cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Muhammad Abdullaev

Marketing va shaxsiy rivojlanish haqida

Show more
Tajikistan3 556The language is not specifiedPsychology9 511
Advertising posts
473
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bundan oldingi maqolada sizdan ChatGPT haqida so‘ragandim, deyarli hech kim javob bermadi, men sizga bu haqida aytib beraman. ChatGPT bu sunʼiy ong, sizga soniyalar ichida internetdagi ochiq manbalardan istalgan narsangizni tezda topadi, maslahat bera oladi. Savollaringizga javob topish uchun Googledan soatlab vaqt o‘tkazgan bo‘lsangiz endi bu vaqtlarni tejab qolasiz. 1900-1990: O‘qish-yozishni bilmagan odam savodsiz 1990-2000: Kompyuterda ishlashni bilmagan odam savodsiz 2000-2020: Internetdan foydalanishni bilmagan odam savodsiz 2025+: Sunʼiy intellektdan foydalanishni bilmagan odam savodsiz Xulosa qiladigan bo‘lsak sunʼiy intellektdan foydalanishni o‘rganishimiz va u bilan ishlarimizni tezroq bajarishimiz kerak biz yangi texnologiya asriga qadam tashladik oldinlari insonlar kompyuterlarni ixtiro qilgani kabi.
Show all...
ChatGPT Hamma joyda shov-shuv bo‘layotgan insonlarni "ishsiz qoldiradi" deyilayotgan sunʼiy intellekt haqida eshitdingizmi? Izohlarda bilganlaringiz haqida yozing keyingi maqola shu haqida bo‘ladi.
Show all...
O'tmish ta'limi: Hozir o'rgan, qachondir ishlatasan. Hozirgi ta'lim: O'rgan, bitirib ishlatishni boshlaysan. Kelajak ta'limi: Qilib ko'r, qila olmaganingni o'rgan. ©️ Aziz Rahimov P.S. Juda katta manoga ega so'zlar, nimani tushunganingizni izohlarda yozib qoldiring!
Show all...
Repost from Mirzayev's Mind
Danning-Kryuger effekti haqida eshitganmisiz? Ushbu ikki olimning nomiga qo‘yilgan bu nazariyaning asosiy mohiyati shundaki, odamlarda kognitiv xato ko‘rish mavjudligini aniqlashgan. Yaʼni biron bir sohada kam ilm va tajribaga ega insonlar odatda ushbu sohada nimalarni bilmasligini anglamaganlari uchun o‘ziga ishonchi baland bo‘ladi, va buning aksi, ilm va tajriba yig‘ishi bilan odam qancha kam bilishini anglay boshlagach, o‘ziga ishonch kamayib boraveradi. Eng qizig‘i atrofdagilar xam kam bilishini anglashadi degan fikr o‘rnay boshlaydi va o‘ziga ishonch yanada paslayveradi. Ushbu effektni hayotimizda ko‘p ko‘rsak bo‘ladi, o‘zimizda, farzandlarimizda. Men bu effektni tadbirkorlarda xam ko‘p ko‘raman (ayniqsa yoshlarda), baʼzida umuman yangi proyekt, yangi sohaga qo‘rqmasdan kirib ketishadi. Vaqt o‘tgach, bilim va tajriba ortirgach, o‘sha tadbirkordan hozir shu loyihaga kirgan bo‘larmidingiz deb so‘rasam yo‘q degan javob keladi:) Ushbu yosh tadbirkorlarda manashu ilm va tajriba yetmasligi qaysidir maʼnoda ularning yutug‘idir, chunki ilm va tajriba bo‘lganida hozirda rivojlanib ketgan ko‘plab proyektlar balki bo‘lmasmidi… Ozroq ilm va tajribaga ega insonlarga eng qiyini, chunki hali ilm va tajribasi uzoqni ko‘roladigan darajada ko‘p emas, lekin ko‘p narsalarni bilmasligini anglagan payti va o‘zining ilmiga va umuman o‘ziga ishonchi tushgan payti? Va ushbu paytlarda yangi loyihalar ochilishi juda kam bo‘lsa kerak. Imkon qadar ushbu davrdan tezroq o‘tish taraddudida bo‘lishi kerak odam. Qanday? Eng avvalo yuqoridagi “grafikda” qayerdaligimizni anglash orqali va soha haqida imkon qadar tezroq ilm va maʼlumotlar olish orqali. Siz qanchalik ushbu gaplarga qo‘shilasiz? ©️Azizjon Gapparov, Marketolog, Biznesni tizimlash bo’yicha konsultant, BNC rahbari va asoschisi. PDP Ecosystem strategik rivojlanish bo’yicha maslahatchi Blog: @OdilbekMirzayev
Show all...
Danning-Kryuger effekti

Danning-Kryuger effekti haqida eshitganmisiz? Ushbu ikki olimning nomiga qo‘yilgan bu nazariyaning asosiy mohiyati shundaki, odamlarda kognitiv xato ko‘rish mavjudligini aniqlashgan. Yaʼni biron bir sohada kam ilm va tajribaga ega insonlar odatda ushbu sohada nimalarni bilmasligini anglamaganlari uchun o‘ziga ishonchi baland bo‘ladi, va buning aksi, ilm va tajriba yig‘ishi bilan odam qancha kam bilishini anglay boshlagach, o‘ziga ishonch kamayib boraveradi. Eng qizig‘i atrofdagilar xam kam bilishini anglashadi…

Repost from Aziz Rahimov
Vaqt uchun filtr Plastikdagi pul naqdga qaraganda osonroq ishlatiladi. Bittasi qo’lingizda turibdi. Ikkinchisi esa raqamlar. Vaqtimiz bilan ham shunday. Qo’limiz bilan ushlay olmaganimiz uchun, pulchalik qadrlamaymiz. Vaqtimizni bekorga eng ko’p oladigan narsalarga qaraylik. Suhbatlar, kontent. Vaqtimizni berayapmiz. Lekin pulimizni bergan bo’larmidik? Shu odam bilan gaplashish pullik bo’lganida gaplasharmidingiz? Shu kontent pullik bo’lganida ko’rarmidingiz? Shu filtrdan keyin hammasi joyiga tushadi. @azizrakhimov_blog
Show all...
Repost from Mirzayev's Mind
Hal qilib bo'lmaydigan katta masalalar bo'lmaydi. Kichik shaxslar bo'ladi. Siz uchun uddalab bo'lmas deb bilgan masalalar, Sizdan yuqorilar uchun juda kichik, arzimas, tez hal bo'ladigan masala bo'lishi mumkin. Ulg'aying! O'sing! Rivojlaning! Do'stlaringizni ko'paytiring! Blog: @OdilbekMirzayev
Show all...
Hasan Basriy rohmatullohi alayh shunday deganlar: Boshlanayotgan har bir kun shunday nido qiladi: "Ey odam bo'lasi, men yangi kunman, sening amalingni guvohiman, mendan foydalanib qol, agar o'tib ketsam qiyomat kunigacha qaytmayman" "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobidan Barchaga boshlangan kun xayirli bo'lsin!
Show all...
Repost from Bek Olimjon
Einstein kabi muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Yana bir marta o’ylab ko’rish kerak. Maqsadlaringiz katta. Sohangizni zo’r mutaxassisi bo’lmoqchisiz. Muvaffaqiyatlarga erishmoqchisiz. Xalq xizmatini qilmoqchisiz. Bu uchun nima qilish kerak? Aslida ko’p narsa kerak emas bunga erishish uchun. Muhimi to’g’ri yo’lni tanlash, ishonchli odamlar bilan hamkorlik va fokusni yo’qotmagan holda uzoq yillar mehnat qilish maqsadlaringizga olib boradi. Muvaffaqiyatga erishasiz, jamiyatga kerakli insonga aylanasiz. Jamiyat vaqtingizni ko’proq talab qilishni boshlaydi. Shunga yarasha qadrlashni boshlaydi, ish haqqingizni o’rtig’i bilan berishni boshlaydi. Vaqt o’tadi, umr o’tadi. Jamiyatga foydangiz tegib o’tasiz. Ammo bir qopqon bor. Xalq xizmatida yurib oilaga va farzandlarga vaqt ajrata olmay qolasiz. Avval bitta farzand bo’ladi, keyin ikkita, kattasi maktabga boradi, so’ng institut tanlashni boshlaydi. Siz esa ishlaringiz sabab band bo’lasiz. Farzandlarni sizning vaqtingizga ehtiyoji katta bo’ladi. Siz esa bandsiz. Vaqt o’tadi. Sizda boylik bo’ladi, ammo farzandlar bilan aloqa siz hohlagandek bo’lmaydi. Siz hayron bo’lasiz, «men shuncha ishlab, oilamga zo’r sharoit yaratdim, noshukurlik qilyapti bular» deysiz. Aslida muammo siz boy bo’lmasingizdan avvalroq boshlangan bo’ladi. Einstein qanchalik mashhur bo’lmasin, oilasi bilan aloqasi yaxshi bo’lmadi. Bitta ayol bilan yashay olmadi, ishqiy munosabatlar bilan hayot kechirdi, hattoki o'zini xolavachchasiga uylandi, achinarlisi farzandlariga na'munali ota bo'la olmadi. Hattoki kenja o'g'lini o'limini tilagani haqida ma'lumotlar bor. Boshqa misol, Elon Musk. Men qattiq hurmat qilaman va shunday inson bilan bir zamonda yashayotganimdan, u erishayotgan yutuqlarni birinchi qo’l ko’rayotganimdan hursandman. Elon insoniyatni saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. 10 ta farzand otasi. Bolalari uchun barcha sharoit qilgan, hattoki dunyo kam biladigan sirli, alohida maktab ham qurib bergan. Shunday bo’lsada umrini ishxonada o’tkazadi. Haftasiga 100-120 soatlab ishlaydi. Ertaga ayrim farzandlari undan voz kechsa men hayron bo’lmayman. Sababi u shuni tushungan holda riskni qabul qilgan. Bolalari bilan qanchalik ko'p vaqt ajratishni hohlamasin o'z missiyasini insoniyatni marsga olib chiqishga bag'ishlagan. Oila tinchligi, ota-ona roziligi, farzandlar bilan yaxshi aloqa har qanday karyeradagi muvaffaqiyatdan afzalroq. Aslida barchasi oddiy. Ammo oddiy degani oson degani emas. Muvaffaqiyatga hech qachon osonlik bilan erishilmaydi. Karyerada muvaffaqiyatga erishish bu muvaffaqiyat. Farzandlar doim intiladigan ota yoki ona bo’lish esa undanda kattaroq muvaffaqiyat. Shuning uchun muvaffaqiyatli insonlarni farzand tarbiyasi va oila haqidagi maslahatlarini yaxshilab o’ylab ko’rish kerak. Bek Olimjon 07.03.2023, Norvegiya
Show all...
Jamoaviy rivojlanish Qayerdadir ishlar ekansiz doim insonlar va jamoa aʼzolar bilan birgalikda ishlaysiz shu holatda baʼzida “Bu juda oddiy narsaku bilmaydimi shuni ham” deb o‘ylaysiz. Ha bilmaydi. Nega? Sababi oddiy siz ko‘rgan vaziyatlar o‘rgangan bilimlarni u o‘rganmagan. Buning yechimi nima? O‘rgatish, bilganingizni o‘rgating, shu sabab bizlarga ustozlar va javoblar kerak. Siz qanday fikr bildirasiz bilganingizni o‘rgatasizmi yoki bilib olsa ishimni olib qo‘yadi deb o‘ylaysizmi, fikrlaringizni izohlarda qoldiring har bir izoh men uchun qadrli. @mukhammadabdullaev
Show all...
Sizning narxingiz qancha? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz nega baʼzi insonlar ko‘proq va baʼzilar kamroq daromad topishadi? Buning javobi oddiy “Insoning qiymati - u qanchalik muammolarni hal qila olishi bilan o‘lchanadi” Biz bajargan ishimiz uchun emas u insonning muammosini hal qilganimiz uchun haq olamiz. Muammo qanchalik qiyin bo‘lsa narx ham shunga yarasha baland bo‘ladi. Bunga ko‘plab misollarni bilasiz. Mark Zuckerberg, Facebook asoschisi odamlarni bir-bir bilan muloqot qilish muammosini hal qilgan; Jack Ma, Alibaba asoschisi insonlarni vaqtini tejab mahsulotlarni tezroq olish muammosini hal qilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak siz qanchalik qiyin muammolarni hal qilsangiz sizning narxingiz ham shunchalik baland bo‘ladi. Katta muammolarni hal qilish uchun katta miya kerak bo‘ladi bu uchun esa ilm olishdan o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamag! https://t.me/mukhammadabdullaev
Show all...