cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Show more
Uzbekistan6 156The language is not specifiedEducation12 109
Advertising posts
12 386
Subscribers
-1124 hours
-927 days
-57930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin edi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Show all...
Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

#RASMAN Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Show all...
Sen ketmon bilan beliga solasan, men o'roq bilan oyog'iga
Show all...
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Chet tilidan ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi ✅ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan chet tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Ushbu yangi format aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ⚡️💻 Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin. ⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha. Test sinovi narxi: 25 000 so‘m. To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha. 📱 @bba_ilmiy_markaz https://t.me/TalabaUz/11351 📞 (95) 507-70-72 📞(95) 515-68-68 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Show all...

Pinhona berguvchi qo‘llar, qayerdasiz? TOJIBOYEVA GULNOZA 8 yoshda. 1-guruh nogironi. Qizaloq oqqon kasali bilan muntazam davolanib kelmoqda. Karta raqami (Uzcard): Mikrokreditbank 8600050424878447 Suyunov Akmal ☎️ +998991740486 Bolakay sog‘ayib ketishi uchun uning ota-onasi saxovatpesha insonlarning yordamiga muhtoj. Dori-darmonlar narxi oila uchun ancha qimmatlik qilayapti.
Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir.
(Rohman, 60)
Show all...
Vatanim meni 🫠 😀 Do'stlaringizga ulashing👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
Show all...
⚡️5 yil staji bor oʻrta maxsus darajadagi xotin-qizlar diqqatiga! Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan. Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.
Show all...
⚡️ Bugun soat 21:00da  dvprogram.state.gov saytida green-card natijalari e’lon qilinadi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Show all...

❗️TATU va TDIU talabalari qotillikka qo’l urayotganida qo’lga olingan Toshkent axborot va texnologiya universiteti talabasi Z.M. hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-bosqich talabasi D.M.lar tomonidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududida haydovchisining joniga qasd qilishga urinayotganda qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 27-aprel kuni soat 23:30 larda 20 yoshli TATU talabasi Z.M. va 18 yoshli TDIU talabasi D.M. qasddan odam o‘ldirish va o‘zganing mulkini egallash maqsadida oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Toshkent shahridagi metro bekatlardan birining oldida ilova orqali taksiga buyurtma bergan. Shunda ularning chaqiruviga asosan 56 yoshli Ch.A. Jentra mashinasi bilan yetib kelgan. Yigitlar oldindan tuzilgan rejaga muvofiq taksini Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li orqali Yangiyo‘l tumani hududiga yo‘naltirgan. Taxminan soat 01:00 lardaChamanzor” MFY hududiga yetib kelib, tokzor ichiga kirgach, yigitlar mashinani to‘xtatgan. Z.M. haydovchining qo‘llaridan ushlab, orqa o‘rindiqda o‘tirgan D.M. esa oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin qismiga urib, uni bo‘g‘a boshlaydi. Shu payt tuman IIB tungi navbatchilik guruhining to‘rt nafar a’zosi kelib qoladi va yigitlar qo‘lga olinadi. Dastlabki surishtiruvda Z.M. Toshkent axborot va texnologiya universiteti, D.M. esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-bosqich talabalari ekani aniqlangan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan ayblov e’lon qilingan. Yigitlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. ✅Do'stlaringizga ulashing👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
Show all...