en
Feedback
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Open in Telegram

🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali ☎️Murojaat uchun: ➡️+998 (76) 224-13-12

Show more
6 810
Subscribers
-524 hours
-217 days
-5630 days
Posts Archive
🗣Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik ⏺Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida mahalliy vakillik hokimiyati orga
🗣Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida mahalliy vakillik hokimiyati organlari va mahalliy ijro hokimiyati o‘rtasidagi samarali hamkorlik hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda xalq manfaatlarini ta'minlashning muhim omiliga aylanmoqda.  
💬Termiz shahrida ham Xalq deputatlari shahar Kengashi hamda shahar hokimligi o‘rtasidagi tizimli hamkorlik o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Joriy yil davomida o'tkazilgan Kengash sessiyalarida shahar hayoti uchun dolzarb bo‘lgan 58 ta muhim masala ko‘rib chiqilib, ularning ijrosi ustidan ta'sirchan deputatlik nazorati yo‘lga qo‘yildi.   💬Shuningdek: 🟢 869 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi; 🟢 deputatlar tomonidan 130 ta deputatlik so‘rovi yuborildi; 🟢 11 ta mahallada ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi; 🟢 17 ta hududda elektr tarmoqlari yangilandi; 🟢 10 kilometr ichki yo‘llar ta'mirlandi; 🟢 66 ta ochiq muloqot tashkil etildi.   💬Mazkur natijalar mahalliy vakillik organlari va ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlikning xalq manfaatlariga xizmat qilayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
  📄Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Zebuniso Alimardonovaning "Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik" nomli maqolasida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar, ularning huquqiy asoslari hamda erishilgan amaliy natijalar batafsil tahlil qilingan.  
📖Maqolani mutolaa qilish orqali mahalliy Kengashlar va ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlikning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni hamda Termiz shahri tajribasi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram

📃BilimZon platformasida ro‘yxatdan o‘tish juda oson: 1. Telegramdan @eduzonbot ni toping, Start bosib tilni tanlang. 2. Telefon raqamingizni yuboring. 3. Open/Kirish tugmasi orqali web sahifaga o‘ting. 4. Rolingizni tanlang va shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldiring. 🎉Endi telefon raqamingiz va parolingiz bilan BilimZonga bemalol kira olasiz. 📞Qo'shimcha savollar va murojaat uchun: @bilimzon_adminBilimZon AI — Kelajak uchun bir qadam oldinga! 🌐Telegram 📷Instagram ▶️YouTube 🌐Facebook

🏆 SURXON-2026 OLIMPIADASI BOSHLANADI! 🎉 ⚡️Surxondaryodagi zukko o‘quvchilarni katta bellashuv va ulkan sovg‘alar kutmoqda!
🏆 SURXON-2026 OLIMPIADASI BOSHLANADI! 🎉 ⚡️Surxondaryodagi zukko o‘quvchilarni katta bellashuv va ulkan sovg‘alar kutmoqda! 🔎Olimpiadada 5–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
📚 Fanlar: ➗ Matematika 🇬🇧 Ingliz tili 📖 Ona tili va adabiyot
🏅 Olimpiada 3 bosqichda o'tkaziladi: ➡️ Maktab bosqichi — onlayn ➡️ Tuman (shahar) bosqichi — onlayn ➡️ Viloyat bosqichi — viloyat markazida offlayn
⚡️ Har bir bosqichdan 1 nafardan g‘olib keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.
🎁 G‘oliblarni esa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda: 💻 18 ta noutbuk 📱 18 ta planshet 🎧 18 ta simsiz quloqchin
🏅 Shuningdek, diplomlar va boshqa esdalik sovg‘alari! 🌟 Bilimingizni sinang, o‘z iste'dodingizni namoyon qiling va Surxondaryoning eng kuchli o‘quvchilari safidan joy oling! 📲 Ro‘yxatdan o‘tish tez orada Bilimzon AI ta'lim platformasida boshlanadi.BilimZon AI — Kelajak uchun bir qadam oldinga! 🌐Telegram 📷Instagram ▶️YouTube 🌐Facebook

🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqaml
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

🥇 President Tech Award - katta orzular uchun katta maydon 2026-yilda President Tech Award yangi bosqichga chiqmoqda. Ilk bor tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $5 000 000 ni tashkil etadi. Bu shunchaki mukofot emas. Bu — O‘zbekiston startup ekotizimi uchun yangi davr. Eng yaxshi texnologik loyihalar. Eng kuchli founderlar. Eng yirik mukofot. Tayyormisiz? 👉 awards.gov.uz orqali arizangizni topshiring va President Tech Award 2026 g‘oliblari safidan joy oling.

🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlak
🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi. 🔎President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan va sun’iy intellekt asosidagi innovatsion mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan milliy tanlov.
Ishtirok etish shartlari: 🔸Jamoa tarkibi: 3–8 kishi 🔸Yosh chegarasi: 16+ 🔸O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000. Ariza topshirish uchun nimalar kerak? 🔸Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) 🔸Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch 🔸GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun) 🔸PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi
❗️Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Awards.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting. 🫥AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga. @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇺🇿2-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 💬Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qil
🇺🇿2-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 💬Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. Davlat gerbi - Vatanimiz mustaqilligi, suvereniteti, tinchligi va farovonligining muqaddas ramzidir. Unda xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlari va porloq kelajakka bo‘lgan ishonchi o‘z ifodasini topgan. Yurtimizning ushbu muqaddas ramziga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish - har birimizning sharafli burchimizdir. Davlat gerbimiz abadiy barhayot bo‘lsin! 🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

🏥 DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA AHOLI SALOMATLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA Xalq deputatlari Termiz sha
🏥 DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA AHOLI SALOMATLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Sharafutdinova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish maqsadida 14-“Bog‘zor” saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida Gulira’no mahallasi Saroymulkxonim ko‘chasidagi 28-sonli ko‘p qavatli uy aholisi tomonidan sanitariya holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. 🔎 O‘rganish natijasida quyidagi muammolar aniqlandi: 🔹 Ko‘p qavatli uy yerto‘lasida burga va boshqa zararli hasharotlar ko‘paygani; 🔹 Yerto‘lada namlik va chiqindilar to‘planib qolganligi; 🔹 Zarur dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmayotgani; 🔹 Mazkur holat aholi, ayniqsa bolalar, keksalar hamda salomatligi zaif fuqarolar uchun sanitariya-epidemiologik xavf tug‘dirayotgani aniqlandi. 📌 Mazkur murojaat yuzasidan muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i N.Yo‘ldoshev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram

#Deputat so‘rov DEPUTATLIK SO‘ROVLARI ASOSIDA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA Xalq deputatlari Termiz shah
#Deputat so‘rov DEPUTATLIK SO‘ROVLARI ASOSIDA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Shoxista Allamurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish maqsadida "Bog‘ishamol" mahallasida nazorat-tahlil va o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida mahalla aholisi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq ikki dolzarb muammo yuzasidan jamoaviy murojaatlar kelib tushdi. 🔹 Birinchi murojaatda A.Navoiy ko‘chasi 15-sonli ko‘p qavatli uy ro‘parasida qurilgan hovuzdan doimiy ravishda toza ichimlik suvi sizib chiqayotgani, buning oqibatida qimmatli ichimlik suvi behuda isrof bo‘layotgani ma’lum qilindi. 🔹 Ikkinchi murojaatda esa A.Navoiy ko‘chasi 15-sonli ko‘p qavatli uy yaqinidagi lotok (ariq) yonidan o‘tgan ichimlik suvi quvurida avariya holati yuzaga kelib, quvur yorilgani sababli suv sizib chiqayotgani qayd etildi. Mazkur nosozlik yo‘l va piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirishi, sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur murojaatlar yuzasidan muammolarni tezkor bartaraf etish, ichimlik suvi isrofining oldini olish hamda suv ta’minoti tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish bo‘yicha Termiz shahar "Suv ta’minoti" AJ rahbari B.Qosimov nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram

🗣Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Yulduz" mahallasida ko‘chama-ko‘cha tahlil — aniqlangan kamchiliklar deputat nazoratida! ⏺
+4
🗣Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Yulduz" mahallasida ko‘chama-ko‘cha tahlil — aniqlangan kamchiliklar deputat nazoratida! “Yulduz” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlilidan so‘ng Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati I.Shatova hamda kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar  mahalla raisi bilan bilrgalikda bevosita hududga — ko‘chalarga chiqib, nazorat-tahlil tadbirlarini davom ettirdilar.
💬Xususan: 🟢Infratuzilma holati: Hududdagi ko‘chalarning holati, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritish tizimlari hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi. 🟢Obodonchilik: "Mahallabay" ishlash tizimi doirasida ko‘chalarning tozaligi va obodligi nazoratdan o‘tkazildi.
💬"Bizning maqsadimiz — xonadonma-xonadon, ko‘chama-ko‘cha yurib, har bir fuqaroning dardu tashvishini bevosita o‘zidan eshitishdir. Faqatgina joyiga chiqqan holda o‘rganilgandagina, muammolarga haqiqiy va manzilli yechim topish mumkin," — deya ta'kidlashdi mas’ullar. 💬Mazkur o‘rganishlar shunchaki navbatdagi tadbir emas, balki muammolarga manzilli yechim topish maqsadida mahallalarda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan amaliy harakatlardir. 💬Aniqlangan barcha kamchiliklar umumlashtirilib, deputat murojaat daftariga batafsil qayd etildi. 🫥Shuningdek, ushbu masalalar shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishlarida ijro organlari rahbarlari ishtirokida keskin muhokama qilinishi hamda aniq yechim topilishi ta’minlanadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram

🗣Rasmiy munosabat ⏺Ijtimoiy tarmoqda Termiz shahri Farovon-2 dahasi hududidagi yer uchastkalari yuzasidan tarqalgan murojaat
+9
🗣Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqda Termiz shahri Farovon-2 dahasi hududidagi yer uchastkalari yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi. Mazkur holat Termiz shahar hokimi rahbarligida tegishli davlat organlari va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari, yer uchastkalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar, loyiha ishtirokchilari bilan tuzilgan bitimlar hamda boshqa tegishli hujjatlar amaldagi qonunchilik talablari asosida tahlil qilindi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Farovon-2 dahasi hududida bir qator investorlar tomonidan ko‘p qavatli turar joylar qurishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani aniqlandi. Mazkur loyihalar doirasida tadbirkorlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda notarial rasmiylashtirilgan kelishuv bitimlari tuzilgan bo‘lib, qurilish ishlari amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq olib borilmoqda. 💬Shuningdek, fuqaro Fazilat Salimovaning murojaatida keltirilgan holatlar yuzasidan ham huquqiy hujjatlar alohida o‘rganildi. Aniqlanishicha, 2019–yil 17-dekabrda 216,0 kvadrat metr maydondagi yer uchastkasi savdo do‘koni qurish uchun ajratilgan hamda ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan belgilangan tartibda o‘tkazilgan. Biroq, bugungi kunga qadar mazkur yer uchastkasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan hamda undan ajratilgan maqsadlarda foydalanilmagan. 💬Shu bilan birga, o‘rganish davomida hozirgi kunda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi doirasida “Termiz Tezkor Qurilish” ITKT tomonidan 17 nafar tadbirkor bilan notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv bitimlari asosida umumiy maydoni 6 025 kvadrat metr bo‘lgan yer uchastkalarida qurilish ishlari olib borilayotgani o‘z tasdig‘ini topdi. O‘rganish jarayonida murojaatchining mazkur investitsiya loyihasi doirasida yer uchastkasidan foydalanish yoki qurilish ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv bitimi yoxud boshqa tegishli huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud emasligi ma'lum bo'ldi. Shu sababli, taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaatchining aynan mazkur investitsiya loyihasi doirasida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun huquqiy asoslari mavjud emasligi aniqlandi.
Termiz shahar hokimligi fuqarolardan yer munosabatlari va qurilish sohasiga oid masalalarda tasdiqlanmagan yoki bir tomonlama talqin qilingan ma’lumotlarga emas, balki rasmiy axborot manbalariga tayanishlarini, zarurat tug‘ilganda esa vakolatli davlat organlarining rasmiy munosabati hamda qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlarga amal qilishlarini so‘raydi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

#Ishonch_TV #live 30-iyun – “Yoshlar kuni” hamda “DXX kubogi” musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣e

#Ishonch_TV #live Osman Navruzov o’z taronasini kuylab barchani xushnud etmoqda. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣e

#Ishonch_TV #live Surxondaryo viloyati hokimi Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan yuksak e’tibori haqida so‘z yuritdi. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣e

LIVE 30-Iyun “Yoshlar kuni” va “DXX kubogi musobaqasi” g’oliblarini taqdirlash munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimligi binosi yonida o’tkaziladigan gala-konsert boshlanish arafasida. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣e

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildiraman. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti
+9
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildiraman. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdim. Davlatlarimizni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi. Kelgusida har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan yana ko‘plab tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishimizga ishonaman. — Благодарна Президенту Франции Эммануэлю Макрону за оказанное внимание и тёплый приём. Передала самые сердечные пожелания от Президента Узбекистана. Наши страны связывает долгосрочное партнёрство в важнейших стратегических сферах. Уверена, впереди ещё немало совместных проектов и инициатив, которые будут полезны обеим странам.