en
Feedback
JO'RABEK RAMAZON

JO'RABEK RAMAZON

Open in Telegram

Iste'dodli va zabardast shoir Jo'rabek Ramazon she'rlari kanali ochildi. Xalqona, nafosatli, go'zal ijodi bilan ko'plab muxlislar orttirgan shoirning oxirati obod bo'lsin! Creator: @Niyatullo_n7

Show more
348
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-230 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+10
in 2 channels
November '24
+39
in 3 channels
Get PRO
October '24
+1
in 1 channels
Get PRO
September '24
+22
in 0 channels
Get PRO
August '24
+25
in 3 channels
Get PRO
July '24
+52
in 6 channels
Get PRO
June '240
in 2 channels
Get PRO
May '240
in 3 channels
Get PRO
April '240
in 0 channels
Get PRO
March '240
in 0 channels
Get PRO
February '240
in 0 channels
Get PRO
January '240
in 0 channels
Get PRO
December '230
in 0 channels
Get PRO
November '230
in 0 channels
Get PRO
October '230
in 0 channels
Get PRO
September '23
+20
in 0 channels
Get PRO
August '23
+13
in 0 channels
Get PRO
July '23
+25
in 0 channels
Get PRO
June '23
+19
in 0 channels
Get PRO
May '23
+31
in 0 channels
Get PRO
April '23
+12
in 0 channels
Get PRO
March '23
+20
in 0 channels
Get PRO
February '23
+22
in 0 channels
Get PRO
January '23
+33
in 0 channels
Get PRO
December '22
+30
in 0 channels
Get PRO
November '22
+21
in 0 channels
Get PRO
October '22
+32
in 0 channels
Get PRO
September '22
+6
in 0 channels
Get PRO
August '22
+2
in 0 channels
Get PRO
July '220
in 0 channels
Get PRO
June '22
+15
in 0 channels
Get PRO
May '22
+25
in 0 channels
Get PRO
April '22
+9
in 0 channels
Get PRO
March '220
in 0 channels
Get PRO
February '220
in 0 channels
Get PRO
January '220
in 0 channels
Get PRO
December '210
in 0 channels
Get PRO
November '210
in 0 channels
Get PRO
October '210
in 0 channels
Get PRO
September '210
in 0 channels
Get PRO
August '21
+6
in 0 channels
Get PRO
July '21
+18
in 0 channels
Get PRO
June '21
+24
in 0 channels
Get PRO
May '21
+287
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
19 December0
18 December0
17 December+1
16 December+1
15 December+1
14 December0
13 December0
12 December+1
11 December0
10 December+1
09 December0
08 December0
07 December0
06 December0
05 December+1
04 December+2
03 December+1
02 December0
01 December+1
Channel Posts
Ижро: Хондамир НИМАГА СЕВМАЙСАН? ... Тилимга қарама – таъна қилмайман, Кўзимга қарама – шаъма қилмайман. Нимага севаман сени – билмайман, Билмайман, нимага севмайсан мени. Жўрабек Рамазон @JorabekRamazon

2
Qiblaga aylanib qolgan to‘rt tomon, So‘roqlaydi qismat bo‘g‘zimdan tutib. Men bugun kimnidir sog‘indim yomon, Men bugun kimni
Qiblaga aylanib qolgan to‘rt tomon, So‘roqlaydi qismat bo‘g‘zimdan tutib. Men bugun kimnidir sog‘indim yomon, Men bugun kimnidir qo‘ydim unutib. O‘zingga o‘limni o‘rgatasan bot, Yuragingga sig‘may turganida qil. Chunonam bema'ni tuyular hayot Telbalar yurtiga aylansa ko‘ngil. Men edim betashvish, beg‘am begumon, Endi u xotirjam kunlar qayoqda. Ey, o‘zin nomini unutgan vijdon, Qanday yashayapsan qo‘ltiqtayoqda?.. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
347
3
JOʻRABEK RAMAZON IJODIDAN Ishqiy qissalarning barchasi ro‘yo, Menimcha, sevgi deb hech kim o‘lmagan. Lekin yaralgandan beri b
JOʻRABEK RAMAZON IJODIDAN Ishqiy qissalarning barchasi ro‘yo, Menimcha, sevgi deb hech kim o‘lmagan. Lekin yaralgandan beri bu Dunyo Seni sog‘inishdek azob bo‘lmagan ... Ijro: Mahliyo Xurramova Shahnoza Anvarjonova @JorabekRamazon
439
4
✍Jo‘rabek Ramazon 🎙Fotima Dilroz @JorabekRamazon
485
5
* * * Озгина тушунинг, Озгина севинг, Бир сафар озгина жилмайиб қаранг. Нечун лабларингиз бунчалар ҳам жим, Асабингиз нега оз
* * * Озгина тушунинг, Озгина севинг, Бир сафар озгина жилмайиб қаранг. Нечун лабларингиз бунчалар ҳам жим, Асабингиз нега озгина таранг? Озгина ўйланинг, Озгина ўйланг, Озгина ишонинг муҳаббатимга. Наҳот туйғуларнинг ҳаммаси ўлган, Наҳотки айланган севги етимга?! Билсангиз, юрагим озгина оғрир, Оғритиб қўйгудек бутун оламни. Наҳотки, тушуниш шунчалар оғир Озгина ҳаёти қолган одамни… ©Жўрабек Рамазонов https://t.me/Adabiyot_olami
405
6
Darz Ketdi… Katta ko‘ksingda bexos Bo‘shab qoldi kichkina bir joy. Yo‘llaridan uzmaysanu ko‘z, Qo‘llaridan icholmaysan choy.
Darz Ketdi… Katta ko‘ksingda bexos Bo‘shab qoldi kichkina bir joy. Yo‘llaridan uzmaysanu ko‘z, Qo‘llaridan icholmaysan choy. Sevgi o‘lsa urilmas sadr, Ammo bu ham motam baribir. Unutmoqqa yetmaydi qurbing, Najot bordek shisha uchida. Ko‘plar havas qilgudek umring Eziladi kuldon ichida. Deysan: o‘zi bu telba dunyo Hech kimsaga qilmagan vafo. Qaytdi… Katta ko‘ksingda bexos To‘lib qoldi kichkina bir joy. Porlamaydi muhabbatdan ko‘z, Mehr bilan uzatsa ham choy. Baxtga takror yetganing bilan Aytilmaydi qaytadan o‘lan. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
424
7
TAKLIFNOMA    Shu yilning 1-iyul kuni soat 11:00da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtadi.  Anjuman doirasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yosh shoir Hasan Asrayevning “Ezgu niyat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi hamda bir qator yosh ijodkorlarga Yozuvchilar uyushmasi aʼzolik guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan. Tadbirga barcha yoshlarni va qiziquvchilarni taklif etamiz. Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
340
8
Ikki kun Men ikki kun yashashim kerak, Xohi tirik, xohida bejon. So‘qir sevgi qirq sakkiz soat Yuragimni qilar imtihon. O‘tga
Ikki kun Men ikki kun yashashim kerak, Xohi tirik, xohida bejon. So‘qir sevgi qirq sakkiz soat Yuragimni qilar imtihon. O‘tgan kunlar ko‘zlarida yosh, Sanalarda sirqirar ozor. Ikki kunlik hasratga bardosh Bo‘lolmaydi besh kunlik diydor. Sen sog‘inchni shu kundan so‘ra, Ko‘tarsa bas beshta oq ustun. Bu ikki kun ko‘zingday qora, Bu ikki kun sochingday uzun. Shanba kuni boshlangan qadar Dushanbada tugar begumon. Shu ikki kun yashay olsam gar, Keyin sira o‘lmayman, ishon!.. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
509
9
Vatan Ne sinoat mujassam Tarixing tomirida; Yo Osiyo tegrasi, Yo uning Pomirida. Necha ming yillik qo‘shiq Bor nolang zamirida. Qulamasdan turibdi Hanuz ko‘hna qo‘rg‘oning. Alining Zulfiqorin O‘tkir dami biz edik, Necha Zulqarnaynning O‘yi, g‘ami biz edik, Jami o‘tgan shohlarning Qariyb yarmi biz edik, Bugun shahzodalarga O‘xshaydimi o‘g‘loning? Vatan dedim, bo‘g‘zimni Achchiq alam to‘ldirdi; Kimdir Bibixonimni Zahar berib o‘ldirdi, Bir nomard Ulug‘bekning Yulduzini so‘ndirdi, Quladimi osmonga Tik qo‘yilgan narvoning? Ulfat bo‘lib uch kishi Suhbat qurish mumkinmas, Bobongdan qolgan bog‘da Xayol surish mumkinmas, Daladan bo‘lak yerda Javlon urish mumkinmas, Tuzing ichib, tuzluqqa Tupurdimi mehmoning? Ko‘z olaytdi ko‘rkingga Shoqolmi u, tozimi, O‘zing qolib, erkingga Allakimlar qozimi? O‘g‘lonlaring, qizlaring Buguningdan rozimi, Ertang-chun kurashmoqqa Yaraydimi qalqoning? Sen Kubroning shiori, Qodiriyning armoni, Boburning Andijonga Yetolmagan karvoni. Endi bo‘lar husningga Ular ruhi kayvoni, Porlagay osmoningda Son-sanoqsiz Cho‘lponing! Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
521
10
Dard meni o'zgartib tashladi butkul, Boshlab bo'larmikan barin boshidan? Haqoratdan tilim charchamas nuqul, Og’rimas yuragim
Dard meni o'zgartib tashladi butkul, Boshlab bo'larmikan barin boshidan? Haqoratdan tilim charchamas nuqul, Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan. Nogoh eshitilib qolsa biror sas, Lahzada buzilib ketar asabim. Qiynalib yetganda o'pkamga nafas, Sog'lom odamlarga kelar hasadim. Sevgilim bor edi boshqalar kabi, Yashadi yonimda qo'limdan tutib. Dilozorlik meni toliqtirmadi, Charchadi u barin ichiga yutib. Na unga beroldim bironta orzu, Na undan bema'ni orzum yashirdim. U meni kaftidan tushirmadi-yu, Men uning yuziga kaftim tushirdim. Bir o'y kemiradi dilni erta-kech: Nahotki topilmas dardimga davo?! Xudodan mol-dunyo tilamadim hech, So'raganim faqat bir hovuch havo. Hali ham yetsa gar yuragim dodi, Nimaga hayotdan mahrum etyapsan? Erkam, nafasingda havo bor edi, Sen uni kimlarga olib ketyapsan?.. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
466
11
Haqiqat Haq deya har nokas koʻksini kerdi, Oʻtib ketaverdi shoshqin zamonlar. Haqiqat egildi, egilaverdi, Uning sinishini kutdi yolgʻonlar. Bitta shoir yozdi: vujud bir oʻtin, Boshqa biri aytdi: haqiqat — oʻlim. Hozir oʻlimni ham aldamoq mumkin ... Rostini yozaman, titrama qoʻlim! Aslida bu hayot menga ne berdi, Roʻyolar ichida kezdim jonsarak. Haqiqat egildi, egilaverdi, Hech kimim yoʻq oʻsha bukridan boʻlak. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
414
12
Haqiqat ✍Jo‘rabek Ramazon 🎤Rostnavis @JorabekRamazon
Haqiqat ✍Jo‘rabek Ramazon 🎤Rostnavis @JorabekRamazon
453
13
Hali Hali bulutlarga qo‘yilmagan nom, Otilmas olmadan boshqa mevalar. Hali sog‘inmaslik bo‘lmagan tamom, Hali shakllanmay qolgan shevalar. Oshiqlar tosh qotgan g‘am qirg‘og‘ida, Odamlar hali ham oshning oshnasi. Hali kirolmagan sevgi bog‘iga Qizil, oq va sariq guldan boshqasi. Hali sirligicha yashamaydi sir, Garchi ko‘plar yetgan baxt oroliga. Hali ham sig‘inib yuribdi kimdir Achchiq xiyonatning ko‘r qiroliga. Hali daholardan telbalar ko‘proq, Goh vijdon mulkiga hokim yalmog‘iz. Hali ko‘p shoirlar hidlamay tuproq, Vatan deb yirtmoqqa shaylanar og‘iz. Hali bu dunyoni pok qilish kerak, Hamma yuraklarni oq qilish kerak. Erka malikalar – toza hislarni, Berahm devlardan yashirish kerak. Ayblama, aybimga iqrorman o‘zim, Ne topdim osilib birov bo‘yniga? Alam-da, ishonib yurganing senga Ta'na toshin otsa olma o‘rniga. Sen meni xudbinu xudparast dema, Hali ranjitmadim biror kishini. Sevgilim, men senga atayin nima, Nima deb atayin ko‘zing yoshini?.. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
448
14
Oybek. A. Yur Qochib ketamiz..mp3
445
15
Yur, qochib ketamiz Yur, qochib ketamiz dunyolaridan, Ikkimiz quramiz boshqa bir dunyo. Biz axir qismatning xatolaridan Va ja
Yur, qochib ketamiz Yur, qochib ketamiz dunyolaridan, Ikkimiz quramiz boshqa bir dunyo. Biz axir qismatning xatolaridan Va jafolaridan bo‘lganmiz bino. Qizlar ko‘p – xabari yo‘qdir hayodan, Gunohga botaman qaragan onim. Faqat sen ko‘ksingni yashir dunyodan, Faqat sen ularga o‘xshama, jonim. Yashama taqdirni bo‘yningga olib, Ko‘zing ham yo‘llarga qarab tolmasin. Iltijo qilaman: men chetda turib, Nomard yuraklarga kuning qolmasin. Ishonma jilmayib boqqan odamga, Yo ko‘z yosh to‘kkanga qaratma shafqat. Mayli o‘t ketsa ham butun olamga, Aldanib yashashdan asrasin faqat. Nechun yana bugun ko‘zlaringda mung, Duch keldingmi hayot cho‘pchaklariga? Yur, qochib ketamiz telba dunyoning Hech kim bora olmas burchaklariga. Bir dunyo quramiz, bilmaydi hech kim, Oftobi kuydirmas, qorlari iliq… Yur, qochib ketamiz bu yerdan, jonim, Bizni topolmasin hatto ayriliq. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
842
16
@JorabekRamazon
@JorabekRamazon
434
17
Ketdim... Sog‘insangiz, stol ustida She'rlarim yozilgan daftar turadi. Qaytsangiz, varaqlab ko‘ring ohista, Satrlar siz bilan
Ketdim... Sog‘insangiz, stol ustida She'rlarim yozilgan daftar turadi. Qaytsangiz, varaqlab ko‘ring ohista, Satrlar siz bilan suhbat quradi. Istasangiz oting uni olovga, Gulxan mavjlaridan boqib turar ko‘z. Men ravo ko‘rmadim boshqa birovga, Bor she'rim "SEVAMAN" degan bitta so‘z... Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
483
18
Ona Qaysidir qavmda urushdan keyin Onalar kelarkan jang maydoniga. O‘g‘lining jasadin topib, so‘ng sekin Yaqinlashar ekan uni
Ona Qaysidir qavmda urushdan keyin Onalar kelarkan jang maydoniga. O‘g‘lining jasadin topib, so‘ng sekin Yaqinlashar ekan uning yoniga. Agarda dilbandi old tomonidan Yaralangan bo‘lsa, tortarkan uvvos. Joy berib ajdodlar qabristonidan, Aza tutisharkan onalarga xos. Agar orqasidan o‘q yeganda u, "Urushdan qochgan" deb qo‘yarkan tashxis. Hech kim yig‘lamaskan, chekmaskan qayg‘u, Ona ham murdadan o‘girarkan yuz. Bu ko‘hna dunyodan qolgan bir qissa, Aslini bilmayman – yolg‘onmi yo chin. Ammoki, hayotda shundayin yasha, O‘lsang, hech bo‘lmasa onang yig‘lasin. Jo‘rabek Ramazon @JorabekRamazon
468
19
ЭЛАНИШ Яшамадим гарчи ер бўлиб, Лекин лозим гоҳо тан бериш. Ажабланманг агар эр бўлиб, Эланишим туюлса эриш. Мен тақлиднинг тарафдоримас, Ўзгаларга ўхшаб бўлмайди. Кўкни билмам, ерда ҳар нафас Эланмасдан яшаб бўлмайди. Болаликдан сиғмай танамга, Орзуларга беланган эдим. Илк бора шу азиз Ватанга Озод бўл, деб эланган эдим. Онамга ҳам аввал тик туриб, Мен ғурурли боламан, дедим. Шундан кейин секин эланиб, Севганимни оламан, дедим... Хуллас, бундай мисоллар бисёр, Атасангиз майлига авом. Токи бизда юрак бор, ишқ бор, Эланишлар этади давом. Ҳамон шўнғиб болалигимга, Туйғуларга беланаяпман. Ҳозир эса жажжи ўғлимга “Дада де” деб эланаяпман.. Jo'rabek Ramazon @jorabekramazon
621
20
☀️ Каналимизнинг қадрдон кузатувчилари! Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов ҳаёти ва фаолиятини ёритувч
☀️ Каналимизнинг қадрдон кузатувчилари! Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов ҳаёти ва фаолиятини ёритувчи янги канал ўз фаолиятини бошлади. 👇👇👇 https://t.me/erkinvohidovijodi 💫 Сизларни янги каналга аъзоликка таклиф этамиз. https://t.me/erkinvohidovijodi ❇️ Каналда фаол иштирок этиб, изоҳ қолдирган иштирокчиларга шоир китобларидан тақдим этилади.
705