uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Kanalga Telegram’da o‘tish

Admin: @dr_akbarshoxadmin Lazzatli hayot! 13+ yildan ortiq tajriba 100.000 + ortiq mamnun bemorlar 5000+ dan ortiq operatsiya ☎️ Admin: https://drakbarshoh.taplink.was +998909551700

Ko'proq ko'rsatish
3 959
Obunachilar
-1024 soatlar
-237 kun
+2030 kun
Postlar arxiv
Elektron sigaretalar erkaklar salomatligi va jinsiy quvvatga qanday ta’sir qiladi? 2022-yilda AQSHda o‘tkazilgan ilmiy tadqiq
Elektron sigaretalar erkaklar salomatligi va jinsiy quvvatga qanday ta’sir qiladi? 2022-yilda AQSHda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotda 13 ming nafardan ortiq erkakning ma’lumotlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har kuni elektron sigaretadan foydalanadigan erkaklarda ereksiya bilan bog‘liq muammolar uchrash ehtimoli undan hech qachon foydalanmagan erkaklarga nisbatan ikki baravardan ham yuqori bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, bu bog‘liqlik 65 yoshgacha bo‘lgan, yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qo‘yilmagan erkaklarda ham kuzatilgan.

​​📥 @AudioSavedBot orqali yuklab olindi

Baʼzida qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilish, internetdagi xar-hil tekshirilmagan maʼlumotlarga ishonib qolasizlar. Keling, qaysi maʼ
Baʼzida qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilish, internetdagi xar-hil tekshirilmagan maʼlumotlarga ishonib qolasizlar. Keling, qaysi maʼlumotga ishonish kerak, qaysiga ishonmaslik kerakligini ko‘rib chiqamiz!

EREKTIL DISFUNKSIYA DARAJALARI VA MIEF-5 SO‘ROVNOMASI Erektil disfunksiya darajasini baholash uchun butun dunyoda MIEF-5 (IIEF-5) — erektil funksiyani baholovchi xalqaro indeksning qisqartirilgan shakli qo‘llaniladi. U jinsiy hayotning so‘nggi 6 oyi haqida beriladigan 5 ta savoldan iborat. Har bir javob 1 dan 5 ballgacha baholanadi. So‘rovnoma nimalarni baholaydi? 1⃣Ereksiyaga erisha olishingiz va uni saqlab qolishingizga qanchalik ishonasiz? 2⃣Jinsiy olat jinsiy aloqaga kirishish uchun yetarlicha qattiq bo‘lishi qanchalik tez-tez kuzatiladi? 3⃣Jinsiy aloqaga kirishgandan keyin ereksiyani saqlab qolish qanchalik tez-tez muvaffaqiyatli bo‘ladi? 4⃣Jinsiy aloqa tugaguniga qadar ereksiyani saqlab qolish siz uchun qanchalik qiyin? 5⃣Jinsiy aloqadan qanchalik qoniqasiz?

SABAB FAQAT TANADA EMAS Ereksiya uchun faqat yaxshi qon aylanishining o‘zi yetarli emas. Nerv tizimi, ruhiy holat, qabul qili
SABAB FAQAT TANADA EMAS Ereksiya uchun faqat yaxshi qon aylanishining o‘zi yetarli emas. Nerv tizimi, ruhiy holat, qabul qilinayotgan dorilar va kundalik odatlar ham muhim. 4. Nerv tizimi Umurtqa pog‘onasi kasalliklari va shikastlanishlari, kichik chanoq sohasidagi operatsiyalar, diabetik neyropatiya va ayrim nevrologik kasalliklar ereksiyani boshqaruvchi nerv signallariga ta’sir qilishi mumkin. 5. Stress va xavotir «Yana bo‘lmay qolsa-chi?» degan xavotirning o‘zi ham ereksiyaga xalaqit berishi mumkin. Stress, depressiya va juftlikdagi kelishmovchiliklarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. 6. Dorilar va turmush tarzi Ayrim dori vositalari, chekish, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish, uyqusizlik, kamharakatlik va anabolik steroidlardan foydalanish ereksiyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Muhimi: ereksiyani vaqtincha tiklash muammoning sababini davolash degani emas. Shuning uchun muammo muntazam takrorlansa, faqat ereksiyani tiklash emas, nima sababdan buzilayotganini aniqlash ham muhim.

XO‘SH EREKSIYA NEGA BUZILADI? Ereksiya — murakkab jarayon. Unda qon tomirlari, nerv tizimi, gormonlar va ruhiy holat birgalik
XO‘SH EREKSIYA NEGA BUZILADI? Ereksiya — murakkab jarayon. Unda qon tomirlari, nerv tizimi, gormonlar va ruhiy holat birgalikda ishtirok etadi. Shuning uchun muammoning sababi ham har doim bitta bo‘lavermaydi. 1. Qon tomirlari Ateroskleroz, yuqori qon bosimi va xolesterinning oshishi jinsiy olatga qon kelishini yomonlashtirishi mumkin. Ayniqsa 40 yoshdan keyin bu omillarga e’tibor berish muhim. 2. Gormonal o‘zgarishlar Testosteron yetishmovchiligi, prolaktinning oshishi yoki qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar jinsiy istak va ereksiyaga ta’sir qilishi mumkin. 3. Qandli diabet va semizlik Qandli diabet vaqt o‘tishi bilan qon tomirlari va nervlarni zararlashi mumkin. Semizlik va metabolik sindrom ham erektil disfunksiya xavfi bilan bog‘liq. Ereksiya bilan bog‘liq muammo muntazam takrorlansa, uni faqat jinsiy hayotdagi muammo deb qaramaslik kerak. Ba’zan organizm shu yo‘l bilan boshqa muammo haqida signal berayotgan bo‘lishi mumkin.

Assalomu alaykum. Xayrli kech! Reaksiya judayam kam. Davom etmay qo‘yaveraymi? 😅

Bepushtlikka duch kelgan erkaklarda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar normal fertillikka ega erkaklarga nisbatan ko‘proq uchray
Bepushtlikka duch kelgan erkaklarda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar normal fertillikka ega erkaklarga nisbatan ko‘proq uchraydi. 2026-yilda qariyb 446 ming nafar erkak ishtirok etgan tadqiqotda bepushtlikka duch kelgan erkaklarda keyingi yillarda qandli diabet taxminan 28% ko‘proq, yuqori qon bosimi va yurak kasalliklari esa taxminan 20% ko‘proq uchrashi aniqlangan. 2023-yilgi meta-tahlil ham bepushtlikka duch kelgan erkaklarda qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfi yuqoriroq ekanini ko‘rsatgan. 2,4 milliondan ortiq erkak ma’lumotlari tahlil qilingan boshqa bir tadqiqotda esa bepushtlikka duch kelgan erkaklarda umumiy saraton kasalliklari taxminan 43% ko‘proq uchrashi qayd etilgan. Ayniqsa, moyak saratoni bilan bog‘liqlik yaqqolroq bo‘lgan. Nega bunday? Spermatozoidlar ishlab chiqarilishi uchun gormonlar, moyaklar, moddalar almashinuvi va ko‘plab genlarning normal ishlashi zarur. Butun organizmga salbiy ta’sir qiluvchi ayrim buzilishlar bir vaqtning o‘zida erkakning fertilligiga ham ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun spermogrammada jiddiy o‘zgarishlar aniqlansa, faqat farzandli bo‘lish imkoniyatini baholash bilan cheklanmasdan, erkakning umumiy sog‘lig‘ini ham tekshirish maqsadga muvofiq.

Yana aynan shu paytda ko‘pchilik o‘zini tekshira boshlaydi: «Pasayib qolmadimi?» «Hozir bo‘ladimi?» «Nega avvalgidek qattiq e
Yana aynan shu paytda ko‘pchilik o‘zini tekshira boshlaydi: «Pasayib qolmadimi?» «Hozir bo‘ladimi?» «Nega avvalgidek qattiq emas?» Natijada erkak jarayondan zavqlanish o‘rniga, butun e’tiborini ereksiyasiga qaratadi. Uni qanchalik ko‘p nazorat qilishga urinsa, shunchalik zo‘riqish kuchayadi. Bu esa qayta qo‘zg‘alishni qiyinlashtirishi mumkin. Pozalarning o‘zi ham bir-biridan farq qiladi. Bir pozada bosim va stimulyatsiya ko‘proq, boshqasida esa kamroq bo‘ladi. Ayrim holatlarda chanoq va qorin mushaklari ko‘proq taranglashadi, boshqalarida esa tana bo‘shashadi. Shuning uchun pozani o‘zgartirganda ereksiyaning biroz susayishi o‘z-o‘zidan qon tomir bilan bog‘liq muammo borligini anglatmaydi. Ammo ereksiya deyarli har qanday qisqa tanaffusda yo‘qolsa, yaxshi stimulyatsiyada ham qaytishi qiyin bo‘lsa yoki umuman olganda avvalgidan beqarorroq bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning sababini aniqlash uchun mutaxassisga murojaat qilish kerak.

😁😆😁 ​Jinsiy aloqa – bu nafaqat rohat, balki sog‘liq uchun tabiiy terapiya hamdir. Bu paytda tanangizda qon aylanishi, testosteron, va energiya oshadi! ​🧑‍⚕️ @dr_akbarshoh

#kino_tavsiya ❤️‍🔥Agar siz romantika, ehtiros va dramaga boy kinolarni yoqtirsangiz, navbatdagi tavsiya: ⚪ "Любовь и другие
#kino_tavsiya ❤️‍🔥Agar siz romantika, ehtiros va dramaga boy kinolarni yoqtirsangiz, navbatdagi tavsiya: ⚪ "Любовь и другие лекарства" Kino qahramonlari: Jeymi – bittada har qanday ayolni rom qiladigan yigit Meggi – erta Parkinson kasalligiga chalingan, lekin hech kimga bog'lanishni istamaydiyan g'ururli qiz. 🔞 Faqatgina ehtiros, yaqinliklar bilan boshlangan munosabatlar nima bilan tugashi sizni qiziqtirsa, kinoni ko'rib chiqishingizni tavsiya qilaman. ✅ @dr_akbarshoh

​​Спасибо, что пользуетесь - @SaveAsBot'ом