyingisiga o'tmang. Tugagan qadamlar uchun kichik fayl ochib, keyingi qadam uchun kerakli ma'lumotlarni yozing va yangi "context" ochib keyingi qadamga o'ting. #feature #coding #ai @JoshDeveloper

Codex manga yoqdi. Ancha aqlli va tez ekan. #codex @JoshDeveloper