“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 496
Subscribers
+624 hours
+67 days
-12830 days
Posts Archive
3 496
+2
➡️ SHODLIKKA SHODLIK ULASHIB...
Mustaqillik bayrami arafasida Dang‘ara tumanining “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun yana bir muhim yangilanish amalga oshirilmoqda.
Hududda elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, tarmoq ishonchliligini oshirish va kelgusidagi yuklamalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda.
Bu kabi amaliy ishlar — yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlarning mahallalardagi ifodasi. Eng muhimi, aholi xonadonlarida barqaror elektr ta’minoti uchun sharoitlar yanada yaxshilanmoqda.
Mustaqillik — shukronalik, yangilanish va xalq farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlar demakdir. Shodlikka shodlik ulashib, bunyodkorlik ishlari davom etmoqda!
3 496
+1
ELEKTR HISOBLAGICHLARI MANSUBLIK CHEGARASIGA OLIB CHIQILMOQDA
Farg‘ona tumanida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash hamda noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, tuman hududidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida iste’molchilarning elektr hisoblagichlarini mansublik chegarasiga olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar natijasida elektr energiyasi hisobini yuritish yanada qulay va shaffof bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiyasini nazorat qilish imkoniyati oshadi. Eng muhimi, elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Farg‘ona tumanida bu kabi amaliy ishlar boshqa hududlarda ham izchil davom ettirilmoqda.
3 496
+5
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi.
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
3 496
MARG‘ILONDA ELEKTR TA’MINOTI ISHONCHLILIGI OSHIRILMOQDA
Marg‘ilon shahridagi “Atlas” podstansiyasi elektr ta’minoti barqarorligini yanada oshirish maqsadida zaxira yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulanmoqda.
Mazkur ishlar natijasida podstansiyaning elektr ta’minoti imkoniyatlari kengayib, tarmoqning ishonchliligi va barqarorligi sezilarli darajada oshadi. Avariya yoki rejali ta’mirlash holatlarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
Bu kabi texnik tadbirlar Marg‘ilon shahrida elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash, tarmoq barqarorligini mustahkamlash hamda iste’molchilar uchun yanada ishonchli xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
3 496
#tezkor
#26_08_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 MARG‘ILON SHAHRI, QO‘SHTEPA HAMDA FARG‘ONA TUMANLARI
Bugun, soat 07:00dan 12:00ga qadar Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Atlas" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 O‘ZBEKISTON, BESHARIQ HAMDA FURQAT TUMANLARI
Bugun, 11:00dan 13:00ga qadar O‘zbekiston, Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-YaKB" elektr uzatish tarmog‘ida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BUVAYDA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Charos" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 496
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi.
—
163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi.
Navoiy viloyatidagi yangi energetika loyihalari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
—————
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости.
В частности, в Сырдарьинской области введены в эксплуатацию генерирующие мощности общей мощностью 1 573 мегаватта, в Республике Каракалпакстан – ветровая электростанция мощностью 200 мегаватт и система накопления энергии мощностью 100 мегаватт.
Новые энергетические проекты в Навоийской области позволят ежегодно вырабатывать 657 миллионов киловатт-часов электроэнергии.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
3 496
📌📌📌📌📌📌
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998781507561,
Telegram-bot: @HETanticor_bot ,
Call-markaz: 1154
Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+3
❗️ ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Hududlarda elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, mavjud tarmoqlarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavsumiy yuklamalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Ana shunday navbatdagi ishlar Farg‘ona tumanining “Marg‘ilon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirildi.
Mahalladagi 1295-sonli transformator punktining quvvati 100 kVA dan 400 kVA ga oshirildi. Buning uchun mavjud transformator yuqori quvvatli zamonaviy transformatorga almashtirildi.
Natijada transformator punktining elektr yuklamasini ko‘tarish imkoniyati 4 barobarga oshdi. Bu esa hududdagi iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada ishonchli qondirish, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish va elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ayniqsa, mavsumiy yuklamalar ortib borayotgan bir paytda amalga oshirilgan mazkur ish mahalla aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday amaliy ishlar viloyatimizning boshqa hududlarida ham izchil davom ettirilib, elektr tarmoqlarining imkoniyatlarini kengaytirish va iste’molchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
3 496
+1
“XAMZA” PODSTANSIYASIDAN CHIQUVCHI TARMOQLAR MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA
Qo‘qon shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Xamza” podstansiyasidan chiquvchi 6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining boshlang‘ich qismlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va tegishli qurilmalarning texnik holati sinchiklab tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
3 496
+1
✍️ KO‘P QAVATLI UYLAR ELEKTR TA’MINOTI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA
Rishton tumanida ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minotini barqaror va ishonchli tashkil etish maqsadida tizimli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasining ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish guruhi tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minoti tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, mavjud elektr qurilmalari va tarmoqlarining texnik holati yaxshilanmoqda.
Ish jarayonlarida, avvalo, xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xodimlar belgilangan tartibda yo‘riqnomadan o‘tkazilib, zarur himoya vositalari bilan ta’minlangan holda ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirmoqda.
Ko‘rik va ta’mirlash ishlari yakunida ko‘p qavatli uylarning ichki va tashqi elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror va xavfsiz yetkazib berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Bu kabi amaliy ishlar mavsum davomida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
3 496
+2
ENDI ULAR O‘RNINI YANGILARIGA BO‘SHATADI!
Eski tayanchlarga esa — rahmat!
Farg‘ona tumanining “Beruniy” mahallasidagi nosoz tayanchlar yangilanmoqda.Yillar davomida xizmat qilgan, vaqt sinovidan o‘tgan eski tayanchlar endi o‘z o‘rnini zamonaviy va mustahkam tayanchlarga bo‘shatmoqda. Fuqarolar murojaati asosida mahalladagi elektr tarmog‘i holati o‘rganilib, nosoz tayanchlarni yangilash ishlari boshlandi. Bu, avvalo, elektr ta’minoti xavfsizligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy qadamdir. Ayniqsa, Mustaqillik bayrami arafasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar “Beruniy” mahallasi aholisi uchun o‘ziga xos bayramona tuhfa bo‘ldi. Murojaatning e’tiborsiz qoldirilmay, amaliy natijaga aylangani fuqarolarni ham mamnun etdi. Endi uzoq yillar xizmat qilgan eski tayanchlar o‘rniga yangi, mustahkam tayanchlar qad rostlaydi. Eski tayanchlarga esa — uzoq yillik xizmati uchun rahmat!
3 496
+1
✅ MUROJAATLAR E’TIBORDA: YANGI TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA
Qo‘qon shahrining “Dilyor” ko‘chasida aholi murojaati asosida elektr tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida yangi tayanchlar o‘rnatilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan hududdagi mavjud elektr tarmoqlari o‘rganilib, murojaatda ko‘rsatilgan masalani amaliy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Yangi tayanchlarning o‘rnatilishi elektr uzatish tarmog‘ining barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda. Har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, imkon qadar qisqa muddatlarda amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Dilyor” ko‘chasi aholisi ham olib borilayotgan ishlardan mamnunligini bildirib, murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmayotganidan minnatdor ekanini ta’kidladi.
3 496
+1
➡️ FARG‘ONA SHAHRIDA ELEKTR TARMOQLARI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA
Farg‘ona shahridagi “To‘qimachi” podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Birlik” elektr uzatish tarmog‘ida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar davomida elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalanib, simlarning xavfsizligi va texnik holati yaxshilanmoqda. Shuningdek, salqilab qolgan elektr simlarining tarangligi rostlanib, tarmoqning barqaror va ishonchli ishlashi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavsumiy yuklamalarga tayyorlash hamda kuz-qish oylarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan.
Mutaxassislar tomonidan tarmoqning har bir qismi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.
3 496
+2
🤔 QO‘QONDA ELEKTR TA’MINOTI SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA
Qo‘qon shahrida elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash, tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, ASKUE tizimining to‘liq va samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud qarzdorliklarni undirish bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va iste’molchilarning energiya sarfi holati chuqur o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. ASKUE tizimi orqali iste’mol ko‘rsatkichlari muntazam nazorat qilinib, ma’lumotlarning to‘g‘ri shakllanishi va tizimga uzatilishi ta’minlanmoqda.
Shuningdek, iste’molchilarning mavjud qarzdorliklarini kamaytirish va undirish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etilmoqda. Har bir yo‘nalishdagi natijalar kunlik tahlil qilinib, aniqlangan muammolar yuzasidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.
3 496
Repost from MINENERGY.UZ
+4
#murojaatlar
Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha xodimlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida aholi muammolarini manzilli hal qilishda Energetika vazirligi tizimidagi xodimlarning professional kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ikki kunlik maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar hamda ularning hududiy filiallarida murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishiga mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida murojaatlar bilan samarali ishlash, aholi muammolarini chuqur o‘rganish va ularni manzilli hal etish, korrupsiyaga moyillikning oldini olish, xizmat qadriyatlariga sadoqat, nizoli vaziyatlarni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va murosaga kelish, shuningdek, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar oshirilmoqda.
Shuningdek, xodimlarning dunyoqarashi va kasbiy bilim darajasini yuksaltirish, aholi bilan muloqot madaniyatini yanada takomillashtirish hamda murojaatlarga munosabatda mas’uliyat va xolislikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ikki kunlik kurs yakunida ishtirokchilarning aholi murojaatlari bilan ishlashda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
3 496
#Uzb_35
YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAYLIK!
🇺🇿 Mustaqilligining 35 yilligi yurtimiz hayotidagi ulug‘ va qutlug‘ sana sifatida keng nishonlanmoqda. Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida ushbu tarixiy ayyomni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, bayramona muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿 Shu munosabat bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosi ham bayramona qiyofa kasb etdi. Bino atrofi va fasadi O‘zbekiston davlat bayrog‘i, milliy ramzlar hamda bayramona bezaklar bilan ziynatlanib, yurtimizning bosh ayyomi — Mustaqillik bayramiga munosib ruh yaratildi.
🇺🇿 Bayramona bezaklarda mujassam bo‘lgan Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, xalqimizning birdamligi va istiqlolga bo‘lgan yuksak ehtirom har birimizga mustaqillikning bebaho ne’mat ekanini yana bir bor eslatadi.
🇺🇿 “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi ham Vatan ravnaqi va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda el-yurtimizga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ushbu ezgu maqsadlarga xizmat qilib kelmoqda.
🇺🇿 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz birdam bo‘lsin!
🇺🇿 35 yillik Mustaqillik ayyomi muborak bo‘lsin!
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda dadil qadam tashlaylik!
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
#tezkor
#25_08_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 QO‘QON SHAHRI HAMDA UCHKO‘PRIK TUMANI
Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Qo‘qon shahri hamda Uchko‘prik tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xamza" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BAG‘DOD TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Xsmzaobod" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 TOSHLOQ TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Toshloq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Zarkent" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 QUVA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Toshxovuz" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ Matbuot xizmati.
3 496
+6
So‘x tumani eng rivojlangan hududga aylanadi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanidagi Turizm shtabida Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalarni muhokama qildi.
—
Сухский район станет одним из наиболее развитых районов
—
Sokh District to Become One of the Most Developed Districts
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
3 496
YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR SARI ILK QADAM!
Yangi o‘quv yili arafasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan xodimlar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Bolajonlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi uchun ularga maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirildi.
Mazkur tashabbus farzandlarga quvonch ulashish bilan birga, xodimlar va ularning oilalariga bo‘lgan e’tibor hamda g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
Farzandlarimizning quvonchi — bizning eng katta quvonchimiz! Yangi o‘quv yili barchaga omad va muvaffaqiyat olib kelsin!
⚡️ t.me/farhetk_admin
