cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
13 822
Obunachilar
-1224 soatlar
-617 kunlar
+1 74630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi. 📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146: 🔹IQ — 1.1*20 =22; 🔸1-fan — 3.1*20=62; 🔹2-fan — 3.1*20=62. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Testga nimalar olib kirish mumkin? shaxsni tasdiqlovchi hujjat; abituriyent ruxsatnomasi; kepka yoki panama; oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas); optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas); pul; dastroʻmol; kalit. 🚫 Quyidagilar mumkin emas: telefon yoki boshqa elektron qurilmalar; shpargalka, kalkulyator; va h.k. ruchka (ichkarida beriladi); suv (ichkarida beriladi); qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi); Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi); mashina pulti (kirish postida qoldiriladi). Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling ↗️ 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi 🔠 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 🗣 Platformaga: ➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari; ➖ 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi. ✅ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 332 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda. Talabalar safiga qo’shiling! ↗️ 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing! Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma. Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi. ☝️ Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut: Hech qachon vaqtim yoʻq dema! – Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas. Hech qachon eslab qololmayman dema! — Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir. Hech qachon tushunmayman dema! — Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan. Talabalar safiga qo’shiling! ↗️ 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASIni saqlab qo'ying! 🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang! ❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang; ❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato; ❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas; ❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi ❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi. ❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi! Boshqalarga ham tarqating!↗️ 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Abituriyent imtihonga formada borishi kerakmi? Roʻmol mumkinmi ? Imtihon uchun aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin. 🧕 Masalan, imtihonga qizlar ro'molda borishiga ham hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas! Oldingi yillardagi imtihonlarda ham qizlar ro'mol bilan imtihonda qatnashishgan. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda. Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi. Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi. Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz. Shavkat Mirziyoyev 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi. Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi. Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi. Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.