cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining rasmiy telegram kanali Web-site: https://taplink.cc/dinqumita Manzil: Toshkent sh, A.Navoiy-12. 100011 Call center: 71 200 58 88 E-mail: [email protected]

Show more
Advertising posts
10 642Subscribers
+3624 hours
-327 days
-37430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Jaholatga_qarshi_marifat 📍Ayni kunlarda Toshkent viloyati bo’ylab keng ko’lamli targ’ibot tadbirlari davom etmoqda.
🎬 Quyidagi lavhada Angren shahrida bo’lib o’tgan tadbir haqida so’z yuritiladi.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Haj_2024 #Muhim_eslatma FIRIBGARLARGA ALDANMANG YOXUD HAJ SAFARI TOʻGʻRISIDA MUHIM ESLATMA❗️ ⚡️ Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yoʻq! 🔺 Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart. Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga koʻra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.
🟥 Unutmang! Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan, shunday ekan, ayrimlarning Oʻzbekiston orqali Haj safariga joʻnatamiz, degan aldovlariga uchmang! Ular fuqarolarimizni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinishmoqda. Bu esa, qonuniy asosga ega boʻlmagan va haj tashkil etishga vakolati yoʻq kimsalarning urinishidir. Kezi kelganda aytib oʻtish kerak-ki, bu kabi xatti-harakatlar Saudiya Arabistoni Podshohligi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʼiy chora koʻrilishiga sabab boʻladi.
📃 Avval xabar berganimizdek, muborak safarlarga noqonuniy yoʻllar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi. ❇️ Maʼlumot uchun, birgina 2022-2023-yillardagi Haj masumida Oʻzbekiston fuqarolari turistik, biznes va boshqa vizalar orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj amallari bajariladigan hududlarga kira olmaganlar. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya va boshqa davlatlar orqali kelgan minglab fuqarolarimiz esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Ular Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan. Xususan, 2023-yilda butun dunyodan 150 mingdan ortiq shaxslar ushlanib jarimaga tortilgan va deportatsiya qilingan. ✅ Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yurtimizda “Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur hujjatga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. “Haj” faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi. ❗️Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang! 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Missionerlik #Prozelitizm #Videorolik ❓Missionerlik nima? ❓Prozelitizm haqida nimalarni bilamiz? ❓Missionerlik va prozelitizm bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari qanday? ❓Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish jamiyatda qanday noxush holatlarga sabab bo‘lmoqda?
✅ Javob: Batafsil videorolikda
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Videorolik #savol_javob ❓Savol: Ruxsat etilgan diniy mazmundagi adabiyotni boshqalaridan qanday farqlash mumkin?
✅ Javob: Batafsil videorolikda
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Axborot_24 | Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv-seminar #21apr #uzbekiston24 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Axborot_24 | «Talqin, tafakkur va mohiyat» mavzusidagi davra suhbati #20apr #uzbekiston24 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Axborot_24 | Yurtimizda Ramazon hayiti bayrami keng nishonlandi #10apr #uzbekiston24 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Ахборот_24 | Празднование священного Рамазан хайита #10apr #uzbekiston24 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Axborot_24 | Muborak Ramazon hayiti yurtimizda keng nishonlanmoqda #10apr #uzbekiston24 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...
#Bayram_tabrigi Qadrli yurtdoshlar! Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi rahbariyati va jamoasi barchangizni Ramazon hayiti — Iyd al-Fitr bilan samimiy muborakbod etadi! Bugungidek tarovatli va farahbaxsh damlarda har bir yurtdoshimizning xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Pok niyatli, bagʻrikeng, samimiy va oliyjanob yurtdoshlarimizning oilalarini baxt va quvonch, farovonlik hech qachon tark etmasin! Ona yurtimiz tinch, hayotimiz yanada farovon boʻlsin! Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin! Din ishlari boʻyicha qoʻmita jamoasi 🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Show all...