Xalqaro tadqiqot
Open in Telegram
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutining xalqaro tadqiqotlarga oid kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS) Fikrlaringizni shu yerga yuboring: @milliymarkaz_aloqabot www.avloniy.uz E-mail: info@avloniy.uz
Show more6 366
Subscribers
No data24 hours
-267 days
-15030 days
Posts Archive
6 366
PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda
Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS
— — — — — — — — —
Изучаются передовые опыты по формированию анализа результатов и отчетов PISA
Подробно: http://bit.ly/3zmalxb
— — — —- —- —- —- —-
Advanced experiences on forming analysis of PISA results and reports are being studied
Detail: https://bit.ly/3G0F0nx
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Oʼzbekistonlik oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki koʼrib chiqildi
Italiyaning Rim shahrida oʼtkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev qator xorijiy taʼlim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.
Аsosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Taʼlim siyosati boʼyicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Аndreas Shlyaxer ishtirokida boʼlib oʼtdi.
Usmon Sharifxodjaev PISA dasturi rahbari bilan oʼtkazilgan suhbatda taʼlim sohasidagi oʼzaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz oʼquvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni taʼminlash masalalari boʼyicha fikr almashdi.
Uchrashuvda Oʼzbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025-yildagi tadqiqotida ishtiroki, oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash boʼyicha "Baby PISA" tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini koʼrib chiqildi.
Muhokamalar natijasiga koʼra, oʼzbekistonlik oʼquvchilarning 2025-yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida Oʼzbekistonda oʼtkazish boʼyicha muhim fikrlar bildirib oʼtildi.
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Oʼzbekistondagi taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashining 55-Kongressida taqdim qilindi
Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressi boʼlib oʼtmoqda.
Dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirok etayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari boʼyicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.
Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev Oʼzbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga toʼxtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish boʼyicha mamlakatimizning rejalari bilan oʼrtoqlashdi.
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston 2022-yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli oʼquvchilar bilimini hayotga qoʼllay olishini baholashga yoʼnaltirilgan bo’lib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Конституция_ўзимизники
"Ortiqcha qog'ozbozlikning tugatilishi biz ustozlarga ko’p imkoniyatlar yaratdi"
Referendum oldi yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o’zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan bayram tadbiridan lavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
6 366
Umumxalq xayriya hashari koʻtarinki ruhda o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi.
Hashar davomida yer maydoni obodonlashtirildi, ariqlar tozalandi, chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxt oqlandi va ularga shakl berildi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʻlmish hashar kishilarni jipslashtiruvchi, yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi ezgu amallardan biri ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon boʻlmoqda.
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
TIMSS 2023 tadqiqotida ishtirok etadigan maktablar uchun seminar-trening tashkil qilindi
Davlat dasturida ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni baholovchi TIMSS–2023 dasturida Oʻzbekiston maktablari ishtirok etishini taʼminlash vazifasi belgilangani haqida xabar bergan edik.
Ushbu xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi 14 ta hududdagi 166 ta maktab reprezentativlik tamoyili asosida, shuningdek, tadqiqotda ishtirok etadigan 4 va 8-sinflar maxsus dastur yordamida tasodifiy tanlab olingan.
Joriy yilning 17-mart kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan TIMSS–2023 tadqiqotida ishtirok etadigan maktab koordinatorlari uchun maxsus seminar-trening tashkil qilindi.
Batafsil: https://bit.ly/3n1cdsy
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
2023-yilda 166 ta maktab matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni baholovchi TIMSS 2023 dasturida ishtirok etadi
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida joriy yilda 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlash vazifasi belgilangan.
Xalqaro matematika va tabiiy fanlarni oʻrganish tendensiyalari (TIMSS) tadqiqoti har toʻrt yilda bir marta 4- va 8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Batafsil: https://bit.ly/3Jj8L3Z
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
🗯 "Har bir o‘qituvchining fikrlari inobatga olinishi, muhokama qilinishi va baho berilishini juda yaxshi jarayon deb hisoblayman".
🌐 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan xalqaro TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
📹 Mamlakatimiz ilk marotaba ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ushbu tadqiqot haqida Sergeli tumanidagi 300-maktab direktori, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi faxriy unvoni sohibasi Nigora Saidxo‘jayeva hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, "Mehnat shuhrati" va "Do‘stlik" ordenlari sohibasi Natella Kazi o‘z fikrlarini bildirdi.
Youtube(HD)da ko'rish: https://youtu.be/tm2BCBrazfg
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak boʻlsin!
Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi mehr va fidoyilik timsoli boʻlgan onajonlarimizni va opa-singillarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Mehri daryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda eng muhim yoʻnalishlardan biri hisoblangan taʼlim sohasida hurmatli ayollarimizning ulushi 74 foizni tashkil etishi ham kelajagimiz qanchalar ishonchli qoʻllarda ekanligini koʻrsatib turibdi.
Shunday ekan, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini qoʻyishda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.
Kelajagimiz poydevori boʻlgan aziz onalar, hurmatli opa-singillar!
Barchangizga izlanishdan toʻxtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.
Lablaringizdan samimiy kulgi, xonadoningizdan baxt-saodat tuygʻulari, qalbingizdan ezgulik hissi, nur va sevinch, goʻzallik, mehr va muhabbat aslo arimasin!
🌷 Bayramingiz bilan aziz ayollar!
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
Repost from Hilola Umarova
#Yangi_loyiha
PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR
📣 Aziz o'quvchilar!
Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi?
"Personal statement" ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?
❗️UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar uchun "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" rukni ostida maxsus video tayyorlandi.
⚡️Unda "Personal statement" va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.
📍Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda "Motivation letter" ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.
6 366
Praga shahrida TIMSS 2023 milliy koordinatori va IEA vakili o‘rtasida maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berilganidek, Chexiyaning Praga shahrida bo‘lib o‘tayotgan TIMSS 2023 Milliy loyiha koordinatorlarining 6-uchrashuvi va baholash bo‘yicha xalqaro treningda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi direktori, TIMSS 2023 milliy koordinatori A.Ismailov bilan Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) vakili M.Taneva o‘rtasida tadqiqotni muvaffaqiyatli tashkil etish masalalari yuzasidan maslahatlashuv-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://bit.ly/3ELr8gm
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
Baholashda ishonchlilik bo‘lmasa validlik ham bo‘lmaydi: baholash bo‘yicha xalqaro trening saboqlari
Ayni kunlarda Chexiyaning Praga shahrida TIMSS 2023 Milliy loyiha koordinatorlarining 6-uchrashuvi va baholash bo‘yicha xalqaro trening bo‘lib o‘tmoqda.
Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan xalqaro darajadagi nufuzli tadbirda IEA tashkiloti (Niderlandiya va Germaniya), TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (AQSH), Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER), RTI International (AQSH) tashkilotlari va dunyoning 55 dan ortiq mamlakat vakillari qatorida O‘zbekiston vakillari sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Batafsil: https://tsbm.uz/oz/news/baholashda-ishonchlilik-bolmasa-validlik-ham-bolmaydi-baholash-boyicha-xalqaro-trening-saboqlari
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
"Bunday tadqiqotlar ta'lim tizimini yanada rivojlantiradi.."
⚡️Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan xalqaro TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda.
🏫 Jarayonlarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan respublikamizdagi 30 ta maktabning rahbarlari va 600 nafarga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
🎥 Tajriba-sinov uchun tanlab olingan maktablardan biri Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ayrim o‘qituvchilari mazkur tadqiqot haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Batafsil: https://tsbm.uz/oz/news/talis-tadqiqotining-tajriba-sinov-jarayonlari-otkazilmoqda
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi
Yaqinda Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida yangi maktab qurib bitkazildi. 2021-yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi. Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida mazkur maktabda ham bo'ldilar.
Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.
Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Yangi maktabda ham bunga sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.
Davlatimiz rahbari qashqadaryolik o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
6 366
#TALIS
TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yihcha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda. Asosiy tadqiqot so'rovnomalarini sifatli yaratish uchun muhim bo'lgan tajriba-sinov jarayonida 30 ta maktablar ishtirok etayotgan bo'lib, ushbu maktablar va ishtirokchi o`qituvchilar IEA tomonidan tasodifiylik tamoili asosida tanlab olingan.
Ma'lumot o'rnida:
▪️TALIS (Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.
▪️Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.
▪️TALIS Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan joriy etilgan bo'lib, Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Avstraliya ta'lim tadqiqotlari kengashi (ACER), Kanada statistika markazi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
▪️TALIS davriy ravishda 2008, 2013 va 2018 yillarda o'tkazilgan bo'lib, 2024 yilda bo'lib o'tadigan to'rtinchi siklida O'zbekiston ilk marotaba ishtirok etadi.
📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.
❗️Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.
Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
📌Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.
Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik
Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:
▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.
📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
6 366
Repost from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.
Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?
✅Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
✅Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
✅Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik bilan kommunikatsiya o‘rnatish.
“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.
Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.
Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.
Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
6 366
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda — Davlat dasturi Farmoni loyihasi e’lon qilindi
O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!
Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.
6 366
#tahlil
Ota-onalar diqqatiga!
Nima sababdan baʼzi o‘quvchilar maktabga borishni istamaydi?
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining bu galdagi so‘rovnomasi ota-onalarning taʼlimga munosabatini o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz! So‘rovnoma natijalar tahlili ham institutning rasmiy kanalida eʼlon qilinadi.
🧾 Ishtirok etish havolasi: https://bit.ly/3lf1CZW
☝️ Sizning fikringiz biz uchun muhim!
❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
