cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O’zMU rektori Inom Madjidov

O’zbekiston Milliy universiteti rektorining rasmiy kanali.

Show more
Advertising posts
458
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#milliy_universitet #milliy_tiklanish O'zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bilan muloqot qildi. Milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, pedagog xodimlar nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalarida o‘zaro fikr almashildi. Bizni kuzating: Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
O‘zMU hamda Xitoyning Renmin universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi Bugun Xitoyning Renmin universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Ikki universitet o‘rtasida ilm-fanning turli tarmoqlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro forumlar tashkil qilish xususida kelishib olindi. Ushrashuv yakunida Xitoy Renmin universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Renmin universiteti 1937-yilda o'z faoliyatini boshlagan. Dunyodagi taniqli va obro‘li ta'lim muassasalaridan biri, Xitoyning milliy reytingida ham yuqori o'rinlarda turadi. "San'at va gumanitar fanlar", "Ijtimoiy fanlar va menejment" kabi yo'nalishlarda oliy ta'lim sifati bo'yicha nufuzga ega. Batafsil: https://nuu.uz/ozmu-hamda-xitoyning-renmin-universiteti-ortasida-memorandum-imzolandi/ 👉На русском 👉In English Bizni kuzating: Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
#InnoWeek_2023 #rasmiy_ochilish Ayni vaqtda Talabalar shaharchasida joylashgan "Alpomish" muz saroyi binosi yonida “Kreativ ta’lim va innovatsiya — Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o’tkazilayotgan “InnoWEEK-2023” innovatsion g’oyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ham ishtirok etmoqda. Rasmiy ochilish marosimidan so'ng InnoWeek.Uz – innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida "Alpomish" muz saroyida tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan mehmonlar tanishtirilmoqda. Bizni kuzating: Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
9-oktyabr kuni vazir Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdilar. Yigʻilishda 16-20-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan “InnoWeek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, oliy taʼlim muassasalari tomonidan fuqarolar bilan ishlash holati toʻgʻrisida axborot berildi. ➖➖➖ 9 октября состоялось расширенное заседание Коллегии Министерства высшего образования, науки и инноваций под руководством министра Иброхима Абдурахмонова. В нем приняли участие представители министерства, ректоры вузов, руководители региональных ведомств. На встрече обсуждалась подготовка к неделе инновационных идей "InnoWeek-2023", которая пройдет 16-20 октября. Кроме того, рассмотрели состояние работы ВУЗов с гражданами. ➖➖➖ On October 9, an extended meeting of the Board of the Ministry of Higher Education, Science and Innovation was held under the leadership of Minister Ibrokhim Abdurakhmonov. Representatives of the ministry, rectors of universities, and heads of regional departments took part in it. The meeting discussed preparations for the week of innovative ideas "InnoWeek-2023", which will be held on October 16-20. In addition, it was reviewed the state of work of universities with citizens. Bizni kuzating👇🏻 Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Муҳтарам устоз ва мураббийлар! Қадрли ҳамкасблар! Аввало, ўз умрини машаққатли ва шарафли ишга бағишлаб келаётган сиздек фидойиларни Устоз ва мураббийлар куни билан самимий табриклайман. Шуни ишонч билан айтишим мумкинки, Сиз заҳмат чекаётган таълимдек машаққатли соҳада эришилган ютуқлар ва натижалар сабаб халқ маорифи юксалиб, ўзбек ёшларининг билими, ақлу закоси ортиб бормоқда. Ватан ва халқ манфаати учун сидқидилдан курашадиган, ўзининг мустақил ва соғлом фикрига эга, салоҳияти юқори, шаҳди баланд ёшларни тарбиялаш – ҳақиқатан эзгу ва улуғ вазифа. Барчангизга шу шарафли йўлда олиб бораётган самарали фаолиятингизда янги ютуқ ва муваффақиятлар тилайман. Хонадонларингизга доимо тинчлик-хотиржамлик, файзу барака ёр бўлсин! Ҳамиша соғ-омон бўлинглар! Ином Маджидов, Ўзбекистон Миллий университети ректори Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
#eʼtirof 🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga binoan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Ustozni universitet jamoasi nomidan bugungi e’tirof bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. __ 🇷🇺 Соответствующим приказом министра высшего образования, науки и инноваций ректор Национального университета Узбекистана, профессор Ином Маджидов награжден знакoм «Отличник высшего образования». От имени коллектива университета мы искренне поздравляем нашего ректора с сегодняшним признанием и желаем успехов в дальнейшей деятельности. O'zMUning rasmiy sahifalari: Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
🥇O'zMU talabasi Ulug'bek Rashitov Osiyo o'yinlari oltin medali sohibi Osiyo o‘yinlarida -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan taekvondochi Ulug‘bek Rashidov O‘zbekiston jamoasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi. U turnirdagi ishtirokini hongkonglik Lo Vay Fungni 14:1, 16:4 hisoblarida taslim etish bilan boshladi. Chorakfinalda Taybey vakili Yi Jui Chiuga qarshi bahsda 13:0, 17:4 hisoblarida mag‘lub etdi. Yarimfinalda taekvondo vatani hisoblangan va turnirda ham eng ko‘p medallar jamg‘arayotgan Janubiy Koreya jamoasi vakili Jin Hojun ustidan 16:9, 16:7 hisoblarida g‘alaba qozondi. Finalda esa iordaniyalik Abdulkarim Zaidga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 14:6, 13:9. O'zMUning rasmiy sahifalari: Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Go to the archive of posts