cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

GURLAN TUMAN AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI

Gurlan tumani axborot kutubxona markazi(rasmiy kanali) Savollar,takliflar va kitob buyurtmasi uchun telegram guruhimizga o'tish 👇👇 https://t.me/joinchat/BkKdghn2KVohRA38BjbPMQ Facebook kanali: www.facebook.com/Xorazm_gurlan_takm

Show more
Advertising posts
213
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Endi “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari elektromobil minadi 📚 2017-yildan buyon an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etmoqda. Bu yilgi mavsumda final g‘oliblariga Prezident sovg‘asi elektromobil nasib qiladi. 📺 “O‘zbekiston24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuv shu haqida #uzbekiston24 @yoshkitobxonuz
Show all...
"Yosh kitobxon" tanlovi Yoshmisiz yoki katta Turli xil viloyatda Barchasi bir bekatda "Yosh kitobxon" tanlovi. Sinaladi bilimlar, Qo'lingni tutar do'stlar. Faqat ezgulik ko'zlar "Yosh kitobxon" tanlovi. Shirin qiyinchiliklar, Goh xafagarchiliklar Bizlarni birlashtirar "Yosh kitobxon" tanlovi. Salkam yarim yilda biz Qirq dunyoda yashaymiz Rahmatimiz aytamiz "Yosh kitobxon" tanlovi. Kitobdan dur topamiz Yomonlikni yopamiz. She'r, qo'shiqlar yozamiz, "Yosh kitobxon" tanlovi. Rahmat, Yurtboshimizga, Ma'sul xodimlar sizga. Imkon yaratar bizga, "Yosh kitobxon" tanlovi ✍Rustambekova Nozimaxon. Xorazm viloyati Urganch shahar 30-sonli maktabning 7-sinf o'quvchisi.
Show all...
"KINOKARVON“ LOYIHASI IJODKORLARI GURLAN TUMANIDA Gurlan tumanidagi 2-sektor hududidagi "Vazir" madaviyat markazida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida  “Kinokarvon” loyihasi doirasida elimiz suygan aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv o'tkazildi. Samimiy muloqotda ijodkorlar o‘z hayotiy kechinmalari, xotiralari, kino va teatr, undagi qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, ijodkorlar tomonidan yurtimizdagi keng koʻlamli islohotlar eʼtirof etilib, yoshlarga barcha yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi aytib o'tildi. Bugungi uchrashuv qiziqarli suhbatlar, ijodiy chiqishlar va savol-javoblarga boy boʻldi. Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Show all...
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga tabrik yoʻlladi «Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida «Osiyo chempioni» degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman», deyiladi tabrikda. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
Амир Темур давлати бошқаруви Муаллиф: Шоҳиста Ўлжаева. Нашр: Тошкент - 2017. Монографияда Амир Темур давлати бошқарувининг марказий ва маҳаллий тизимлари, ташқи дипломатияси, мудофаа ва ҳарбий тизими ҳақида маълумот берилади. Каналга уланиш👇 @centerasiastudy
Show all...
Mamlakatimizdagi eng birinchi informatsion telekanal – "Uzreport TV" faoliyatiga 10-yil toʻldi. Axborot olish va uzatish, tarqatish jurnalistikaning eng masʼuliyatli, zalvorli funksiyasi hisoblanadi. "Uzreport TV" xolislik, haqqoniylik, tezkorlik prinsiplariga sodiq qolgan holda 10-yildirki, oʻz auditoriyasiga global yangiliklarni taqdim etib kelmoqda. "Uzreport TV telekanali AOKAning OAVlar uchun yaratgan platformasida eng faol hamkori desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Zero AOKAda davlat idoralari mutasaddilari ishtirokida oʻtkaziladigan kunlik media-tadbirlar telekanalning ekranlarida jonli efirda aks ettiriladi. AOKA jamoasi "Uzreport TV ijodkorlarini 10-yillik yubiley bilan chin yurakdan qutlaydi. OAV uchun muhim boʻlgan mezonlardan ogʻishmay, yuksak marralarni zabt etishlarini, jahon axborot bozorida eng talabgor, xaridorgir va reytingi yuqori media-platformaga aylanishlarini tilaydi! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
✍️Oybek 📚Bolalik
Show all...
#tafakkur_lahzasi #iqtibos
“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.
© Abdulla Avloniy 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Show all...
📚 Jyul Vern: "O'n besh yoshli kapitan" Asrlar osha qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelinayotgan mazkur asarda o‘n besh yoshli kapitan – Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi. Jumladan, Janubiy Afrikada kechgan xunrezliklar, qullar savdosi bilan bo‘liq ayanchli voqealar, turli xavf-xatarlarga qolgan kapitan Dik va sayohatchi do‘stlari – xizmatchisi Gerkules, missis Ueldon va uning kichik o‘g‘li Jek, xayolparast olim Benedikt tog‘aning boshidan kechirganlari sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.
Show all...
📚 Paulo Koelyo: "Alkimyogar" (roman) «Odamzodning bu dunyodagi yakka-yu yagona, oliy vazifasi – o‘z taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishishdir... Barcha odamlar yoshlik paytlarida o‘z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o‘tishi bilan sirli bir kuch ularni O‘z Taqdirlarini ro‘yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi. Bu sirli qudrat inson zotiga g‘animday tuyuladi, aslida esa o‘z taqdirini qanday ro‘yobga chiqarish yoʼlini xuddi ana shu qudrat ko‘rsatib beradi. U insonga ruhini va erkini o‘sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak olamning ruhida dunyoga kelgan bo‘ladi. Sen er yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan» “Alkimyogar” romani zamiridagi ushbu hikmat o‘tmishda o‘tgan yoxud rivoyat qahramoni bo‘lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o‘tilajak yoʼldir.
Show all...