en
Feedback
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Open in Telegram

Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (@testlider) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 212 subscribers, ranking 9 787 in the Education category and 3 960 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 212 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -74 over the last 30 days and by 67 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.90% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 638 views. Within the first day, a publication typically gains 3 212 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 53.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

20 212
Subscribers
+6724 hours
+1207 days
-7430 days
Posts Archive
Ijtimoiy-siyosiy mavzularga yozib kelayotgan faollardan biri, “Fayzbog‘” kanali asoschisi Temurmalik Tojiddinzoda ham “X-variant” masalasini o‘z kanalida yoritdi. Menimcha, bu masalani asta-sekin butun jamiyat manfaatlariga daxldor jiddiy masala ekanini ko‘proq odamlar anglay boshlaydi. Kecha ham bir necha OAV vakillari biz bilan bog‘landi. Demak, bu mavzu endi kengroq muhokama qilinadi. Lekin maqsad shunchaki muhokama qilish emas. Jamoatchilikni qiziqtirayotgan barcha savollarga aniq javob berilishi, aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Shundagina “X-variant” degan illatning ildiziga bolta urish mumkin bo‘ladi. Zero ertaga hech kim o‘z farzandining “X-variant” bilan o‘qishga kirgan shifokor qo‘lida operatsiya qilinishini, “X-variant” bilan o‘qishga kirgan o‘qituvchi qo‘lida ta'lim olishini yoki “X-variant” bilan diplom olgan muhandis qurgan ko‘prikdan yurishni istamas...

Tarix shuni ko'rsatadiki, kecha sizni muxlislik qilib, “ustoz” sifatida bilgan odam, bugun siz bilan bellashishga urinishi mumkin. Yamal bir vaqtlari Messining ashaddiy muxlisi bo‘lgan, hatto go‘dakligida Messi uni yuvintirgan ham.

Argentinaga tug‘ilganimdan beri muxlislik qilib kelaman.

Shepning qizi
Shepning qizi

“X-variant” masalasi bilan shugʻullanish toʻgʻridan toʻgʻri Prezident administratsiyasi qoʻliga oʻtibdi.
“X-variant” masalasi bilan shugʻullanish toʻgʻridan toʻgʻri Prezident administratsiyasi qoʻliga oʻtibdi.

Haqiqat uchun kurashayotgan odamlarga nisbatan trolling juda ko‘p bo‘ladi. Ularning ayrimlarini siz trolling ekanini hatto sezmasligingiz ham mumkin. Men bu haqda ko‘p maqolalar o‘qiganman, shuning uchun buni sizlarga ham tushuntirmoqchiman. Masalan, haqiqat uchun kurashayotgan odamning izohlariga kimdir kirib: “Jonga tegdi”, “Yana shu mavzumi??” degan gaplarni yozadi. Bundan maqsad unda “Odamlarga yoqmayapman”, “Statusim tushyapti”, “Yaxshisi, bu mavzuni boshqa ko‘tarmay qo‘ya qolay” degan qo‘rquvni uyg‘otish. Shunday taassurot orqali uni bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lishadi. Juda katta ehtimol bilan bunday trolling ortida aynan shu masaladan manfaatdor shaxslar yoki ularning topshirig‘i bilan harakat qilayotgan odamlar bo‘ladi. Lekin sizlarni xafa qiladigan bitta gapim bor: ochig‘ini aytsam, men birinchi navbatda odamlar oldida statusim tushib ketmaydimi, deb o‘ylamayman. Men uchun birinchi navbatda o‘z vijdonim oldidagi statusim tushib ketmasligi kerak.

🖊 Bu oddiy ruchka emas... Bu ruchka test ishlayotganda qo‘lingizni to‘g‘ri javobga olib boradi. Ya’ni “X-ruchka” :) Narxi 10
🖊 Bu oddiy ruchka emas... Bu ruchka test ishlayotganda qo‘lingizni to‘g‘ri javobga olib boradi. Ya’ni “X-ruchka” :) Narxi 1000 dollar emas! 165 ming so‘mlik aksiya doirasida 5 talik “Kundalik-optimal” to‘plamini olgan har bir o‘quvchiga mendan sovg‘a bo‘ladi.

Sen tanqid qilayotgan odamni yomon ko‘rishing mumkin. Ammo tanqid natijasini albatta yaxshi ko‘rasan. 👉 @TESTLIDER

Xalqtalimiinfo.uz asoschisi Ulug‘bek Po‘latov uddaladi! “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga men bilgan o‘qituvchilarning kamida 95 foizi aslida o‘z ixtiyori bilan bormaydi... Bu yerda nafaqat o‘qituvchilarning mehnat huquqlari, balki jazirama issiqda bolalarning salomatligi masalasi ham bor edi. Lekin ko‘pchilik gapirishga qo‘rqadi. Bu qo‘rquvni esa “Gapirgan bilan baribir hech narsa o‘zgarmaydi” degan gap bilan oqlashga urinishadi. Lekin, mana, o‘zgarar ekan-ku... Birgina inson bu mavzuni ko‘tardi. To‘xtamadi. Dalillar bilan gapirdi. Muammoni kun tartibida ushlab turdi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari qadar to‘xtatildi. Agar Ulug‘bek Po‘latov bu masalani ko‘tarmaganida, bugun ham minglab bolalar va o‘qituvchilar jazirama issiqda maktablarga qatnayotgan bo‘lishi mumkin edi. Yana bir narsa doim menga qiziq tuyiladi. Kimdir konstruktiv tanqid qilayotganida, ayrimlar darrov: “gapirmasa bo‘lardi”, “Yana tanqid boshlanibdi” deydi. Qizig‘i shundaki, keyinchalik o‘sha tanqid tufayli yuz bergan ijobiy o‘zgarishlardan aynan o‘shalarning o‘zi ham foyda ko‘radi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Kecha tanqidni yoqtirmaganlarning farzandlari ham endi yozning eng issiq kunlarida maktabga bormaydi. O‘sha tanqidni yoqtirmagan o‘qituvchilarning o‘zi ham endi jaziramada tadbirlarga chiqmaydi. @TESTLIDER

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari 1-avgustga qadar to’xtatildi — MMTV Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 13-iyul
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari 1-avgustga qadar to’xtatildi — MMTV Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 13-iyuldagi 04-39-2385-sonli xatiga asosan bog’cha va maktablarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati, shuningdek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan turli loyihalarni amalga oshirish joriy yilning 1 avgustiga qadar to‘xtatildi. Eslatib o’tamiz, avvalroq xalqtaliminfo.uz nashri tomonidan "Anomal issiq bo'lishiga qaramay, maktablarda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Maqolahttps://xalqtaliminfo.uz/post/1657
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube

Do‘stlar, kitoblarga “Katta chegirma” tez orada e’lon qilinadi, kitoblarni xarid qilganlarga o‘zimning kichkinagina sovg‘amni ham qo‘shib yubormoqchi edim, o‘sha sovg‘ayam bitmay yotibdi. Xudo xohlasa, 165 ming so‘m evaziga 5 ta kitobni olishingiz mumkin bo‘ladi (yetkazib berish ham ichida bo‘ladi).

Shunday vaziyatlarda hech qachon toʻlov chekini boshqa odamga tashlab bermang Ba'zilar: “Oʻqimoqchiman, iltimos, yordam bering, sharoitim ogʻir” deb murojaat qiladi. Hatto bu gapiga ishongan taqdiringizda ham chekni yuborish na huquqiy, na axloqiy, na diniy jihatdan toʻgʻri. Biroq katta ehtimol bilan u aslida kursda oʻqish niyatida boʻlmaydi. Oradan 2–3 kun oʻtgach, “Kursdan chiqmoqchiman, mana chek, pulimni qaytaring” deb aynan siz yuborgan chekni yuboradi va odamni asab qiladi. Shuning uchun toʻlov cheki faqatgina toʻlovni amalga oshirgan shaxsning oʻzida qolishi kerak. Uni hech kimga yubormang.

🚀 BITTA TO‘LOV EVAZIGA IKKITA GURUHGA QO‘SHILISH MUMKIN! 2-guruh hali 6-sinf darsligini o‘qishyapti, 1-guruh esa ertaga 10-sinf “Jahon tarixi”ni boshlaydi. Agar sifatli, tizimli va takrorlanmas mualliflik materiallari bilan tayyorlanmoqchi bo‘lsangiz, ayni paytda qo‘shiling! 💰 Kurs narxi: 180 000 so‘m (oyiga) ➜ 150 ming so‘m1-oy uchun maxsus narx ➜ 420 ming so‘m kuzgi imtihongacha (3 oylik) Kursga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga to‘lovni amalga oshiring va chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Shundan so‘ng sizni yopiq guruhga qo‘shamiz. 👉 @TESTLIDER

Balki shuncha gapdan soʻng bu yil yozgi imtihon oldidan ayrimlar Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uyning oxirgi qavatiga chiqib olib, “jiddiy tayyorgarlik” koʻrishga jur’at qilmas. Ya’ni oxirgi kun kitob oʻqimang, shunchaki dam oling, deyapman‐da.