cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
13 762
Suscriptores
-1224 horas
-517 días
+1 76130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Yoshlar ishlari agentligi va EDU-ACTION hamkorligidagi mega loyiha “MEGA IELTS SHOW” videosi chiqdi. https://youtu.be/6_fvLa2ilrU?si=0_6JPvEANt4Q6mhz 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
MEGA IELTS SHOW | 2024

Yoshlar ishlari agentligi va EDU-ACTION test markazi hamkorligida MEGA loyiha ✅ O'zbekistondagi IELTS o'rganuvchilari, tadbirkorlikka qiziqayotgan, xalqaro universitetlarda o'qishni istagan yoshlar uchun ilk bor 5-iyun kuni Xalqlar do'stligi san'at saroyida MEGA IELTS SHOW tashkil etildi. 🤍 Chiptalar sotuvidan tushgan barcha mablag' imkoniyati cheklangan yoshlarning ta'lim olishiga yo'naltirildi 〽️ Expertlar: — Bekzod Mirakhmedov — Barno Mukimova — Shoxrux Olimov — Barno Askarova — Umidjon Ishmukhamedov — Hasan Mamasaidov — Khurshid Urokov — Alisher Sadullayev — Rustam Koriev 〽️ Boshlovchi va san'atkorlar: — Mirshakar Fayzullayev — Nilufar Sotiboldieva — Konsta 💬 (

https://t.me/+ZrqHnNmMFzdmYWEy)

Tadbir haqidagi fikrlaringizni izholarda biz bilan bo'lishing va do'stlaringizni ham ushbu treningni ko'rishga taklif qiling! BARCHANGIZGA KATTAKON RAHMAT TIMECODE: 00:00 - Intro ___ Edu-Action Exams Centre Telegram:

https://t.me/examsuz

Instagram:

https://instagram.com/examsuz

Website:

https://exams.uz

Phone: 71 230-01-03 ___ Telegram:

https://t.me/edu_exams

Instagram:

https://instagram.com/edu_exams

Website:

https://edu-action.uk

Phone: 71 230-01-03

Qadrli abituriyentlarga ESLATMA! ⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomani ikki xil shaklda yuklab olish mumkin Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashadigan abituriyentlar uchun ham alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi. Unda kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan. Ruxsatnomani quyidagi ikki xil shaklda: ➖har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan (1-rasm); ➖yoki abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamga yuborilgan SMS xabardagi havola orqali (2-rasm) yuklab olish mumkin. Shu o‘rinda abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi. Eslatma: imtihonlar respublika bo‘yicha belgilangan grafik asosida 19-iyulga qadar (shu kuni ham) 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Magistratura uchun kvotalar qachon e’lon qilinadi? Magistratura uchun qabul boshlanganiga 9 kun bo‘ldi. Bugungacha 7 ming 300 dan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. Lekin haligacha kvotalar ma’lum emas. Shuning uchun ham haligacha tizimda birorta ariza qabul qilinmay turibdi. Bakalavriatda tarixda ilk marta kvotalarni e’lon qilmasdan, qabulni yakunladik. Hademay kvotasiz testlarni ham boshlasak kerak. Bu holatga "Joriy yilda faqat fan tanlandi" deb bahona ham qildik, mayli. Ammo magistratura-chi? U yerda qabul tizimi o‘zgargani yo‘q-ku. Qanaqa qilib kvotani bilmasdan hujjat topshirish mumkin? Nahotki bu haqda o‘ylamaysizlar? Bunaqasi avval bo‘lmagandi. Kechikish bo‘yicha yangi darajaga chiqildi. Yildan yilga ahvol yaxshilanish o‘rniga, faqat orqaga ketyapti. Keyingi yillar qanaqa bo‘larkin, odam o‘ylasa qo‘rqib ketadi. ✍️ Xushnudbek 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
01:01
Video unavailableShow in Telegram
"O‘g‘lim Selxoz institutini tamomlagan" 😁 Selxozni bitirgan tanishlarga yuborib qo‘yamiz! 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
3.83 MB
Oʻqishni koʻchirish tartibi oʻzgarmagan, chalgʻituvchi videoxabarlarga ishonmang! Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar oʻqishini nodavlat (xorijiy/xususiy) oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining noturdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish boʻyicha alohida yangi tartib chiqqan deya fuqarolarni chalgʻituvchi videoxabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi... 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
Oʻqishni koʻchirish tartibi oʻzgarmagan, chalgʻituvchi videoxabarlarga ishonmang!

Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar oʻqishini nodavlat (xorijiy/xususiy) oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining noturdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish boʻyicha alohida yangi tartib chiqqan deya fuqarolarni chalgʻituvchi videoxabarlar tarqalmoqda.

02:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional  ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 😀 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
📝O‘qishni ko‘chirish tartibi qanday? 1️⃣ Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi: ➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda; ➖ davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida). ❌ Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi. 2️⃣ Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”): ➖ mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi. ➖ o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi. ❌ mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi. mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin. Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uzrespublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.dtm.uz xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan. 🔚 Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Kerakli hujjatlar: • ariza (onlayn tarzda) • transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli) • akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
Diplomni ochiqchasiga sotadigan o’nlab universitetlar borligini hamma biladi. Bugun bittasini egalari bilan gaplashib qoldim. Viloyatda 50 ming dollar bilan bir necha yil oldin universitet ochishgan. Hozirgi sof foydasi 5 million dollar atrofida ekan. 3-4 yil ichida 100 barobar foydaga kirgan. Manimcha Apple yoki Tesla ham bunaqa natija ko’rsatolmagan. Bekzod Zakirov 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
⚡️ C1 darajadagi til sertifikatini olgan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra: ➖ imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishidan tashqari o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; ➖ 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi. ✅ 2024–2026 yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.