fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

نمایش بیشتر
5 109
مشترکین
-924 ساعت
-287 روز
-12730 روز
آرشیو پست ها
Oxirgi kunlarda davlat xizmatlariga ko'p ishim tushdi. Notarius, banklar va hokazo. 90% holatda dasturda xatolik bilan ishimiz kechikdi, rad qilindi va hokazo. Rosa alam qilarkan. Bunday jiddiy joylarda loyihalar ham jiddiy qaralishi kerak. Hali ishlashi shunaqa ahvol bo'lsa, xavfsizligi qanchalik ekan? Sababini ham bilaman buni, siz ham bilasiz. #loyiha @UmarSadullayev

Ko'tarilib ketsam, "5 yulduzcha edi shu bolaga yozish" demanglar deb oldindan oshirib qo'ydim. #hazil @UmarSadullayev

Backend dasturchimizga Claude orqali savollar va xatoliklar yuzasidan fayl tashlab berdim. Backend'chi agentiga o'qitdi, to'g'irlatdi va manga boshqa fayl qaytardi. Man esa u faylni olib Claude'ga tashladim. Ana bo'lmasam. #ai @UmarSadullayev

🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dastu
🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz! Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz. Dasturda: — dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar; — real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle; — rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating; — yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar. Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi. 📅 26-sentabr, 12:00 📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz. ➡️ Ariza topshirish

Mana bu yaxshi yangilik bo'libdi. #youtube @UmarSadullayev
Mana bu yaxshi yangilik bo'libdi. #youtube @UmarSadullayev

Claude Opus 5.5 chiqibdi. Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i. Bataf
Claude Opus 5.5 chiqibdi. Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i. Batafsil #claude @UmarSadullayev

Hozirgi "workflow" ko'rinishi. Sal xira bo'lib qoldi. Buyerda deyarli har bir qadam uchun alohida rollar bor. Plan uchun aloh
Hozirgi "workflow" ko'rinishi. Sal xira bo'lib qoldi. Buyerda deyarli har bir qadam uchun alohida rollar bor. Plan uchun alohida, arxitektura uchun alohida va hokazo. Hozir "Jira ticket"ga link tashlab choy ichib o'tiradigan paytga kelib qoldik. Bundan keyingi qadamlar "PR" ochish va pipeline tekshirish bilan bog'liq, ularni hali to'liq qo'shmadim. #aiWorkflow @UmarSadullayev

Loyihamizga to‘liq “Agentic Workflow” joriy qilganimizdan keyin 3 oylik natijalarni oldingi 3 oy bilan solishtirdik. Natija: ~26% ko‘proq ish bajarilgan. 📈 Qizig'i — jamoada 1 ta dasturchi kam bo‘lgan holatda. (Lay-off sabab 😢😅) Loyiha katta Enterprise loyiha bo'lgani sabab ko'rsatkichlar haddan tashqari katta emas. Lekin biznes uchun katta natija shu ham. #ai @UmarSadullayev

Codex'da limit ancha tez keladigan bo'lib qolganmi? Sezyapsizlarmi? #codex @UmarSadullayev

HTTP Query metodi chiqibdi, xabarsiz qolibman. Iyunda chiqqan ekan. Ishlatib ko'rganlar bormi? Biz "complex filter"lar uchun asosan "POST" ishlatar edik. Endilikda bunday holatlar uchun HTTP Query metodini ham ishlatsa bo'lar ekan. Hozircha "production" uchun tavsiya bermayman. Batafsil #httpQuery @UmarSadullayev

Kim AyTi'dan tashqari nima ish qilyapti? #savol @UmarSadullayev

💭 Taak, savol aniq: Junior'lar ishga olinmasa kelajakda Senior'lar qayerdan paydo bo'ladi? Shu va shu kabi muhim mavzular bilan Gorgona AI jamoasi "Oyna" deb nomlangan yangi podkastlar seriyasini boshlabdi. ℹ️ Birinchi mehmon esa ALPHA ta’lim platformasi hammuassisi Alisher Jumaniyozov Shunaqa sifatli va foydali suhbatlar ko‘payishi tarafdoriman. Vaqtingiz bo‘lsa, suhbatni ochib ko‘rishni tavsiya qilaman. ✅ Suhbatda O'zbekcha subtitrlar ham mavjud. 👉 📹 YouTube’da tomosha qilish #reklama @UmarSadullayev

Ishxonangizda Juniorlar ishga olinyaptimi?
Anonymous voting

Ishxonangizda Junior’lar ishga olinyaptimi?
Anonymous voting

Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayotgan ekanlar. Hozir aktiv "development" jarayonida. Kimga qiziq bo'lsa marhamat. https://t.me/farrukhme/145 #cs2 @UmarSadullayev

To'ydan.apk ☠️ Kontaktlarimdan biri yuboribdi. Oxiri qani ichida nima bor ekan deb, Claude'ga "reverse engineering" qildirdim
To'ydan.apk ☠️ Kontaktlarimdan biri yuboribdi. Oxiri qani ichida nima bor ekan deb, Claude'ga "reverse engineering" qildirdim. Dasturlarini o'rnatib olgandan keyin, rasmdagi ishlarni qilishar ekan. Raqamingizni aniqlash uchun USSD xabarlar, SMS'larni ilib olish, pul yechilganda bank dasturlarini xabarlarini yashirib turish va hokazo. Xaromxo'rlar yaxshi o'ylashibdi lekin :D #hack @UmarSadullayev

Agar siz talaba bo‘lsangiz va backend yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz, men bu imkoniyatni aslo e’tiborsiz qoldirmas edi
+1
Agar siz talaba bo‘lsangiz va backend yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz, men bu imkoniyatni aslo e’tiborsiz qoldirmas edim. Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga ishtirokchilarni qabul qilmoqda. Uch hafta davomida 10 oktyabrdan 31 oktyabrgacha – dastur Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Dasturda backend, algoritmlar va AI yo‘nalishlari o‘rgatiladi. Lekin men uchun bu yerda yanada qiziqarli jihat bor. Ishtirokchilar Yandex muhandislari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi. Eng yaxshi ishtirokchilar esa amaliyotga qabul uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ya’ni bu shunchaki sertifikat olish mumkin bo‘lgan navbatdagi kurs emas. O‘zingizni kompaniyaga ko‘rsatish uchun ham imkoniyat bor. Shu bilan birga, dasturga kirish talabi ham unchalik yuqori emas. U asosan IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda bitirganlar uchun mo‘ljallangan. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q. Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi. Agar siz O‘zbekistonning boshqa hududidan bo‘lsangiz, saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi Yandex tomonidan qoplanadi. 🤩 Va ha, ishtirok — bepul. 👉 Ariza topshirishning oxirgi muddati — 30 sentyabr. Ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak. Agar backend yo‘nalishida o‘zingizni sinab ko‘rish haqida anchadan beri o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, boshlash uchun ayni vaqt. @UmarSadullayev

Ana bo’lmasam #sher @UmarSadullayev

Kompaniyalarga taklif Bir martalik oldindan to‘lov evaziga kompaniyalarga 6–12 oylik hamkorlik taklif qilaman. Nimalarda foydali bo‘la olaman: 1. Frontend Team Lead — yarim stavkada 2. Jamoaga AI integratsiya qilish va AI’dan samarali foydalanishni o‘rgatish 3. Bloglarimda kompaniya reklamasi — uzoq muddatli ambassadorlik 4. Frontend, AI va IT yo‘nalishidagi boshqa xizmatlar Nega aynan bir martalik to‘lov? Hozir uy olish arafasidaman va bizga mos variantlarga taxminan $5–10 ming yetmayapti. Shu sabab, balki mening tajribam va auditoriyam kompaniyangizga foydali bo‘lar, evaziga esa uzoq muddatli xizmat uchun to‘lovni oldindan kelisharmiz, degan fikrda ushbu postni yozyapman. Qiziq bo‘lsa, taklif bilan shaxsiyga yozishingiz mumkin. Shartlarni individual kelishamiz. Bog’lanish: @umar_sadullayev #taklif @UmarSadullayev