en
Feedback
Introvert oshxonasi

Introvert oshxonasi

Closed channel

Intellektual ozchilik uchun📚 Psixoterapevt nigohi bilan inson ruhiyati: munosabatlar va xulq haqida. Ilmiy asosda, ortiqcha shovqinsiz. Murojaat: @lady120794r Savol-javob kanali: https://t.me/introvertgasavolimbor

Show more
1 534
Subscribers
-424 hours
-277 days
-12730 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+4
in 1 channels
August '26
+87
in 9 channels
Get PRO
July '26
+1 098
in 4 channels
Get PRO
June '260
in 3 channels
Get PRO
May '260
in 5 channels
Get PRO
April '260
in 1 channels
Get PRO
March '260
in 2 channels
Get PRO
February '260
in 1 channels
Get PRO
January '260
in 2 channels
Get PRO
December '250
in 2 channels
Get PRO
November '250
in 8 channels
Get PRO
October '250
in 1 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '25
+11
in 0 channels
Get PRO
June '25
+9
in 0 channels
Get PRO
May '25
+21
in 0 channels
Get PRO
April '25
+18
in 1 channels
Get PRO
March '25
+20
in 0 channels
Get PRO
February '25
+123
in 9 channels
Get PRO
January '25
+36
in 0 channels
Get PRO
December '24
+87
in 0 channels
Get PRO
November '24
+29
in 1 channels
Get PRO
October '24
+133
in 5 channels
Get PRO
September '24
+116
in 5 channels
Get PRO
August '24
+69
in 0 channels
Get PRO
July '24
+51
in 0 channels
Get PRO
June '24
+66
in 1 channels
Get PRO
May '24
+70
in 2 channels
Get PRO
April '24
+112
in 0 channels
Get PRO
March '24
+69
in 1 channels
Get PRO
February '24
+295
in 10 channels
Get PRO
January '24
+476
in 9 channels
Get PRO
December '23
+337
in 10 channels
Get PRO
November '23
+387
in 9 channels
Get PRO
October '23
+232
in 7 channels
Get PRO
September '23
+86
in 0 channels
Get PRO
August '23
+44
in 0 channels
Get PRO
July '23
+81
in 0 channels
Get PRO
June '23
+52
in 0 channels
Get PRO
May '23
+142
in 0 channels
Get PRO
April '23
+177
in 0 channels
Get PRO
March '23
+362
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September+1
08 September+1
07 September0
06 September+1
05 September+1
04 September0
03 September0
02 September0
01 September0
Channel Posts
Navbatdagi post erini puliga sayohat qiladigan Raxshonadan “sayohatga ochilish” haqida bo’ladi🤣🤣🤣🤣 Lekin baribir xulosaga shoshmang, qiziqarli narsalar o’qiymiz😇

2
🔉 Psixoterapiya odamni qanday o‘zgartiradi? Mana endi longread boshida bergan asosiy savolimizga keldik: terapiyada aynan nima o‘zgaradi? Terapiya o‘tmishingizni o‘zgartirmaydi. Bolalikda bo‘lgan voqealarni ham, boshqa odamlarni ham o‘zgartirib bo‘lmaydi. Lekin o‘tmishda shakllangan fikr va odatlaringiz bugungi hayotingizga qanday ta’sir qilishini o‘zgartirish mumkin. Masalan, bolaligida xatosi uchun ko‘p tanqid qilingan odam “Xato qilish mumkin emas” degan fikr bilan ulg‘ayishi mumkin. Shuning uchun katta bo‘lganda ham xato qilishdan qo‘rqadi, ishini qayta-qayta tekshiradi, tanqidni og‘ir qabul qiladi. 🟡 Terapiyada avval odam shu bog‘liqlikni ko‘ra boshlaydi: “Demak, men shunchaki xavotirli emas ekanman. Xato qilsam yomon oqibat bo‘ladi deb kutarkanman”. 🟡Keyin esa bu fikrni tekshirish boshlanadi. Haqiqatan har bir xato yomon oqibatga olib keladimi? Xato qilsam nima bo‘ladi? Men uning oqibatini ko‘tara olamanmi? 🟡Va faqat gaplashib qolmay, buni hayotda ham sinab ko‘radi. Masalan, bir ishni yuz marta tekshirmasdan topshiradi va nima bo‘lishini kuzatadi. Shunday tajribalar ko‘paygani sari eski: “Xato qilish mumkin emas degan fikrning o‘rniga: “Xato qilish yoqimsiz bo‘lishi mumkin, lekin bu falokat emas” degan yangi qarash shakllana boshlaydi. 🌟Terapiyadagi o‘zgarish mana shunday sodir bo‘ladi. Siz eski fikr va reaksiyalaringizni payqashni, ularni tekshirishni va boshqacha yo‘l tutishni o‘rganasiz. Eski fikrlar butunlay yo‘qolib ketishi shart emas. Farqi shundaki, endi ular sizni avtomatik boshqarmaydi. Shuning uchun psixoterapiyaning maqsadi sizni boshqa odamga aylantirish emas, o‘zingizni yaxshiroq tushunish va hayotingizdagi vaziyatlarga qanday javob berishni ko‘proq o‘zingiz tanlay olishni o‘rganish. Shu bilan psixoterapiya haqidagi katta suhbatimizni yakunlaymiz ❤️ 🌱 Agar longread sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, reaksiya qoldiring — shunday katta mavzularni yana davom ettirishimiz kerakmi, bilib olaman. O‘qib turib “Bu falonchiga ham foydali bo‘lardi” degan odam xayolingizga kelgan bo‘lsa, postlarni unga ham yuborib qo‘ying. Agar postni o‘qish davomida: “Menda ham doim takrorlanadigan fikrlar, hissiyotlar yoki vaziyatlar bor. Ular bilan ishlashni xohlayman” degan fikr paydo bo‘lgan bo‘lsa, psixoterapiyaga yozilishingiz mumkin.🫶 Terapiyaga kelish uchun hayotingiz butunlay izdan chiqishini kutish shart emas, aksincha “Nega menda doim shunday bo‘ladi va buni qanday o‘zgartirishim mumkin?” degan savolning o‘zi boshlash uchun yetarli. 📝 Psixoterapiyaga yozilish uchun: @lady120794r
203
3
🔉 Psixoterapiyaning qoidalari va terapevt tanlash Psixoterapiyani professional jarayon deb aytdik. “Professional” degani, terapiyaning o‘z qoidalari, chegaralari va etik tamoyillari bor degani. Terapevtga hayotingizdagi o’ta shaxsiy narsalarni aytishingiz mumkin. Vaqt o‘tishi bilan u sizga yaqin insondek tuyulishi ham tabiiy. Lekin terapevt baribir do‘stingiz emas — va aynan shu chegara terapiyani terapiya qilib turadi. ⤵️ Dugonangiz (yo yaqinlaringiz) bilan munosabat ikki tomonlama bo’ladi: bugun siz uni tinglaysiz, ertaga u sizni. Terapiyada esa markazda siz va sizning muammoingiz turadi. Terapevtni yupatish, uning kayfiyatini ko‘tarish yoki siz haqingizda yaxshi fikrda bo‘lishiga harakat qilish sizning vazifangiz emas. 📌 Eng muhim qoidalardan biri — maxfiylik 🟡Terapiyada aytilgan gaplar odatda sir saqlanadi. Lekin maxfiylikning ayrim istisnolari bor: masalan, o‘ziga yoki boshqalarga jiddiy zarar yetkazish xavfi kabi holatlarda. Aniq chegaralar mamlakat qonunchiligi va professional qoidalarga bog‘liq. 🟡 Terapiyaning boshqa tashkiliy chegaralari ham bo‘ladi: seans qancha davom etadi, qancha turadi, bekor qilish tartibi qanday, seansdan tashqari yozishish mumkinmi va hokazo. Hamma terapevtda bir xil qoida bo‘lishi shart emas. Muhimi, qoidalar oldindan aniq bo‘lishi. 🟡Terapevt bilan munosabatning ham chegaralari bor. Mijoz terapevtga juda shaxsiy va nozik ma’lumotlarini ishonib topshirgani uchun terapevt bu yaqinlikdan o‘z manfaatlari uchun foydalanmasligi kerak. Masalan, romantik yoki jinsiy munosabatga kirishish jiddiy etik muammo hisoblanadi. Bu terapevt sovuq robot bo‘lishi kerak degani emas. 😁 U sizga hamdardlik bildirishi, hazillashishi, ba’zan o‘zi haqida nimadir aytishi mumkin. Asosiy savol: Bu mijozning terapiyasiga xizmat qilyaptimi yoki terapevtning o‘z ehtiyojiga? 🌟 Xo‘sh, terapevtni qanday tanlaymiz? 🟡Instagramdagi obunachilar soni yoki chiroyli kontent yaxshi terapevt ekanlikning kafolati emas. Birinchi navbatda uning ta’limi, qaysi terapiya yo‘nalishida tayyorgarlikdan o‘tgani va siz murojaat qilayotgan muammo bilan ishlash kompetensiyasiga qarash kerak. 🟡Yaxshi terapiyada siz nima bo‘layotganini umuman tushunmay yurmasligingiz kerak. Masalan, CBTda terapevt nima ustida ishlayotganingizni, nima uchun muayyan mashq yoki topshiriq berayotganini tushuntira olishi kerak. Bir muddatdan so’ng siz “Biz nima ustida va nima uchun ishlayapmiz?”degan savolga javob bera olishingiz kerak. ❕ Terapevt sizning o‘rningizga hayotiy qarorlar ham chiqarmaydi. “Ajrashing”, “Ishingizni tashlang” deb hayotingizni boshqarish o‘rniga, qaroringizga ta’sir qilayotgan fikrlar, qo‘rquvlar va xatti-harakatlarni tushunishga yordam beradi. Qaror sizniki. 🟡 Yaxshi terapiyada siz doim o’zingizni yaxshi his qilishingiz ham shart emas. Ba’zan terapiyada og‘riqli mavzular ochiladi, noqulay savollar beriladi. Muhimi, sizga hurmat bilan munosabatda bo‘linishi, o‘zingizni yetarlicha xavfsiz his qilishingiz va qilayotgan ishingizning maqsadini tushunishingiz. 🟡Va eng muhimi — terapevtning maqsadi sizni yillar davomida o‘ziga bog‘lab qo‘yish emas. Aksincha, vaqt o‘tishi bilan o‘z fikrlaringizni tekshirish, hissiyotlaringizni boshqarish va muammolaringiz bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini o‘rganishingiz kerak. ❓Endi esa longreadimizning eng asosiy savoliga keldik: Psixoterapiya oxir-oqibat odamni qanday o‘zgartiradi? Bolalikni qayta yozolmaymiz. O‘tgan voqealarni o‘chira olmaymiz. Atrofimizdagi odamlarni ham o‘zgartira olmaymiz. Unda terapiyadan so’ng aynan nima o‘zgaradi? ⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
178
4
💥 Hozir oxirgi qismi qoldi, qoidalar va ular nega kerakligi haqida. Shuni tugatsam keyin sizlarni “Sayohatga ochilish” haqida bomba post kutyabdi 😂🫶
197
5
📌 Terapiya qachon tugaydi? Terapevt: “Endi bu yerga boshqa kelmasangiz ham bo‘ladi” deb bir kuni kutilmaganda eshikni ko‘rsatmaydi. 😁 ✅Terapiyani yakunlashning o‘zi ham jarayon. Dastlab qo‘yilgan maqsadlarga qaytiladi. Nimalar o‘zgargani ko‘riladi. Mijoz qaysi ko‘nikmalarni o‘rganganini tushunadi. Kelajakda muammo yana kuchaysa nima qilish bo‘yicha reja tuzilishi mumkin. Ba’zan seanslar oralig‘i asta-sekin uzaytiriladi. 💥 Terapevtning maqsadi mijozni o‘ziga qaram qilib qo‘yish emas. Aksincha, vaqt o‘tishi bilan mijoz terapevt bilan qilayotgan ishlarning bir qismini o‘zi bajara olishni o‘rganadi, avtomatik fikrlarni payqaydi, uni fakt deb qabul qilishdan oldin tekshiradi, o’zining eski xulqiy strategiyalarini taniydi, og’ir hislardan darrov qochmasdan ularni ko‘tara oladi, muammo qaytib kelayotganini ertaroq payqaydi va nima qilishni biladi. Ya’ni, bora-bora o‘z-o‘ziga terapevt bo‘lishni o‘rganadi. 💡 Shuning uchun terapiyaning muvaffaqiyati inson o‘zi bilan nima sodir bo‘layotganini yaxshiroq tushunayotgani va endi bu bilan ishlash uchun qo‘lida vositalar borligi anglaganda bilinadi.
210
6
💥 Psixoterapiya qancha davom etadi? Menimcha, terapiyaga borishni o‘ylayotgan odamlarni eng ko‘p o’ylantiradigan jihatlardan biri shu va bu juda tushunarli savol😁 Axir biror xizmatga murojaat qilsak, qancha vaqt va mablag‘ kerakligini oldindan bilishni xohlaymiz. 5 ta seansmi? 10 tami? Uch oymi? Bir yilmi? 📷 Lekin bu savolga: “Sizga aniq 10 ta seans kerak” deb hali sizni yaxshi bilmasdan javob berish qiyin. Chunki terapiyaning davomiyligi bir nechta narsaga bog‘liq: qanday muammo bilan kelganingizga, uning qanchalik og‘irligiga va qancha vaqtdan beri davom etayotganiga, hayotingizning nechta sohasiga ta’sir qilayotganiga, terapiyada qanday maqsad qo‘yilganiga va jarayon qanday ketayotganiga. Masalan, aniq bir vaziyat bilan bog‘liq muammo ustida ishlash bilan yillar davomida hayotning turli sohalarida takrorlanayotgan murakkab muammolar ustida ishlash bir xil vaqt talab qilmasligi tabiiy. Shuning uchun CBT haqida “bu qisqa terapiya, falon seansda tugaydi” degan qat’iy tasavvur ham unchalik to‘g‘ri emas. Ha, CBT odatda maqsadga yo‘naltirilgan va strukturali terapiya hisoblanadi. Ayrim muammolar uchun nisbatan qisqa kurslar yetarli bo‘lishi mumkin. Boshqa holatlarda esa terapiya uzoqroq davom etadi. 📌 Yana bir muhim narsa: terapiyaning maqsadi “men endi hech qachon xavotirlanmayman, xafa bo‘lmayman, jahlim chiqmaydi” degan holatga kelish emas. ❌Bu real maqsad ham emas. Masalan, xavotir bilan kelgan odamda maqsad xavotirni hayotidan butunlay yo‘qotish bo‘lmasligi mumkin. Xavotir — normal hissiyot. Muammo, masalan, odam xavotirdan qo‘rqib hayotini tobora toraytirib borayotganida yoki xavotir tufayli to’laqonli yashay olmayotganida bo‘ladi. Xavotir shunchalik kuchli bo’ladiki, inson hayotidagi deyarli barcha qarorlarga ta’sir qiladi. 🔵 Bunday holatda progress umuman xavotirlanmay qo’yish emas, balki xavotir paydo bo’lsa ham uni boshqara olish va ta’siriga tushmaslikdan iborat bo’lishi mumkin. Shu sabab terapiyaning natijasini faqat ayni vaziyatda inson o’zini qanday his qilayotgani bilan ham o‘lchamaymiz. Ba’zan terapiyada muhim o‘zgarish qilayotgan odam vaqtincha o‘zini noqulayroq ham his qilishi mumkin. Tasavvur qiling, siz yillar davomida konfliktlardan qochib kelgansiz. “Yo‘q” deyolmaysiz. Boshqalarning noroziligini ko‘tara olmaysiz. Terapiyada ilk marta chegarangizni belgiladingiz. O‘sha kuni o‘zingizni zo‘r his qilishingiz shartmi? ⤵️ Yo‘q. 😁 Aksincha, xavotir, aybdorlik, “Noto‘g‘ri qildimmi?” degan fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Lekin oldingi holatingiz xavotir → indamaslik bo‘lgan bo‘lsa, endi xavotir → ammo baribir o‘z fikrimni ayta oldim bo‘lyapti. ✅Bu ham progress. 🌟 Terapiya ishlayotganini qanday bilamiz? Longread boshida aytgandik: terapiya uchun maqsad belgilanadi. Mana shu maqsadlar keyinchalik bizga yo‘l ko‘rsatadi. Masalan: 〰️ oldin vahima sabab umuman mustaqil fikrimni bildirolmasdim → endi tushyapman; 〰️ oldin bir xato uchun uch kun o‘zimni yeb yurardim → endi fikrimni tezroq tekshira olyapman; 〰️ oldin konfliktni oldini olish uchun o‘z xohishimlardan voz kechardim → endi ba’zi vaziyatlarda chegaramni ayta olyapman; 〰️ oldin xavotir kelishi bilan tekshirish, tasdiq so‘rash yoki qochish boshlanardi → endi bu reaksiyalarni payqab, boshqacha javob bera olyapman. Ya’ni terapiyaning natijasi real hayotingizda ko‘rinishi kerak. CBTda buning uchun ba’zan maxsus so‘rovnomalar, simptom o‘lchovlari, kundalik kuzatuvlar ham ishlatiladi. Chunki “menimcha, sal yaxshiroqman” degan umumiy taassurotdan tashqari, qaysi nuqtadan qayerga kelganimizni imkon qadar ko‘rib borish foydali. 🔉 Undan tashqari, terapiya davomida yana bir muhim savol qayta-qayta berilishi kerak: o’zi terapiya yordam beryaptimi? Agar uzoq vaqt davomida hech qanday siljish bo‘lmasa, terapiyani shunchaki avtomatik davom ettirish emas, balki vaziyatni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. ❓ Maqsad noto‘g‘ri qo‘yilganmi? ❓ Muammoni tushuntirayotgan modelimizda nimanidir o‘tkazib yubordikmi? ❓ Boshqa usul kerakmi? ❓ Qo‘shimcha baholash yoki boshqa mutaxassis kerakmi? Bularning barchasi terapiya jarayonining bir qismi.
207
7
Xudodan menga insof so’raylik psixoterapiya haqidagi postni davomini yozib tugatib qo’yishim uchun😂🫶 Omin — ❤️
204
8
Menga judayam yoqyapti bunaqa mavzuda post oʻqish. Oʻzimni oʻzim endi taniyotgandek boʻlyapman. Hali terapiya haqida yozgan postlarizda shunaqa his qilyapman. Terapiya ovorsam qanaqa boʻladi, bilmadim 🤭
258
9
🔵 Endi ba’zi fikrlarni suhbat bilan emas, tajriba orqali tekshiramiz. Masalan, bir mijozda: “Agar yig‘ilishda fikrimni aytsam, ahmoqona gapirib qo‘yaman va hamma meni yomon baholaydi” degan fikr bor. Biz kabinetda bir soat: “Yo‘q, siz aqllisiz, hech kim unday o‘ylamaydi” deb gaplashishimiz mumkin. Lekin uning miyasi baribir: “Gapirish oson. Amalda sharmanda bo‘laman” deyishi mumkin. ✅Shunda CBTda xulqiy tajriba qilish mumkin. Keyingi yig‘ilishda oldindan tayyorlangan bitta fikrni aytish, keyin kuzatish: Odamlar rostdan kulishdimi? Kimdir uni qobiliyatsiz deb aytdimi? U xato qildimi? Agar xato qilgan bo‘lsa, qo‘rqayotgan darajadagi falokat sodir bo‘ldimi? Va eng muhimi — u bu vaziyatni ko‘tara oldimi? Shunda odam shunchaki: “Men xato qilishdan qo‘rqmasligim kerak” degan yangi gapni yodlamaydi. U yangi tajriba orttiradi: “Men xato qilishim mumkin va buning oqibatini ko‘tara olaman.” 🌟Bu ikkalasi orasida katta farq bor. Chunki miyamiz tajriba orqali tezroq va ko’proq o‘rganadi. Shu sababli CBTda uyga vazifalar ham bor. Bir haftada terapevt bilan 50 daqiqa gaplashib, qolgan 167 soat davomida eski odatlarimiz bilan yashasak, o‘zgarish qiyinlashadi. 😁 Uyga vazifa maktabdagi “bajarmasang ikki” qo‘yiladigan vazifa emas.U dastlab fikrlarni sezishni o’rganish, keyin ularni mustaqil tahlil qilish ko’nikmasini shakklantirish, keyin esa terapiyada o‘rganilgan ko’nikmalar real hayotda sinab ko‘rish uchun beriladi. 📌 Bu avtomatik fikrlarni yozib borish bo‘lishi mumkin. Qochib yurgan vaziyatga asta-sekin yaqinlashish, biror xatti-harakatni o‘zgartirib ko‘rish, uyqu yoki kayfiyatni kuzatish, yangi kommunikatsiya usulini mashq qilish yoki xulqiy tajriba o‘tkazish bo‘lishi mumkin. Qanday vazifa berilishi esa muammoga bog‘liq. 📌 Shu sababli terapiyadagi haqiqiy o‘zgarishning katta qismi terapevt kabinetidan tashqarida sodir bo‘ladi. Siz asta-sekin o‘z fikrlaringizni payqashni, ularni tekshirishni, eski reaksiyangiz o‘rniga boshqacha harakat qilib ko‘rishni va natijasini kuzatishni boshlaysiz. Endi longread boshida aytgan gapimizga qaytamiz: Tushunish hali o‘zgarish degani emas. 🔵 “Men odamlarning fikridan qo‘rqishim bolaligimdagi tajribalarim bilan bog‘liq ekan” — anglash. 🔵 “Bugun meni baholashlaridan qo‘rqsam ham fikrimni aytib ko‘rdim va nima sodir bo‘lishini kuzatdim” — yangi tajriba. Terapiyada bizga ikkalasi ham kerak bo‘lishi mumkin. ❓Lekin endi boshqa savol tug‘iladi. Agar muammolarimiz yillar davomida shakllangan bo‘lsa, ularni o‘zgartirish uchun qancha vaqt kerak? 3–5 seans yetadimi? Bir necha oy kerakmi? Yoki psixoterapiya yillab davom etadimi? ⤵️ Keyingi qismda terapiya qancha davom etishi va nega bu savolga hamma uchun bitta javob yo‘qligini gaplashamiz.
267
10
📌 CBTda fikrlar qanday o‘zgartiriladi? Oldingi postdan keyin shunday taassurot paydo bo‘lishi mumkin: “Demak, muammo fikrlarimda ekan. Endi negativ fikrlarni pozitiv fikrlarga almashtirishim kerak”. Yo‘q😁 CBT — pozitiv fikrlashni o‘rgatadigan terapiya emas. Masalan, siz ertaga muhim prezentatsiya qilishingiz kerak va xayolingizdan: “Men hammasini rasvo qilaman” degan fikr o‘tdi. Buning o‘rniga oynaga qarab: “Men zo‘rman! Men eng yaxshisiman! Hammasi ajoyib bo‘ladi!” deb o‘zingizni ishontirish CBT emas))😁 🔉 Chunki buning ikkalasi ham fakt bo‘lmasligi mumkin. CBTdagi maqsad negativ fikrni pozitiv fikrga almashtirish emas. Fikrimizni imkon qadar realistik, moslashuvchan va dalillarga tayangan holda tekshirishni o‘rganish. Buning uchun avval juda muhim bir ko‘nikma kerak: Fikrni fakt sifatida emas, fikr sifatida ko‘ra olish. Undan ham oldin esa o’zidagi avtomatik fikrlarni payqash. Bu juda oddiy eshitiladi. Lekin kundalik hayotda biz buni kam qilamiz. Masalan: “U mendan sovigan”, “Men yomon onaman”, “Mendan yaxshi mutaxassis chiqmaydi”, Hamma meni muhokama qiladi”, “Bu munosabat baribir tugaydi”. 🔵 Bu gaplar xayolimizdan o‘tganda odatda hech qachon ular haqida o’ylamaymiz. Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqatdek his qilamiz va tanamiz ham xuddi haqiqatan shunday bo‘layotgandek reaksiya beradi. 📌 CBTda esa biz o‘sha avtomatik jarayonni bir muddat sekinlashtiramiz. Masalan: Vaziyat: erimga biror narsa aytdim, u qisqa javob berdi. Avtomatik fikr: “U mendan sovigan.” Hissiyot: xavotir, xafalik. Xatti-harakat: qayta-qayta “Nima bo‘ldi?” deb so‘rash, uning kayfiyatini kuzatish, sovuqlashish yoki janjal boshlash. Endi terapevt sizga: “Yo‘q, eringiz sizdan sovimagan, yaxshi narsalarni o‘ylang” demaydi. Aksincha, savollar beradi. ✅Bu fikrni tasdiqlaydigan qanday dalillar bor? ✅Unga zid qanday dalillar bor? ✅Vaziyatning yana qanday tushuntirishlari bo‘lishi mumkin? ✅Siz hozir faktni aytyapsizmi yoki o‘zingizning taxminingizni? ✅Agar yaqin dugonangiz xuddi shu vaziyatni aytsa, unga nima derdingiz? ✅Eng yomon ehtimol nima? Eng yaxshi ehtimol-chi? Eng realistik ehtimol qaysi? Shunda: “U qisqa javob berdi → demak mendan sovigan” orasida boshqa ehtimollar ham paydo bo‘la boshlaydi: 〰️ “Balki charchagandir” 〰️ “Balki xayoli boshqa narsadadir” 〰️ “Balki mendan xafa bo‘lgandir” 〰️ “Balki rostdan ham munosabatimizda muammo bordir, lekin bitta qisqa javob buning uchun yetarli dalil emas” Mana shu oxirgisi juda muhim. CBT sizni hamma narsaning yaxshi tomonini ko‘rishga emas, narsalarni aniqroq, voqelikni realroq ko‘rishga o‘rgatadi. Ba’zan tekshirganingizdan keyin negativ fikringiz to‘g‘ri ekanini ham aniqlashingiz mumkin. 🌟 Masalan, “Rahbarim mening ishimdan norozi” deb o‘yladingiz. Keyin gaplashib ko‘rdingiz — ha, rostdan ham norozi ekan. Terapevtning vazifasi: “Yo‘q, hammasi yaxshi” deb sizni aldash emas. ⤵️ Endi savol o‘zgaradi: “Xo‘sh, bu real muammo bilan nima qila olaman?” Mana shu joyda CBT faqat fikrlar bilan ishlaydigan terapiya emasligini tushunish muhim.
240
11
😐 Bilaman, bunaqa postlar zerikarli, ularni o’qish qiyin, lekin o’zi shundoq ham hamma yoq qisqartirilgan, kontekstdan yulib olingan, soddalashtirilgan ma’lumotga to’lib ketgan. Aslida bularni londread deyishga tilim ham bormaydi, chunki longread deb bundanda uzunroq va kattaroq materiallarga aytiladi. Xullas, o’rtoqlar miyani ham qiynab turish, ishlatib turish kerak. Postlarni o’qib bo’lgach ularni reaksiyalar bilan qo’llab-quvvatlashni ham unutmang ❤️
225
12
Faqat shokolad yeb yurib ochdan o’lmaslik mumkin, ammo bunda tana uchun kerakli boshqa moddalar, vitaminlar bo’lmaydi, natijada organizm quvvatsizlanib, holdan toyib boraveradi. Koping strategiyalar ham ruhiyatimiz uchun huddi shunaqa ishlaydi. Ular bizga o’zimiz yashayotgan konkret sharoitga moslashish va aynan o’sha sharoit doirasida tirik qolishga yordam beradi. Ammo ular faqatgina tirik qolishga yordam beradi, to’laqonli yashashga emas. Vaqt o’tadi, vaziyatlar o’zgaradi, biz o’zgaramiz, hayotimiz o’zgaradi ammo bizni tirik qolish strategiyalarimiz o’zgarmaydi. Va aynan mana shu narsa hayotimizni qiyinlashtirishni boshlaydi. Bu strategiyalar ma’lum sharoitlarda biz uchun foydali edi, ammo endi ularni keragi yo’q. Muammo shundaki, miya buni tushunmaydi. U nima uchun shuncha paytdan beri ishlatib kelayotgan, o’zini oqlagan, tajribada effekti tasdiqlangan usullarini almashtirish kerakligini tushunmaydi. ⤵️ Keling buni konkret vaziyatga qo‘yamiz. Rahbar sizning ishingizni tekshirmoqchi 〰️ Chuqur e’tiqod: “Men yetarlicha qobiliyatli emasman” 〰️ Oraliq qoida: “Agar xato qilsam, qobiliyatsizligim bilinib qoladi. Shuning uchun hamma narsani mukammal qilishim kerak” 〰️ Avtomatik fikr: “Hozir hamma xatolarimni topadi” 〰️ Hissiyot: xavotir, qo’rquv, bezovtalik 〰️ Tana: yurak tez uradi, mushaklar taranglashadi. Xatti-harakat: hamma narsani qayta-qayta tekshirish, xatolarni yashirishga urinish, tun bo‘yi ishlash yoki hatto vazifani topshirishni cho‘zish. Mana endi biz endi shunchaki: “Men har narsadan xavotir olaveradigan odamman”, degan gapdan ancha chuqurroqqa tushdik. 🔉 CBTning eng foydali jihati ham shu: biz faqat hissiyotning o‘ziga emas, uni yuzaga keltirayotgan va davom ettirayotgan butun boshli tizimga qaraymiz.
224
13
🔉 Avtomatik fikrlar qayerdan keladi? O‘tgan postda bir xil vaziyat ikki odamda mutlaqo boshqa hissiyot va xatti-harakatni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rdik. Buning o‘rtasida bizning vaziyatga bergan talqinimiz — avtomatik fikrlarimiz turadi. Lekin endi yana bitta savol tug‘iladi: 💡 Nega sizga aynan shunday fikr keldi? Nega dugonangiz xabaringizga javob bermasa, sizning miyangiz: “Band bo‘lsa kerak”, deb emas, “Men nimadir noto‘g‘ri gapirdim shekilli”, degan xulosa chiqaradi? Yoki rahbaringiz ishingizdagi bitta xatoni ko‘rsatsa, nega: “Xato qilibman, tuzataman”, deyish o‘rniga: “Men bu ishni umuman eplay olmayman”, degan fikr keladi? Chunki avtomatik fikrlarimiz havodan paydo bo‘lmaydi. Ularning tagida hayot davomida shakllangan e’tiqodlarimiz va qoidalarimiz yotadi. Bu yerda “e’tiqod” deganda diniy e’tiqodni nazarda tutmayapman. CBTda buni ingliz tilida core beliefs, rus tilida глубинные убеждения deb atashadi. O‘zbekchada shartli ravishda chuqur ichki e’tiqodlar desak bo‘ladi. Bular insonning o‘zi, boshqalar va dunyo haqidagi juda umumiy tasavvurlari. Masalan: 🔵 “Men yetarlicha yaxshi emasman.” 🔵 “Men sevilishga loyiq emasman” 🔵 “Odamlarga ishonib bo‘lmaydi” 🔵 “Men ojizman” 🔵 “Dunyo xavfli joy” Bunday e’tiqodlar har kuni miyamizda aynan shu jumlalar bilan aylanib yurishi shart emas. Aksincha, odam: “Men yetarlicha yaxshi emasman”, degan ichki qarash bilan yillar davomida yashab, o‘zida bunday qarash borligini umuman bilmasligi ham mumkin. U faqat uning natijalarini ko‘radi. ⤵️ Masalan, tanqidni juda og‘ir qabul qiladi. Xato qilishdan haddan tashqari qo‘rqadi. Doimo boshqalarning ma’qullashiga muhtoj bo‘ladi. Biror odam sovuqroq gapirsa, darrov o‘zidan ayb qidiradi. 📌 Tasavvur qiling, bu xuddi ko‘zoynakka o‘xshaydi. Agar ko‘zoynakning oynasi ma’lum bir tusda bo‘lsa, siz tashqaridagi dunyoni ham shu tus orqali ko‘rasiz. Lekin uzoq vaqt taqib yurganingiz uchun bir payt kelib ko‘zoynak borligini unutib, “dunyoning o‘zi shunaqa” deb o‘ylay boshlashingiz mumkin. Chuqur e’tiqodlarimiz ham shunday ishlaydi. Lekin chuqur e’tiqod bilan avtomatik fikr o‘rtasida yana bir qatlam bor. CBTda ularni oraliq e’tiqodlar — qoidalar, taxminlar va munosabatlar deb tushuntirishadi. Masalan, ichkarida: “Men yetarlicha yaxshi emasman” degan chuqur e’tiqod bor deylik. Unga javoban bizda quyidagicha qoidalar shakllanishi mumkin: “Xato qilish yomon”, “Agar xato qilsam, odamlar mening aslida qobiliyatsiz ekanimni bilib qoladi”, “Boshqalar meni qadrlashi uchun hamma narsani yaxshi qilishim kerak”, “Demak, xato qilmasligim kerak”. ♦️ Va mana shu qoidalar odamning kundalik hayotida ma’lum strategiyalarni paydo qilishi mumkin. Ya’ni psixika aqldan ozmaslik va bizni bu ichki e’tiqodlarimizni zararli ta’siridan himoya qilish uchun (aslida o’zimiz yashayotgan muhitda yashab qolishimiz uchun) koping strategiyalar o’ylab topadi. Masalan, perfeksionizm. ✅Inson har bir ishni ideal qilishga harakat qiladi. Postni o‘n marta tekshiradi. Oddiy vazifaga keragidan bir necha barobar ko‘p vaqt sarflaydi. Tayyor bo‘lmaguncha ishini hech kimga ko‘rsatmaydi. Bitta tanqidiy izohni o‘nta yaxshi fikrdan kuchliroq qabul qiladi. Tashqaridan qaraganda bunday inson shunchaki talabchan odamdek ko‘rinishi, ichkarida esa butun boshqa tizim ishlayotgan bo‘lishi mumkin: “Agar mukammal bo‘lmasam, mening yetarlicha yaxshi emasligim bilinib qoladi”. 🌟 Va bu yerda qiziq paradoks paydo bo‘ladi. Perfeksionizm qisqa muddatda odamga yordam berishi mumkin. U juda yaxshi tayyorlanadi, kam xato qiladi, maqtov oladi. Shunda miya: “Ko‘rdingmi? Men hamma narsani mukammal qilganim uchun hech kim meni tanqid qilmadi”, degan xulosa chiqaradi. Lekin bunda odam boshqa narsani tekshirib ko‘rmaydi: “Agar men mukammal bo‘lmaganimda, rostdan ham qo‘rqayotgan narsam sodir bo‘larmidi?” Shu tariqa qoida saqlanib qoladi. Va bu qoidaning qisqa muddatli foydalaridan ko’ra, odamning hayotiga zararları ko’payib boradi. 📌 Men doim koping strategiyalarni faqat shokolad bilan jon saqlashga o’xshataman.
215
14
O’zi tushunarli bo’lyabdimi? 🥺🥺🥺🥺
233
15
Nega boshqa odam xuddi shu vaziyatda “Band bo‘lsa kerak” deb o‘yladi? Avtomatik fikrlar qayerdan keladi? ⤵️ Mana shu savol bizni CBTning keyingi qatlamiga olib boradi: ichki e’tiqodlarimiz, hayot davomida shakllangan qoidalarimiz va o‘zimiz haqimizdagi chuqur qarashlarimizga. Va aynan shu yerda aysbergning suv ostidagi qismini ko‘rishni boshlaymiz. ⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
252
16
🔉 Nega bir xil vaziyat ikki odamda ikki xil hissiyot uyg‘otadi? O‘tgan postda birinchi seansda terapevt sizning muammoingiz haqida ma’lumot yig‘ishi va uning qanday ishlayotganini tushunishga harakat qilishi haqida gaplashdik. Endi savol: u aynan nimani tushunishga harakat qiladi? Buni tushunish uchun CBTning eng asosiy g‘oyalaridan biriga kelamiz: tasavvur qiling, to‘rtta xodim bitta xonada o‘tiribdi. Rahbar kiradi va to‘rttalasiga ham: “Sizlarni ishdan bo‘shatishga qaror qildik” deydi. ♦️ Vaziyat bir xil. Xabar ham bir xil. Lekin birinchi odamning xayolidan: “Tamom. Endi nima qilaman? Boshqa ish topolmasam-chi?” degan fikr o‘tadi. Unda kuchli xavotir paydo bo‘ladi. ♦️ Ikkinchisi: “Qanday qilib meni bo‘shatishadi? Bunga ularning haqqi yo‘q!” deb o‘ylaydi va jahli chiqadi. ♦️ Uchinchisi: “Men hatto bitta ishni ham eplay olmadim. Ota-onam mendan shuncha umid qilgan edi”, deb o‘ylab, uyalishi yoki tushkunlikka tushishi mumkin. To‘rtinchisi esa ichida: “Xudoga shukr! O‘zi qachondan beri bu yerdan ketmoqchi edim”, deb xursand bo‘lishi mumkin. 😁 ❓Nega? Axir hodisa bir xil-ku. Agar insonning hissiyoti faqat tashqarida sodir bo‘lgan voqeaning o‘zi bilan belgilanganda, to‘rttalasida ham taxminan bir xil reaksiya bo‘lishi kerak edi. Lekin unday emas. Chunki hodisa bilan bizning reaksiyamiz o‘rtasida yana bir muhim jarayon bor: biz bu hodisani qanday talqin qildik? CBTning asosiy g‘oyalaridan biri ham shu. Biz tashqaridan kelgan axborotni shunchaki qabul qilib olmaymiz. Miyamiz unga ma’no beradi, baholaydi, avvalgi tajribalarimiz va o‘zimiz, boshqalar hamda dunyo haqidagi qarashlarimiz orqali talqin qiladi. Va aynan shu talqin hissiyotimiz hamda keyingi xatti-harakatimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. 📌Oddiyroq misol. Siz bir insonga xabar yozdingiz. U xabaringizni ko‘rdi, lekin javob bermadi. 〰️ Birinchi odam: “Band bo‘lsa kerak, keyin yozar”, deb o‘ylaydi va telefonini qo‘yib, ishini davom ettiradi. 〰️ Ikkinchisi: “Men nimadir noto‘g‘ri gapirdimmi?” deb xavotirlana boshlaydi va yozishmani qayta-qayta o‘qiydi. 〰️ Uchinchisi: “Ko‘rib turib javob bermayapti. Demak, meni mensimayapti”, deb jahli chiqadi. 〰️ To‘rtinchisi: “Demak, men unga qiziq emasman”, deb xafa bo‘ladi. ❕ Fakt esa hozircha bitta: u javob bermadi. Qolganlari — shu faktga miyamiz bergan ma’nolar. Mana shu joyi juda muhim. CBT “hamma muammo sizning fikringizda” yoki “yomon narsalar aslida sodir bo‘lmaydi” demaydi. Ba’zi odamlar haqiqatan ham sizni mensimasligi mumkin. Haqiqatan ham ishdan ayrilish og‘ir vaziyat bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham kimdir sizga nisbatan adolatsizlik qilishi mumkin. 💡 Gap voqelikni inkor qilish haqida emas. Gap voqelikdan unga bergan talqinimizni ajrata olish haqida. Chunki biz ko‘pincha ikkalasini bitta narsa deb qabul qilamiz. “U javob bermadi” — fakt. “U meni mensimayapti” — talqin. “Boshlig‘im xatolarimni ko‘rsatdi” — fakt. “Demak, men bu ishga noloyiqman” — talqin. “Erim bugun kamgap” — kuzatiladigan holat. “Demak, u mendan sovigan” — talqin. ❕ Muammo shundaki, bu fikrlar boshimizdan: “Bir daqiqa, hozir men vaziyatni qanday talqin qilyapman ekan?” degan uzun tahlil ko‘rinishida o‘tmaydi. 😁 Ular juda tez paydo bo‘ladi. CBTda bularni avtomatik fikrlar deb ataymiz. Biz ko‘pincha ularni hatto alohida fikr sifatida payqamaymiz. Lekin uning ortidan kelgan hissiyotni juda yaxshi sezamiz. Masalan: “Birdan kayfiyatim tushib ketdi”, “Negadir jahlim chiqdi”, “Birdan yuragim tez ura boshladi”, “Uning yonida o‘zimni juda yomon his qilaman”. Shunda CBT terapevti siz bilan birga bir qadam orqaga qaytadi: O‘sha paytda xayolingizdan nima o‘tdi?Mana shu juda oddiy savol orqali biz asta-sekin reaksiyaning ichki mexanizmini ko‘ra boshlaymiz. Shartli ravishda: VAZIYAT → TALQIN/FIKR → HISSIYOT + TANA REAKSIYASI + XATTI-HARAKAT Masalan: Xabarimga javob bermadi → “Men unga kerak emasman” → xafalik, xavotir → telefonni qayta-qayta tekshirish, yana yozish yoki aksincha ataylab sovuqlashish. Mana shu yerdan yanada qiziq joyi boshlanadi. ❓ Nega aynan sizning miyangiz “Men unga kerak emasman” degan fikrni chiqardi?
270
17
🔉 Birinchi seansda nimalar bo‘ladi? Menimcha, terapiyaga hali bormagan odamlar uchun eng mavhum joylardan biri shu: terapevtning xonasiga kirdim, o‘tirdim (yoki u bilan onlayn bog’landim)… keyin nima? 😁 Nimadan boshlashim kerak? Hamma muammolarimni boshidan aytib beramanmi? Terapevt savol beradimi? Bolaligim haqida so‘raydimi? Birinchi seansning o‘zidayoq muammomning sababini topamizmi? 🟡Aslida birinchi uchrashuvning muhim vazifalaridan biri — siz bilan nima sodir bo‘layotganini tushunish. Siz terapiyaga, masalan xavotiringiz oshgani, oilaviy muammolar, munosabatlarda bir xil senariylar takrorlanayotgani, farzandingiz bilan munosabatdagi muammolardan shikoyat qilib kelishingiz mumkin. Lekin terapevt uchun bu hali boshlang‘ich ma’lumot. Masalan, bezovtalik oshib, ko’p xavotirga tushayotgan bo’lsangiz, u xavotir qachondan boshlanganini, qanday vaziyatlarda kuchayishini, o‘sha paytda xayolingizdan nimalar o‘tishini, tanangizda nimalarni his qilishingizni, nima qilishingizni, nimalardan qochishni boshlaganingizni, bu holat uyqu, ish, o‘qish yoki munosabatlaringizga qanchalik ta’sir qilayotganini so‘rashi mumkin. Bundan tashqari, hozirgi hayotingiz, muhim munosabatlaringiz, avvalgi psixologik qiyinchiliklar, sog‘lig‘ingiz, qabul qilayotgan dorilaringiz, uyqu, moddalar iste’moli va xavfsizlik bilan bog‘liq savollar ham berilishi mumkin. Albatta, aynan nimalar so‘ralishi sizning murojaatingiz va mutaxassisning ish uslubiga bog‘liq. Ya’ni terapevt sizning hikoyangizni shunchaki eshitibgina qolmaydi. U ma’lumot yig‘adi va ular orasidagi bog‘liqlikni tushunishga harakat qiladi, huddi doktorga borsangiz u ham siz haqingizda anamnez to’plaganidek. 🌟CBTda buning uchun case conceptualization tushunchasi bor, ya’ni mijoz muammosining individual tushuntirish modeli. Oddiyroq aytganda, terapevt siz bilan birgalikda quyidagi savollarga javob izlaydi: Bu muammo qanday paydo bo‘lgan? Hozir uni nimalar qo‘zg‘atyapti? Eng muhimi, nimalar uni davom etishiga sabab bo’lyapti? 🌹Mana shu oxirgi savol CBT uchun juda muhim.Chunki muammoning qayerdan kelganini bilish bilan uning bugun qanday ishlayotganini tushunish bir xil narsa emas. Masalan, inson odamlarning bahosiga juda sezgir bo‘lishining ildizlarini bolaligidan topishi mumkin. Bu juda muhim anglash bo‘lishi mumkin. Lekin bugun u har safar yangi odamlar orasiga kirganda jim tursa, fikrini aytishdan qochsa, gapirishdan oldin har bir jumlasini ichida o‘n marta tekshirsa va suhbatdan keyin “Nega bunaqa dedim?” deb soatlab tahlil qilsa — muammoni hozir ham ushlab turgan mexanizmlar bor. 📌 Shuning uchun muammo qayerdan paydo bo’lganigina emas, nima uchun bugungi kunga kelib ham ishlayotgani mühim. Birinchi seansning yana bir vazifasi bor: terapevt sizni o‘rganayotganidek, siz ham terapevtni o‘rganasiz. ❓ U bilan gaplashganda o‘zingizni xavfsiz his qilyapsizmi? Savollari sizga tushunarlimi? Nima uchun nimanidir so‘rayotganini tushuntiradimi? Sizning maqsadingizni eshitadimi? Terapiya qanday ishlashi, maxfiylik va uning istisnolari, uchrashuvlar davomiyligi, to‘lov, bekor qilish kabi chegaralar haqida ma’lumot berdimi? Terapevtning diplomi va metodi muhim, albatta. Lekin terapevtik munosabatning sifati ham terapiya natijasida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun birinchi seansdan chiqiboq hamma muammolar bo’lib ketishini kutish shart emas. 😁 Ba’zida aksincha, juda ko‘p narsani gapirganingiz uchun charchashingiz, o‘ylab qolishingiz yoki yangi savollar paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zida esa birinchi suhbatning o‘zi katta yengillik beradi. Birinchi seansning vazifasi sizni bir soatda “tuzatib yuborish” emas. Avval qayerda turganingizni tushunish kerak. Keyin qayerga borishni aniqlaymiz. Shundan keyingina u yerga qanday borish ustida ishlash boshlanadi. 🔵 Xo‘sh, terapevt shu ma’lumotlarning hammasini yig‘ib bo‘lgach, ular bilan nima qiladi? Mana endi CBTning ichiga kiramiz. Keyingi qismda vaziyat → fikr → hissiyot → tana → xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘liqlikni va nima uchun bir xil vaziyat ikki odamda mutlaqo boshqa reaksiya tug‘dirishi mumkinligini ko‘ramiz.
319
18
Terapiya tajribasi borlardan so‘ramoqchiman 🔉 Psixoterapiyaga birinchi marta borishingizdan oldin terapiya haqida qanday tasavvuringiz bor edi? Va birinchi seansdan chiqqaningizdan keyin bu tasavvur qanchalik o‘zgardi? Eng qizig‘i — terapiyada siz kutmagan nima bo‘ldi? 😁 Tajribasi borlar, kommentda yozib qoldiringlar. Boshqalarga ham terapiya aslida qanday kechishini tushunishga yordam beradi 🫶
345
19
🔥 Keyingi postda CBTning asosiy modelini ko‘ramiz: bir vaziyat qanday qilib fikrimizga, hissiyotimizga va xatti-harakatimizga ta’sir qiladi — va nima uchun ba’zan o‘zimiz bilmagan holda muammomizni o‘zimiz davom ettirib turamiz.
1
20
🔉 Psixoterapiya o‘zi nima? Psixoterapiya haqida eng ko‘p uchraydigan tasavvurlardan biri — siz borasiz, bir soat muammolaringizni gapirasiz, psixolog sizni tinglaydi va ichingiz biroz bo‘shab qaytasiz. Albatta, terapiyada sizni tinglashadi. O‘z muammolaringiz haqida gapirasiz. Ba’zida bir seansning o‘zidayoq yengillik ham his qilishingiz mumkin. Aslida, agar insonlar huddi mutaxassisdek muhokama qilmay, ayblamay va kuchli reaksiyalar bildirmay tinglashni bilganlarida, ehtimol hayotimiz hozirgidan sal yaxshiroq bo’lar edi. Aytmoqchimanki, aslida terapiya faqat tinglashdan iborat emas, ammo to’g’ri tinglay olishni o’zi ham insonga katta yordam beradi. Nimani gapirishidan qat’iy nazar o’zini xavfsiz his qilishi mumkinligiga, kamchiliklari ustidan hech kim kulmasligiga, nomukammal bo’lsa ham qabul qilinishini bilgan inson ichidagi hislarini, fikrlarini hech qanday ta’qiqlarsiz tashqariga chiqara boshlaydi va mo’jiza (!) u birinchi marta o’zini-o’zi eshitishni boshlaydi. Lekin psixoterapiyaning maqsadi shunchaki gapirib yengillashish yoki faqatgina tinglanib, tushunilish emas. Psixoterapiya — insonning ruhiy holati, fikrlashi, hissiyotlari va xulqidagi qiyinchiliklar bilan maxsus psixologik usullar yordamida ishlanadigan professional jarayon. Bu yerda “professional jarayon” degan joyi muhim. Masalan, yaqin dugonangizga muammoingizni aytsangiz, u sizni tinglashi, yupatishi, o‘z tajribasidan kelib chiqib maslahat berishi mumkin: 🟡Men bo‘lsam unday qilmasdim 🟡Ering bilan gaplashib ol 🟡Ishingni o‘zgartir 🟡Bunaqa narsalarni o‘ylayverma 🟡 Sen undan yaxshirog‘iga loyiqsan (To’g’risi o’zim ham umumiy guruhlarimizga dugonalarimga huddi shunaqa qilaman 😂🫶, qizlar sizlarni yaxshi ko’raman ❤️) Bu suhbat sizga juda katta yordam berishi ham mumkin. Lekin u psixoterapiya emas. Chunki bu maslahatlar nima qilishni aytadi, ammo uni qanday qilishni o’rgatmaydi. Zotan, shu maslahatni eshitayotgan odamni o’zi ham nima qilish kerakligini juda yaxshi tushunishi mumkin, ammo buni qanday qilish kerakligini bilmaydi. Nimalar unga qaror qabul qabul qilishga xalaqit berayotganini esa o’ylab ham ko’rmaydi. Terapevtning vazifasi esa sizning hayotingizni siz uchun boshqarish yoki “mana bunday qiling” deb qaror chiqarib berish emas. Masalan, siz: “Erim bilan ajrashishim kerakmi?” deb kelsangiz, terapevtning vazifasi sizga “ajrashing” yoki “oilani saqlab qoling” deyish emas. U siz bilan birga bu qarorga ta’sir qilayotgan omillarni o‘rganadi: siz nimadan qo‘rqyapsiz, nimani xohlaysiz, vaziyatni qanday talqin qilyapsiz, qaysi fikrlar qaror qabul qilishingizga xalaqit beryapti, qanday xatti-harakatlar muammoni saqlab turibdi va hokazo. Ya’ni terapiyada sizning o‘rningizga yashashmaydi. Sizga o‘z hayotingizni yaxshiroq boshqarishga yordam berishadi. 🌟 CBTda esa bu jarayon yanada tizimli Terapevt bilan mijoz odatda muammoni aniqlaydi, terapiya uchun maqsadlarni belgilaydi va shu maqsadlar ustida birgalikda ishlaydi. Seanslar shunchaki “bugun nimani gapirgimiz kelsa, shuni gaplashamiz” shaklida ketavermaydi. Masalan, mijoz terapiyaga kuchli xavotir hissi bilan keladi. Lekin bu hali terapiya uchun yetarlicha aniq maqsad emas. Xavotir qachon paydo bo‘ladi? Nimalardan qo‘rqadi? Shu sababli nimalardan qochyapti? Hayotining qaysi qismiga xalaqit beryapti? Terapiyadan keyin aynan nima o‘zgarsa, “menga yordam berdi” deya oladi? Mana shular asta-sekin aniqlashtiriladi. Shuning uchun yaxshi terapiyada bir muddat o’tgach siz “Biz bu yerda nima ustida ishlayapmiz?” degan savolga javob bera olishingiz kerak. 📌 Yana bir muhim jihati — psixoterapiya faqat “muammomning sababini topdim” degan anglash bilan tugamaydi. Odam o‘zida bir muammo nega paydo bo‘lganini juda yaxshi tushunib turib ham, yillar davomida xuddi o‘sha xatti-harakatni takrorlashi mumkin. Chunki tushunish hali o‘zgarish degani emas. ❓ Aynan shu joydan CBTning eng qiziq qismiga kelamiz. Odamning muammosi bugungi hayotida qanday ishlayapti va nima sababdan davom etyapti?
358