cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Gurlan tuman hokimligi II Rasmiy kanali II

GURLAN TUMAN HOKIMLIGINING RASMIY SAHIFALARI 🌐 Web-sayt: http://gurlan.uz 💠 Instagram: https://www.instagram.com/gurlan_tumani_hokimligi/ 💠 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100076329035840 Murojaat uchun: @GurlanhokimligigaMurojaatBot

Show more
Advertising posts
2 370
Subscribers
+724 hours
-37 days
-730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Gurlan_tumani #Yoshlar_ishlari_agentligi 📆 Bugun "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalararo Sektor bosqichi bo'lib o'tdi. ⚡️ Gurlan tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Shaxmat va  Shashka sport turlari qiziqarli va murosasiz tarzda bo'lib o'tdi. 📣 Keyingi bosqichga yo'llanma olgan mahalla yoshlari Tuman bosqichida ishtirok etishadi. Yoshlar ishlari agentligi Gurlan tuman bo'limi
Show all...
👍 2👏 1
Toshkentda «Inson uchun» savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi 📹 Dilnoza Mamatqulova, hunarmand:
«2015-yilda xastalanib qoldim. Bekor oʻtirmay deb oʻyinchoqlar, kiyimchalar toʻqishni boshladim. Koʻp oʻtmay, tadbirkorga aylandim. Davlat bizga hamma sharoitlarni — subsidiya ham, imtiyozli kredit ham beryapti. Ozgina harakat, intilish boʻlsa, kifoya. Bugungi koʻrgazma savdomizni kengaytirish, yangi buyurtmalar olish uchun imkon maydoni boʻldi».
🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
#Tayinlov O‘rinboyev Abdullajon Qadamboy o‘g‘li – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. A.O‘rinboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Gurlan tuman bo‘limi bosh hisobchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Show all...
👍 32 2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларини рағбатлантириш тўғрисида"ги ФармониУказ Президента Республики Узбекистан "О поощрении участников Второй мировой войны" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1
RASMIY MUNOSABAT Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqatildi. Mazkur holat bo‘yicha boshqarma ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi. O‘rganish davomida videolavhadagi holat 2023-yil noyabr oyida Gurlan tumanidagi 23-son maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi F.S. bog'cha tarbiyalanuvchilarini go'yoki bir-biri bilan urishganligi uchun ularga tarsaki tushirganligi va holat videotasvirga olinganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 2024-yil 17-aprel kuni tarbiyachi F.S.ning e’tiborsizligi tufayli katta guruh tarbiyalanuvchisining barmog‘i eshikning shamol ta’sirida qattiq yopilishi oqibatida jiddiy jarohat olganligi aniqlandi. Tashkilot hamshirasi bu haqda bolaning ota-onasini ogohlantirganidan keyin shifoxonada bolaning barmog‘iga maxsus sim qo‘yilib muolaja qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Bolaning qo‘liga igna sanchilgani holati o‘z tasdig‘ini topmadi. Bugungi kunda tarbiyachi F.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Show all...
👍 7
Gurlan tumanida mahalliy tadbirkor tomonidan nogironlik aravachalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Ushbu innovatsion loyiha Xorazm MTRK orqali efirga uzatildi.
Show all...
👏 11🔥 1
RASMIY MUNOSABAT Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqatilmoqda. O‘rganish davomida mazkur holat Gurlan tumanidagi 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023-yil noyabr oyida sodir bo‘lganligi aniqlandi. Holatni o‘rganish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirildi. O‘rganish ishlari yakuniga yetgach qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildiramiz. Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Show all...
👍 5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi
“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi ✔️ Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi: 🔹hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi; 🔹qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi; 🔹ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi; 🔹ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi; 🔹kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi; 🔹banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi. ❇️Subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi. ❗️Arizalarni davlat xizmatlari markazi va my.gov.uz sayti orqali yuborishingiz mumkin. Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Show all...
💨Ayni damda Xorazm viloyatida kuchli shamol kuzatilmoqda! 📌 Kuchli shamol vaqtida xavfsizlikka rioya etish bo’yicha tavsiyalar ✅- yashash joylarda eshik derazalar, cherdak va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish; ✅- elektr va gaz vositalarini o’chirish; ✅- ko’chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik; ✅- ko’p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalaridagi hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo’yish yoki mustahkam qilib harakatsizlantirish; ✅- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, metro bekatlari, yer osti o’tish yo’llari va boshqa yer osti himoya inshootlariga yashirinish; ✅- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish; ❎- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari, va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi; ✅- elektr va gaz jihozlari tekshirilgandan so’ng foydalanish talab etiladi. Boshqa yangiliklar👇 Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Show all...
👍 9🤩 1
VATANGA SODIQ YOSHLAR Yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida Gurlan tumanida Qurolli Kuchlar Akademiyasi professor o’qituvchilari va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda "Vatanga sodiq yoshlar" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va to‘laqonli qamrab olindi. O‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi g‘oya va tashabbuslari yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga javob olishdi. Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarida harbiylarning qurol-aslahalar koʻrgazmasi, qoʻriqlash boʻlimining vazifalari va mashgʻulotlari oʻrgatildi hamda amaliy tarzda koʻrsatib berildi. Tadbir yakunida yoshlar uchun dasturxon yozildi, konsert dasturi namoyish qilindi. Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Show all...
👍 4