es
Feedback
Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Ir al canal en Telegram

📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Toshkent amaliy fanlar universiteti

El canal Toshkent amaliy fanlar universiteti (@utasuz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 17 447 suscriptores, ocupando la posición 11 356 en la categoría Educación y el puesto 4 528 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 17 447 suscriptores.

Según los últimos datos del 14 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -188, y en las últimas 24 horas de -17, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 48.35%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.76% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 8 443 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 276 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 58.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 15 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

17 447
Suscriptores
-1724 horas
-1427 días
-18830 días
Archivo de publicaciones
🎓 Universitetdagi eng esda qolarli voqeangiz qaysi? Kun.uz tomonidan Toshkent amaliy fanlar universiteti haqida tayyorlangan videodan kichik parcha. Unda bitiruvchilarimiz universitetdagi 4 yillik talabalik davrida o‘zlari uchun eng unutilmas bo‘lgan voqealarni so‘zlab berishgan. ✨ Sizning TAFUdagi eng esda qolarli xotirangiz qaysi? 💭 Instagram | Veb-sayt | YouTube

❕Diqqat Tanlov! “Jonajon o‘zbek tilim” tanloviga start berildi. 🔥 Ushbu tanlov o‘zbek tilining ijtimoiy hayotimizdagi mavqei
Diqqat Tanlov! “Jonajon o‘zbek tilim” tanloviga start berildi. 🔥 Ushbu tanlov o‘zbek tilining ijtimoiy hayotimizdagi mavqeini oshirish, davlat tilini to‘laqonli joriy etishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. 👇 Tanlov quyidagi 7 yo‘nalishda o‘tkaziladi: eng yaxshi ilmiy tadqiqot; eng yaxshi dasturiy mahsulot; eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; OAVda e’lon qilingan eng yaxshi material; eng yaxshi videorolik; o‘zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan eng yaxshi amaliy ish; xorijliklar tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. 🏆 G‘oliblar BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. ✅ Ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar va ilmiy-ijodiy ishingizni @Jonajontilim_bot Telegram botiga yuboring. 🗓 Ishlar 20-sentabrgacha qabul qilinadi. Omad yor bo'lsin ✨ Telegram | Instagram | Veb-sayt

🎓 Yangi o‘quv yili boshlandi! 🇺🇿 Toshkent amaliy fanlar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirdan lavhalar. Yangi o‘quv yili barchamiz uchun muvaffaqiyatli va unutilmas bo‘lsin! ✨ Instagram | Veb-sayt | YouTube

🎓 Yangi o‘quv yili boshlandi! Bugun Toshkent amaliy fanlar universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 3
+5
🎓 Yangi o‘quv yili boshlandi! Bugun Toshkent amaliy fanlar universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎉 ✅ Tadbirda universitet rahbariyati, Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari Kamilov Mirzoxid Mirvoxidovich, Chilonzor tumani Nuroniy jamg‘armasi raisi Toxir Karimov, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, professor-o‘qituvchilar, soha faxriylari, talabalar hamda universitet jamoasi vakillari ishtirok etdilar. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barchamiz uchun omadli va muvaffaqiyatli kelsin! Instagram | Veb-sayt | YouTube

Toshkent amaliy fanlar universitetida bugundan darslar boshlandi. 🥳 Ilk dars kuni Mustaqillik bayrami bilan boshlanmoqda. ⚡️

Mensaje de video00:29

📚 O‘quv jarayoni qachon boshlanadi? Hurmatli talabalar! 📌 2-, 3- va 4-kurs kunduzgi ta’lim shakli, jumladan, 3-smena talaba
📚 O‘quv jarayoni qachon boshlanadi? Hurmatli talabalar! 📌 2-, 3- va 4-kurs kunduzgi ta’lim shakli, jumladan, 3-smena talabalari uchun o‘quv jarayoni 7-sentabrdan boshlanadi. 🎓 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni 5-oktabr oyidan boshlanadi. Barcha talabalarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tilaymiz! ✨ Instagram | Veb-sayt | YouTube

🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Instagram | Veb-sayt | YouTube

🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak! Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarovning Mustaqillik bayrami munosa
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak! Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarovning Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigi. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿💙 Instagram | Veb-sayt | YouTube

🎓 Diplomingizni birinchi bo‘lib kimga ko‘rsatasiz? Diplomlarini qo‘llariga olayotgan bitiruvchilarga shunday qiziqarli savol berdik. 💙 Javoblar esa juda samimiy va kutilmagan! ✨ 📹 To‘liq videoda ko‘ring! Instagram | Veb-sayt | YouTube

🛌 Yotoqxonaga qanday ariza topshiriladi? TAFU talabalariga yotoqxonada turish uchun utas.uz sayti orqali ariza topshirish imkoniyati mavjud. ✅ Yotoqxonaga ariza topshirish bo‘yicha batafsil qo‘llanmani shu havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 🔎 Yotoqxona, yashash shartlari va boshqa batafsil ma’lumotlarni ushbu postda ko‘rishingiz mumkin. 📩 Yotoqxonada turish uchun arizangizni hoziroq topshiring! Instagram | Veb-sayt | YouTube

🎓 Chegirmaga qanday ariza topshiriladi? TAFUga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar va amaldagi talabalar kontrakt uchun taqdim etiladigan chegirmalardan foydalanish uchun utas.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin. ✅ Chegirma uchun ariza topshirish bo‘yicha batafsil qo‘llanmani shu havola orqali ko'rishingiz mumkin. 🔎Barcha mavjud chegirmalar va ular bo‘yicha batafsil ma’lumotni ushbu postda ko‘rishingiz mumkin. 📩 Chegirmadan foydalanish uchun arizangizni hoziroq topshiring! Instagram | Veb-sayt | YouTube

🇺🇿🇲🇾 TAFU va Malayziya o‘rtasida yangi hamkorlik Toshkent amaliy fanlar universitetiga Malayziyaning KOLEJ POLY-TECH MARA
+8
🇺🇿🇲🇾 TAFU va Malayziya o‘rtasida yangi hamkorlik Toshkent amaliy fanlar universitetiga Malayziyaning KOLEJ POLY-TECH MARA SDN. BHD. kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. 🌍 Tashrif doirasida TAFU va KPTMSB o‘rtasida akademik hamkorlik, madaniy almashinuv, xodimlar va tajriba almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. 🤝 Tashrif doirasida KPTMSB vakillari — Dr Wan Muhamad Adam Wan Norudin, Hj Radzuan Razali va Prof. Dr Zahrah Yahya bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, kelgusida yanada rasmiy va keng qamrovli kelishuvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar. Tashrif davomida mehmonlar TAFUning zamonaviy o‘quv binolari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. ✅ Memorandum imzolash tadbirida O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomiddin Ibodovich Gadoyev ham ishtirok etdi. Instagram | Veb-sayt | YouTube

🤝 Yangi hamkorlik! ✅ Toshkent amaliy fanlar universiteti va WELAND GLOBAL EDUCATION o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzoland
+2
🤝 Yangi hamkorlik! Toshkent amaliy fanlar universiteti va WELAND GLOBAL EDUCATION o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida TAFUning xalqaro aloqalarini kengaytirish, yangi xorijiy universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tomonlar LANDER HUB Startup Communityni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi. Hamjamiyat talabalar uchun bandlik, tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 🌍 Yangi hamkorlik — yangi xalqaro aloqalar, yangi loyihalar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar! Instagram | Veb-sayt | YouTube

🇲🇾 O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi TAFUga tashrif buyurdi 🧠 Tashrif davomida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi K
+5
🇲🇾 O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi TAFUga tashrif buyurdi 🧠 Tashrif davomida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev universitet kampusi bilan tanishib, o‘quv binolari, auditoriyalar, zamonaviy laboratoriyalar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. TAFUning Malayziya bilan rivojlanib borayotgan hamkorligi doirasida universitet va Malayziya o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🤝 Instagram | Veb-sayt | YouTube

🏆TAFU grantlar tanlovi boshlandi! 2026/2027-o‘quv yili abituriyentlari uchun 25%, 50% va 100% grantlar ajratilgan! Sizdan talab qilinadigan narsa — bor-yo‘g‘i 1 daqiqalik motivatsion video. Videoda: 🎯 Nima uchun TAFUni tanlaganingizni; 📚 Nima uchun aynan shu yo‘nalishda o‘qimoqchi ekaningizni; 💪 Nima uchun aynan siz grantga loyiq ekaningizni ayting. 📹 Videoni tayyorlang va @tafugrantbot Telegram botiga yuboring. Instagram | Veb-sayt | YouTube

Qabul komissiyasi ish boshladi! Bugundan boshlab Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul komissiyasi o‘z ishini boshladi!
Qabul komissiyasi ish boshladi! Bugundan boshlab Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul komissiyasi o‘z ishini boshladi! Agar siz imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga tavsiya etilgan bo‘lsangiz, endi hujjatlaringizni topshirish uchun universitetimizga tashrif buyurishingiz mumkin. 📌 Hozirda universitetimizga 10 mingdan ortiq ariza topshirilgan. O‘rinlar esa cheklangan. Shu sababli hujjatlaringizni o‘z vaqtida topshirib, o‘z o‘rningizni band qilib qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
📂Kerakli hujjatlar: ✅ Shartnoma ✅ Pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi), yashash manzili bilan — 2 dona ✅Diplom yoki 11-sinf attestati (ilovasi bilan) — asl nusxasi ✅ 3x4 rasm — 4 dona ✅ To‘lov qog‘ozi (nusxasi)
🗓 Qabul: Dushanba - Shanba ⌛️ Ish vaqti: 09:00 – 17:00 📍 Manzil: [Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi bo‘ylab, 1-uy] Lokatsiya Sizni Toshkent amaliy fanlar universitetida kutib qolamiz! 💙 📱 Savollar uchun: +998 71 200 05 40 | @utasunibot Instagram | Veb-sayt | YouTube

🎓 Yakuniy mandat e’lon qilindi. Ammo sizda hali ham grant asosida o‘qish imkoniyati bor! Davlat OTMlariga kira olmadingizmi? Yoki o‘zingiz xohlagan yo‘nalishga tavsiya etilmadingizmi? Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. TAFU grant tanlovi boshlandi! 🏆 Sizdan talab qilinadigan narsa — bor-yo‘g‘i 1 daqiqalik motivatsion video. Videoda: 🎯 Nima uchun TAFUni tanlaganingizni; 📚 Nima uchun aynan shu yo‘nalishda o‘qimoqchi ekaningizni; 💪 Nima uchun aynan siz grantga loyiq ekaningizni ayting. Eng munosib ishtirokchilar 25%, 50% va 100% grant sohibiga aylanadi. 🎁 📹 Videoni tayyorlang va @tafugrantbot Telegram botiga yuboring. Balki bu sizning talaba bo‘lish uchun yangi imkoniyatingizdir. 👆 Hoziroq videongizni yuboring! 👆 Instagram | Veb-sayt | YouTube

🏛 Senator Toshkent amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurdi ✅ Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov To
+9
🏛 Senator Toshkent amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurdi ✅ Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov Toshkent amaliy fanlar universitetida bo‘lib, universitetning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. 🧠 Tashrif davomida universitetdagi ta’lim jarayoni, mavjud infratuzilma, zamonaviy laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Instagram | Veb-sayt | YouTube

🎬 Kun.uz muxbiri TAFUda talaba bo‘lish qanday ekanini ko‘rsatdi! Universitet haqida shunchaki gapirib bermadik — TAFUdа talaba bo‘lish qanday ekanini real ko‘rsatdik. ✨ Ko‘rsatuvda talabalar hayoti, ta’lim jarayoni, bitiruvchilar va ota-onalarning fikrlari orqali TAFUdagi muhit haqida samimiy tasavvur beriladi. 📹 TAFUdа talaba bo‘lish qanday? Buni o‘zingiz ko‘ring. 🔥 To‘liq ko‘rsatuvni YouTube’da tomosha qiling 👇 https://youtu.be/uKTxWjxYadE?si=xjX_UvSrSkbxCAoo Instagram | Veb-sayt | YouTube