fa
Feedback
Introvert oshxonasi

Introvert oshxonasi

کانال بسته

Intellektual ozchilik uchun📚 Psixoterapevt nigohi bilan inson ruhiyati: munosabatlar va xulq haqida. Ilmiy asosda, ortiqcha shovqinsiz. Murojaat: @lady120794r

نمایش بیشتر
1 785
مشترکین
-2624 ساعت
-867 روز
+59230 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئیه '26
ژوئیه '26
+961
در 4 کانال‌ها
ژوئن '260
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مه '260
در 5 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '260
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '260
در 2 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '260
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '260
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '250
در 2 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '250
در 8 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '250
در 1 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '250
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '250
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+21
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+18
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+20
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+123
در 9 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+36
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+87
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+29
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+133
در 5 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+116
در 5 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+69
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+51
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+66
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+70
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+112
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+69
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+295
در 10 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+476
در 9 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+337
در 10 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+387
در 9 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+232
در 7 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+86
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+44
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+81
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+52
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+142
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+177
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+362
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
13 ژوئیه0
12 ژوئیه+1
11 ژوئیه0
10 ژوئیه+2
09 ژوئیه+5
08 ژوئیه+7
07 ژوئیه+7
06 ژوئیه+94
05 ژوئیه+546
04 ژوئیه+16
03 ژوئیه+20
02 ژوئیه+34
پست‌های کانال
📌Yana bitta zo’r savol, menimcha shu bilan tugatamiz: Bu savolni berishimga nevrobiolog Robert Sapolskyni determined: A science of life without free will kitobida insonning qarorlari genetika, gormonlar, miya faoliyati, tarbiya va hayotiy tajriba natijasi degani edi. U insonda erkinlik yo'q uni xatti harakatlarini tepadagi sanalgan narsalar belgilaydi deydi. Shu narsa mani o'ylantirdi. Modomiki genetika temperament atrof muhit inson tanlovlarini belgilar ekan unda inson o'z xatti harakatiga qanchalik javobgar ?

2
پیام صوتی
234
3
📌 Biroz falsafiy va zo’r savol: Manda bir savol bor edi shunga qanchalik bog'liq bilmadim. Agar insonning tanlovlari genetika, temperament, tarbiya va muhit ta'sirida shakllansa u qanchalik erkin hisoblanadi?
269
4
پیام صوتی
281
5
📌 Savol: Temperament ham genetikaga bogʻliqmi, yoki onaning nerv sistemasi, holati homilaning 1- 3oyligida ta'siriga bogʻliqmi
302
6
پیام صوتی
305
7
📌Yana bir savol: Bu yerda menimcha muhim bir nuqta bor, agar iloji bo‘lsa shuni ham aytib o'tsangiz. Biz shaxsiyat deganda insonning shaxsiyati shakllanishi nazarda tutyapmizmi? Uning jinsini tarbiya yoki muhit bilan o'zgartirish menimcha shaxsiyati shakllanishi deyilmasligi kerak
325
8
پیام صوتی
316
9
🔉 Izohlarda shunday savol berildi, keling unga ham javob berib ketay: “Uchdan keyin kech degan kitobda ham shunga o'xshash fikr olg'a surilgandi: deyarli hamma bir xil tug'iladi, ularning kim bo'lishi 3 yoshgacha bo'lgan tarbiya va ta'limga bog'liq degan ma'noda. Shu sababli oxirgacha o'qishni xohlamaganman. Siz o'qib ko'rmaganmisiz? Genetikani rad etish, menimcha, xato. U isbot sifatida "bo'ri qizlar"ni keltirgandi Hamma odamlar, agar jismoniy nuqsonlari boʻlmasa, dеyarli bir xil holatda tugʻiladilar. Bolalarning aqlli yoki nodon, mazlum yohud tajovuzkor boʻlishi ularning tarbiyasiga bogʻliqdir. Shu fikrga qo'shilasizmi?” ⤵️ Men javob yozguncha, siz ham bemalol fikrlaringizni yozishingiz mumkin.
328
10
📌 Zamonaviy fan insonni bitta omil bilan tushuntirmaydi. Bugungi kunda psixologiyada eng ko’p qabul qilingan yondashuv shaxs rivojlanishining biopsixosotsial modeli hisoblanadi. Unga ko’ra, inson shu uchta omilning o’zaro ta’siri natijasida shakllanadi. 🟡Biologik omillar — genetika, gormonlar, miya faoliyati, tuzilishi va organizmning tug’ma xususiyatlari. 🟡Psixologik omillar — temperament, fikrlash uslubi, his-tuyg’ularni boshqarish, bolalikdagi tajribalar va travmalar. 🟡Ijtimoiy omillar — oila, tarbiya, tengdoshlar, madaniyat va inson yashayotgan muhit. David Reimer hikoyasi ham na biologiyani inkor qilib bo’ladi, na tarbiyani, na inson yashayotgan muhitni inkor qilib bo’lmasligini ko’rsatdi. Ularning har biri o’zaro ta’sir qiladi. 🔉 David keyinchalik erkak sifatida yashay boshladi. U turmush qurdi, ishladi, oilali bo’ldi. Lekin bolaligida boshdan kechirgan voqealarning izlari uni umr bo’yi tark etmadi. 2004-yil, 38 yoshida, David Reimer o’z joniga qasd qildi. Albatta, bunday qarorning sababi bitta omil bilan tushuntirilmaydi. Ukasining narkotiklardan vafot etishi, oilaviy hayotidagi muammolar va moliyaviy qiyinchiliklar ham bunga ta’sir qilgan. Ammo bolalikda boshdan kechirgan og’ir tajriba unda umr bo’yi chuqur iz qoldirgani haqida ko’plab mutaxassislar fikr bildirgan. ✅ Balki bu hikoyaning eng muhim sabog’i ham shundadir. Inson xulqini bitta nazariya va oddiy sabablar bilan tushuntirib bo’lmaydi. Hech bir ilmiy g’oya bit insonning hayotidan qimmat bo’lishi mumkin emas. Afsuski, bunday tajribalarni barmoq bilan sanab tugatish qiyin. Ammo ular haqida keyingi postlarda gaplashamiz.
343
11
Endi eng zerikarli qiziqarli joyiga keldik🙏 Biopsixosotsial nazariya nimaligi haqida gaplashamiz. Shu narsani yaxshilab tushunib olsangiz, juda ko’p savollaringizga javob topasiz. Keyin esa David hayoti qanday davom etganini gaplashamiz.
309
12
❓Jon Money nimani o’ylagan? Money 1950–60-yillarda interseks (DSD) bolalar bilan ishlagan. Interseks bolalar — bu tug’ma biologik xususiyatlari sabab jinsiy rivojlanishi odatdagi erkak yoki ayol rivojlanishiga to’liq mos kelmaydigan bolalardir. Ba’zilarida erkak va ayolga xos anatomik belgilar birgalikda uchrashi yoki jinsni aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. ❕Shu kuzatuvlar asosida u “bola tug’ilganda gender jihatidan neytral bo’ladi” degan g’oyani ilgari suradi. Ya’ni, hayotning dastlabki yillarida bolani qanday jins sifatida tarbiyalasangiz, o’sha identitet shakllanadi, deb hisoblagan. O’sha davr uchun bu juda ta’sirli nazariya edi. ❓ Nega Bryus uning uchun ideal eksperiment edi? Interseks bolalarda har doim: “Natijaga tarbiya ta’sir qildimi yoki tug’ma biologik xususiyatlarimi?” degan savol ochiq qolardi. Bryus keysida esa bunday savol yo’q edi, u sog’lom o’g’il bola bo’lib tug’ilgan edi. Aynan shuning uchun John Money uni o’z nazariyasini isbotlash uchun noyob imkoniyat deb ko’radi. Yana ustiga-ustak uning bir tuxumli egizagi bor edi. Bu ilmiy nuqtai nazardan deyarli ideal nazorat guruhi hisoblanardi. 🔵 Money shunday o’ylagan: “Genetika bir xil, homiladorlik sharoiti bir xil, farq faqat tarbiyada. Demak, agar biri o’g’il, biri qiz sifatida ulg’aysa, tarbiyaning ta’sirini “sof” holda ko’rish mumkin bo’ladi.” Aynan shuning uchun bu keys unga nihoyatda qimmatli tuyulgan. 🔉 Bugungi psixologiya nima deydi? Moneyning fikrlari butunlay noto’g’ri edi, deyish ham ilmiy jihatdan to’g’ri emas. Uning ayrim g’oyalari zamonaviy fanga ta’sir qilgan. Masalan: ➖ bolalik tajribasi muhim; ➖ ijtimoiy muhit muhim; ➖ gender rivojlanishida ijtimoiy omillar muhim ham rol o’ynaydi. Bular bugun ham qabul qilinadi. Lekin “Biologik jinsni tarbiya orqali istalgan tomonga o’zgartirish mumkin” degan g’oya rad etilgan. 🔉Bu keysan “demak, tarbiya umuman ahamiyatsiz” degan xulosa chiqarish noto’g’ri. John Money bitta omil — tarbiyani mutlaqlashtirdi. Bugungi fan esa nafaqat tarbiyani, balki biologik omillar va ijtimoiy muhitni ham birgalikda ko’radi.
328
13
❕Agar tajriba muvaffaqiyatsiz bo’lgan bo’lsa, nega dunyo buni bilmagan? Bu yerda hikoya yanada dahshatli tus oladi. Brendaning hayoti izdan chiqayotgan bir paytda, dunyo butunlay boshqa voqeaga ishonayotgan edi. John Money ketma-ket ilmiy maqolalar chop etardi. Konferensiyalarda ma’ruzalar qilardi. Va doim bitta fikrni takrorlardi: “Tajriba muvaffaqiyatli o’tmoqda.” 📌 Uning yozishicha, Brenda qiz bola sifatidagi rolga muvaffaqiyatli moslashayotgan, nazariya esa amalda o’z tasdig’ini topayotgan edi. Natijada bu keys dunyoning ko’plab universitetlarida o’qitila boshlaydi. Yillar davomida u “tarbiya biologiyadan ustun” degan nazariyaning eng kuchli dalillaridan biri sifatida keltiriladi. Aksiga olib, bunday fikr o’sha paytda gurkirab rivojlanayotgan gender tushunchasi, jinsiy erkinlik va feminzm g’oyalari uchun juda yaxshi xo’rak bo’ladi va uni har joyda targ’ib qila boshlashadi. 🔉 Afsuski, bu ilmiy maqolalarda yozilmagan yana bir tomon ham bor edi. Keyinchalik David Reimer va uning egizak akasi Brayan bergan intervyularda Money bilan uchrashuvlar haqida og’ir xotiralarni aytib berishadi. Ularning so’zlariga ko’ra, Money seanslar davomida bolalarni bir-birining oldida yechinishga majbur qilgan, jinsiy xarakterdagi holatlarni namoyish ettirgan, takrorlatgan va buni “sog’lom jinsiy rivojlanishning bir qismi” sifatida izohlagan. Bu voqealar yillar o’tib oshkor bo’lgach, nafaqat tajribaning ilmiy natijalari, balki uning etik tomoni ham keskin tanqid ostida qoladi. Eng achinarlisi esa shundaki, shu vaqt davomida Brenda og’ir ruhiy azoblarni boshdan kechirayotgan edi. Ammo “ilmiy” maqolalarda bu haqida deyarli hech narsa yozilmagan. ⤵️ Oradan yillar o’tib, jurnalist Jon Kolapinto ushbu voqeani batafsil o’rganadi. Shunda dunyo tajribaning maqolalarda tasvirlangan manzarasi bilan haqiqat orasida ulkan tafovut borligini bilib qoladi.
338
14
📌14 yil davomida yolg’on hayotda yashagan bola Brenda 14 yoshga to’lganida ota-onasi unga bor haqiqatni aytishadi. Tasavvur qiling, 14 yil davomida o’zingizni bir inson deb bilib yashaysiz. Keyin esa sizga butun hayotingiz yolg’on ustiga qurilganini aytishadi. Kutilmagan tomoni shundaki, Brenda bu haqiqatni inkor qilmaydi. Aksincha, yillar davomida javobini topolmay yurgan savoliga nihoyat javob topgandek bo’ladi. Oradan ko’p o’tmay u yana erkak sifatida yashashga qaror qiladi: sochini oldiradi, o’g’il bolalardek kiyinadi, testosteron terapiyasini ola boshlaydi. Psixoterapiyaga qatnay boshlaydi. Keyinchalik bir necha rekonstruktiv operatsiyalarni ham boshdan kechiradi. 🔉 U o’tmishni unutish uchun o’ziga yangi ism tanlaydi: David. Vaqt o’tishi bilan Davidning hayoti asta-sekin iziga tushayotgandek ko’rinadi: ishga kiradi, uylanadi, ayoli bilan birga 3 farzand asrab olib, ularni katta qilishni boshlaydi. Va nihoyat hammasi baxtli yakun topayotgandek edi. Lekin bitta muammo bor edi. Bolalikni ortda qoldirish mumkin. Ammo bolalikdagi jarohatlarni har doim ham ortda qoldirib bo’lmaydi… ⤵️ Davomi bor.
368
15
🔉 Bryus Reimerning fojelai taqdiri Tasavvur qiling: ✅Sizni bolaligingizdan qiz boladek tarbiya qilishadi. Sochingizni o’stirishadi, ko’ylak kiydirishadi. Qizlar qatoriga qo’yishadi. Lekin ichingizda nimadir tinmay qarshilik qiladi. Nima ekanini o’zingiz ham bilmaysiz. Shunchaki hamma sizni boshqacha ko’rayotganini his qilasiz. Brendada ham xuddi shunday bo’lgan edi. Brenda qo’g’irchoqlarni yoqtirmas, ko’ylak kiyishni yomon ko’rardi. Qizlar bilan emas, akasi bilan o’ynashni xohlardi. Onasi qancha o’rgatmasin, u xojatga doim huddi o’g’il bolalardek tik turib chiqardi. Maktabga chiqqach esa vaziyat yanada og’irlashdi. Qizlar uni o’zlaridan deb bilishmas, o’zlariga qo’shmasdi. O’g’il bolalar esa masxara qilishardi. Brenda doimiy bulling qurboni, bolalardan ajralib qolgan “begona” edi. U nega boshqalarga o’xshamasligi haqidagi savolga javob topolmasdi. Eng achinarlisi, buni unga tushuntirib beradigan odam ham yo’q edi. 📌 Aksincha, har yili ota-onasi uni Jon Money huzuriga olib borardi. Money o’z nazariyasiga shunchalik ishonganki, qizlarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar shakllanishi uchun Brendaga estrogen terapiyasini boshlashni tavsiya qiladi va bola bu terapiyani ola boshlaydi. Keyingi bosqichda Money Brenda voyaga yetgach, sun’iy qin hosil qilish operatsiyasi o’tkazishni ham rejalashtirgan edi. Bu orada shuncha gormonal terapiya olayotganiga qaramay, ota-onasi Brendaning qiz bolaga hech ham o’xshamayotgani, ruhiy holati tobora yomonlashayotganini ko’rib turishardi. Money esa faqat hammasi yaxshi ketayotganini ta’kidlardi. ⤵️ Brenda tobora tajovvuzkor bo’lib borar, maktabga borishni istamasdi. Uyiga doim yig’lab qaytardi. Shunchalik yomon va qattiq tushkunlikka tushganidan joniga qasd qilish haqida o’ylay boshlaydi. Oxiri farzandini yo’qotishdan qo’rqqan ota-ona u 14 yoshga to’lganda bolaga bor haqiqatni aytishga majbur bo’lishadi…
404
16
❓ Inson shaxsini nima shakllantiradi? Genetikami? Yoki tarbiyami? 🔉 O’sha davrning mashhur psixologi Jon Moneyning bu savolga aniq javobi bor edi. Uning fikricha, insonning shaxsiyati, gender identifikatsiyasi va ko’plab xulq-atvor xususiyatlari tug’ma emas. Ularni tarbiya orqali shakllantirish mumkin. Ammo ilmiy nazariya faqat taxmin bo’lib qolmasligi, uni isbotlash ham kerak edi. Oradan ko’p o’tmay taqdir Moneyga shunday imkoniyatni beradi. 1965-yilda Kanadada egizak o’g’il bolalar tug’iladi. Ularning ismi Bryus va Brayan edi. Bolalar 8 oyligida oddiy tibbiy muolaja vaqtida Bryusning jinsiy a’zosi qaytarib bo’lmaydigan darajada shikastlanadi. Bolaning ota-onasi nima qilishni bilmay qoladi. Ular Bryusning kelajagidan xavotirga tushib, yechim qidira boshlashadi va bir kuni Jon Money ishtirokidagi shouni ko’rib qolishadi. Egizaklarning ota-onasi darhol Moneyga murojaat qilishadi. U esa ularga Bryusni qiz bola qilib tarbiyalash taklifini beradi. Agar Bryusning ismi o’zgartirilsa, qizlardek kiyintirilsa va qiz bola sifatida voyaga yetkazilsa, u o’zini tabiiy ravishda qiz bola deb his qila boshlaydi. Money bu holatni o’z nazariyasini isbotlaydigan noyob imkoniyat deb ko’radi. 📌 Shundan so’ng Bryusning ismi Brenda deb o’zgartiriladi. Ammo yillar o’tgan sayin hammasi rejadan chiqib ketadi. Brenda o’zini boshqa qizlar kabi tutmaydi, qizlar o’yinlariga qiziqmaydi, kiyimlardan bezovta bo’ladi va tushuntirib bo’lmaydigan ichki begonalik hissini boshdan kechiradi. ❕Biroq John Money uzoq yillar davomida tajribani muvaffaqiyatli deb e’lon qilib keladi. Jon Money yangi ilmiy nazariyani isbotchisi sifatida butun dunyoga taniladi, ko’plab ilmiy unvonlar oladi. Uning ilmiy maqolalari butun dunyoda o’qitilar, ko’plab mutaxassislar bu voqeani “tarbiya biologiyadan ustun” degan fikrning isboti sifatida qabul qilishadi. ⤵️ Aslida esa hikoya mutlaqo boshqacha yakun topayotgan edi…
434
17
✅ Ko’rib turibman, ko’pchiligingiz o’z fikringizni bildiribsiz. Qiziq. Bugungi kunda ham bu savolga bitta aniq javob yo’q. Lekin taxminan 60 yil avval bir psixolog bu savolning javobini topganiga qat’iy ishongan edi. Uning ismi — John Money. Money inson shaxsini asosan tarbiya shakllantiradi, deb hisoblagan va bu nazariyani tajriba orqali isbotlashga qaror qiladi. Afsuski, bu qaror psixologiya tarixidagi eng bahsli va eng ayanchli eksperimentlardan biriga aylanadi. Bugun sizga psixologiya tarixidagi eng bahsli keyslardan biri haqida hikoya qilib beraman. Postni reaksiyalar bilan qo’llab-quvvatlashni unutmang, chunki bugun siz quyidagi savollarga javob topasiz: 🟡Insonni shaxsiyati shakllanishida qaysi omil ko’proq muhim: genetika, tarbiya yoki muhit? 🟡Nega John Money tajribasi bugungi kungacha psixologiya va tibbiyotdagi eng katta etik xatolardan biri sifatida tilga olinadi? 🟡Bitta noto’g’ri ilmiy g’oya bir insonning butun hayotini qanday izdan chiqarishi mumkin? 🟡Va nega bugungi zamonaviy psixologiya biopsixosotsial modelni eng asosli yondashuv deb hisoblaydi?
509
18
🔉 Nima deb o’ylaysiz, shaxsiyatni asosan nima shakllantiradi?
534
19
😮 Istagan infolo'ttiboz: Mana bu kursimni sotib olsangiz hayotingizdagi hamma muammolar yechilib ketadi, barcha da'vosi yo'q kasalliklaringiz davo topadi, kosmosga uchib yana qaytib tushasiz, eringiz faqat sizniki bo'ladi, 10 kundan keyin kuniga 1000$ dan topadigan bo'lasiz... 🎓 Professional psixolog: — Natijaga erishishimiz uchun nechta seans kerakligini aniq aytolmayman, chunki hammasi individual va nimalar ochilib ketishi ham noaniq. Lekin biror narsani aniq va'da qilishim kerak bo'lsa, sizga iztirobni va'da qilaman. 💯 Vaqti-vaqti bilan terapiyani bekor qilishni, undan qochishni boshlaysiz. Natijani ham darrov sezmaysiz, chunki u kichik bo'ladi. Hattoki hayotingiz tashqaridan umuman o'zgarmasligi mumkin, lekin ichki dunyoingiz sekin-sekin o'zgarib boradi, nevrotizatsiya ketadi. 😆 Lekin bularni hammasiga erishishingiz uchun o'z ustingizda qattiq ishlashingizga to'g'ri keladi. Meni vazifam bu yerda tahminan 20%, 80% ishni o'zingiz qilasiz. Lekin baribir pul to'lashingizga to'g'ri keladi. 🤍 Sizga hech qanaqa oson retseptlar bera olmayman, muammolaringizni hal qilishda yordam bermayman, maslahat ham bermayman. Shunday qilib terapiyaga yozilasizmi? 😅
651
20
Lekin meni doim sog’lom ovqatlanarkan deb o’ylamang 😊 ➡️ Ba’zi kunlari ishga sho’ng’ib ketib, ovqatlanishni butunlay unutaman. Yarim kechasi nonushtadan beri hech narsa yemaganim esimga tushadigan paytlar ham bo’ladi. Ba’zan gazli ichimlik va chips bilan tamaddi qilaman. Ba’zi kunlari esa me’yoridan ortiq ovqat yeyman. Ammo o’zimni buning uchun ayblamayman. Men uchun mukammallik emas, barqarorlik muhim. Agar vaqtning 70–80 foizida to’g’ri ovqatlana olsam, qolgan 20–30 foiz uchun o’zimni jazolamayman. Chunki sog’lom odatlar taqiqlar bilan emas, davomiylik bilan shakllanadi. Bu ko’nikmani shakllantirishim ham mendan bir necha yil vaqt oldi. Aytgancha, bir paytlar o’zimda ham ovqatlanish xulqi bilan bog’liq muammolar bo’lgan. Ovqat men uchun faqat ochlikni qondirish vositasi emas, hissiyotlar bilan kurashish usullaridan biri ham edi. Bu mavzuni psixoterapiyada ishlaganimdan keyingina ovqat bilan munosabatim asta-sekin o’zgara boshladi. Psixolog sifatida shuni ham aytmoqchimanki, insonning ovqat bilan munosabati ko’pincha uning ruhiy holatini aks ettiradi. Ba’zida ovqat shunchaki energiya manbai bo’lmay qoladi — u stressni kamaytirish, hissiyotlarni boshqarish yoki hayotdagi yagona zavqlanish manbasiga aylanadi. 🔉 Agar ovqatlanish xulqingiz sizni bezovta qilayotgan bo’lsa, buni e’tiborsiz qoldirmang. Vaqtida mutaxassisga murojaat qilish muammoni chuqurlashishidan oldin hal qilishga yordam beradi.
899