en
Feedback
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Open in Telegram

Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Channel 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (@testlider) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 212 subscribers, ranking 9 787 in the Education category and 3 960 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 212 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -74 over the last 30 days and by 67 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.90% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 638 views. Within the first day, a publication typically gains 3 212 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 53.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

20 212
Subscribers
+6724 hours
+1207 days
-7430 days
Posts Archive
Qiziq, Toshkentga chaqirgan, yaxshi, deb yetib borganmiz. Toshkentda bo‘la turib, kelolmagan, yana karillashiga o‘laymi? 🤣

29-iyul kuni, tug‘ilgan kunimda bu safar tarixchi ustozlar Xorazmda yig‘iladi! Shu o‘rinda, bir eslatma. O‘tgan safar Toshkentga borganimda “ko‘rishamiz” deganlarning ayrimlari negadir bulut bo‘lib ketgandi. 🙂 Mayli, sizlar ham kelishingiz mumkin, marhamat. To‘g‘risi, o‘shalarni o‘zlari Toshkentga chaqirib, o‘zlari Toshkentda bo‘la turib yoniga kelolmaganlarning Xorazmga kelishiga biroz shubham bor. Lekin mayli... 29-iyul kuni Xorazmda tarixchilar yig‘iladi. Balki bu safar uddalarsiz. “Ilmiy suhbat” ham quramiz. 🙂 👉 @TESTLIDER

🔥 Tarixchilar (kurs oʻtuvchi repetitorlar) ning an'anaviy yigʻilishlari bu safar Xorazmga moʻljallangan edik. Sababi 29-iyul Jalol Boltayevning tugʻilgan kuni. Tarixchi ustozlar yigʻilishi taklifi bilan chiqqan barchani qoʻllab-quvvatlaymiz va oʻz davramizga qabul qilamiz. Toshkentda ikki marta yigʻildik. Kelolmaganlar Urganchga 29-iyulga rejalashtirib turinglar. @tarix_tilsimi

Huquq testlarini yomonlash fonida tarixchi ustozlarga ham tashlab qoʻyishni odatdagidek boshladi. Shunaqa haypajorlar bilan hech qachon odam boʻlmaymiz. Yurisprudensiyani tugatib ham “tupoy” boʻlish mumkin. Kerak boʻlsa, qaysidir tarixchi, qaysidir jurnalist, qaysidir filolog huquq sohasini sendan yaxshiroq tushunishi, tushuntira olishi, uni amalda qoʻllay olishi mumkin.

Nimaga bizda “x‐variant” masalasi parlamentda muhokama qilinmaydi?

Ayni damda bo‘linish emas, birlashish kerak Hozir bir-birimiz bilan tortishish, kim ko‘proq ish qilgani yoki kimning bu masalada gapirishga haqqi ko‘proq ekani haqida bahslashishning vaqti emas. “Men yurisprudensiyada o‘qiganman, sen esa boshqa “milliy g‘oyada”, “tarix”da” yoki “eng ko‘p harakatni men qildim, lider menman”, degan munozaralar hech kimga foyda bermaydi. Aksincha, bundan bo‘linishni istaydiganlar manfaatdor bo‘lishi mumkin. Adolat yuzasidan aytish kerakki, Sirojiddin Yo‘ldoshev tarix fanidagi "X-variant" masalasini kun tartibiga olib chiqish va tarixchilarni qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shdi. Lekin bu masala faqat tarixchilarning muammosi emas. Bu – butun jamiyatni tashvishga soladigan masala. Shuning uchun uni hal qilish ham bitta fan vakillarining emas, jamoatchilikning umumiy talabi bo‘lishi kerak. Bugun tarixchilar boshidan o‘tayotgan holat ertaga huquqchilarning, kimyochilarning, biologlarning yoki ona tilichilarning boshiga tushmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shu sababli, ayniqsa huquq sohasi vakillariga bitta maslahat: o‘zaro raqobat va shaxsiy ambitsiyalarni bir chetga surib, har kim qo‘lidan kelganicha qonuniy va demokratik yo‘l bilan harakat qilsin. Oddiy mantiq shuni ko‘rsatadiki, tarix fani bo‘yicha konkret dalillar turgan bo‘lsa-da, hech qanday chora ko‘rilmas ekan, boshqa fanlardan “x-chiqmaydi” deb konkret aytib bo‘lmaydi. Ha, ayni damda ham izohlarda “x-variant”ga kurashayotganlarga qarshi chiqayotganlar yo o‘zlari ham “x-variant”dan manfaatdor bo‘lgan yo manipulyatsiyalarga ishongan o‘ta sodda odamlar. Birinchi variantning ehtimoli yuqoriroq. 👉 @TESTLIDER

Maktabda geografiya fanidan bir ustozimiz bor edi. Bizning sinfni alohida yaxshi ko‘rardi. Chunki bayramlarda sovg‘ani ayamasdik. Bir gal 1000 $ lik uzuk ham sovgʻa qilgandik. 😄 Sinflararo bellashuv bo‘lsa, savollar orasiga atay 4 ta “odamtopmas” savol qo‘shib qo‘yardi. Va bizga hamma javoblarni aytardi. Natijada boshqa sinf geografiyani rosa o‘qib, 26 ta topsa, biz ham 26 ta topar edik. Farqi shundaki, ular 30 tadan 26 tasini bilgani uchun 26 ta topardi. Biz esa geografiyani o‘qimasdik, javoblar berilganiga qaramay, 26 ta topardik biz ham. Chunki biz oʻqimasdik‐da, geografiyaning g harfini bilmasik 😊

Bugun aksar ustozlar “bu safar chiqqan bo‘lsa, jim turmayman”, degan fikrni ko‘p yozishyapti. Lekin, nazarimda, “x-variant” bu faqat ”tarix fanidan, faqat aprel oyida” birinchi marta sodir bo‘ldi, degan gapga ishonish negadir soddalikdek ko‘rinmoqda ko‘zimga. Faqat biz oldingilarini bilmay qolganmiz yoki isbotlashning imkoni bo‘lmagandir. Boshimizni tuyaqushga o‘xshab qumga tiqib turganimiz bilan to‘fon o‘tib ketmaydi. Shuning uchun qonuniy va demokratik yo‘l bilan harakat qilish kerak. Jamoatchilik savol berishi, talab qilishi lozim. Mas’ul idoralar jim turmasligi kerak.

Siz "Huquq fanidan 'X-variant' chiqqan", desangiz, darrov: "Dalil qani? Isbot bormi? Asossiz gapirmang", degan e'tiroz bildirishadi. Shunda boshqa savolni berish kerak: "Xo‘sh, tarixdagi holat-chi?" Axir tarix fani bo‘yicha dalillar allaqachon jamoatchilikka e'lon qilindi. Nega jinoyatchilar jazolanmadi? Shu tarix keysi orqali bu xaromxo‘rlar o‘zining asl joyi – # ga kirsa, qolgan fanlardan “X-variant chiqdimi” degan savol berishga hojat qolmaydi, menimcha.

“X-variant”ning kasofati! Huquq fanidan ham “X-variant” tarqalgan bo‘lishi ehtimoli yuqori ekani haqida ko‘plab huquq yo‘nalishidagi kanallar yozmoqda. Men bu borada qat'iy xulosa chiqara olmayman. Hozir huquq fanidan kurs ham o‘tmayapman. Bu gap qanchalik haqiqatga yaqin, uni tasdiqlaydigan dalillar qanchalik kuchli – bilmayman. Balki yaqin kunlarda dalillar paydo bo‘lar, balki dalillar qo‘lga kiritilmas. Lekin bir narsani unutmaslik kerak. Tarix fanida ham “8 martadan beri” gumonlar bor edi (ayrimlar aytishardi yodladik bitta zdaniyada deb). Rad etib bo‘lmas dalillarning jamoatchilikka oshkor bo‘lishi esa aprel oyiga to‘g‘ri keldi! Shuning uchun huquq fani bo‘yicha hozircha ommaga dalil taqdim etilmagani "X-variant" bo‘lmaganini anglatmasligi mumkin. Albatta, bu uning bo‘lgani isbotlandi degani ham emas. Ammo “x-variant chiqdi” degan ehtimolni butunlay inkor etish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki tarix fanida "X-variant" aynan shu imtihon tizimi ichidan chiqqan ekan, boshqa fanlar – huquq, kimyo, biologiya, ona tililarda ham nega chiqmasligi kerak? Ayniqsa, huquq va kimyo kabi talab yuqori bo‘lgan fanlarda bunday xavotir yanada kuchli. Ammo, mening nazdimda, huquqdagi yangi gumonlar ortidan quvishdan oldin avvalo tarix bo‘yicha “x-variant”ga javob berilishi lozim. “X-variant”ni ichkaridan kimlar chiqardi, nega ularga jazo berilmyayapti – bular aniqlanishi kerak. Chunki “tarix keysi”da “x-variant” allaqachon jiddiy dalillar bilan jamoatchilikka ma'lum bo‘lgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar masalaga aralashishi, BMBA esa hanuz javobsiz qolayotgan savollarga berishi, jinoyat jazosiz qolmasligi kerak. Zero, masala bitta fan bilan cheklanmaydi. Agar "X-variant" savdosi haqiqatan ham mavjud bo‘lsa, uning ildiziga bolta urilmasa, ertaga shu muammo boshqa fanlarda ham takrorlanaveradi.

Mantiqqa qara: “x‐variant”ni chiqqani haqida gapirsak, yana “x‐variant chiqadi”. 😂 Balki, “x‐variant” degan narsa tarbiyada xarom pul aralashgani uchun chiqar...

Va, asosiy narsa, yana bir asosiy narsa: aynan hozir jamoatchilikning e’tibor “x-variant” mavzusida turgan paytda odamlarni boshqa mavzu bilan “x-variant” sotganlar chalg‘itishga urinishi mumkin. Mana, aprel oyida bizning boshimizga tushgan savdoni bugun huquqchilar muhokama qilyapti... Ertaga kimyochilar, fizikachilar, biologiyachilar ham muhokama qiladi! Va, men ishonamanki, tarix keysi orqali bularni tugatish mumkin aslida.

Va, asosiy narsa, yana bir asosiy narsa: aynan hozir jamoatchilikning e’tibor “x-variant” mavzusida turgan paytda odamlarni boshqa mavzu bilan “x-variant” sotganlar chalg‘itishga urinishi mumkin. Mana, aprel oyida bizning boshimizga tushgan savdoni bugun huquqchilar muhokama qilyapti... Ertaga kimyochilar, fizikachilar, biologiyachilar ham muhokama qiladi! Va, men ishonamanki, tarix keysi orqali bularni tugatish mumkin aslida.

Va yana bir narsa: bu darajada DUX bo‘lmaslik kerak!

Aprel oyidagi “Milliy sertifikat” imtihonida savollar avvalgi yillarga nisbatan ancha murakkablashgani ko‘pchilik tomonidan e'tirof etildi. Bir qator repetitorlar, jumladan, Sirojiddin Yo‘ldoshev va O‘g‘ilbeka Fayzullayeva ham bu holat ortida “X-variant”larga bo‘lgan talabni sun'iy ravishda oshirish maqsadi bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surgan. Bunday shubhaning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladigan jihatlar yo‘q emas. Chunki ilgari ham murakkab savollar bo‘lgan, ammo bu darajada mantiq doirasidan chiqmagan. Go‘yoki kimdir savollar qanchalik mantiqsiz bo‘lsa, shuncha kattaroq pul bo‘ladi, degandek. Oldingi savollar bilan o‘zingiz solishtirib ko‘rishingiz mumkin. *** 2025-yil 8-mayda respublikada respublikada 60 % o‘qituvchi yiqilgani rost. Bu konkret fakt. Xorazmda atigi 2–3 kishi o‘tgan o‘shanda. Shundan so‘ng 900 nafar o‘qituvchi o‘zining haqli balidan, ayrimlar ishidan mahrum bo‘lgan. Shundan so‘ng 1 yil davomida BM bilan kurash olib borib yutib chiqqanmiz, 2025-yil 8-maydan keyin bo‘lgan attestatsiya imtihonlarida attesatsiyadan o‘tganlar soni oshgan, jumladan, Xorazm viloyatida ham oldingiga qaraganda 3–4 barabar oshgan. @T_Nurmetov kanalida ko‘rishingiz mumkin. “Attestatsiya kurashgandik, shunga attestatsiyadan o‘tuvchilar kam bo‘ldi” degan gap statistikaga zid-ku, bu gapni aytayotganlar natijalarga bir qarab qo‘ysa bo‘lardi. 2025-yil 8-mayda hech bir repetitor tuzuk natija qilolmagan. Menam. Ochig‘i, mavjud dalillarga tupurib, bir insonni yomonotliq qilishni bas qilish kerak. Uyat :) Ha, aytgancha, “x-variant” degan narsaga bolta urilmasa, savollar shunday mantiqsiz bo‘lish ehtimoli doim qolaveradi!

Voice message01:15

«Kundalik-optimal»lar endi rus tilida! 🇷🇺 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» fani bo‘yicha **«Kundalik-optimal»**ning rus tilida
«Kundalik-optimal»lar endi rus tilida! 🇷🇺 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» fani bo‘yicha **«Kundalik-optimal»**ning rus tilidagi nashri ham tayyor. Tez orada chop etiladi. Eslatma: kelgusi o‘quv yilidan boshlab oflayn kurslarimizda tarix fani bo‘yicha rus tilida ham tayyorlov yo‘lga qo‘yiladi.