en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Open in Telegram

📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Toshkent amaliy fanlar universiteti

Channel Toshkent amaliy fanlar universiteti (@utasuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 16 424 subscribers, ranking 12 399 in the Education category and 4 886 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 16 424 subscribers.

According to the latest data from 19 October, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -815 over the last 30 days and by -30 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 38.27%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 17.73% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 291 views. Within the first day, a publication typically gains 2 915 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 53.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 20 October, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

16 424
Subscribers
-3024 hours
-1877 days
-81530 days
Posts Archive
❕ Diqqat talabalar, Huawei ICT Competition 2026–2027 — TAFUda! Toshkent amaliy fanlar universitetida Huawei Uzbekistan jamoas
❕ Diqqat talabalar, Huawei ICT Competition 2026–2027 — TAFUda! Toshkent amaliy fanlar universitetida Huawei Uzbekistan jamoasi ishtirokida xalqaro Huawei ICT Competition tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 🚀 Taqdimot davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xalqaro tanlovda ishtirok etish imkoniyatlari bilan tanishishingiz hamda Huawei mutaxassislari bilan muloqot qilishingiz mumkin. 📅 Sana: 21-oktabr, 2026-yil ⏳ Vaqt: 14:00 📍 Manzil: H bino, konferensiya zali, Lokatsiya Barcha talabalarni taqdimotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! Yangi bilimlar va tanishuvlar sizni kutmoqda 💫 Telegram | Instagram | Veb-sayt

🏛 TAFU talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdi Toshkent amaliy fanlar universitetining 60 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrif buyurib, parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni va senatorlarning kundalik ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. ✨️️️️️️️ 🔵Tashrif davomida talabalar qonunlarning ishlab chiqilishi va muhokama qilinishi, shuningdek, Senatning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. TAFU — Nazariya va amaliyot uyg‘unligi. Telegram | Instagram | Veb-sayt

🤝 Toshkent amaliy fanlar universiteti va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
+4
🤝 Toshkent amaliy fanlar universiteti va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bo'lib o'tgan uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar hamda xavfsizlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Tadbir doirasida TAFU vakillari universitet muzeyi ekspozitsiyalari, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdi. Shuningdek, kursantlarning jamoaviy hamkorlik, muloqot va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. ⚡️ Memorandum doirasida: ✅ Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; ✅ Ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni hamkorlikda tashkil etish; ✅ Professor-o‘qituvchilar, kursantlar va talabalar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish; ✅ Ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhidagi loyihalarni amalga oshirish; ✅ Harbiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Veb-sayt

TAFUda grant tanlovi boshlandi! Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun grant tanlovi boshlandi! ⚡️ 💵 Talabalar kontrakt summasining 25%, 50% yoki 100% miqdorida grant yutib olish imkoniyatiga ega. Tanlov shartlari bilan tanishish va batafsil ma’lumot olish uchun videoni tomosha qiling! Telegram | Instagram | Veb-sayt

+2
🎉 Moslashuv haftaligi g‘oliblari! Toshkent amaliy fanlar universitetida 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan moslashuv haftaligi yakunlandi. ✨ Haftalik doirasida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi ham alohida qiziqish bilan o‘tdi. Talabalar tomonidan juda ko‘plab original, ijodiy va mazmunli kontentlar tayyorlandi. G‘oliblarni tanlash biz uchun oson bo‘lmadi, chunki har bir guruh o‘ziga xos yondashuv, jamoaviy ruh va kreativlikni namoyon etdi. ✨ Tanlov natijalarini aniqlashda tayyorlangan kontentlar soni, ularning sifati hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faollik asosiy mezon sifatida inobatga olindi. Tanlov g‘oliblari: ✅ TA-26-42 va XT-26-43 guruhlari — birgalikda ✅ TM-26-01 guruhi ✅ PS-26-01 guruhi Barcha ishtirokchilarga faollik, ijodkorlik va ushbu haftaga qo‘shgan hissangiz uchun katta rahmat! G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! Sizlarda shakllangan jamoaviy ruh, tashabbuskorlik va ishtiyoq keyingi 4 yil davomida ham saqlanib qolishiga umid qilamiz. 💙 Telegram | Instagram | Veb-sayt

🏆 TAFU talabasi — “Cyberkent 4.0” musobaqasida 2-o‘rin sohibi! Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari f
+2
🏆 TAFU talabasi — “Cyberkent 4.0” musobaqasida 2-o‘rin sohibi! Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Axborot xavfsizligi yo‘nalishi talabasi Mamedov Kamron Ruslan o‘g‘li kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, nufuzli “Cyberkent 4.0” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egalladi! 🥈 5–6-oktabr kunlari Yoshlar ijod saroyida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Cyber Security Summit — CSS-2026 hamda “Cyberkent 4.0” musobaqalari tashkil etildi. 💻 Musobaqaning CTF Master yo‘nalishida 300 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 ta eng kuchli jamoa final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi. Kamron Mamedov “r4z0r” jamoasi tarkibida final bosqichida munosib ishtirok etib, yakunda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa ushbu natija uchun 8 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. ✨ Kelgusidagi musobaqalarda yangi g‘alabalar va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 💙 Telegram | Instagram | Veb-sayt

🎓 TAFU oilasi kengaymoqda 4–5-sentabr kunlari universitetimizda 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu ku
+9
🎓 TAFU oilasi kengaymoqda 4–5-sentabr kunlari universitetimizda 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kun yangi talabalar uchun shunchaki universitet bilan tanishuv emas, balki katta talabalik yo‘lining ilk qadami bo‘ldi. Ular yangi kursdoshlari bilan tanishdilar, universitet hayoti, ichki tartib-qoidalar va talabalarni kutayotgan imkoniyatlar haqida bilib oldilar. Turli jamoaviy o‘yinlar esa kunni yanada qiziqarli va samimiy o‘tkazishga yordam berdi. 💫 Kun yakunida esa har bir 1-kurs talabasi uchun TAFUning maxsus merch to‘plami taqdim etildi. 🎁 Xush kelibsiz, aziz 1-kurslar, eng yaxshilari hali oldinda. 💙 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Rasman, Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul yakunlandi. TAFU talabasiga aylangan abituriyentlarni tabriklaymiz, oilam
Rasman, Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul yakunlandi. TAFU talabasiga aylangan abituriyentlarni tabriklaymiz, oilamizga xush kelibsiz. 💙 ❕Eslatma: 1-kurslar uchun darslar 5-oktabr, dushanba kunidan boshlanadi. Fakultetlar va manzillar bilan tanishing:
1. Iqtisodiyot fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 736-uy 📍Lokatsiya 2. Pedagogika va psixologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahar. Mirobod tumani. Tallimarjon ko'chasi 1/1 📍Lokatsiya 3. Axborot texnologiyalari fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 147-uy 📍Lokatsiya 4. Tarix va filologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy (Tarix, Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili, Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili) 📍Lokatsiya 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 15-mavze, Foziltepa ko‘chasi, 22B-uy (O'zbek tili va adabiyoti, Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili) 📍Lokatsiya
Barcha kunduzgi 3-smena talabalari uchun darslar, Dushanba kuni 17:50da Universitetning A kampusida tashkil etiladi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy 📍Lokatsiya
✨ Yangi muhit, yangi do‘stlar va yangicha hayot tarzi sizni kutmoqda! Telegram | Instagram | Veb-sayt

🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! Aziz ustoz va murabbiylar! Sizning bilim va tajribangiz, mehringiz va fidokorona mehnatingiz yosh avlodning kelajagini bunyod etishda beqiyos ahamiyatga ega. Har bir shogirdingizning yutug‘i ortida siz bergan bilim, tarbiya va mehnatingiz bor. ✅ ✨ Toshkent amaliy fanlar universiteti barcha professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 💙 Telegram | Instagram | Veb-sayt

❕So’nggi daqiqalar Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul bugun, 30-sentabr soat 13:00 da yakunlanadi. Agar hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti! 📂 Kerakli hujjatlar:
1. Shartnoma 2. Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona 3. Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi 4. 3×4 rasm — 4 dona 5. To‘lov qog‘ozi (nusxasi) — shartnoma to‘lovining kamida 25% miqdorida
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy [Lokatsiya]

Video message00:57

Ustoz va murabbiylar bayrami ✨ Bugun, 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent amaliy fanlar universite
+5
Ustoz va murabbiylar bayrami ✨ Bugun, 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent amaliy fanlar universitetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat drama teatrida yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda universitetimizning fidoyi va faol ustozlari ishtirok etib, ularning mehnati alohida e’tirof etildi. 💫 Tadbir davomida ustozlarning ta’lim va tarbiya yo‘lidagi samarali mehnati munosib e’tirof etilib, faol va fidoyi o‘qituvchilar universitet hamda tegishli vazirliklar tomonidan turli esdalik sovg‘alari va e’tirof bilan taqdirlandilar. Shuningdek, universitetimizning ikki nafar ustoziga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, universitetimiz rektori Abdusalom Vaxitovich Umarov barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, ularning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi. 🎭 Tadbirning badiiy qismida “Jadidlar” kompozitsion sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shuningdek, taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustozlar 💙 Telegram | Instagram | Veb-sayt

❕ Ertaga qabul yopiladi Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul ertaga, 30-sentabr soat 13:00 da yakunlanadi. Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz — Shoshiling. ⚡️ 📂 Kerakli hujjatlar:
1. Shartnoma 2. Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona 3. Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi 4. 3×4 rasm — 4 dona 5. To‘lov qog‘ozi (nusxasi) — shartnoma to‘lovining kamida 25% miqdorida
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy [Lokatsiya] 👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: www.utas.uz Telegram | Instagram | Veb-sayt

❕Diqqat abituriyentlar Videodagidek holatga tushib qolmang, qabul yakunlanmoqda. Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul 30-sentabr 13:00 gacha davom etadi. Va ushbu sanadan kech qolgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinmaydi. 📂 Kerakli hujjatlar:
1. Shartnoma 2. Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona 3. Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi 4. 3×4 rasm — 4 dona 5. To‘lov qog‘ozi (nusxasi) — shartnoma to‘lovining kamida 25% miqdorida
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy [Lokatsiya] ⏳ Ish vaqti: 09:00–17:00 Yakshanba kuni ham hujjatlar qabul qilinadi ✅ Telegram | Instagram | Veb-sayt

📢 Diqqat abituriyentlar Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul 30-sentabr soat 13:00 gacha u
📢 Diqqat abituriyentlar Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul 30-sentabr soat 13:00 gacha uzaytirildi. Ushbu qaror ko‘plab abituriyentlarning takliflari hamda 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni 5-oktabrdan boshlanishi munosabati bilan Universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. ✅ ❕30-sentabr kuni davlat HEMIS elektron axborot tizimi yopiladi va ushbu sanadan kechikib hujjatlarni olib kelgan abiturientlarni tizimga kiritish imkoni barcha oliygohlarda shuningdek TAFUda ham tugaydi. 🗓 Ish vaqti: 09:00 – 17:00 - Manzil: [Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy, 102-xona] Lokatsiya Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yakshanba kuni ham qabul ochiq bo’ladi, ish vaqti 09:00-15:00 gacha. Qabul muddatiz bakalavriat va magistratura uchun birdek amal qiladi. Telegram | Instagram | Veb-sayt

TAFU talabalari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda! 2026–2027-o‘quv yilida Toshkent amaliy fanlar universiteti xa
+3
TAFU talabalari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda! 2026–2027-o‘quv yilida Toshkent amaliy fanlar universiteti xalqaro hamkorlik doirasida talabalar uchun yangi akademik mobillik va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda.⚡️ Bugungi kunda talabalarimiz uchun quyidagi imkoniyatlar kengaytirilmoqda: ✅ Semestrlik almashinuv — hamkor xorijiy universitetlarda bir semestr davomida tahsil olish; ✅ Qisqa muddatli mobillik — yozgi va qishki maktablar, treninglar, seminarlar hamda xalqaro dasturlarda ishtirok etish; ✅ Ilmiy mobillik — xalqaro konferensiyalar, ilmiy loyihalar va stajirovkalarda qatnashish; ✅ Akademik tashriflar — xorijiy universitetlar bilan qo‘shma tadbirlar va akademik dasturlarda ishtirok etish. Ayni paytda professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimiz "Universiti Tenaga Nasional" (UNITEN) taklifiga binoan Malayziyada tashkil etilayotgan Winter Camp dasturida ishtirok etmoqda. Bu kabi dasturlar talabalarga xalqaro akademik muhitda tajriba orttirish, xorijiy talabalar bilan fikr almashish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradi. TAFU — amaliy ta’lim, xalqaro tajriba va global imkoniyatlar sari. Telegram | Instagram | Veb-sayt

5️⃣ kun qoldi. Toshkent amaliy fanlar universitetiga kirish uchun qabul 25-sentabrgacha davom etadi. Ushbu muddat bakalavr va
5️⃣ kun qoldi. Toshkent amaliy fanlar universitetiga kirish uchun qabul 25-sentabrgacha davom etadi. Ushbu muddat bakalavr va magistratura yo‘nalishlari uchun birdek amal qiladi. Shoshiling, qabul yakunlanishiga oz qoldi! 4,750,000 so'm gacha chegirma asosida talaba bo‘lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang ⚡️ 💻 www.utas.uz saytidan ro'yxatdan o'tib online imtihon topshiring yoki 56,7 balldan yuqori DTM natijangiz bilan talaba bo'ling. Telegram | Instagram | Veb-sayt

🎓 Universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Faqat kontrakt narxiga qarash yetarlimi? Universitetning ishonchliligi, talabalari va bitiruvchilari, ta’limining zamonaviyligi, sharoitlari va kelajakdagi imkoniyatlari qanchalik muhim? Batafsil — videoda 👆 Qabul davom etmoqda, www.utas.uz orqali online imtihon topshiring. Telegram | Instagram | Veb-sayt

❕ Diqqat 1-kurs talabalari Toshkent amaliy fanlar universitetida 1-kurslar uchun darslar 5-oktabr, dushanba kunidan boshlanad
❕ Diqqat 1-kurs talabalari Toshkent amaliy fanlar universitetida 1-kurslar uchun darslar 5-oktabr, dushanba kunidan boshlanadi. 🎓 Fakultetlar va manzillar bilan tanishing:
1. Iqtisodiyot fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 736-uy 📍Lokatsiya 2. Pedagogika va psixologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahar. Mirobod tumani. Tallimarjon ko'chasi 1/1 📍Lokatsiya 3. Axborot texnologiyalari fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 147-uy 📍Lokatsiya 4. Tarix va filologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy (Tarix, Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili, Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili) 📍Lokatsiya 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 15-mavze, Foziltepa ko‘chasi, 22B-uy (O'zbek tili va adabiyoti, Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili) 📍Lokatsiya
✨ Yangi muhit, yangi do‘stlar va yangicha hayot tarzi sizni kutmoqda! Telegram | Instagram | Veb-sayt

🎓 Universitetdagi eng esda qolarli voqeangiz qaysi? Kun.uz tomonidan Toshkent amaliy fanlar universiteti haqida tayyorlangan videodan kichik parcha. Unda bitiruvchilarimiz universitetdagi 4 yillik talabalik davrida o‘zlari uchun eng unutilmas bo‘lgan voqealarni so‘zlab berishgan. ✨ 💻 Qabul 25-sentabrga qadar davom etadi, ro'yxatdan o'tib online imtihon topshiring. Instagram | Veb-sayt | YouTube