en
Feedback
O'zbekiston tarixi

O'zbekiston tarixi

Open in Telegram

O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti ''O'zbekiston tarixi'' kafedrasi.

Show more
3 802
Subscribers
-124 hours
-197 days
-7230 days
Posts Archive
+2
Р_Б_Сиддиков,_История_Узбекистана_II_част_—2026.pdf5.23 MB

Repost from Xushnudbek.uz
❗️O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 2 yillik rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi 24-iyul kuni soat 10:00 da muzeyning ochil
❗️O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 2 yillik rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi 24-iyul kuni soat 10:00 da muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 1876-yilda tashkil etilgan muzey bu yil o‘zining 150 yillik yubileyini nishonlaydi. Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi. Shuningdek, 24–26-iyul kunlari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston fuqarolari muzeyga bepul kirishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ☑️ E’LON ⛳ Xalqaro darajadagi ta’lim va ikkita nufuzli diplom olish imkoniyati ‼️ O‘zbekiston Milliy universite
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ☑️ E’LON
Xalqaro darajadagi ta’lim va ikkita nufuzli diplom olish imkoniyati
  ‼️ O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti va jahonning yetakchi ilmiy markazlaridan biri – Tomsk Milliy tadqiqot davlat universiteti (TDU) hamkorligidagi qo‘shma magistratura dasturiga qabul boshlandi.  
💠 Dastur nomi: “Xalqaro munosabatlar nazariyasi va tarixi”. 💠 Ta’lim yo‘nalishi: 41.04.05 – “Xalqaro munosabatlar”. 💠 Ta’lim shakli: Kunduzgi.
  🧑‍💻🇺🇿 🇷🇺 Bu dastur – xalqaro siyosat, diplomatiya va global jarayonlar bo‘yicha chuqur bilimga ega, zamonaviy mehnat bozori talablariga to‘liq javob beradigan tahlilchi-mutaxassis bo‘lib yetishishni maqsad qilganlar uchun.  
⚙️ DASTUR AFZALLIKLARI
🏆 Xalqaro e’tirof: Tomsk Milliy tadqiqot davlat universiteti nufuzli QS World University Rankings reytingida dunyoning eng yaxshi TOP-500 universiteti qatoridan mustahkam o‘rin egallagan. Bu sizning diplomingiz jahon miqyosida yuqori baholanishini kafolatlaydi. 📝 Ikkita nufuzli diplom (Double Degree): Dastur yakunida siz bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy universiteti va Tomsk Milliy tadqiqot davlat universitetining diplomlariga ega bo‘lasiz. Bu mehnat bozorida sizga keng imkoniyatlar yaratib, raqobatbardoshligingizni keskin oshiradi. ☑️ Nostrifikatsiyasiz tan olinuvchi diplom: TDU diplomi O‘zbekiston Respublikasida hech qanday qo‘shimcha sinov va jarayonlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi. Bu orqali siz qimmatli vaqt va resurslaringizni tejaysiz.  
🎤 QABUL TARTIBI VA MUDDATLARI
💼 1-BOSQICH: HUJJATLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH 🧑‍💻 Nomzodlar ikki universitetda parallel ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: 📝 Tomsk Milliy tadqiqot davlat universiteti uchun: ✔️Hujjatlar 20-iyundan boshlab abituriyentning shaxsiy kabineti orqali onlayn qabul qilinadi: https://postupitsu.ru/. 🎓 Talab etiladigan asosiy hujjatlar (skaner qilingan nusxalari): ✔️ Pasport (notarial tasdiqlangan ruscha tarjimasi bilan birga). ✔️ Bakalavr diplomi va uning ilovasi (notarial tasdiqlangan ruscha tarjimasi bilan birga). 📝 O‘zbekiston Milliy universiteti uchun: ✔️ Universitet tomonidan belgilangan qabul tartibi va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   💼 2-BOSQICH: KIRISH IMTIHONI 📑 Kirish imtihoni qo‘shma komissiya tomonidan onlayn suhbat formatida o‘tkaziladi. Suhbat shartlari quyidagicha: 📚 Imtihon har bir abituriyent bilan individual tarzda, rus tilida olib boriladi. Suhbat uchun ajratilgan umumiy vaqt 30 daqiqagacha. Nomzodning bilimi 100 ballik tizimda baholanadi va dasturga qabul qilinish uchun minimal 60 ball to‘plash talab etiladi. 🎓 Suhbat o‘tkaziladigan sanalar (Tomsk vaqti bilan soat 10:00 da): ☑️ 2026-yil 10-iyul; ☑️ 2026-yil 30-iyul; ☑️ 2026-yil 20-avgust.  
🧾 SHARTNOMA MIQDORI
✔️ MDH davlatlari fuqarolari uchun 2026–2027-o‘quv yilida bir yillik o‘qish narxi 257 000 rublni tashkil etadi.  
Xalqaro munosabatlar sohasida o‘z kelajagingizni biz bilan yarating!
📨 Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin. 📨 ♻️ @tarixfc_bot

Устозимиз, тарих фанлари доктори, профессор, академик Анатолий Сагдуллаевнинг таваллуд айёми билан Ўзбекистон Миллий универси
Устозимиз, тарих фанлари доктори, профессор, академик Анатолий Сагдуллаевнинг таваллуд айёми билан Ўзбекистон Миллий университети тарих факультети жамоаси номидан чин юракдан табриклаймиз! Устозга узоқ умр, мустаҳкам соғлик тилаб қоламиз! Устознинг “Ўрта Осиё археологияси ва давлатчилиги тарихи” номли илмий мактаби фаолияти бардавом бўлсин!

O‘zining samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’n
O‘zining samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, boy merosimizni asrab-avaylash va Yangi O‘zbekistonni jahon miqyosida targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, farzandlarimizni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori Mamadiyev Boxodir Bobojonovich hamda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti direktori Saidov Muminxon Munir o‘g‘li «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Repost from WOSCU
Edvard Rtveladze "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi 👍Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi. Ula
Edvard Rtveladze "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi 👍Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi. Ular orasida atoqli arxeolog olim, akademik, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) Ilmiy kengashining doimiy raisi Edvard Rtveladze ham bor. 
Rtveladze “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasining ilk kunidan boshlab (2016-yil) unga ilmiy rahbarlik qilgan. U “Buyuk xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlariga sazovor bo‘lgan. "Do'stlik" ordeni ham atoqli olimning 60 yillik ilmiy faoliyati munosib e'tirof etilganidan darakdir.
✅ На русском 🚀 Telegram 😎Youtube

Tadqiqot: Monografiya Muallif: Ne'matov Shoxzodbek Ulug'bek o'g'li. Mavzu: O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan transformatsion jarayonlar. Mazkur kitobda uzluksiz ta’lim tizimining tarixshunosligi va uning bosqichlari, ta’lim tizimidagi dastlabki islohotlarning amalga oshirilish jarayonlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida amalga oshirilgan islohotlar, umumiy o‘rta ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar, oliy ta’lim tizimida raqobat muhiti va xalqaro hamkorlikning rivojlanishi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va undagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

photo content

Tadqiqot: Monografiya Muallif: Ne'matov Shoxzodbek Ulug'bek o'g'li. Mavzu: O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan transformatsion jarayonlar. Mazkur kitobda uzluksiz ta’lim tizimining tarixshunosligi va uning bosqichlari, ta’lim tizimidagi dastlabki islohotlarning amalga oshirilish jarayonlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida amalga oshirilgan islohotlar, umumiy o‘rta ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar, oliy ta’lim tizimida raqobat muhiti va xalqaro hamkorlikning rivojlanishi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va undagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

photo content

🎓 AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI ⚡️ Osiyo texnologiyalar universitetida tarix ilmi va akademik faoliyatga bag‘i
+8
🎓 AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI ⚡️ Osiyo texnologiyalar universitetida tarix ilmi va akademik faoliyatga bag‘ishlangan ilmiy uchrashuv tashkil etildi. 👨‍🏫 Uchrashuv mehmonlari — Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi hamda Suleymanov Rustam Xamidovich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Beruniy” nomidagi davlat mukofoti va “Do‘stlik” ordeni sohibi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori bo‘ldi. 📚 Tadbir davomida olim tomonidan tarix fani, ilmiy tadqiqotlar, akademik izlanishlar hamda yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 🏛 Shuningdek, uchrashuvda Shahrisabz shahrining 2700 yilligini ilmiy asoslash bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar va tarixiy merosni asrab-avaylashning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi. 💬 Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etgan uchrashuv qiziqarli savol-javoblar hamda ochiq muloqot ruhida o‘tdi. 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🌐 Veb-sayt  | 🔹 Instagram  🔹 YouTube  | 🔹 Telegram

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 108 yoshda! 🇺🇿 Bugun, 12-may — mamlakatimiz ta’lim tizimining tamal
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 108 yoshda! 🇺🇿 Bugun, 12-may — mamlakatimiz ta’lim tizimining tamal toshi qo‘yilgan, mintaqadagi eng nufuzli bilim maskanlaridan biri hisoblangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil topgan kun. 🇺🇿 1918-yilda asos solingan va o‘zining 108 yillik shonli tarixi davomida Markaziy Osiyoda ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan mazkur oliy ta’lim muassasasi bugungi kunda jahonning Top-1000 universitetlari qatoridan mustahkam joy oldi. OʻzMU fundamental fanlar, innovatsion tadqiqotlar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha respublikadagi tayanch oliy o‘quv yurti sifatida o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda.
Ayni paytda universitet QS World University Rankings reytingida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, arxeologiya, matematika, lingvistika va fizika-astronomiya kabi yo‘nalishlarda dunyoning eng kuchli universitetlari safida e’tirof etilayotgani barchamiz uchun faxrdir.
🇺🇿 Ushbu tarixiy va qutlug‘ sana bilan universitetning ko‘p ming kishilik jamoasini — fidoyi olimu pedagoglarini, izlanuvchi tadqiqotchilarini va shijoatli talabalarini samimiy muborakbod etamiz!
🇺🇿 Milliy universitet — milliy yuksalish va strategik taraqqiyotning intellektual poydevori
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

Respublika bo'yicha SARBON universitetida Tarix fani olimpiadasi! Sarbon universiteti respublika bo‘yicha 10–11-sinf va akade
Respublika bo'yicha SARBON universitetida Tarix fani olimpiadasi! Sarbon universiteti respublika bo‘yicha 10–11-sinf va akademik litsey o‘quvchilari uchun Tarix fanidan olimpiada o‘tkazadi. 🗓 Olimpiada sanalari: 1-bosqich — 10-may, (onlayn saralash, 1-bosqichda 60 foizdan yuqori ball to'plagan talabalar final bosqichiga yo'l oladi) 2-bosqich — 15-may, oflayn final (Sarbon universitetida) 🏆 Mukofot jamg‘armasi: Olimpiadaning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblariga universitetda tahsil olishlari uchun 100%, 50% va 25% miqdoridagi imtiyozli grantlar taqdim etiladi. Shuningdek, qimmatbaho va esdalik sovg'alar ajratilgan. ✅ Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi - https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeZyP0cPEZLUUr3VchnyqrqeG7uNWMVHoTgaVK6r7iDSp_g1g/viewform?usp=header 📋 Ro‘yxatdan o‘tish muddati-8-mayga qadar 🚀 Tarix olimpiadasida qatnashing — universitet talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ☎️ Axborot markazi: +998(90)9439995, Telegram manzil: https://t.me/ShohzodbekNematov2310

Repost from UZQUIZ
Aziz adabiyot ixlosmandlari! Sizni “Moziyga qaytib” tadbiri doirasida o‘tkaziladigan Quiz — aql va bilim bellashuviga taklif
Aziz adabiyot ixlosmandlari! Sizni “Moziyga qaytib” tadbiri doirasida o‘tkaziladigan Quiz — aql va bilim bellashuviga taklif qilamiz! Bu safar siz: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, hamda uning mashhur asari — “O‘tkan kunlar” bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘rasiz. 🔥 Eng kuchli jamoalar uchun ajoyib imkoniyat! 🏆 1-o‘rin egalariga — 6 ta planshet 🎁 G‘olib va faol ishtirokchilar uchun maxsus sovg‘alar Bu — nafaqat musobaqa, balki o‘z bilim va tafakkuringizni namoyon qilish imkoniyati! 📍Manzil: Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 📅Sana: 2-may, 2026-yil ⏰Vaqt: 14:00 – 16:00 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: Jamoa bo‘lib: Ro‘yxatdan o‘tish Yakka tartibda: Ro‘yxatdan o‘tish 📌Bilimingizni sinab ko‘ring, jamoangiz bilan g‘alaba sari intiling!

20 август — "Ойина" журналининг илк сони нашр қилинган кун "Ойина" (آینه) - жадид матбуотининг илк намуналаридан. Самарқандда
20 август — "Ойина" журналининг илк сони нашр қилинган кун "Ойина" (آینه) - жадид матбуотининг илк намуналаридан. Самарқандда Беҳбудий томонидан чиқарилган газета. "Ойина" журнали 1913 йил 20 августдан Самарқандда Маҳмудхўжа Беҳбудий томонидан нашр қилина бошлаган. Журнал икки - ўзбек ва форс/тожик тилларида нашр қилинган. Нашрнинг номланиши муқовасида араб ("Мирот"), ўзбек ("Кўзгу"), форс ("Ойина"), рус ("Зеркало") тилларида берилган. Журналнинг илк сони 24 саҳифада 400-600 нусхада чоп қилинган. Иккинчи сонидан бошлаб 52 саҳифада ҳафталик журнал сифатида чиққан. Журналда материаллар "Баёни ҳол", "Самарқанд хабарлари", "Ахбори жаҳон", "Реклама" рукнлари остида чоп этилган. Журнал фаолиятида Фитрат, Сиддиқий, Ҳожи Муин, Акобир Шомансур, Саидризо Ализода, Саидаҳмад Васлий, Тавалло, Айнийлар ўз фикр-мулоҳаза, адабий чиқишлари билан фаол қатнашиб турган. Журнал 1915 йил 15 июнда 68 сони чиқиши билан ўз фаолиятини тўхтатади.

📚Hukmdor ©️Nikollo Makiavelli (Abu Muslim tarjimasi) @centerasiastudy

#Xushxabar #XalqaroReyting 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti 4 ta fan yo’nalishida dunyoning eng kuchli TOP-500 universite
#Xushxabar #XalqaroReyting 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti 4 ta fan yo’nalishida dunyoning eng kuchli TOP-500 universitetlari qatoridan joy oldi Bugun, 25-mart kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS World University by Subject Rankings 2026” natijalari e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 4 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli universitetlar qatoridan joy oldi:
💼 “Arxeologiya” yo‘nalishi ilk bora reytingdan o'rin olib bunda O'zMU 201-260 o‘rinda qayd etildi. 💼 “Matematika” yo‘nalishidagi xalqaro natijalar 100 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib 301-350 o‘rin egalladi. 💼 “Lingvistika” yo‘nalishida O‘zMU ilk bora dunyoning kuchli 301-350 universitetlar qatoridan joy oldi. 💼 “Fizika va astronomiya” yo‘nalishida avvalgiga nisbatan 200 pog’ona yuqorilab 401-450 o‘rinni egalladi.
O’zMU xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi
🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

Очилдиев_Ф_Б_XIX_иккинчи_ярми_ХХ_аср_бошларида_Бухоро_амирлигининг.pdf1.97 MB

A_B_Xoliqulov_Buxoro_amirligining_tashqi_siyosiy_aloqalari_XVIII.pdf55.47 MB

Илмий мақола қандай ёзилади. 2024.pdf6.81 MB