cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Бухоро АОКБ | Расмий канал

Мурожаатлар учун махсус бот : @buxorooakb_bot

Show more
Advertising posts
4 123Subscribers
-1424 hours
-1067 days
-53430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

* Лаҳза сурати Бунча сеҳргарсан, эй кўҳна дунё, Минг бир маъно туйдим ҳар амалингдан. Бир дамга ёшардим минг шодлигингдан, Минг йилга қаридим битта ғамингдан. Сулаймон ШОДИЕВ
Show all...
Конституциянинг аудио китоби яратилди [0] https://m.aniq.uz/yangiliklar/konstitusiyaning-audio-kitobi-yaratildi
Show all...
Конституциянинг аудио китоби яратилди

Имконияти чекланган юртдошларимизнинг ҳуқуқий саводхонлик ва маданиятини юксалтириш борасида салмоқли ишлар амалга оширилмоқда.

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI BARCHA XARIDORLARGA ESLATIB O‘TADI! Hurmatli fuqarolar! Savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlarida xaridingiz uchun sotuvchilardan QR-kodli xarid chekini olishni unutmang. XO‘SH, XARID CHEKI NIMA UCHUN ZARUR?
Birinchidan, xarid chekini talab qilish orqali soliqlarning davlat byudjetiga to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta’minlashga hamda shu orqali esa yurtimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shasiz. Ikkinchidan, xarid cheki huquqingizni poymol qilinishini oldini oladi. Uchinchidan, QR-kodli xarid chekini
“Soliq.uz” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazib 1 foiz miqdorida keshbekka ega bo‘lasiz. Chek berilmasligi holatiga duch kelsangiz Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llashingiz mumkin. Тelegram | Facebook|Instagram
Show all...
📌 «Шаҳрисабз — Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти» халқаро тадбирлари тафсилотлари ⏺Бугун, 26 апрель куни Иқтисодий Ҳамкорлик Ташкилотининг Туризм бўйича Маслаҳатлашув кенгашини ташкил этиш мақсадида ташкилот бош котибияти ва ташкилотга аъзо давлатлар расмийлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди. Ушбу ташаббус Президент Шавкат Мирзиёев томонидан Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 16-саммити доирасида илгари сурилган ва ташаббус ИҲТга аъзо барча давлатлар раҳбарлари томонидан қўллаб-қувватланган эди. 〰️〰️〰️〰️〰️ ⏺Бугунги маслаҳатлашувларда расмийлар Туризм бўйича Маслаҳатлашув кенгаши ташкил этилишининг аҳамияти ва унинг доирасида амалга ошириладиган кўп томонлама манфаатли лойиҳаларни муҳокама қилишди.  Шунингдек, ушбу халқаро тадбир доирасида «Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти ҳудудида чегарасиз туризм» мавзусида сайёҳлик форуми бўлиб ўтди.   Тадбирда ИҲТга аъзо давлатлар, жумладан, Покистон, Эрон, Туркия, Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистон делегациялари раҳбарлари ва юқори мартабали меҳмонлар иштирок этдилар.  Форум якунида ИҲТга аъзо давлатлар келишуви билан Ўзбекистон ҳамда ИҲТ ташаббуслари асосида Шаҳрисабз декларацияси қабул қилинди. 〰️〰️〰️〰️〰️ Шаҳрисабз Иқтисодий Ҳамкорлик Ташкилотининг 2024 йилдаги туризм пойтахтига айланди. Бу ҳақдаги махсус сертификатни ИҲТ Бош котиби Ҳусрав Нозирий Шаҳрисабз ҳокими Шерзод Бўриевга топширди. Тадбир ИҲТга аъзо мамлакатлар ёш дизайнерлари иштирокида «Modest fashion show» ва саҳналаштирилган маданий концерт дастури билан якунланди. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Show all...
#Haj_2024 #Muhim_eslatma FIRIBGARLARGA ALDANMANG YOXUD HAJ SAFARI TOʻGʻRISIDA MUHIM ESLATMA❗️ ⚡️ Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yoʻq! 🔺 Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart. Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga koʻra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.
🟥 Unutmang! Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan, shunday ekan, ayrimlarning Oʻzbekiston orqali Haj safariga joʻnatamiz, degan aldovlariga uchmang! Ular fuqarolarimizni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinishmoqda. Bu esa, qonuniy asosga ega boʻlmagan va haj tashkil etishga vakolati yoʻq kimsalarning urinishidir. Kezi kelganda aytib oʻtish kerak-ki, bu kabi xatti-harakatlar Saudiya Arabistoni Podshohligi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʼiy chora koʻrilishiga sabab boʻladi.
📃 Avval xabar berganimizdek, muborak safarlarga noqonuniy yoʻllar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi. ❇️ Maʼlumot uchun, birgina 2022-2023-yillardagi Haj masumida Oʻzbekiston fuqarolari turistik, biznes va boshqa vizalar orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj amallari bajariladigan hududlarga kira olmaganlar. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya va boshqa davlatlar orqali kelgan minglab fuqarolarimiz esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Ular Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan. Xususan, 2023-yilda butun dunyodan 150 mingdan ortiq shaxslar ushlanib jarimaga tortilgan va deportatsiya qilingan. ✅ Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yurtimizda “Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur hujjatga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. “Haj” faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi. ❗️Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang! 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Таъзия Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси жамоаси "Бухоронома" ва "Бухарский вестник" газеталари бош муҳаррири, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими раҳбари Шодмон Сулаймонга онаси Муслима аянинг  вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдиради. Жаноза намози бугун, 27 апрель куни соат 14:00 да Шофиркон тумани, "Арабхона" маҳалла фуқаролар йиғини, Арабхона қишлоғида ўқилади. Яқинларига сабр тилаймиз. Онахоннинг охиратлари обод, жойлари жаннатда бўлсин! @buxoroaokb
Show all...
#туғилган_кун Бугун Ўзбекистон  халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун Кўҳна толбешикдан Бошланган олам. Сенга иддаолар Қилмай севаман. Бир куни синглим, деб, Бир куни онам — Ватан, Кимлигингни Билмай севаман! ✍️Муҳаммад Юсуф 🎙Наргиза Қувончева @buxoroaokb
Show all...
Axborot 24 | DXX kubogi musobaqalariga start berildi #24apr #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Show all...
#коррупцияга_қаршимиз Бухоро вилоят ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармасида Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги масъул ходимлари иштирокида “Давлат фуқаролик хизматида коррупцияни олдини олишнинг превентив механизмлари” мавзусида давра суҳбати ўтказилди. Давра суҳбатида масъуллар томонидан Kоррупцияга қарши курашишдаги асосий ҳужжатлар, коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат сиёсатининг асосий йўналишлари, коррупцияга қарши курашишнинг асосий принциплари, коррупцияга қарши курашиш бўйича фаолиятни бевосита амалга оширувчи давлат органлари, коррупция, манфаатлар тўқнашуви, совға нималиги мисоллар ва хориж тажрибаси, ҳуқуқий асослари билан тушунтириб берилди. Шунингдек,мамлактимизда коррупциянинг олдини олиш ва унга қарши муросасиз кураш олиб борилаётгани, бу борада тизимда амалга оширилаётган вазифаларга алоҳида тўхталиб ўтилди. Жамиятда коррупциянинг олди олиниши учун, унга қарши курашни ҳар бир меҳнат жамоаси аввало ўзидан бошлаши кераклиги тушунтирилди. @buxoroaokb
Show all...
#BuxDU_yangiliklari #Forum Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) ishtirokida 2024-yil 26-27-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalari” I-Respublika forumi o'tkaziladi Ikki kun davom etadigan ushbu forum Buxoro davlat universiteti tomonidan Buxoro davlat universitetida tashkil etiladi. “Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalari” mavzusidagi I-Respublika forumida Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) ishtirok etadi. Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari Yalpi majlisdagi ishtirokchilarning maʼruzalari va taʼlim sohalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi soha kengashlarining muhokamalari bo’lib o’tadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Show all...