ru
Feedback
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Открыть в Telegram

Admin: @dr_akbarshoxadmin Lazzatli hayot! 13+ yildan ortiq tajriba 100.000 + ortiq mamnun bemorlar 5000+ dan ortiq operatsiya ☎️ Admin: https://drakbarshoh.taplink.was +998909551700

Больше
3 717
Подписчики
+4024 часа
+1407 дней
+30330 дней
Архив постов
Nima uchun vazn yo‘qotish testosteronni oshirishi mumkinligini bilasizmi? ​Bu mavzuga oldin ham to‘xtalib o‘tganman, ammo yan
Nima uchun vazn yo‘qotish testosteronni oshirishi mumkinligini bilasizmi? ​Bu mavzuga oldin ham to‘xtalib o‘tganman, ammo yana bir bor taʼkidlamoqchiman. ​Yog‘ to‘qimasi gormonlar almashinuvida faol qatnashadi. Unda testosteronning bir qismini estradiolga aylantiruvchi aromataza fermenti ishlaydi. ​Ortiqcha vazn (semizlik) paytida jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin – SHBG ham ko‘pincha kamayadi. Bu testosteronni qonda tashiydigan oqsildir. Shuning uchun SHBG past bo‘lganda, tahlillardagi umumiy testosteron ham past chiqishi mumkin. ​Erkak kishi ozganda, vaziyat ko‘pincha o‘zgaradi: SHBG ko‘tariladi, yog‘ to‘qimasining gormonal almashinuviga ta’siri kamayadi va testosteron asta-sekin o‘sishi mumkin. ​Shuning uchun ortiqcha vazn va o‘rtacha darajada pasaygan testosteron bo‘lganda, darhol gormonal terapiya haqida o‘ylash kerak emas. Birinchi qadam sifatida vaznni kamaytirish, uyquni to‘g‘rilash va shundan keyin tahlillarni qayta topshirish lozim. Siz vazn yo‘qotish uchun nimalar qilib ko‘rgansiz, izohlarda yozing!

Видеосообщение00:59

Видеосообщение00:59

Видеосообщение01:00

Assalomu alaykum, qadrdonlar yaxshimisizlar?!
Oʻylab qarasam, oxirgi yillarda kamharakatlik oqibatida yuzaga keladigan muammoli beʼmorlar soni ancha oshibdi.
Asosiy sabab – kun davomida bir joyda, qimirlamasdan ishlash. Buni zararli jihatlari va unga qanday yechim borligi haqida maslahatlar bersam nima deysiz?! – 🔥 ✅ @dr_akbarshoh

Bunaqa mavzularda juda faolsizlar-? 😅

«Korzinka» pozasi 🔞 Erkak yerga yoki katta kresloga o‘tiradi. 🔞 Ayol uning quchog‘iga yuzma-yuz o‘tirib, oyoqlarini erkakni
«Korzinka» pozasi 🔞 Erkak yerga yoki katta kresloga o‘tiradi. 🔞 Ayol uning quchog‘iga yuzma-yuz o‘tirib, oyoqlarini erkakning yelkasiga qo‘yadi. 🔞 Qo‘llari bilan uning bo‘ynidan quchib, tanasini unga yaqinlashtiradi. 🔞 Erkak esa uning beli yoki sonlaridan ushlab, sekin harakat qiladi. Afzalliklari: Jismoniy yaqinlikni kuchaytiradi va bir-biriga yuzma-yuz qarash imkonini beradi. O‘pish va mehr ko‘rsatish uchun qulay. Yaqinlik hissini kuchaytirishi mumkin. E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat: Erkakning bel va qo‘l mushaklari yetarlicha baquvvat bo‘lsa, bu holatni uzoqroq vaqt qulay saqlash osonroq bo‘ladi.

Kecha suhbatimiz pozalar haqida edi. Mutaxassis sifatida bir necha pozalarni tavsiya qilaymi?

Kanalimiz erkaklari uchun maslahat Jinsiy aloqa boshlanishidan oldin, ya’ni tayyorlash vaqtidagi erkalashlar paytida (masalan, bo‘yin yoki yelkani o‘payotganda), ayolingizga iliq va samimiy bir kompliment ayting. Bu uning o‘zini erkinroq his qilishiga va ortiqcha fikr-mulohazalardan xalos bo‘lishiga yordam beradi. Buni uning qulog‘iga shivirlab aytishingiz mumkin. Shu yo‘l bilan u ko‘proq xotirjam bo‘lib, diqqatini jarayonga qaratadi, natijada jinsiy aloqadan zavqlanish ehtimoli ancha oshadi. Sinab ko'raman! — 🔥

Jinsiy aloqa vaqtida pozalar muhimligini bilarmidingiz? ​Ko'pchilik bunga oddiy bir holat sifatida qaraydi, ammo yaqinlik vaqtida to'g'ri pozani tanlash nafaqat hissiyotlarni yangi bosqichga olib chiqadi, balki juftlikning o'zaro uyg'unligini ham belgilaydi. Bir xil va zerikarli jinsiy aloqa vaqt o'tib munosabatlarda sovuqlik paydo qilishi hech gap emas. ​Psixologlar va oilaviy munosabatlar mutaxassislarining ta'kidlashicha, jinsiy hayotdan qoniqmaslik oilaviy ajrimlarning eng asosiy yashirin sabablaridan biridir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, jahon amaliyotida oilalarning qariyb 20 foizdan 60 foizigacha qismi jinsiy nomuvofiqlik va yaqinlikdagi muammolar tufayli barbod bo'ladi. Ayniqsa, juftliklarning o'zaro yaqinlikdan birdek zavq ololmasligi va bu mavzu ochiq gapirilmasligi oxir-oqibat katta mojarolarga va oilaning buzilishiga olib keladi. ​Shuning uchun yaqinlik vaqtida yangilik kiritish, birgalikda tajriba qilish va har ikki tomonning rohatini o'ylash juda muhim. Sog'lom va mustahkam oila ortida ana shunday nozik jihatlar ham turadi. Siz bunga qanday qaraysiz?

Bugun olov bir mavzuni ochib bermoqchi edim. Ammo reaksiya kamligidan kerak emasmi deb o‘ylab qoldim. 😎

Erkak kuchli bo‘lishi kerakmi? Bizning jamiyatda erkak kishi dardini ichiga yutib yurishga o‘rgangan: beli og‘risa indamaydi,
Erkak kuchli bo‘lishi kerakmi? Bizning jamiyatda erkak kishi dardini ichiga yutib yurishga o‘rgangan: beli og‘risa indamaydi, siydigida achishish bo‘lsa "o‘tib ketadi" deb yuraveradi, moyak sohasida tortishish sezsa ham hech kimga bildirmaydi. Chunki jamiyatda unga doim kuchli ko‘rinish kerakligi uqtirilgan. ​Lekin kasallik sabrni tan olmaydi va kutib turmaydi. Bugun oddiygina bo‘lib ko‘ringan alomat ertaga jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, buyrakdagi kichik tosh ham, varikotsele ham yoki bepushtlikka sabab bo‘ladigan yashirin muammolar ham boshida bilinmaydi. ​Shuning uchun dardni yashirib yurish yaraga tuz sepish bilan barobar. Agar sog‘ligingizda muammo bo‘lsa, uyalmang va vaqtni cho‘zmang. Tanangiz og‘riq orqali yordam so‘rayotgan ekan, demak harakat qilish vaqti keldi. ​Chunki haqiqiy erkaklik kuchi og‘riqqa jim chidashda emas, balki muammoni o‘z vaqtida hal qilishidadir. Siz oxirgi marta doktorga shunchaki ko‘rik uchun qachon bordingiz?

Rasmlarni chapga surib slaydlarni o‘qing! Barchangizga manfaatli bo‘lsin! 👍

Assalomu alaykum! Haqiqiy erkaklar! 💪

Видеосообщение00:59

Nega harakatsizlik prostatitni keltirib chiqaradi? Koʻpchilik erkaklar prostatitni sovuqda oʻtirish yoki infeksiyalar bilan b
Nega harakatsizlik prostatitni keltirib chiqaradi? Koʻpchilik erkaklar prostatitni sovuqda oʻtirish yoki infeksiyalar bilan bogʻlar ekan. Lekin amaliyotda hozirgi kunda eng koʻp uchraydigan sabab – kamharakatlik. Hozirgi kunda jismoniy mehnat kamayib, koʻpchilik aqliy mehnat – oʻtirib ishlash bilan band boʻlib qolgan. Natijada kamharakatlik holati oshib bormoqda. ✅ Tushuntirib oʻtaman: – Prostata kichik tosda joylashgan va uning sogʻlom ishlashi qon aylanishiga bevosita bogʻliq. Erkak kishi uzoq vaqt oʻtirib qolsa: • kichik tosda qon dimlanadi • prostata toʻqimalari kislorod yetishmovchilik boshdan kechiradi. ⚠️ Eʼtiborli jihati, shu holatning oʻzi prostatitni keltirib chiqaradi, lekin – birdan rivojlanmaydi – sekin rivojlanadi – boshida deyarli bilinmaydi.
Koʻpchilik erkaklar menga faqat siyishda noqulaylik, qorin ostida, qovuq atrofida noqulay ogʻriq, tez charchash paydo boʻlgandan keyin murojaat qilishadi.
📌 Maslahat: – har 40-60 daqiqada oʻrningizdan turib, yengil harakat qiling; – kuniga kamida 6-8 ming qadam yuring; – kichik tos uchun oddiy mashqlar qiling. Bu mayda odatlar kelgusida prostatani jiddiy muammolardan saqlaydi!@dr_akbarshoh

Assalomu alaykum! Yaxshimisizlar?! Bu savol ko'pchilikni qiziqtirsa kerak-a? Lekin rostan ham oxirgi paytlarda yoshlar orasid
Assalomu alaykum! Yaxshimisizlar?! Bu savol ko'pchilikni qiziqtirsa kerak-a? Lekin rostan ham oxirgi paytlarda yoshlar orasida ham prostata bilan bog'liq murojaatlar kelib tushmoqda. Keling, men bu haqida to'liqroq ma'lumot bersam...@dr_akbarshoh