en
Feedback
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Open in Telegram

Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (@testlider) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 212 subscribers, ranking 9 787 in the Education category and 3 960 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 212 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -74 over the last 30 days and by 67 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.90% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 638 views. Within the first day, a publication typically gains 3 212 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 53.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

20 212
Subscribers
+6724 hours
+1207 days
-7430 days
Posts Archive
“X-variant” sotgan jinoyatchilar Hindistonda ham jazosiz qolishi, bu “biznes”ni yana yillar davom etishi mumkin edi. Faqat bu
“X-variant” sotgan jinoyatchilar Hindistonda ham jazosiz qolishi, bu “biznes”ni yana yillar davom etishi mumkin edi. Faqat buning uchun Hindiston xalqi befarq bo‘lishi kerak edi.

Tez orada “Kundalik-optimal” kitoblarimga katta chegirma e’lon qilaman Bozorlarda kitoblarimni odatda 35–45 ming so‘m atrofida topishingiz mumkin. Endi esa narx eng arzon joydagidan ham arzonroq bo‘ladi. Bundan tashqari, kitoblar bilan birga sizga o‘z sovg‘amni ham yuboraman. Bu kitoblarni sotib, boyib ketib, villa sotib ololmayman. Asosiy maqsadim – imkon qadar ko‘proq o‘quvchi to‘g‘ri tizim asosida tarixni o‘rganishi. Hech bo‘lmasa bitta kitobni men tavsiya qilgan usul orqali, “Kundalik-optimal” asosida o‘rganib ko‘ring. Natijasini o‘zingiz sezib, bu tizimning farqini tushunasiz. Eslatma: testlar mavzu topshirishdan oldin ishlash kerak, keyin emas. Bu ham muhim rol o‘ynaydi. Kuting. Tez orada “katta chegirma” e’lon qilinadi!

Hindlar baribir bizdan kushli Yaqinroq keling, sizga Hindistondagi “x-variant” jinoyati haqida gapiray. Negadir juda tanish tuyilyapti... Hindistonda o‘zini “M Sir” deb ataydigan bir repetitor bor edi, minglab shogird “yetishtirgan” “ustoz”. Yillar davomida uning “x-variant” sotishi haqida mish-mish yurgan. Qizig‘i, bu mish-mishlarni ko‘pincha “M Sir”ning o‘zi ham tarqatardi. Chunki “x-variant sotadi” degan ovoza uning uchun isnod emas, reklama edi. Har “sezon”da “x-variant”ga muhtoj, usiz natija qilolmaydigan qatlam o‘zi kelib, o‘zi soqqasini sanab berardi. So‘ng 2026-yil keldi. U imtihondan 1 kun oldin sotgan fayllardan biri ommaga oshkor bo‘ldi. Ichida imtihondagi haqiqiy savollarga 29 foiz "tasodifiy" moslik... “M Sir” avvaliga “savollar tushimga kirdi”, degan bahonani aytdi. Lekin bu voqealar Gondurasda emas, Hindistonda bo‘layotgan edi. Jinoyat ishi ochildi. “M Sir”ning telefoni va noutbuki musodara qilindi, plastik kartalari tekshirildi. Va “tasodif”ning bank o‘tkazmalari ko‘rina boshladi: aniqlanishicha, u “ichkaridagi”lardan savollarni sotib olar, so‘ng “x-variantga muhtojlar”ga 2 000 dollardan sotar, shu tariqa chiqargan xarajatini bemalol “uch barobar” qilib olarkan. “Xaridorlar” ham “sizdan Buddaning o‘zi rozi bo‘lsin, ustoz” deb duo qilib ketishardi. Boshqa birovning haqqini o‘g‘irlayotganini, aslida jinoyatga sherik bo‘layotganini xayoliga ham keltirmasdi. Xullas, hammasi rasvo bo‘ldi, “biznes”ga nuqta qo‘yildi. "M Sir" va “ichkaridagilar” qamoqqa olindi, endi shu paytgacha qilgan qilmishlari uchun javob beradi, xalq esa uni "vatan xoini" deb atayapti. Endi sarlavhaga qaytaylik. Hindlar nega bizdan kuchli? Chunki ularda narx 2000 dollar. Bizda 1000.

Oʻzbekistonda “x-variant” masalasida jinoyat ishi ochilib, aybdorlar oʻz jazosini oladi, deb oʻylaysizmi?
Anonymous voting

Taqqoslash uchun Hindistonda 29 foizlik mazmunan moslik aniqlangach, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, respublika darajasidagi tergov boshlandi, 13 kishi hibsga olindi, masala parlament muhokamasiga olib chiqildi, odamlar ham oʻz fikrlarini bildirishdi va hukumat bunday holat takrorlanmasligiga rasman va’da berdi. O‘zbekistonda esa imtihondan oldin tarqalgan va narxi 1000 $ boʻlgan materiallarda 66 foiz va 43 foiz moslik qayd etilganiga qaramay, ushbu holat yuzasidan jamoatchilik muhokamalari asosan ayrim ommaviy axborot vositalari va ba’zi faollar doirasida davom etmoqda. Qolganlar lom‐mim deyishni oʻziga ep koʻrmayapti.

“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston Imtihon savollarining oldindan si
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston Imtihon savollarining oldindan sizdirilishi ta’lim tizimidagi eng jiddiy qonunbuzarliklardan biri hisoblanadi. Bunday holatlar ayrim davlatlarda keng ko‘lamli tergovlar, hibsga olinishlar va hatto parlament darajasidagi muhokamalargacha olib chiqiladi. Hindistonda yuz bergan “X-variant” mojarosi bunga yaqqol misol bo‘ldi. Hindistonda imtihondan oldin ayrim shaxslar qo‘lida bo‘lgan fayllar bilan haqiqiy imtihon savollari o‘rtasida 29 foizlik o‘xshashlik aniqlangach, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu ishga aloqadorlikda gumon qilingan 13 kishi, jumladan, davlat xizmatchilari va repetitorlik faoliyati bilan shug'illanuvchi shaxslar hibsga olindi. Ushbu masala parlamentda ham bir necha bor muhokama qilindi, vazir esa bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi. O‘zbekistonda ham tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” test sinovlari oldidan ham xuddi shunga o'xshash holat ro'y bergandi. Bunda imtihondan oldin tarqalgan materiallardan birida haqiqiy imtihon savollari bilan 66 foiz, yana birida esa 43 foiz moslik qayd etilgandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1654
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube

«KUNDALIK-OPTIMAL» test to‘plamidan (8-sinf “O‘zbekiston tarixi”, 2023) Vaziyat. Amir Temur saltanatining Kesh viloyatida ikki qo‘shni chorvador jamoa o‘rtasida tog‘ etagidagi bahorgi yaylovdan foydalanish yuzasidan nizo kelib chiqadi. Bir tomon bu yaylovda mol boqishni ajdodlaridan buyon davom ettirib kelayotganini, bu esa azaliy tartib ekanini da’vo qiladi. Ikkinchi tomon mazkur hudud bo‘yicha na sulton yorlig‘i, na shariat muhrlagan vaqfnoma borligini, binobarin bu “azaliy tartib” hech bir hujjatga tayanmasligini aytadi. Mazkur nizoni adolatli hal etish vazifasi qaysi sudya zimmasiga yuklangan bo‘lar edi? A) shariat qozisi B) qozi askar C) ahdos qozisi D) ma’muriy sudya 👉 @TESTLIDER

Tarixni qanday o‘zlashtirish kerak, qanday qilib qisqaroq muddatda natija qilish mumkin? Agar bu savolga javob berayotib sizga audiodars eshitish, video ko‘rish, takrorlash va boshqa usullarni sanab, “Kundalik-optimal” bilan ishlashni umuman aytishmasa, uchta ehtimol bor: 1. Bu metodikaning ommalashishi ayrimlarga unchalik manfaatli emas (“oʻquvchi yoʻqotaman” deb oʻylaydi) 2. Natijangiz uchun chin dildan qayg‘urishmaydi. 3. Samarali oʻqitish boʻyicha tajribasi yetarli emas, repetitorlik qobiliyati sustroq. 👉 @TESTLIDER

“Yumshoq H” va “Qattiq X”ni birlashtirish kerak bo‘lsa, “yumshoq H”ni qoldirish kerak. X ga o‘rin yo‘q! 👉 @TESTLIDER

Va nihoyat, nufuzli nashrlardan biri – “Gazeta.uz” ham ushbu masalaga e’tibor qaratibdi. Hozircha “Xalqta’limiinfo” va “Gazeta.uz” bu mavzuni yoritdi. Aslida bunday masalada butun mamlakat OAVlari oyoqqa turishi kerak edi. Mayli, hech bo‘lmasa shu ikki nashr e’tibor qaratayotganiga ham rahmat. Bilishimcha, “Gazeta.uz”ni yuqori martabali davlat amaldorlari ham muntazam kuzatib boradi. Administratsiya vakillari ham kuzatadi, deb eshitganman.

Тарих фанидан Миллий сертификат имтиҳони саволлари тарқалгани ва сотилгани ҳақидаги хабарлар ортидан юзага келган баҳслар дав
Тарих фанидан Миллий сертификат имтиҳони саволлари тарқалгани ва сотилгани ҳақидаги хабарлар ортидан юзага келган баҳслар давом этмоқда. Педагоглар 50 та саволдан 33 таси имтиҳонга мос келишини тасодиф деб бўлмаслигини айтса, Билимни баҳолаш агентлиги аномалия аниқланмаганини айтмоқда. Батафсил. https://www.gazeta.uz/uz/2026/07/08/tarix-milliy-sertifikat/ Telegram | Instagram | YouTube

Bugun 2-guruhda 2-dars. Ishtirokchilar uyga vazifa sifatida berilgan “Kundalik-optimal”dagi 153 ta testni, “Forms test”dagi 40 ta testni, “Quiz”dagi 30 ta testni yechishadi. Kecha “Kundaliik-optimal”dagi 233 ta test yechishgandi. Bir qarashda juda murakkab jarayondek tuyiladi. Lekin bir kirishib ketsangiz, mavzularning xotirada mixdek o‘rnashayotganini, bilimingiz oldingidan bir necha barobar yuqoriroq rivojlanayotganini his qilib, bu metodikani yoqtirib qolasiz.

G‘ALIZ SAVOLLAR Tarixni, xususan, 6-sinf darsligini endi o‘rganishni boshlagan o‘quvchilar orasida g‘aliz savollar ko‘p uchrab turadi. Shunday g‘aliz savollarga ba’zi misollar keltiraman: 1. So‘nggi paleolit davrining eng muhim ixtirosi nima? 2. Neolit davrining eng KATTA ixtirosi nima-yu, eng MUHIM ixtirosi nima? Birinchi savolning muammosi shundaki, “eng muhim ixtiro” degan iboraning o‘zi ilmiy jihatdan aniq mezonga ega emas. Darslikda “muhim ixtiro” deb yozilgani uning ahamiyatini ko‘rsatadi, xolos. Bu “barcha ixtirolardan ustun” degan qat’iy ilmiy hukmni anglatmaydi. Fanda konsensus degan tushuncha bor. Konsensus – olimlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan, bahsli bo‘lmagan umumiy fikr degani. So‘nggi paleolitda “eng muhim ixtiro aynan turarjoylar” degan umumiy kelishuv yo‘q. Kimdir san’atni, yana kimdir turarjoylarni, kimdir toshga ishlov berishning yangi usullarini muhim deb hisoblaydi. Shu bois “so‘nggi paleolitning eng muhim ixtirosi qaysi?” tarzidagi yopiq test topshirig‘i testologik jihatdan o‘ta muammoli hisoblanadi. U bitta, muhokamasiz javobga ega emas (ochiq savol sifatida qo‘llansa, bu boshqa masala). Ikkinchi savolda esa vaziyat boshqacha. Neolit davriga kelganda “eng katta” desa ham, “eng muhim” desa ham, to‘g‘ri javob “dehqonchilik va chorvachilik” bo‘ladi. Chunki fanda Gordon Chayld kiritgan “neolit inqilobi” degan atama bor. Bu atama aynan ovchilik va termachilikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka, ya’ni dehqonchilik va chorvachilikka o‘tishni anglatadi (bu atama 8-sinf “Jahon tarixi” (2024) darsligida ham yozilgan). Bu o‘zgarish oddiy yangilik emas, balki butun insoniyat hayotini o‘zgartirib yuborgan inqilob darajasidagi burilish sifatida baholanadi. Ko‘pchilik olimlar ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Buni konsensus desa bo‘ladi. Shuning uchun neolit davrida “eng katta ixtiro” bilan “eng muhim ixtiro”ni ajratib, ularni turli-tuman javoblarga bog‘lash ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. Bu yerda “eng katta ixtiro”, “eng muhim ixtiro” bir ma’noni anglatadi va “dehqonchilik va chorvachilik”ka olib boradi. (c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog P. S. Yana bir narsa: zamonaviy tadqiqotlar “neolit inqilobi” atamasining o‘zini ham muhokama qilmoqda... 👉 @TESTLIDER

«Kundalik-optimal»dan... Bugun uyga vazifa sifatida berilgan testdagi 233-savolning javobini topa oldingiz?
«Kundalik-optimal»dan... Bugun uyga vazifa sifatida berilgan testdagi 233-savolning javobini topa oldingiz?

🚀 BUGUN «IKKINCHI GURUH»DA DARSLARGA START BERILADI! Agar sifatli, tizimli va takrorlanmas mualliflik materiallari bilan tayyorlanmoqchi bo‘lsangiz, ayni paytda qo‘shiling! 💰 Kurs narxi: 180 000 so‘m (oyiga) ➜ 150 ming so‘m1-oy uchun maxsus narx ➜ 420 ming so‘m kuzgi imtihongacha (3 oylik) Kursga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga to‘lovni amalga oshiring va chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Shundan so‘ng sizni yopiq guruhga qo‘shamiz.

“Kundalik-optimal”ni kutayotgan 500+ odamga murojaat! So‘rovnoma natijasi meni xursand qildi. Demak, 8–9-sinflarning «Kundalik-optimal» test to‘plamlarini kutayotganlar ko‘p ekan. Bunday kitoblarni tayyorlash juda katta mehnat talab qiladi. Har bir testni bir necha marta tekshirib chiqaman, testologik jihatdan mukammal bo‘lishiga harakat qilaman. Chunki «Kundalik-optimal» o‘quvchiga eng ko‘p foyda beradigan vosita. Tarixni o‘zlashtirishda u audiodarsdan ham, quiz testlardan ham, videodarslardan ham samarali, samaradorlik bo‘yicha muqobili mavjud emas (hatto solishtirishning o‘zi ham mantiqsizlik, buni bilgan biladi). Shu sababli ko‘proq vaqtimni aynan shu kitoblarni tayyorlashga ajrataman (aslida har kunimning asosiy vaqti shu to‘plarim ustida ishlashga ketadi). Endi sizdan ham bir kutuvim bor: Bilasiz, onlayn kurslarim ham bor. Ularni yuritish, yangi guruhlarni shakllantirish va kurs haqida ma’lumot berishga ham vaqt ketadi. Agar kurslarim haqida tarixga qiziqadigan tanishlaringizga aytsangiz yoki tavsiya qilsangiz, bu men uchun katta qo‘llov bo‘ladi. Shunda men asosiy e’tiborimni yangi «Kundalik-optimal» test to‘plamlari, metodik qo‘llanmalar va boshqa materiallarni tayyorlashga qarataman. Oxir-oqibat bundan eng katta foydani yana o‘zingiz ko‘rasiz. 🙂 Xullas, marketing masalasida siz yordam bering, kitoblarni tezroq chiqarish masalasini esa menga qo‘ying. Kelishdikmi? 🙂 👉 @TESTLIDER

8–9-sinf YANGI darsliklarining “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamini nashrdan chiqishini kutayotganlar bormi?
Anonymous voting

Kurslarim haqida yozilgan ijobiy fikrlar juda ko‘p. Quyida esa o‘quvchilar va ustozlarning VIDEO orqali bildirgan fikrlaridan ayrimlari keltirilgan O‘quvchilar: • “Men A daraja olsam ham “rahmat” deb o‘ylagandim, lekin ustozning kurslarida o‘qib rekord natijani qayd etdim” – Sevinch • “Solishtirib ko‘rib, eng samimiy va rostgo‘y yondashuvi uchun Jalol Boltayevni tanladim” – Fotima – video • “15 yoshimda 189 ball to‘pladim... Hozirgi kunda onlayn kurslar juda ko‘p, hammasi ham real natija bermaydi, menga esa aniq tizimga ega, natijaga olib boradigan kurs kerak edi” – Fazliddin – video • “Ustozimiz har bir o‘quvchisining maqsadini o‘zining shaxsiy maqsadidek qabul qiladi” – Durdona – video • “Menga bu kursning eng yoqqan jihati ustozimizning har bir o‘quvchisi uchun jon kuydirishi bo‘lgan” – Shahrizoda – video • “Mutlaq nol darajadan 3 oyda A darajada oldim” – Munojat Ustozlarning fikrlari • “Jalol Boltayev kichkinagina jussasi bilan shuncha mehnatga qanday yaraydi, deb hayron qolganman” – Shohista ustoz • “Ilmli insonlarni har doim qadrlayman... sertifikat oldim, 70 % lik ustama uchun sizda tayyorlanaman... Ustoz, hammasi uchun sizga katta rahmat!” – Maqsuda ustoz • “Jalol ustozning kursida tarixga to‘g‘ri yondashishni o‘rgandik” – Jamshid va Qo‘shnazar ustozlar 👉 @TESTLIDER

6 tarix (2022), 1–5