es
Feedback
Termiz shahar hokimligi

Termiz shahar hokimligi

Ir al canal en Telegram

🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali ☎️Murojaat uchun: ➡️+998 (76) 224-13-12

Mostrar más
6 714
Suscriptores
+224 horas
-37 días
-3330 días
Archivo de publicaciones
Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayevning 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi Muhtar
Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayevning 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!   Avvalo, Siz azizlarni — navqiron avlod ta’lim-tarbiyasiga umrini bag‘ishlagan barcha jonkuyar pedagoglarimizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ushbu qutlug‘ ayyomda bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan fidoyi ustozlarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz. Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek: “Dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham sizlarning olijanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi”. Ustozlik — natijasini bir yil yoki bir avlod bilan o‘lchab bo‘lmaydigan buyuk kasbdir.
Batafsil tabrik matni: https://gov.uz/oz/termizsh/news/view/226865

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".

#news TERMIZDAN DUBAYGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI REYS QO‘YILADI Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

#live 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

#intervyu_2 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

#intervyu 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

1 октябр - Ўқитувчи ва мураббийлар куни

Ustozlarga ehtirom — ularning mehnatiga munosib e’tirof 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi muhtasham “Mumtoz” tantanalar saroyida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Termiz Kurantini bilasizmi? ⏰ ​Shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan ramziy soat — Kurant haqida nimalarni bilasiz? U qachon va qanday barpo etilgan?

Termiz oqshomi... 🌆✨ ​Kun oʻz oʻrnini osuda tunga boʻshatib berayotgan, shahar chiroqlari mayin porlagan ushbu daqiqalarda alohida bir sehr bor... ​Jonajon shahrimizning osuda va goʻzal oqshom manzarasi qalbingizga halovat bagʻishlasin. 🌙 ​📍 Termiz shahri ​#TermizOqshomi #KechkiTermiz #Termiz #Surxondaryo

#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliya
+2
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati Manguzar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarning joylardagi amaliy holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev ishtirokida “Manguzar” mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala — hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylardagi holat o‘rganildi. Batafsil... Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram

#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliya
+2
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati Manguzar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarning joylardagi amaliy holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev ishtirokida “Manguzar” mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala — hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylardagi holat o‘rganildi. Batafsil... Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Insta
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma va xavfsiz muhit yaratish ishlari o‘rganildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Bugun mamlakatimizda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz endi dunyoning eng kuchli 300 un
Bugun mamlakatimizda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz endi dunyoning eng kuchli 300 universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifa bo‘lishini ta’kidladi. Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarning laboratoriya va jihozlarga sarflagan mablag‘i, shuningdek, brend uchun to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi. Kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi, sarmoya qaytishini ta’minlashga xizmat qiladigan davlat granti o‘rinlari ajratiladi. Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi. Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarni eshitdi. Uchrashuv yakunida Prezidentimiz
“Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir”,
– dedi hamda pedagoglarga shogirdlari yutug‘i, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lishini tilab, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabrikladi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz oliygohlarda dual ta’limni yangicha yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Kelasi yil
Prezidentimiz oliygohlarda dual ta’limni yangicha yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Kelasi yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi. Ish beruvchi o‘ziga kerak nomzodni o‘qitish bo‘yicha oliygohga buyurtma beradi; nomzod testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Ishga olingan talabaga to‘langan maoshning yarmini davlat qoplaydi. Korxona tomonidan biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglar oyligiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘laydi. Korxona oliygoh yoki talaba yashaydigan joydan uzoq bo‘lsa, ijara xarajati qoplanadi. O‘qish va ishda yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tadi. Rektorlar dual ta’lim bo‘limlarini ochadi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar asosiy vaqtini shu yo‘nalishga ajratadi. Tizimni namunali tashkil qilgan uchta eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi va hamkor korxonaning har biri 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofot oladi. Oliygohga berilgan mukofotning yarmi bu ishga hissa qo‘shgan pedagoglarni rag‘batlantirishga sarflanadi. Facebook|Instagram|X

Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. INHA v
Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. INHA va Arxitektura universitetlari Britaniya standarti asosida shunday dasturlarni yo‘lga qo‘yib, talabalarga o‘qishni bir nechta xorijiy oliygohda davom ettirish imkonini yaratdi. Mazkur tajriba yoshlarga xalqaro talabga javob beradigan bilim, malaka va diplom berayotgani ta’kidlandi. Kelasi yildan yana 20 ta oliygohda shunday yondashuv joriy etiladi. Prezidentimiz ushbu universitetlar rektorlaridan dunyoqarashni o‘zgartirish, boshqaruv tizimini hozirdan moslashtirish va xalqaro dasturlar bilan ishlaydigan alohida tuzilmalar tashkil qilishni talab qildi. Maqsad – xorijiy standartlarni milliy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirib, talabaga jahonda tan olinadigan tayyorgarlik berish. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat olishi shartligini ta’kidladi. Bunda
Prezidentimiz rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat olishi shartligini ta’kidladi. Bundan buyon davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Kengash a’zolari va jalb etilgan ekspertlarga haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Kuzatuv kengashlari mutaxassisliklar va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talabiga moslab, to‘liq qayta ko‘rib chiqadi. Xorijiy adabiyotlar mualliflari bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta darslik yaratadi. Bitiruv ishlari va dissertatsiyalar iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy muammolar yechimiga yo‘naltiriladi. Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida kreativ klublar tuzilib, xususiy sektor ehtiyojiga mos ilmiy ishlanmalar ko‘paytiriladi. Davlatimiz rahbari universitet mustaqilligi ta’lim sifati, ilm-fan va ish beruvchilar bilan hamkorlikda aniq natija berishi kerakligini qayd etdi. Facebook|Instagram|X