en
Feedback
Nurmukhamedoff

Nurmukhamedoff

Open in Telegram

Kanal muallifi: Muhammadrasul Nurmukhamedov Kanalda siz dasturlashning web yo’nalishidan video darslar, blog-postlar ko’rishingiz mumkin. You-Tube kanal: https://www.youtube.com/c/WebDevelopmentSchool

Show more
1 346
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-5330 days
Posts Archive
HP monitor sotiladi. Size: 27, Full HD, O’zim ishlatganman, holati yaxshi, kattaroq 4k monitor sotib olmoqchiman shu sabab so
+3
HP monitor sotiladi. Size: 27, Full HD, O’zim ishlatganman, holati yaxshi, kattaroq 4k monitor sotib olmoqchiman shu sabab sotayapman. Narxi: $150 Sotib oladiganlar bo’lsa @nrmkhdmv ga murojaat qilishingiz mumkin. @nurmukhamedoff_dev

https://t.me/MRnurmukhamedov/s/3 2023 ancha voqealarga boy bo’ldi, quvonchli vaqtlar ham, qayg’uli damlar ham bo’ldi. 2023 yilda: 1. 40 ga yaqin shogirdlar chiqardim. 2. Xalqaro kompaniyaga ishga kirdim. 3. Universitetni yakunladim. 2024 yil uchun rejalar: 1. Dasturchi sifatida o’sish. 2. Backend texnologiyalar o’rganish. 3. Telegram va You Tube kanallarni qayta rivojlantirish, You-Tube da video darslarni davom ettirish, telegramda foydali postlarni ko’proq yozish. 4. Chet davlatiga sayohat, kamida 1 marotaba. @nurmukhamedoff_dev

2023 yilda postlar kam yozdim, ko’proq e’tibor ishda bo’ldi. Shu sabab bo’lsa kerak kanal statistikasi yaxshi emas, kanal aso
2023 yilda postlar kam yozdim, ko’proq e’tibor ishda bo’ldi. Shu sabab bo’lsa kerak kanal statistikasi yaxshi emas, kanal asosan nima haqidaligini ham aniqlab bera olmadi) 2024 da kontentni yana kuchaytirish niyatidaman In Sha Alloh. @nurmukhamedoff_dev

Simplicity is a key of success Kecha ish jarayonida qiziq bitta task ustida ishlab qoldim, yechimi uchun 2 soatcha o’ylandim, 1 soat esa yechimni amalga oshirish uchun ketdi tahmiman. Task detallari quyidagicha edi: - Collection pagedagi paginationni “Load More” funksionalikga o’tkazish - Birinchi renderda “Product List” 46, “Load More“ bosilganda esa 48 ta productni DOM ga parse qilib borish. Tushunarli bo'lishi uchun postni davomini quyidagi linkda o'qing, rasmlari bilan keltirilgan. https://telegra.ph/Simplicity-is-a-key-of-success-12-07 @nurmukhamedoff_dev

Azizbek dan o’qib fikr yutirish uchun yaxshi post bo’libdi. Ingliz tilini yaxshu biladiganlar bilmaydiganlar uchun shu post ostida tarjimasini qoldirsa bo’ladi. @nurmukhamedoff_dev

Repost from R4Y
CAREER VISION I see a lot of software engineers are trying to reach FAANG companies. While the reasons might be understandable, I want to ask 1 question. Do we really want it OURSELVES or we just think we HAVE to do it to succeed? If you have a clear vision, that's totally okay. But if you feel lost... Finding our niche in software development is crucial, I say. That's what makes us stand out in a big crowd. Just analyze yourself. What is your strongest side in SWD? - Are you good at working with audio/video? - Do you have some experience in building complex data visualizations? - Do you know a particular framework better than your peers? - Do you have enough expertise in building ecommerce platforms? Whatever it is, working on that areas and gaining more experience makes us special. Let's not blindly follow dreams of someone else. Let's find that mole which makes us unique in our field. #morning_thougts

Moslashuvchan (Flexible) bo'lish haqida Avvallari (4-5 yil avval nazarda tutilmoqda) ma'lum bitta texnologiyani yaxshi bilib karyera boshlab olsa bo'lar edi. Masalan Frontend dasturchidan HTML, CSS, Javascript, React yoki Vue yoki Angular va bitta UI kutubxonani bilishni o'zi bilan ko'plab ish joylarga topshirib ko'rsa bo'lar edi. Xattoki Javascriptni yaxshi bilsangiz sizdan library yoki frameworkni chuqur bilish talab etilmas edi. O'zim ham birinchi ish joyimga Reactni yaxshi bilmasdan turib ishga kirganman va qolganini ish jarayonida o'rganib ketganman. Hozirchi, hozirda kundan kunga yangi texnologiya chiqib kelyapti, yangilanishlar, texnologiyalarning versiyalari tez yangilanyapti, yangi hususiyatlar tez qo'shilib borilmoqda. Atigi 3-4 yil avvalgi talab qilingan texnologiyalarni o'zini bilish endi yetarli emas. Endi sizdan yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha texnologiyalarni bilish talab etiladi. Eng muhim tomoni esa siz endi bularni o'zi bilan ham cheklanib qolmasligingiz kerak. Doimiy yangilanishlar bilan birga siz ham o'z bilimingizni yangilab borishingiz talab etiladi. Bundan tashqari endi sizlarni raqobatchilaringiz ham ko'p, 3-4 yil avval Reactni yaxshi biladigan dasturchilar O'zbekistondan hozirgichalik ko'p emas edi, hozir esa ko'p shu sabab ishga talab ham va talabgorlar ham oshgan. Menimcha endi faqat bitta texnologiyani bilib tezda ish topish masalasi oldingichalik oson bo'lmasa kerak. Yechim nima? Menimcha endi faqat bitta texnologiyaga yopishib olishni o'zi bilan ish bitmasa kerak, o'zingizni qamrovingizni kengaytirish uchun bilimni ham menimcha kengaytirish kerak. Misol uchun Reactni bilasiz, 2-3 oy ish chiqmayaptimi, boshqa texnologiyalarni o'rganing, axir Frontend faqat Reactdan iborat emasku to'g'rimi? Bundan maqsad nima siz ko'proq bozorlarga kirib bora olasiz. Ko'proq kompaniyalarga o'z xizmatingizni taklif qila olasiz. Shuyerda endi lekin degan joyi bor, sizda stack bo'yicha darajangiz o'sishi sekin ketadi, sababi siz Reactda middle bo'lsangizu lekin yangi ish joyiga umuman yangi texnologiya bilan ishga qabul qilinsangiz siz yana boshidan boshlaysiz degani. Sabr qilib 4-5 yilda 2-3 hil texnologiyalarda yaxshi tajriba qilib olsangiz, uyog'iga menimcha qiynalmaysiz. Bularning barchasi uchun siz moslashuvchan bo'lishingiz kerak, bitta texnologiyani ushlab olib faqat shunda yozaman boshqasi kerak emas menga desangiz, qiynalib qolishingiz mumkin menimcha. @nurmukhamedoff_dev

IT(ayti) da tilni ahamiyati haqida Bugun men IT mutaxassislarining ingliz tilini bilishi masalasini muhokama qilmoqchiman. Ko'pincha ingliz tilini bilish ma'lum IT lavozimlariga qo'yiladigan talablarda ko'rinadi va ishga yo’llovchilar, hatto talablar bo'lmasa ham, ko'pincha tilni biladigan mutaxassislarga ustunlik berishadi. Xo'sh, nima uchun bu juda muhim, keling, bunga aniqlik kiritaylik. Birinchidan, bu sizning dunyoga kirish chiptangiz, ya'ni siz ishlashingiz mumkin bo'lgan kompaniyalar soni mintaqaviy miqyosdan global darajaga oshadi. Koronavirus biznes egalarini mutaxassis masofadan turib juda samarali ishlashi mumkinligiga qat'iy ishontirdi. Ikkinchidan, bu global bilimlarga kirish uchun yo’l. Qaysi sohada ishlamasligingizdan yoki martabangiz oshishini rejalashtirganingizdan qat'i nazar, u dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, loyiha boshqaruvi yoki bulutli texnologiyalar - texnik hujjatlarning aksariyati, dasturchilar uchun resurslar va onlayn o'quv kurslari ko’p xolatlarda ingliz tilida. Shuning uchun, kimdir sizning sohangizdagi eng so'nggi yangiliklarni tarjima qilishini va siz uchun onlayn joylashtirishini kutmaslik uchun tilni bilishingiz yaxshiroqdir. Asl manbadan ma'lumot olish uchun ingliz tilini o'rganing. Siz uchun muhim bo'lgan ba'zi manba ma'lumotlari tarjimada yo'q bo’lishi  mumkinligini doimo yodda tutish kerak. Uchinchidan, mening fikrimcha, kasbda sifatli va tez o'sish uchun IT olomonining bir qismi bo'lish va afzalroq xalqaro miqyosda bo'lish juda muhimdir. Eng yirik va nufuzli IT konferentsiyalari, hakathonlari va vebinarlari ingliz tilida o'tkaziladi. Bunday tadbirlarda ishtirok etish tarmoq (professional tanishlar tarmog'i)ni sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Siz IT sohasida ingliz tilini bilishning afzalliklarini deyarli cheksiz qo'shishingiz mumkin: ingliz tilida to'ldirilgan Linkedin profili va ushbu mahoratni ko'rsatuvchi, agar siz stekda yetarli tajribaga ega bo'lsangiz, butun dunyodan ko'proq HR menejerlarni jalb qiladi; Stack Overflow va GitHub platformalari ko'plab forumlarda kod muammolarini muhokama qilish imkonini beradi va mavzularning aksariyati ingliz tilida. Shunday qilib, agar siz IT sohasida rivojlanishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, unda asosiy ko'nikmalar va shaxsiy fazilatlarni yaxshilashdan tashqari, kamida bitta chet tilini o'rganishingiz kerak va ingliz tilidan boshlaganingiz ma'qul. @nurmukhamedoff_dev Manba: Linkedin

Dasturchining 1 kuni haqida qisqacha😄 @nurmukhamedoff_dev
Dasturchining 1 kuni haqida qisqacha😄 @nurmukhamedoff_dev

13-sentabr, yilning 256 kuni dasturchilar kuni ekan. Shu munosabat bilan tabriklayman, qani endi ishga goo, weekend da nishon
13-sentabr, yilning 256 kuni dasturchilar kuni ekan. Shu munosabat bilan tabriklayman, qani endi ishga goo, weekend da nishonlaymiz:). Dasturlash muammolarga yechim topishda, Bu qutlov dasturchilar kunida. Algoritmning zo’ri bizni zo'rlamizda, Eng texnologiyani yaratuvchilar kunida. Source: ChatGpt va men hamkorligimiz. @nurmukhamedoff_dev

DSR kompaniyasida rus va ingliz tilida traininglar ochilyapti ekan https://t.me/DSR_Tashkent/208. Topshirib ko'rishinglarni maslahat beraman. Ancha avval Js deep dive into react kursini ko'rgandim 1-2 darslarini menga yoqqan. Training yaxshi tugatsangiz o'zlariga ishga kirish imkoniyati ham bo'lishi mumkin. Topshiringlar🙂 @nurmukhamedoff_dev

Salom student! Mana vanihoyat sen kutgan kun, o'qishni birinchini kuni o'tdi. Hayotingga yangi insonlar kirib kelishni boshladi. Bugungi kunni katta ehtimol tadbir va majlislar bilan o'tgazgan bo'lsang kerak. Orzularing ko'p, maqsadlaring bor, universitet/institutdan umidlaring katta. Tezro darslar boshlanishini yangiliklar o'rganishni hohlayapsan. Ilmga tashnasan, ko'zingda o't bor. Kel senga bir maslahat beraman balki shu 4 yil davomida qaysidir ma'noda senga foydasi tegib qolar zero menga shu maslahatlar juda kerak bo'lgan ba'zilari. Hammasi sen o'ylagandek bo'lmasligi mumkin, o'qish muhiti, ustozlar, darslar atrofingdagi odamlar sen kutgandek bo'lmasligi mumkin balki umuman seni tasavvuringdan ham yomonroq bo'lib chiqishligi mumkin. Lekin bular sening ichingdagi o'tni, maqsadlaringni sindirishiga yo'l qo'yma. Abituriyent vaqtingda qanchalik harakat qilgan bo'lsang undan ham ham 2x barobar mehnat qil. Katta pul topishga shoshilma, rejalaringni aniqlashtirib ol, senga halqit beryotgan narsalarni chetga sur. 1 kursda o'ynab kulib ol o'qiysanda degan gaplarga ishonma. Aynan manashu 1 kurs sening hayotingda muhim ahamiyat kasb etadi. Qiziqishlaringni anglab ol, balki 1 yil o'qib bu soha sen uchun emasligini tushin yetarsan balki yana ham sohangni ich-ichigacha kirib borgan bo'larsan, bularni hammasi o'zingni qo'lingda. Asosiysi o'zingni tanib ol, rejalaringni aniqlashtirib ol kamida 3 yillik. 1-kursda senga ma'suliyat kam bo'lishi mumkin, bu seni bemalol bo'lib qolishingga sabab bo'lib qolmasin. 4 yil juda tez o'tadi o'qisang ham, o'qimasang ham. Kel yaxshisi vaqting imkoniyating bor vaqtda o'qib ol. Kelajaging uchun ilm zahirasini hozirlab ol. Bularni 4 yil avvalgi o'zimni his qilib yozdim, men 1-kurs vaqtimni juda bemalol va maqsadsiz o'tkazganman va bu menga zaraga ishlagan balki sizlarga foydasi tegar deb yozdim keragini oling kerak emasini e'tiborga olmang. Rasm twitterdan olindi. @nurmukhamedoff_dev

1 haftalik tanaffusdan keyin bugun ishga qaytdim, biroz erinchoqlik bor eski rejimga tushib olish uchun 1-2 kun ketsa kerak. Yaxshi tomoni bugun task yo'q, dokumentatsiya o'qiyman, yangi o'rganishim kerak bo'lgan mavzular bor qator-qator. Shunaqa gaplar... @nurmukhamedoff_dev

O’zim ham juda kutgan podcast chiqdi. Ozgina dilni hira qilgani men haqimda negative fikrlar ko’pligi. Akalar-ukalar podcastda chiqqanda gapiriladi, fikr bildiriladi, shu bilan u podcast, teatr yoki kino emas siz birorta syujet kutadigan. Menimcha shu negativechilar podcastda bizni indamasdan kod yozib berishimizni kutishgandir, katta ehtimol ohirigacha ko’rmagan ham. Hullas nima ham dermiz hammasi “kulib-qo’ydim” deydiku😊 Shu fikrlarga ham qo’shilaman. Kimdir haqida fikr bildirishdan avval, sal o’ylab fikr qiling. @nurmukhamedoff_dev

Repost from MohirDev.uz
Dasturchining hayot yo'li haqida podkast 🎙MohirDev'da navbatdagi suhbat dasturchining hayot yo'li, sohani o'rganish, ish topishdagi tajribalar, universitet va diplom, hamda xalqaro kompaniyalarda ishlash haqida bo'lib o'tdi. ▶️ Unda Umar Sa'dullayev hamda Muhammadrasul Nurmukhamedov o'z tajribalari asosida dasturchilarga muhim tavsiyalar berib o'tishdi. Ularning ayni kundagi faoliyati va bunga qadar nimalar qilishgani haqida esa bugun premyerada bilib olishingiz mumkin. 🕘 Premyera 2-sentabr, bugun soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi 👉 Eslatmani yoqib qo'yish

Ha ba’zida o’zimni shunday his qilib turaman😄. Qachonki loyihaga men qo’shgan feature yoki logikadan bug chiqib qolsa. Hech
Ha ba’zida o’zimni shunday his qilib turaman😄. Qachonki loyihaga men qo’shgan feature yoki logikadan bug chiqib qolsa. Hech kim mukammal emasku, sizlarda qanday)? @nurmukhamedoff_dev

Repost from MJ
FrontendMentor chellenjning navbatdagi mevasi Azizbek o'tkazgan savol-javob efirlarida "Tajribali Reactchilardagi nimalarni k
+2
FrontendMentor chellenjning navbatdagi mevasi Azizbek o'tkazgan savol-javob efirlarida "Tajribali Reactchilardagi nimalarni kurslardan topib bo'lmaydi?" deb so'ragan edim. Javoblari birinchi rasmda. FrontendMentorda ham maketni tuzib topshirishning o'zi bilan cheklanmay, boshqalarning kodiga feedback berish yoki boshqalardan maslahat olish mumkin. Kecha Grace Snow tomonidan moslashuvchanlik va nisbiy o'lchov birliklari masalasida, Normalize bo'yicha code review oldim. Shunaqa, dasturchi doim tinmay o'rganish, izlanishda bo'lishi kerak. Foydali bo'lgan maqolalar mana bular bo'ldi: - Why font-size must NEVER be in pixels by Grace Snow - The Surprising Truth About Pixels and Accessibility by Josh Comeau - PX, EM or REM Media Queries? by Zell Liew - My Custom CSS Reset by Josh Comeau Josh Comeauning mana bu kursi ham qiziqtirib qo'ydi. Oldin ko'rgan edim, lekin zarurmikin hozir deb uncha e'tibor qaratmagandim. Yuqoridagi maqolalarini o'qib chiqish qiziqishimga turtki bo'ldi. https://css-for-js.dev/ O'zbekistondan turib sotib olishga 75% chegirma bor ekan. Chegirmasiz to'liq paketi $399, chegirma bilan $100 bo'lyapti. Qani Joy of React ommaviy sotuvga chiqib olsinchi. Vaziyatga qarab shu kursi bilan birga sotib olarman. P. S. Uzun skrinshotlarning fayl formatdagilari izohlarda.

Universitetga shunchaki kiradiganlar, universitetga kira olmasa o'zini loser deb hisoblaydiganlar haqida. Mohirdevdagi men qatnashgan podcast shu kunlarda chiqadi In Sha Alloh. Asosan dasturlash, universitetga qachon topshirish kerak shu va yana bir qancha qiziq mavzular haqida o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashganman. Tez kunda to'liq podcast chiqadi. #soon #podcast @nurmukhamedoff_dev

#muammo #cc Bugun bir task keldi CSS ga oid muammo, lekin devicega oid muammo "compatibility issue" deyiladi. To'g'risi browserga yoki eski devicelarga oid muammo kelsa juda bir asabni yeydida, googleni kezib chiqish kerak bo'ladi. Hullas muammolar nimada edi? 1. iPhone11 va undan past tilifonlarda, safarida kuzatildi. Homepagedagi clickable elementlarni bosib bo'lmay qolgan. Muammo menyubarni avval yasagan odam transform: translateX(-110%); da surgan lekin safarini eski versiyalari yoki ba'zi iPhone qurilmalar buni support qilmas ekan natijada menyubar homepageni egallab olgan lekin ko'rinmaydi opacity borligi sabab. Yechim visibility: hidden; doim transform va opacity xossalari bilan elementni yashirmoqchi bo'lsangiz visibility: hidden ni ham unitib ketmang. 2. Bunisi topish ancha qiyin bo'lar edi sababi o'zim ham bilmas edim muammo sababini. Product cardlarda rasmlar ko'rinmasdan qolgan bu ham faqat ba'zi qurilmalarda. Sababi aspect-ratio xossasini ham barcha browserlar support qilmas ekan, safari ham. Yechim: stackoverflow. 3. Position bilan ishlatladigan inset propertysi bor ekan, top, left, bottom, right larni bitta insane bilan bersa bo'ladigan lekin buni hamma browserlar ham tushunmaydi shu sabab top left larni o'zini ishlatgan yaxshi shu bilan bu muammo ham hal bo'ldi. 4. # bilan private qilingan js metodlar ishlamay qolgan sababi yana o'sha iOs va safari support qilmasligi. Albatta bu muammolarni hammasiga o'zim yechim topmadim komandadagi senior docs ulashdi va muammolarni tez hal qildim, yaxshigina tajriba bo'ldi. Eslatma: Siz dasturlayotgan dastur faqat sizda ishlasa bo'ldi emas, ko'proq test qiling turli hil qurilmalarda.