“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 496
Subscribers
+624 hours
+67 days
-12830 days
Posts Archive
3 496
YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR SARI ILK QADAM!
Yangi o‘quv yili arafasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan xodimlar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Bolajonlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi uchun ularga maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirildi.
Mazkur tashabbus farzandlarga quvonch ulashish bilan birga, xodimlar va ularning oilalariga bo‘lgan e’tibor hamda g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
Farzandlarimizning quvonchi — bizning eng katta quvonchimiz! Yangi o‘quv yili barchaga omad va muvaffaqiyat olib kelsin!
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+4
So‘xdagi yirik GES qurilishi jadal davom etmoqda
So‘x tumanida 15 megavatt quvvatga ega yirik GES barpo etilmoqda. Qiymati 41 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha ishga tushirilgach, tumanning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 70 foizini qoplash imkonini beradi.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanida bo‘lib, ushbu yirik energetika loyihasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
—
Сохская крупная ГЭС строится ускоренными темпами
—
Construction of the Large Hydroelectric Power Plant in Sokh Is Progressing at a Rapid Pace
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
3 496
🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+2
ELEKTR HISOBLAGICHLAR MANSUBLIK CHEGARASIGA OLIB CHIQILMOQDA
Farg'ona shahrining "O'rtasho'ra" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi iste'molchilarning elektr hisoblagichlari Farg'ona tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxasislari tomonidan mansublik chegarasiga olib chiqish ishlari bajarilmoqda.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+5
➡️ KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMI YANGILANMOQDA
Aholiga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, mavjud tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida hududlarda elektr ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Oltiariq tumani “A.Navoiy” hamda “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig’inlari hududlaridagi 13, 19, 24 hamda 26-sonli ko‘p qavatli uylarda elektr hisoblagichlari joylashgan taqsimlash qurilmalarining holati o‘rganilib, ularni zamonaviy talablarga moslashtirish va tartibga keltirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Jarayon davomida ko‘p xonadonli uylarning elektr ta’minoti shkaflari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, hisobga olish vositalarining joylashuvi, elektr ulanishlari, avtomatik himoya qurilmalari hamda ichki montaj ishlari nazorat qilinmoqda.
Eskirgan va tartibsiz holatdagi qismlar yangilanib, elektr hisobini aniq yuritish va tarmoq xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur ishlarning yana bir muhim jihati — ASKUE tizimi bilan uyg‘un ishlaydigan zamonaviy elektr hisoblagichlardan foydalanish orqali iste’mol qilingan elektr energiyasini aniq hisobga olish, ortiqcha yo‘qotishlarning oldini olish va iste’molchilar uchun qulaylik yaratishdir.
Mutaxassislar tomonidan bajarilayotgan ishlar nafaqat elektr ta’minotining barqarorligini oshiradi, balki ko‘p qavatli uylardagi umumiy elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, avariya holatlarining oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+2
KUNLIK ISH JARAYONI: HAR BIR ISTE’MOLCHI — NAZORATDA
Bag‘dod tumanida elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish va ASKUE tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ishlar har bir iste’molchi kesimida tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan elektr hisoblagichlarning texnik holati, ASKUE tizimiga ulanishi va ma’lumotlarni uzatish jarayoni tekshirilmoqda.
Aniqlangan nosoz yoki aloqa uzilishlari mavjud hisoblagichlar “Smart UP” qilinmoqda, texnik talablarga javob bermaydigan qurilmalar esa zamonaviy hisoblagichlarga almashtirilmoqda.
Bajarilgan ishlar mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, natijalar nazorat va qabul qilib olish jarayonidan o‘tkazilmoqda.
Asosiy maqsad — har bir kilovatt-soatni aniq hisobga olish, mavjud muammolarni manzilida bartaraf etish va ASKUE tizimining samarali ishlashini ta’minlash.
Ishlar Bag‘dod tumanining belgilangan hududlarida izchil davom ettirilmoqda.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
🇺🇿🤝🇦🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga kelgan Prezident Ilhom Aliyevni kutib oldi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
#hamkorlik
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
3 496
#tezkor
#24_08_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 QO‘QON SHAHAR
Bugun, soat 09:00dan 16:00ga qadar Qo‘qon shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Avval" podstansiyasida hamda yuqori kuchlanishli "L-Avval" va "L-R35" elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 FARG‘ONA, OLTIARIQ, BAG‘DOD, BUVAYDA HAMDA RISHTON TUMANLARI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona, Oltiariq, Bag‘dod, Buvayda hamda Rishton tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-PM" elektr uzatish tarmog‘ida, "Chimyon-Qishloq", "Navoiy" hamda "Markaz" podstansiyalarida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 TOSHLOQ TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Toshloq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xonariq" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 496
Davlat rahbarlari Yangi Toshkentda "Ozarbayjon" bog‘iga asos soldilar.
—
Главы государств основали парк «Азербайджан» в Новом Ташкенте.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar.
—
Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев открыли новый кампус Педагогического университета имени Низами.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi.
—
Президенту Азербайджана представлен проект Нового Ташкента.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar.
—
Лидеры Узбекистана и Азербайджана подвели итоги плодотворных переговоров.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
O‘zbekiston va Ozarbayjon Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
—
Узбекистан и Азербайджан заключили Договор о вечной дружбе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
Neftchi — So‘g‘diyona: birinchi bo‘limda Farg‘ona jamoasi oldinda
⚽️ O‘zbekiston Superligasining 19-turida "Neftchi" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qilmoqda.
Uchrashuvning 23-daqiqasida Zoran Marushich tomonidan kiritilgan gol "Neftchi"ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0.
Birinchi bo‘lim yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi. Sevimli jamoamiz "Neftchi" tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketdi.
Olg‘a "Neftchi"
Olg‘a Farg‘ona!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
3 496
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Geydar Aliyev” ordeni, Prezident Ilhom Aliyev “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
—————
Президент Шавкат Мирзиёев награжден орденом «Гейдар Алиев», Президент Ильхам Алиев – орденом «Олий Даражали Дўстлик».
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
3 496
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari qo‘shma loyihalarga start berdilar.
—————
Президенты Узбекистана и Азербайджана дали старт совместным проектам.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
