TOSHKENT SOLIQ TEXNIKUMI | RASMIY
Open in Telegram
Toshkent soliq texnikumi rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz! Bogʻlanish uchun telefon raqamlar: +99871 2744269; +99871 2747459. Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi 3-uy.
Show more544
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-2630 days
Posts Archive
#YASHIL_IQTISODIYOT
2025-yil Respublikamizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilingan.
Yashil iqtisodiyot — bu atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslarni tejash va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashni maqsad qilgan iqtisodiy tizimdir. Yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadi insoniyatning iqtisodiy faoliyati ekologik zarar keltirmasdan amalga oshirilishini ta'minlashdir.
Bu, o'z navbatida, tabiiy resurslarni qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, energiyani samarali ishlatish va karbon izini kamaytirish kabi strategiyalarni o'z ichiga oladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+4
#TST_BRB_HAMKORLIK
Texnikumning "Bank ishi" yo'nalishi o'quvchilari Biznesni rivojlantirish banki Yakkasaroy filialiga tashrif buyurdi.
O'quvchilarni bank boshqaruvchisi o'rinbosari Asqar Mirzayev kutib oldi va bankning har bir bo'limi hamda ularning vazifasi bilan tanishtirdi.
Ma'lumot uchun ushbu bank va texnikum o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq bank xodimlarini jalb etgan holda texnikum xodimlari va o'quvchilari uchun seminarlar, davra suxbatlari tashkil etish, o'quvchilarning bankda amaliyot o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+6
#Seminar_trening
#Qizlarni_oilaviy_hayotga_tayyorlash
#Ayollarning_jamiyatdagi_orni
Bugut Toshkent soliq texnikumida ayol xodimlar va o'quvchi qizlar ishtirokida ayolning jamiyatdagi o'rni, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi mavzularida seminar trening o'tkazildi.
Ushbu treningga O'zbekiston jahon tillari universitetining Pedagogika-psixologiya kafedrasi pedagogika fanlari nomzodi, kouch psixolog Gulnoza Rahmonbekova taklif etildi.
Psixolog bilan turli mavzularda seminarlar va treninglar o'tkazildi, hamda bunday seminarlar ko'plab o'tkazilishiga kelishib olindi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Repost from OTFIV | Toshkent
+4
Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda bir guruh Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida Shirin energetika texnikumi mas’ullari delegatsiya a’zolariga texnikumning ta’lim va o‘quv amaliyot xonalari, sohaga oid zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan yaqindan tanishtirdilar.
Tashrif doirasida texnikum faoliyati, yutuq va tajribalari ham muhokama qilindi. Mazkur texnikum energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda ta’limning zamonaviy talablarga mosligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
+6
#Boshqarma_boshligi_kubogi
#Shaxmat
#Stol_tennisi
Toshkent soliq texnikumida "Boshqarma boshlig'i kubogi"ning shaxmat va stol tennisi sport turlari bo'yicha texnikum bosqichi o'tkazildi.
Unda texnikum o'quvchilari faol ishtirok etishdi.
Shaxmat sport turida:
🥇o'rinni Teshaboyev Asad;
🥈o'rinni Ilyashov Otabek;
🥉o'rinni Abdusalomov Behruz egallagan bo‘lsa;
Stol tennisi sport turi bo'yicha o'smirlar o'rtasida:
🥇o'rinni Abdurahimov Sardor;
🥈o'rinni Nurmaxamatov Ibrohim;
🥉o'rinni Komilov Zohir;
Qizlar o'rtasida:
🥇o'rinni Bazarova Gulshoda;
🥈o'rinni Rahimova Madina;
🥉o'rinni Muqimova Sevinch egalladilar.
Faxrli 🥇 o‘rinni egallagan o‘quvchi yoshlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Repost from TDIU iqtidorli talabalar
#Xushxabar
📣Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari 2024/2025-o'quv yili uchun "Rektor stipendiyasi" sohiblari
⚡️Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan qutlaymiz.
🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram
+3
#TST_HANCOM_AKADEMIYASI
Toshkent soliq texnikumi rahbariyati Janubiy Koreyaning yetakchi IT akademiyalaridan biri — Hancom akademiyasi jamoasi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida texnikum o'quvchilari uchun "Koreys tili va madaniyati", "Ingliz tili" va "IT" kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.
Endilikda texnikum o'quvchilari uchun koreys tili, axborot texnologiyalari va ingliz tilini Janubiy Koreya va AQShning yetakchi professorlari rahbarligida o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+6
#TST_HONAM_UNIVERSITETI
Xabaringiz bor Toshkent soliq texnikumi va Janubiy Koreyaning Honam universiteti o'rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga muvofiq koreys tilini bilish darajasiga ega bo'lgan texnikum bitiruvchilari "2+2" ta'lim dasturi asosida o'qishni 3-bosqichdan Honam universitetida davom ettirish imkoniyati mavjud.
Ushbu hamkorlik doirasidagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirish maqsadida Toshkent soliq texnikumiga Honam universiteti professori Dilnoza Kalanova tashrif buyurdi. Texnikum xodimlari va o'quvchilari bilan bo'lgan uchrashuvda Dilnoza Kalanova tomonidan "Honam universiteti, o'qishga hujjat topshirish tartiblari, Koreys xalqining madaniyati va urf-odatlari" mavzusida taqdimot qilindi. Shuningdek, Honam universiteti hayotiga oid videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv so'ngida xodimlar va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+4
#Milliy_qadriyatlar_kuni
#Xon_atlas. #Qiz_bola_odobi
#Erta_turmush_va_erta_tugruqning_salbiy_oqibatlari
"Milliy qadriyatlar kuni" doirasida qizlar, ayollarimiz milliy xon atlas liboslarimizda; yigitlarimiz milliy do'ppilarni kiyib va belbog'larni bog'lab ko'zni quvontiradi.
Xususan, Toshkent soliq texnikumida ham xuddi shunday liboslardagi xodimlar va qizlar doirasida "Erta turmush va erta tug'ruqning salbiy oqibatlari" va "Oilada ta'lim-tarbiyaning shakllanishi, muomila sirlari va qiz bola odobi" mavzularida davra suhbati o'tkazildi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
+6
#Olimpiya_va_paralimpiya_shox_shuhrati_muzeyi
Toshkent soliq texnikumi o'quvchilari Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida barcha olimpiya va paralimpiya musobaqalarida yurtimiz chempionlari tomonidan qo'lga kiritilgan medal, kubok va esdalik sovg'alar bilan tanishtirildi.
O'quvchi yoshlar o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olishdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
#Boshqarma_boshligi_stipendiyasi
Yoshlarning iqtidorlarini kash qilish va ularni rag'batlantirish maqsadida Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbus bilan "Boshqarma boshlig'i stipendiyasi" tanlovi joriy qilindi.
Ushbu tanlov quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
-Xorijiy tillarni bilish;
-O'zbekiston tarixini bilish;
-Axborot texnologiyalardan savodxonligi;
-Yo'nalishi bo'yicha konferensiyalarda qatnashganlik;
-O'qish joyida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok;
-Maxsus komissiya suhbati;
-Fanlarni o'zlashtirish.
Hujjatlarni 20-aprel sanasiga qadar texnikumning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari A.Mamanazarovaga taqdim etishingiz so'raladi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Repost from "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
📣“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
🔴Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalish bo'yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
🔹Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar nazarda tutilgan.
💬Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.❗️“Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini soʻraydi. Markaz rasmiy sahifalari Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#dayjest #soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar
⏳ SOLIQ VAQTI
2025-yil Soliq yangiliklari: soliq stavkalari, imtiyozlar
👉QQS bo‘yicha o‘zgarishlar
👉Aksiz solig'i stavkalari
👉Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar
👉Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i
👉Yuridik shaxslar yer solig‘i
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
👉Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun rag‘batlantirish: QQS qaytarish va foyda solig‘ini 2 barobar kamaytirish
👉Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha
👉Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar
👉2025-yilda ijara to'lovining minimal stavkalari
👉Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i
👉Jismoniy shaxslar yer soligʻi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Repost from TSUE-TDIU
+9
#uchrashuv
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida rahbariyat hamda universitetga biriktirilgan texnikumlar direktorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Repost from Edu.uz
#mardoʻgʻlon_2025
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga hujjatlar qabul qilinmoqdaMazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan. ✅Kimlar ariza topshirishi mumkin? ➖Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan; ➖O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan; ➖14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar. 📄 Hujjatlarni topshirish muddati: Joriy yil 1-martga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin. ✅Nizom bilan tanishish ✅Kerakli hujjatlar bilan tanishish
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Sport
#Boshqarma_boshligi_kubogi
Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbus bilan shaxmat, stol tennisi, mini futbol, voleybol, basketbol va kibersport kabi sport turlari doirasida "Boshqarma boshlig‘i kubogi"ni qo'lga kiritish maqsadida yoshlar o'rtasida musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu musobaqaning texnikum bosqichi quyidagi kunlarda o'tkaziladi:
Shaxmat 13-17-yanvar;
Stol tennis 20-24-yanvar;
Mini futbol 10-15-fevral,
Voleybol 17-21-fevral;
Basketbol 25-28-fevral;
Kibersport 24-31-mart
Texnikumning sportsevar yoshlari ushbu musobaqalarda ishtirok eting va "Boshqarma boshlig'i kubogi"ni qo'lga kiriting.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
+8
#Sport
Bugun Toshkent soliq texnikumida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yurtim polvonlari" shiori ostida o‘smirlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Ushbu musobaqa haqiqiy mard-u maydon bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Har bir guruhdan saralangan o‘smirlar o‘z guruhi g‘olib bo‘lishi uchun bor kuchlarini ishga soldilar.
Murosasiz kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra:
🥇o‘rin 24-03 guruh;
🥈o‘rin 24-01 guruh;
🥉o‘rin 24-02 guruh jamoalari egallashdi.
Bundan tashqari, "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil etilgan videoroliklar va ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari ham sport musobaqasida g‘olib bo‘lganlar bilan birgalikda diplom bilan taqdirlanishdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
+6
Uchtepa tuman hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uchtepa tumani boʼlimi, tuman Mudofaa boʼlimi, tuman Milliy gvardiya boʼlimi va Toshkent soliq texnikumi hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʼzbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi xalqimiz faxri« shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
📌Tadbir davomida harbiy koʼrgazmalar, harbiy askarlarning saf yurishi, »Impuls" harbiy ansambl kuy-qoʼshiqlari, qoʼl jangining chiqishlari boʼlib oʼtdi.
⚡️Tadbir koʼtarinki kayfiyatda oʼtkazilib, yoshlar ongiga vatanparvarlik ruhi singdirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
