Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
前往频道在 Telegram
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali ☎️Murojaat uchun: ➡️+998 (76) 224-13-12
显示更多6 839
订阅者
+824 小时
-267 天
-2 54030 天
帖子存档
🔹 Ogohlikdan najotgacha — giyohvandlikka qarshi hayotiy suhbat
🇺🇿 Iste'fodagi DXX xodimi bilan suhbat
—————
🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
❗️ Korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandiQonun (O‘RQ–1155-son, 22.06.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 🔰 Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar quyidagilar etib belgilandi: 1️⃣ Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismi «d» bandida, 168-moddasi 4-qismi «g» bandida, 192-9, 192-10-moddalarida, 192-11-moddasi 2-qismi «v» bandida, 205-moddasi 2-qismi «v» bandida, 206-moddasi 2-qismi «v» bandida, 208-moddasi 2-qismida, 209-moddasi 2-qismi «v» bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 214-1, 214-2-moddalarida va 301-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlar; 2️⃣ Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa. ⛔️ Shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxsga qo‘llanilmasligi belgilandi. 📙 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra: 💰 davlat xaridi predmetining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutning eng ko‘p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish, bundan talon-toroj qilish hollari mustasno, ➖ mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 🏛 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi. ☑️ Davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi. 📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+3
🗣Muloqotdan amaliy natijagacha: "Pattakesar" mahallasida aholi muammolari deputat nazoratiga olindi
⏺Termiz shahrida xalq vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda davlatimiz tomonidan qabul qilingan muhim hujjatlar ijrosini o‘rganish ishlari tizimli davom ettirilmoqda.💬 Uchrashuv yakunlangach, deputat T.Berdiyev mahalla nuroniylari bilan hududda yuzaga kelayotgan va yechimini kutayotgan muammolar xususida yakka tartibda dildan suhbatlashdi. 💬 O‘zaro muloqot davomida nuroniylar tomonidan yo‘llar holati, kommunal tarmoqlar va mahalla obodonchiligi bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. 💬 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammo deputat T.Berdiyevning “murojaat daftari”ga qayd etilib, qat'iy nazoratga olindi. Mazkur masalalarga qonuniy yechim topish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.
💬 "Nuroniylarimizning har bir fikri, ko‘rsatayotgan yo‘l-yo‘riqlari va bildirayotgan murojaatlari biz uchun qonundir. Ularning dardu tashvishini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish orqali duolarini olish bizning eng katta vazifamizdir," — dedi deputat T.Berdiyev.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram
+3
🏛️Xalq bilan samimiy muloqot: "Pattakesar" mahallasida islohotlar targ‘iboti va aholi murojaatlari muhokama qilindi
📍Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash deputati T.Berdiyev hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari shahardagi “Pattakesar” mahallasida bo‘ldilar.
⏺Mas’ullar tashrif davomida mahalla faollari nuroniylar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar. 💬Yig‘ilishda deputatlar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan yangi farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati batafsil tushuntirib o‘tildi. 💬Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan ishlar va deputatlik nazorati natijalari muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llar va ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik holat va obodonlashtirish ishlari yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan ma’lumot berildi.💬 Muloqot davomida mahalla faollari va nuroniylar hududni yanada obod va farovon qilish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Deputatlar esa ushbu takliflarni umumlashtirib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini yanada oshirish belgilab olinganini ta'kidlashdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram
Repost from EKSKLYUZIV | Surxondaryo
Bir oʻyindan kattaroq mazmun: Portugaliya bilan bahs bizga nima berdi?
Kechagi oʻyindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Bu tabiiy. Biz jamoamizga ishongan edik. Ammo hisob ortidagi kattaroq manzarani ham koʻra bilishimiz kerak.
🟢Dunyo Oʻzbekistonni yanada yaqinroq tanimoqda. Millionlab insonlar mamlakatimiz nomi, bayrogʻi va futbolini koʻrmoqda. Bunday katta musobaqalar davlatimiz tanilishi uchun muhim maydondir. 🟢Sport — eng samarali sarmoyalardan biri. U qisqa vaqt ichida mamlakat imiji, yoshlar ruhiyati va xalqaro nufuziga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 🟢Mamlakat brendi muhim omil. Dunyo bizni qanchalik yaxshi tanisa, iqtisodiy hamkorliklar, investitsiyalar va yangi imkoniyatlar shunchalik koʻpayadi. Bir stadion yoki bir ekran qarshisida millionlab insonlarni bir maqsad atrofida jamlay oladigan sohalar koʻp emas. Sport ana shunday kuchga ega. Biz mustaqillik yillarida jahonning eng katta sahnalariga chiqishni orzu qildik. Bugun esa dunyo grandlari bilan bir maydondamiz. Ha, magʻlubiyat alamli. Ammo bu ham oʻsish yoʻlining bir qismi. Eng muhimi, biz shu katta jarayonning ishtirokchisimiz. Hali gʻalabalar oldinda. Yigitlarimizga ishonamiz va ularni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. 🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
+7
🗣Termiz shahrida bugun haqiqiy futbol bayrami hukm surmoqda. Shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, nuroniylar va sport ixlosmandlari bir joyga jam bo‘lib, O‘zbekiston milliy terma jamoamizni masofadan turib qizg‘in qo‘llab-quvvatlamoqda.
⏺Yurtimizning turli hududlarida bo‘lgani kabi, Termiz ahli ham milliy jamoamiz atrofida birlashib, futbolchilarimizga o‘z ezgu tilaklari va samimiy duolarini yo‘llamoqda. Har bir yurtdoshimizning qalbida bitta tilak - O‘zbekiston bayrog‘ining baland hilpirashi, milliy jamoamizning munosib va yorqin natijalarga erishishidir.
⚽ Bugun maydonda nafaqat futbolchilar, balki millionlab muxlislarning ishonchi, mehri va qo‘llab-quvvatlashi ham birga harakat qilmoqda. Termizliklar terma jamoamizning har bir o‘yini, har bir g‘alabasini o‘z yutug‘idek qabul qilib, ularga cheksiz ishonch bildirmoqda.
🐺 Oq bo‘rilar, sizlarga omad yor bo‘lsin! Mard va jasur o‘g‘lonlarimizga kuch-g‘ayrat, matonat va yorqin g‘alabalar tilaymiz. Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz butun xalqimizning quvonchi va faxridir.
Biz birgamiz, biz kuchlimiz! Termiz ahli milliy terma jamoamiz bilan birga va ularni zafarlar sari qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!
📌 FIFA Jahon chempionati 🏆
🇵🇹 Portugaliya 3:0 O'zbekiston 🇺🇿
45+6‘ | Uchrashuvning dastlabki bo’limi yakunlandi.
🆕Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👉 @Yangisurxon_rasmiy
Surxondaryoliklar milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda
O‘zbekiston terma jamoasining Portugaliyaga qarshi uchrashuvi oldidan Surxondaryo viloyatida futbol muxlislari katta faollik ko‘rsatmoqda.
Termiz shahri hamda barcha tumanlarda tashkil etilgan katta ekranlar atrofiga yuzlab sportsevarlar jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Muxlislar muhim o‘yinni katta qiziqish va yuqori kayfiyat bilan kutib olmoqda. Surxondaryoliklar terma jamoamizga omad tilab, g‘alaba uchun ishonch bildirishmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+9
🗣Termiz shahrida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
⏺O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi hamda “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Termiz shahrida faol, tashabbuskor va tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
⏺Tadbirda O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari, Termiz shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Rahmonova, viloyat Kengashi deputati G. Kravcheniya, Termiz shahar Kengashi deputatlari X. Xolmuminov va Sh. Allamurodova hamda shahar Kengashi apparati rahbari A. Tangirov, shuningdek, tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar ishtirok etishdi.
🏆Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Pattakesar” mahallasidan tadbirkor va hunarmand O‘razova Oyjamol Davlatmurotovnaga nasib etdi.
🥈 2-o‘rin — “A. Jomiy” mahallasidan tadbirkor Axmedova Mahliyo Beshim qizi (qandolatchi);
🥉 3-o‘rin — “A. Navoiy” mahallasidan YATT rahbari Shoxo‘jayeva Dilbar Saidamatovna (tikuvchi va hunarmand);
👏 G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar jamiyat rivoji uchun katta g‘ov
Shu boisdan, viloyatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof muomala qilganlik uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1151-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlar o‘tkazildi.
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi.
💸 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:
🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;
🔹 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;
🔹 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
➖ 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;
➖ oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
➖ oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;
🔹 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.
💰 2026-yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
📙 2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.
✅ 2026-yil 1-sentyabrdan:
▪️ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;
▪️ bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hurmatli davlat xizmatchilari!
Sizlarni 23-iyun — Davlat xizmati kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni amalga oshirishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin egallaydi.
Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotga samarali tatbiq etilishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, natijadorligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
#Davlat_xizmati_kuni
#XalqUchunXizmat #DavlatXizmatchisi #InsonQadri #XalqIshonchi #IslohotlarSamarasi
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
🇺🇿 Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati:
📍 Angor tumani Madaniyat uyi;
📍 Bandixon tumani 24/7 sayilgoh ko‘chasi;
📍 Boysun tumani Madaniyat uyi;
📍 Denov tumani Z.M.Bobur mahallasida joylashgan “Yoshlar sayilgohi”;
📍 Jarqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasidagi “Mumtoz” tantanalar saroyi;
📍 Qumqo'rg‘on tumani “Alpomish” markaziy o‘yingohi;
📍 Qiziriq tumani “Visol” tantanalar saroyi;
📍 Muzrabot tumani Madaniyat uyi;
📍 Sariosiyo tumani “Yoshlar bog‘i” hududi;
📍 Uzun tumani Yangiro‘zg‘or mahallasida joylashgan 4-sonli maktab amfiteatri;
📍 Termiz shahar sport maktabi va 13-sonli maktab hududi;
📍 Termiz tumani “Marvaridi” dam olish maskani;
📍 Oltinsoy tumani “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i ;
📍 Sherobod tumani Bahor mahallasida joylashgan 2-sonli maktab;
📍 Sho‘rchi tumani “Charog‘on” istirohat bog‘ining amfiteatr binosida.
Eng yirik tomosha maydoni Termiz shahri Mustaqillik maydoni "Etno shaharcha" hududida tashkil etiladi — bu yerda 5 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📅 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari: (Toshkent vaqti bilan) 🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿 🗓 23-iyun | ⏰ 22:00 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 🗓 28-iyun | ⏰ 04:30Har bir o‘yin — milliy jamoamiz uchun kuch, har bir qo‘llab-quvvatlov — g‘alabaga ishonchdir. Olg‘a, O‘zbekiston! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
#huquqiy_axborot_soati
🗣O‘zbekiston respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni
⏺O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan mazkur Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy huquqiy asoslardan biri hisoblanadi.
💬 Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida shaffoflikni ta’minlash hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashdan iboratdir. 💬 Qonunda “Korrupsiya”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalar belgilab berilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, tizimlilik va javobgarlikning muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilgan. 💬 Shuningdek, hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, vakolatli davlat organlarining vazifalari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki aniq belgilangan. 💬 Qonun davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli choralarni ham nazarda tutadi. Jumladan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish kabi muhim mexanizmlar joriy etilgan.💬Xulosa qilib aytganda, ushbu Qonun jamiyatda adolat, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: E-kengash | Telegram | Facebook | instagram
+6
🗣Termizda kiberxavfsizlik va dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi
⏺Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla faollari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. Tadbir davomida bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan kiberxavfsizlik masalalari atroflicha muhokama qilinib, aholi o‘rtasida bu boradagi targ‘ibot va tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.
💬Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan qator muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahallalar kesimida soliq rejasining bajarilish holati va mas’ullar faoliyati tahlil qilindi. Hokim yordamchilarining belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyati, aholini bandlikka jalb etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari muhokama etildi.
💬Bundan tashqari, ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha iyun oyi rejasining bajarilishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish davomida boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Tadbir yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati ✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
