en
Feedback
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Open in Telegram

Admin: @dr_akbarshoxadmin Lazzatli hayot! 13+ yildan ortiq tajriba 100.000 + ortiq mamnun bemorlar 5000+ dan ortiq operatsiya ☎️ Admin: https://drakbarshoh.taplink.was +998909551700

Show more
3 899
Subscribers
+2824 hours
+897 days
+31730 days
Posts Archive
Kimda shunday holat bor yoki bo‘lgan? ​🧑‍⚕️ @dr_akbarshoh

Siz shu maʼlumotlarni ko‘rib turing. Men ertaga yangilikni eʼlon qilaman! 👍

Assalomu alaykum. Xayrli oqshomlar! Sizlar uchun bir yangilik qilyapmiz. Yuqoridagi kabi muhim mavzular sizga qiziqmi? 🔥

Video message01:00

Assalomu alaykum duxtir yoshim 30 da diqqat bo'lsam yo asabiylashsam tez tez va ko'p miqdorda peshob qilyapman nima qilishim kerak javob uchun oldindan rahmat

Assalomu alaykum duxtir yoshim 30 da diqqat bo'lsam yo asabiylashsam tez tez va ko'p miqdorda peshob qilyapman nima qilishim kerak javob uchun oldindan rahmat

Video message00:59

Assalomu alaykum doktor yaxshimisiz.Menda erta boshanish kasalligi bor 5-6 yildan buyon.Xozir Rossiyadaman nima maslahat berasiz doktor.Oldindan rahmat

Assalomu alaykum doktor yaxshimisiz.Menda erta boshanish kasalligi bor 5-6 yildan buyon.Xozir Rossiyadaman nima maslahat berasiz doktor.Oldindan rahmat

Video message00:59

Video message01:00

Sizdan kelgan savollar

Assalomu alekum Akbarshoxaka bir ikkita bemorla bilan gaplashganimda shunaqa etishvotti yoshligimda porno ko`rganman uylanganimdan keyin tez tashab qo`yadigon bo`p qoganman bir xil payt hali aloqani boshlamasdan tashab qo`yaman miyyada oriyentatsiya buzilgan diydi bir xillari bo`sa qo`shilsam soatlab qisamam tashomiman diydi faqat partnyo`rim qo`lda ishlasa bo`shanaman diydi nimadan unaqa ?

#foydali_maslahatlar 🤎 Nega so‘nggi yillarda 25 yoshli kuyovlarda ham jinsiy zayiflik ko‘payib ketdi? To‘ydan oldin yoki yos
#foydali_maslahatlar 🤎 Nega so‘nggi yillarda 25 yoshli kuyovlarda ham jinsiy zayiflik ko‘payib ketdi? To‘ydan oldin yoki yosh oila qurgan yigitlar orasida intim muammolardan nolib keluvchilar afsuski ko‘paymoqda. Keling, buning eng asosiy va achchiq sabablarini aytib o‘tsam. 1. Pornografiyaga bog‘lanib qolish Bu illat miyani aldab qo‘yadi. Inson ekrandagi "ideal" tasvirlarga o‘rganib qolgani uchun, real hayotdagi ayolini o‘shanday ko‘rishni istaydi. Natijada xotiniga nisbatan ishtiyoq susayadi, aloqadan lazzat yo‘qoladi. Miya yana eski odatiga – onanizmga talpinaveradi. Bu esa jinsiy zaiflikning eng og‘ir turlaridan biridir. 2. Onanizm (o‘z-o‘zini qoniqtirish) odati. Jinsiy olat qo‘ldagi kuchli bosim va siqishga o‘rganib qoladi. Ayol organizmi esa butunlay boshqacha tuzilgan. Tabiiy aloqada qo‘ldagidek qattiq bosim bo‘lmagani uchun, miya u yerda kerakli lazzatni olmaydi. Natijada keyingi safar normal qo‘zg‘alish va qattiqlik (ereksiya) yo‘qola boshlaydi. 3. Tamaki mahsulotlarini chekish. Sigaret – qon tomirlarini toraytirish va testosteron gormonini "o‘ldirish" bo‘yicha rekordsmen. Jinsiy olatdagi mayda qon tomirlari torayib qolgandan keyin, u yerga yetarli qon bormaydi. Natijasi esa tabiiyki, jinsiy zaiflik. 4. Alkogol va turli moddalar. Bular testosteron darajasini keskin tushirib yuboradi va asab tizimini izdan chiqaradi. Bunday zararlarning eng "kichigi" jinsiy zaiflik bo‘lsa, qolgan oqibatlarini o‘zingiz tasavvur qilavering. 5. Doimiy stress va surunkali charchoq. Me’yordan ortiq ishlab ketish, uyqusizlik, doimiy asabiylashish va depressiya — ereksiyaning ashaddiy dushmani. Ba’zilar "sevgi dardi" yoki o‘tkinchi muammolar deb o‘zini yeb qo‘yadi, lekin aslida bularning hammasi sog‘ligingizni parchalayotgan bo‘ladi. Bo‘lmag‘ur narsalarga chalg‘imasdan, ilm va kelajak ketidan quving. Siz eng yaxshi o‘g‘il, eng yaxshi turmush o‘rtoq va eng zo‘r ota bo‘lishingiz shart! 👨‍⚕️ Eslatma: Muammoni yashirib yuraverish uni kattalashtiradi. Vaqtida turmush tarzini o‘zgartiring va kerak bo‘lsa mutaxassisga murojaat qiling.

Nima qilish kerak? ​Agar sizda ham erta bo‘shashish muammosi kuzatilayotgan bo‘lsa va unga qo‘shimcha ravishda quyidagilar qo
Nima qilish kerak? ​Agar sizda ham erta bo‘shashish muammosi kuzatilayotgan bo‘lsa va unga qo‘shimcha ravishda quyidagilar qo‘shilsa: ​qov suyagi ortida, oraliqda yoki belda og‘irlik va tortishish; ​siyish paytida yengil noqulaylik yoki achishish; ​jinsiy aloqadan keyin kuchayadigan o‘ziga xos og‘riqlar; ​Demak, muammo shunchaki charchoqda emas, balki prostata bezining yallig‘lanishida bo‘lishi mumkin. ​➡️ Maslahat: Internetdagi "sehrli" spreylar yoki shubhali mahsulotlar bilan vaqtingizni o‘tkazmang. Agar muammoning ildizi prostatit bo‘lsa, uni davolamasdan turib erta bo‘shashishdan qutulish qiyin. Eng to‘g‘ri qadam – tajribali urolog-androlog ko‘rigidan o‘tib, tahlil topshirishdir. ​💡 Eslatma: Bu umumiy ilmiy ma'lumot. Har bir organizm o‘ziga xos, shuning uchun aniq tashxis va davolanish uchun mutaxassisga murojaat qiling.

Xalqaro andrologiya va urologiya jurnallarida chop etilgan ko‘plab kuzatuvlar surunkali bakterial yoki nodakterial prostatit
Xalqaro andrologiya va urologiya jurnallarida chop etilgan ko‘plab kuzatuvlar surunkali bakterial yoki nodakterial prostatit bilan og‘rigan erkaklarda erta eyakulyatsiya holati sog‘lom erkaklarga qaraganda bir necha barobar ko‘p uchrashini isbotlagan. ​Eng muhimi, ba'zi bemorlarda faqatgina prostatitni davolashning o‘zi (antibakterial yoki yallig‘lanishga qarshi terapiya) jinsiy aloqa davomiyligini sezilarli darajada uzaytirishga yordam bergani aniqlangan.

​2. Yallig‘lanish va mushaklarning spazmi ​ Urologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, surunkali prostatit kichik chanoq sohasi
​2. Yallig‘lanish va mushaklarning spazmi ​ Urologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, surunkali prostatit kichik chanoq sohasidagi mushaklarning (jumladan, qovuq tubi va siydik yo‘li atrofi mushaklarining) doimiy taranglashishiga (spazmiga) olib keladi. ​Bu mushaklar bo‘shasholmagani uchun eyakulyatsiya jarayoni ustidan nazorat yo‘qoladi va u juda tez sodir bo‘ladi.

​1. Anatomiya va asab tizimining ta'siri ​Prostata bezining o‘zi kichik organ bo‘lsa-da, u jinsiy funksiyada juda katta rol o
​1. Anatomiya va asab tizimining ta'siri ​Prostata bezining o‘zi kichik organ bo‘lsa-da, u jinsiy funksiyada juda katta rol o‘ynaydi. ​Agar bezda yallig‘lanish (prostatit) yuzaga kelsa, bu nervlar doimiy ravishda "qitiqlangan" yoki haddan tashqari qo‘zg‘algan holatda bo‘ladi. Natijada miyaga bo‘shashish haqida juda erta signal boradi va erkak o‘zi istamagan holda tez bo‘shanib qoladi.

Prostatit va erta bo‘shashish o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu savolni menga ko‘b berishadi. ​Ko‘pchilik erkaklar jinsiy hayotd
Prostatit va erta bo‘shashish o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu savolni menga ko‘b berishadi. ​Ko‘pchilik erkaklar jinsiy hayotdagi muammolar, xususan, erta eyakulyatsiya (tez bo‘shashish) faqat psixologik holat deb o‘ylashadi. Aslida esa har doim ham unday emas. Ko‘pincha buning ortida yashirin tibbiy sabablar yotadi – ulardan biri esa surunkali prostatitdir. ​Keling, bu ikki holat bir-biri bilan qanday bog‘liqligini ilmiy faktlar asosida ko‘rib chiqamiz. Tayyormisiz?

🧑‍⚕️ Prostata bezi kattalashganda har doim ham jarrohlik shartmi? Yo‘q, xavfsiz kattalashish aniqlanganda jarrohlik har doim
🧑‍⚕️ Prostata bezi kattalashganda har doim ham jarrohlik shartmi? Yo‘q, xavfsiz kattalashish aniqlanganda jarrohlik har doim ham shart emas. Davolanish holatning og‘irligiga qarab belgilanadi: Kuzatuv: Belgilar yengil bo‘lsa, turmush tarzini o‘zgartirish va kofeinni kamaytirish kifoya. Dori-darmonlar: O‘rtacha holatlarda mushaklarni bo‘shashtiruvchi yoki prostata hajmini kichraytiruvchi dorilar qo‘llaniladi. Jarrohlik qachon kerak? Dori naf bermasa, siydik tutilishi, infeksiya, toshlar yoki buyrakka xavf tug‘ilgandagina operatsiya (endoskopik, lazer yoki minimal invaziv usullar) tavsiya etiladi. Eslatma: Aniq holatingiz bo‘yicha urolog-androlog bilan maslahatlashing.