cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

OTFIV | Toshkent

O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Toshkent shahar boshqarmasi. Murojaat uchun telefon: 55-511-55-44;

Show more
Advertising posts
1 951
Subscribers
-524 hours
-287 days
-4330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#OAV_nigohida Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi jamoasi “Tashabbusli byudjet” loyihasining birinchi mavsum g‘olibligini qoʻlga kiritgan edi. Kuni kecha 3 dona yangi Chevrolet Onix avtomobillari manzilga olib kelinib, ushbu kasb-hunar maktabiga oʻquv amaliyot darslarida foydalanish uchun topshirildi Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 8👏 1🙏 1🕊 1
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkaziladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 4🔥 2👏 2
⚡️"Bitiruvchi va talaba-yoshlar" festivali doirasida navbatdagi "Media loyihalar" tanloviga Start berildi! Hurmatli talaba agar Siz - iqtidorli, kreativ fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas, yangi g‘oyalarga intiluvchan bo'lsangiz unda ushbu tanlov aynan Siz uchun 🎬Media tanlovning shartlari oddiy Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yaratilayotgan keng qulayliklarni me’yordan va bo‘yoqdorlikdan oshmagan holda avval hech qayerda foydalanilmagan, o‘quvchi yoshlar ishtirokida ijtimoiy videorolik olsangiz kifoya. Ishtirokchilar tanlov uchun tayyorlagan videoroliklarini @just_diyor telegram orqali yuborishlari lozim. Tanlov nizomi Murojaat uchun tel +998935205255 💥Fursatni qo'ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok etishga barcha talabalarni taklif qilamiz! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
🔥 5👏 3🙏 2👍 1🥰 1🤓 1

“Inson aziz — xotira muqaddas” shiori ostida oʻtkazilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” tadbiridan lavhalar 🎗 2024-yil 8-may kuni TDTrU akademik litseyida OTFIV Toshkent shahar boshqarmasining 01/03-370-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.  Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi maslahatchisi, deputat, huquqshunos, “Shuhrat” medali sohibi M. N. Usmanov ham ishtirok etdi. 💣 Tadbir davomida ikkinchi jahon urushi vaqtida front va front ortida mardlik hamda matonat ko’rsatgan oʻzbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan gʻalabasini aks ettiruvchi videolavhalar, turli sahna koʻrinishlar va she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 6👏 3🙏 2🔥 1
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabida bugun qoʻshaloq bayram 🎉 Avvalroq ushbu muassasa “Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil birinchi mavsum g‘olibligini qoʻlga kiritgan edi. Bugun esa ushbu kasb-hunar maktabiga oʻquv mashq darslarida foydalanish uchun 3 dona yangi Chevrolet Onix avtomobili topshirildi. Ushbu tadbirda ta'lim muassasa jamoasini erishilgan yutuq bilan tabriklash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Shayxontohur tuman hokimligi vakillari ishtirok etishdi. 📌 Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet” loyihasida Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi 2426 ta ovoz to‘plab, gʻolib boʻlgan edi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 7👏 3🎉 3🙏 1🕊 1
“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati navbatdagi tadbir oʻtkazildi 🎗 Joriy yilning 8-may kuni TDIU huzuridagi Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida OTFIV Toshkent shahar boshqarmasining 01/03-370-sonli xatiga muvofiq “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilib, ehson dasturxoni yozildi. Ushbu tadbirga texnikumda koʻp yillar davomida faoliyat yuritgan qadrli ustozlar ham taklif qilindi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 5👏 2🎉 2🙏 2🕊 1

⚡️⚡️"Diqqat, poytaxtimiz talabalari! 🎮Dota 2 va Counter Strike 2 o‘yinlarida virtual maydonlarni zabt etishga va o‘z mahoratingizni isbotlashga tayyormisiz? Sizni universitetlar orasida eng kutilgan EduCup turnirida ishtirok etishga taklif qilamiz. I bosqich: OTM bosqichi. 5-maydan 10-maygacha. 1-bosqichda har bir o’yin bo’yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi. II bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 11-maydan 23-maygacha bo'lib o'tadi. 🔺Ushbu qiziqarli turnirda ro'yxatdan o'tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g'oliblar ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Jamoani ro'yxatdan o'tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00 ga qadar Ro'yxatdan o'tish uchun havola.🔺 Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9 Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9
O'z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to'plang va universitetingiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo'r ekanligini isbotlang! Ushbu postni do'stlaringiz bilan baham ko'ring va epik janglarga tayyorlaning!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 3👏 2 1🙏 1
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
👍 4👏 2🙏 2🔥 1