Toshkent amaliy fanlar universiteti
前往频道在 Telegram
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot
显示更多📈 Telegram 频道 Toshkent amaliy fanlar universiteti 的分析概览
频道 Toshkent amaliy fanlar universiteti (@utasuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 16 424 名订阅者,在 教育 类别中位列第 12 399,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 4 886 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 16 424 名订阅者。
根据 19 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -815,过去 24 小时变化为 -30,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 38.27%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.73% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 6 291 次浏览,首日通常累积 2 915 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 53。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636
https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
+998 (71) 200-05-40
@utasunibot”
凭借高频更新(最新数据采集于 20 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
16 424
订阅者
-3024 小时
-1877 天
-81530 天
帖子存档
❕ Diqqat talabalar, Huawei ICT Competition 2026–2027 — TAFUda!
Toshkent amaliy fanlar universitetida Huawei Uzbekistan jamoasi ishtirokida xalqaro Huawei ICT Competition tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
🚀 Taqdimot davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xalqaro tanlovda ishtirok etish imkoniyatlari bilan tanishishingiz hamda Huawei mutaxassislari bilan muloqot qilishingiz mumkin.
📅 Sana: 21-oktabr, 2026-yil
⏳ Vaqt: 14:00
📍 Manzil: H bino, konferensiya zali, Lokatsiya
Barcha talabalarni taqdimotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Yangi bilimlar va tanishuvlar sizni kutmoqda 💫
Telegram | Instagram | Veb-sayt
🏛 TAFU talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdi
Toshkent amaliy fanlar universitetining 60 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrif buyurib, parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni va senatorlarning kundalik ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. ✨️️️️️️️
🔵Tashrif davomida talabalar qonunlarning ishlab chiqilishi va muhokama qilinishi, shuningdek, Senatning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
TAFU — Nazariya va amaliyot uyg‘unligi.
Telegram | Instagram | Veb-sayt
+4
🤝 Toshkent amaliy fanlar universiteti va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar hamda xavfsizlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tadbir doirasida TAFU vakillari universitet muzeyi ekspozitsiyalari, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdi. Shuningdek, kursantlarning jamoaviy hamkorlik, muloqot va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. ⚡️
Memorandum doirasida:
✅ Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
✅ Ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni hamkorlikda tashkil etish;
✅ Professor-o‘qituvchilar, kursantlar va talabalar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
✅ Ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhidagi loyihalarni amalga oshirish;
✅ Harbiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Veb-sayt
TAFUda grant tanlovi boshlandi!
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun grant tanlovi boshlandi! ⚡️
💵 Talabalar kontrakt summasining 25%, 50% yoki 100% miqdorida grant yutib olish imkoniyatiga ega.
Tanlov shartlari bilan tanishish va batafsil ma’lumot olish uchun videoni tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Veb-sayt
🎉 Moslashuv haftaligi g‘oliblari!
Toshkent amaliy fanlar universitetida 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan moslashuv haftaligi yakunlandi. ✨
Haftalik doirasida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi ham alohida qiziqish bilan o‘tdi. Talabalar tomonidan juda ko‘plab original, ijodiy va mazmunli kontentlar tayyorlandi. G‘oliblarni tanlash biz uchun oson bo‘lmadi, chunki har bir guruh o‘ziga xos yondashuv, jamoaviy ruh va kreativlikni namoyon etdi. ✨
Tanlov natijalarini aniqlashda tayyorlangan kontentlar soni, ularning sifati hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faollik asosiy mezon sifatida inobatga olindi.
Tanlov g‘oliblari:
✅ TA-26-42 va XT-26-43 guruhlari — birgalikda
✅ TM-26-01 guruhi
✅ PS-26-01 guruhi
Barcha ishtirokchilarga faollik, ijodkorlik va ushbu haftaga qo‘shgan hissangiz uchun katta rahmat!
G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! Sizlarda shakllangan jamoaviy ruh, tashabbuskorlik va ishtiyoq keyingi 4 yil davomida ham saqlanib qolishiga umid qilamiz. 💙
Telegram | Instagram | Veb-sayt
+2
🏆 TAFU talabasi — “Cyberkent 4.0” musobaqasida 2-o‘rin sohibi!
Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Axborot xavfsizligi yo‘nalishi talabasi Mamedov Kamron Ruslan o‘g‘li kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, nufuzli “Cyberkent 4.0” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egalladi! 🥈
5–6-oktabr kunlari Yoshlar ijod saroyida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Cyber Security Summit — CSS-2026 hamda “Cyberkent 4.0” musobaqalari tashkil etildi.
💻 Musobaqaning CTF Master yo‘nalishida 300 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 ta eng kuchli jamoa final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Kamron Mamedov “r4z0r” jamoasi tarkibida final bosqichida munosib ishtirok etib, yakunda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa ushbu natija uchun 8 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. ✨
Kelgusidagi musobaqalarda yangi g‘alabalar va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 💙
Telegram | Instagram | Veb-sayt
+9
🎓 TAFU oilasi kengaymoqda
4–5-sentabr kunlari universitetimizda 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu kun yangi talabalar uchun shunchaki universitet bilan tanishuv emas, balki katta talabalik yo‘lining ilk qadami bo‘ldi.
Ular yangi kursdoshlari bilan tanishdilar, universitet hayoti, ichki tartib-qoidalar va talabalarni kutayotgan imkoniyatlar haqida bilib oldilar. Turli jamoaviy o‘yinlar esa kunni yanada qiziqarli va samimiy o‘tkazishga yordam berdi. 💫
Kun yakunida esa har bir 1-kurs talabasi uchun TAFUning maxsus merch to‘plami taqdim etildi. 🎁
Xush kelibsiz, aziz 1-kurslar, eng yaxshilari hali oldinda. 💙
Telegram | Instagram | Veb-sayt
Rasman, Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul yakunlandi.
TAFU talabasiga aylangan abituriyentlarni tabriklaymiz, oilamizga xush kelibsiz. 💙
❕Eslatma: 1-kurslar uchun darslar 5-oktabr, dushanba kunidan boshlanadi.
Fakultetlar va manzillar bilan tanishing:
1. Iqtisodiyot fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 736-uy 📍Lokatsiya 2. Pedagogika va psixologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahar. Mirobod tumani. Tallimarjon ko'chasi 1/1 📍Lokatsiya 3. Axborot texnologiyalari fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 147-uy 📍Lokatsiya 4. Tarix va filologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy (Tarix, Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili, Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili) 📍Lokatsiya 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 15-mavze, Foziltepa ko‘chasi, 22B-uy (O'zbek tili va adabiyoti, Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili) 📍Lokatsiya
Barcha kunduzgi 3-smena talabalari uchun darslar, Dushanba kuni 17:50da Universitetning A kampusida tashkil etiladi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy 📍Lokatsiya✨ Yangi muhit, yangi do‘stlar va yangicha hayot tarzi sizni kutmoqda! Telegram | Instagram | Veb-sayt
🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni!
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizning bilim va tajribangiz, mehringiz va fidokorona mehnatingiz yosh avlodning kelajagini bunyod etishda beqiyos ahamiyatga ega.
Har bir shogirdingizning yutug‘i ortida siz bergan bilim, tarbiya va mehnatingiz bor. ✅
✨ Toshkent amaliy fanlar universiteti barcha professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 💙
Telegram | Instagram | Veb-sayt
❕So’nggi daqiqalar
Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul bugun, 30-sentabr soat 13:00 da yakunlanadi.
Agar hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti!
📂 Kerakli hujjatlar:
1. Shartnoma 2. Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona 3. Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi 4. 3×4 rasm — 4 dona 5. To‘lov qog‘ozi (nusxasi) — shartnoma to‘lovining kamida 25% miqdorida📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy [Lokatsiya]
+5
Ustoz va murabbiylar bayrami ✨
Bugun, 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent amaliy fanlar universitetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston davlat drama teatrida yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda universitetimizning fidoyi va faol ustozlari ishtirok etib, ularning mehnati alohida e’tirof etildi.
💫 Tadbir davomida ustozlarning ta’lim va tarbiya yo‘lidagi samarali mehnati munosib e’tirof etilib, faol va fidoyi o‘qituvchilar universitet hamda tegishli vazirliklar tomonidan turli esdalik sovg‘alari va e’tirof bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, universitetimizning ikki nafar ustoziga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, universitetimiz rektori Abdusalom Vaxitovich Umarov barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, ularning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.
🎭 Tadbirning badiiy qismida “Jadidlar” kompozitsion sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shuningdek, taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustozlar 💙
Telegram | Instagram | Veb-sayt
❕ Ertaga qabul yopiladi
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul ertaga, 30-sentabr soat 13:00 da yakunlanadi.
Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz — Shoshiling. ⚡️
📂 Kerakli hujjatlar:
1. Shartnoma 2. Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona 3. Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi 4. 3×4 rasm — 4 dona 5. To‘lov qog‘ozi (nusxasi) — shartnoma to‘lovining kamida 25% miqdorida📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy [Lokatsiya] 👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: www.utas.uz Telegram | Instagram | Veb-sayt
❕Diqqat abituriyentlar
Videodagidek holatga tushib qolmang, qabul yakunlanmoqda.
Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul 30-sentabr 13:00 gacha davom etadi. Va ushbu sanadan kech qolgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinmaydi.
📂 Kerakli hujjatlar:
1. Shartnoma 2. Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona 3. Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi 4. 3×4 rasm — 4 dona 5. To‘lov qog‘ozi (nusxasi) — shartnoma to‘lovining kamida 25% miqdorida📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy [Lokatsiya] ⏳ Ish vaqti: 09:00–17:00 Yakshanba kuni ham hujjatlar qabul qilinadi ✅ Telegram | Instagram | Veb-sayt
📢 Diqqat abituriyentlar
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul 30-sentabr soat 13:00 gacha uzaytirildi.
Ushbu qaror ko‘plab abituriyentlarning takliflari hamda 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni 5-oktabrdan boshlanishi munosabati bilan Universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. ✅
❕30-sentabr kuni davlat HEMIS elektron axborot tizimi yopiladi va ushbu sanadan kechikib hujjatlarni olib kelgan abiturientlarni tizimga kiritish imkoni barcha oliygohlarda shuningdek TAFUda ham tugaydi.
🗓 Ish vaqti: 09:00 – 17:00
- Manzil: [Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy, 102-xona] Lokatsiya
Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yakshanba kuni ham qabul ochiq bo’ladi, ish vaqti 09:00-15:00 gacha.
Qabul muddatiz bakalavriat va magistratura uchun birdek amal qiladi.
Telegram | Instagram | Veb-sayt
+3
TAFU talabalari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda!
2026–2027-o‘quv yilida Toshkent amaliy fanlar universiteti xalqaro hamkorlik doirasida talabalar uchun yangi akademik mobillik va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda.⚡️
Bugungi kunda talabalarimiz uchun quyidagi imkoniyatlar kengaytirilmoqda:
✅ Semestrlik almashinuv — hamkor xorijiy universitetlarda bir semestr davomida tahsil olish;
✅ Qisqa muddatli mobillik — yozgi va qishki maktablar, treninglar, seminarlar hamda xalqaro dasturlarda ishtirok etish;
✅ Ilmiy mobillik — xalqaro konferensiyalar, ilmiy loyihalar va stajirovkalarda qatnashish;
✅ Akademik tashriflar — xorijiy universitetlar bilan qo‘shma tadbirlar va akademik dasturlarda ishtirok etish.
Ayni paytda professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimiz "Universiti Tenaga Nasional" (UNITEN) taklifiga binoan Malayziyada tashkil etilayotgan Winter Camp dasturida ishtirok etmoqda.
Bu kabi dasturlar talabalarga xalqaro akademik muhitda tajriba orttirish, xorijiy talabalar bilan fikr almashish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradi.
TAFU — amaliy ta’lim, xalqaro tajriba va global imkoniyatlar sari.
Telegram | Instagram | Veb-sayt
5️⃣ kun qoldi.
Toshkent amaliy fanlar universitetiga kirish uchun qabul 25-sentabrgacha davom etadi.
Ushbu muddat bakalavr va magistratura yo‘nalishlari uchun birdek amal qiladi.
Shoshiling, qabul yakunlanishiga oz qoldi! 4,750,000 so'm gacha chegirma asosida talaba bo‘lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang ⚡️
💻 www.utas.uz saytidan ro'yxatdan o'tib online imtihon topshiring yoki 56,7 balldan yuqori DTM natijangiz bilan talaba bo'ling.
Telegram | Instagram | Veb-sayt
🎓 Universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Faqat kontrakt narxiga qarash yetarlimi?
Universitetning ishonchliligi, talabalari va bitiruvchilari, ta’limining zamonaviyligi, sharoitlari va kelajakdagi imkoniyatlari qanchalik muhim?
Batafsil — videoda 👆
Qabul davom etmoqda, www.utas.uz orqali online imtihon topshiring.
Telegram | Instagram | Veb-sayt
❕ Diqqat 1-kurs talabalari
Toshkent amaliy fanlar universitetida 1-kurslar uchun darslar 5-oktabr, dushanba kunidan boshlanadi.
🎓 Fakultetlar va manzillar bilan tanishing:
1. Iqtisodiyot fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 736-uy 📍Lokatsiya 2. Pedagogika va psixologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahar. Mirobod tumani. Tallimarjon ko'chasi 1/1 📍Lokatsiya 3. Axborot texnologiyalari fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 147-uy 📍Lokatsiya 4. Tarix va filologiya fakulteti (yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin) 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy (Tarix, Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili, Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili) 📍Lokatsiya 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 15-mavze, Foziltepa ko‘chasi, 22B-uy (O'zbek tili va adabiyoti, Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili) 📍Lokatsiya✨ Yangi muhit, yangi do‘stlar va yangicha hayot tarzi sizni kutmoqda! Telegram | Instagram | Veb-sayt
🎓 Universitetdagi eng esda qolarli voqeangiz qaysi?
Kun.uz tomonidan Toshkent amaliy fanlar universiteti haqida tayyorlangan videodan kichik parcha.
Unda bitiruvchilarimiz universitetdagi 4 yillik talabalik davrida o‘zlari uchun eng unutilmas bo‘lgan voqealarni so‘zlab berishgan. ✨
💻 Qabul 25-sentabrga qadar davom etadi, ro'yxatdan o'tib online imtihon topshiring.
Instagram | Veb-sayt | YouTube
