81-MAKTAB | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402
Show more2 202
Subscribers
+824 hours
+837 days
+13630 days
Posts Archive
+5
⚡️KIBER XAVFSIZLIK BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI
🔷Samarqand shahar 81-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Kiber xavfsizlik: onlayn firibgarlikka qarshi kurash” mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida internet tarmog‘ida uchraydigan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, zararli havolalar va soxta akkauntlardan ehtiyot bo‘lish haqida foydali ma’lumotlar berildi.🔰O‘quvchilar va pedagoglar uchun: • kuchli parol yaratish • begona havolalarga kirmaslik • ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish • shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi. 📌Tadbir qiziqarli savol-javoblar va taqdimotlar asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi. 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
Repost from Hudud Inform
❗️“Ўқитувчиларнинг ортида армия бор, “погонлилар” бор, Президентимиз бор: Мирзо Улуғбек туманидаги мактабда содир бўлган воқеа адолатли якун топди
19 май куни Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 275-мактабда информатика фани ўқитувчиси ва 9-синф ўқувчилари ўртасидаги низо жамоатчиликда қизғин муҳокамаларни келтириб чиқарди.
Аввалига ўқитувчига нисбатан жиноий иш очилганди, аммо кейинроқ ушбу иш тугатилди. Расмий текширув натижалари воқеанинг тўлиқ манзарасини очиб берди: ўқитувчи ўқув жараёнини ва ўз шаънини ҳимоя қилиш доирасида ҳаракат қилган. Воқеа дарс жараёнида содир бўлган. Ўқувчилар ўқитувчининг талабларига риоя қилмаган, дарс жараёнига халал берган ва ҳурматсизлик қилган.
Маълум қилинишича, фарзанд тарбиясида камчиликка йўл қўйган ота-оналарга нисбатан жавобгарлик чоралари кўрилади. Шу билан бирга, ўқувчиларнинг ота-оналарига нисбатан ҳам масъулият масаласи кўтарилди. Текширув давомида болаларнинг мактабдаги хулқ-атвори, ўқитувчига бўлган муносабати ва уларнинг тарбиясидаги камчиликлар аниқланди.
Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Рустам Жўраев ўқитувчиларга уларнинг ортида армия турганини, “погонлилар” борлигини ва улар Президент ҳимоясида эканини қатъий таъкидлади.
Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғи Равшан Султанходжаев эса бундан кейин ўқитувчига нисбатан кўтарилган қўл ва ҳақорат жавобсиз қолмаслигини билдирди.
✈️ Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform | Instagrma | Facebook
+5
KIBER XAVFSIZLIK BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI
Samarqand shahar 81-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Kiber xavfsizlik: onlayn firibgarlikka qarshi kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida internet tarmog‘ida uchraydigan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, zararli havolalar va soxta akkauntlardan ehtiyot bo‘lish haqida foydali ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar va pedagoglar uchun:
• kuchli parol yaratish
• begona havolalarga kirmaslik
• ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish
• shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbir qiziqarli savol-javoblar va taqdimotlar asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.
🔰 25-may - So'nggi qo'ng'iroq emas, katta hayotning birinchi qadami...
🔷Samarqand shahar 81-maktabda “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo'lib o'tdi.📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўнгги_қўнғироқ
“Siz uchun imkoniyatlar eshigi ochiq” – E’zoza Karimovadan bitiruvchilarga eksklyuziv tabrik
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova maktab bitiruvchilariga oʻz tabrigini yoʻlladi va katta hayot oldidan muhim tavsiyalarini bildirdi.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Kelajak soati
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#diqqat_eʼlon
#QABUL2026
✅ “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURIGA 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILINADI!
🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❓“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qanday hujjatlar talab etiladi?
⚫️oxirgi 2 oy davomida tushirilgan fotosurat;
⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);
⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;
⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
❓“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
⚫️9-sinfni tamomlab, 10-sinfga o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
📅 Boshlanishi: 3-iyun
📍 Darslar 81-maktabda bo‘lib o‘tadi
👩🏫 O‘qituvchi darajasi: C1
🎯 Multilevel imtihoniga tayyorlash
📚 0 dan o‘rganuvchilar uchun ham guruhlar mavjud
📩 Joylar cheklangan — hoziroq yozing
@msmuborak
+998-50-170-53-76
📢 Открыт набор на курсы английского языка!
🤔 Не знаете, чем заняться во время летних каникул?
📅 Старт: 3 июня
📍 Занятия будут проходить в 81 школе
👩🏫 Преподаватель с уровнем C1
🎯 Подготовка к Multilevel
📚 Есть группы для начинающих с нуля
📩 Места ограничены — успейте записаться
@msmuborak
+998-50-170-53-76
+9
⚡️ Samarqand shahar 81-maktabda “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida maktab ma'muryati tomonidan tadbir va tanlovlarda yaxshi natija ko'rsatgan pedagog xodimlar hamda namunali o'quvchilarning ota-onalari ya'ni "Eng faol ota", "Jonkuyar ona", "Mas'ulyatli ota-ona", "A'lochi o'quvchi otasi", "Bilimli qiz onasi" nominatsiyalari bo'yicha tashakkurnomalar topshirildi.📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
Repost from MILITSIYA UZB | Расмий канал
‼️ Бугун соат 14:00 ҳолатига кўра, республика бўйича ўқувчилар транспорт бошқарган 238 та ҳолат қайд этилди.
@Militsiya_Uzb👈🏽
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo’lladi:
“Siz bugun maktabni tugatdingiz, lekin katta hayot maktabi endi boshlanmoqda. Men sizlarga ana shunday tengsiz baxt, yuksak saodat egasi boʻlishlaringizni tilayman. Oldingizga katta maqsadlar qoʻyishdan hech qachon qoʻrqmang! Oʻzingizga ishonib, hamisha olgʻa boring! Doimo oʻzgarishlar, islohotlar ruhi bilan yashaydigan avlod boʻling! Shu yoʻldagi ilk qadamlaringiz qutlugʻ va barakali boʻlsin! Barchangizga baxt va omad hamisha yor boʻlsin, aziz farzandlarim!”, - deyiladi tabrikda.ℹ️ Ma’lumot uchun, bu yil 472 ming nafar o’g’il-qiz 11-sinfni tamomlamoqda. Joriy yilda ilk bor ulardan 11 mingdan ortig’i maktabni oltin va kumush medallar bilan bitiryapti. 171 nafar yoshlar esa hali maktabni tugatmasdan, dunyoning yetakchi universitetlariga o’qishga qabul qilindi. ✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!
Repost from Samarqand viloyati IIB JXX YHXB I Rasmiy kanal
⚠️ Hurmatli ota-onalar hamda avtomashina ijarasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar!
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri munosabati bilan voyaga yetmagan o‘quvchilarga avtomashina boshqarishi uchun transport vositalarini bermaslikni qat’iy so‘raymiz.
❗ Haydovchilik guvohnomasisiz va yetarli tajribaga ega bo‘lmagan holda avtomobil boshqarish inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Shu sababli:
🚫 ota-onalardan farzandlariga avtomashina kalitini bermaslik;
🚫 avtomashina ijarasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan voyaga yetmaganlarga transport vositasini ijaraga bermaslik so‘raladi.
✅ Barchamizning mas’uliyatli yondashuvimiz farzandlarimiz xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
https://t.me/samyhxb
#maromiylik
#qadriyat_va_tarbiya
25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” nafaqat quvonchli bayram, balki yoshlar hayotidagi muhim va mas’uliyatli bosqichdir.
Ushbu ayyomni xalqimizga xos kamtarlik, samimiyat va ma’naviy qadriyatlar asosida, ortiqcha dabdaba hamda isrofgarchiliksiz o‘tkazish — barchamizning mas’uliyatimizdir. Asl qadriyat — hashamatda emas, ustozga hurmat, ota-onaga ehtirom va unutilmas xotiralardadir.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish yuzasidan o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchi-yoshlarga murojaatnoma.
-
“Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини хавфсиз ўтказиш юзасидан ўқитувчилар, ота-оналар ва ўқувчи-ёшларга мурожаатнома.
🔰Boshqa yangiliklar👇
📱Facebook | 📱Telegram |
📱instagram | 📱Youtube
Samarqand shahar 81-maktabning 6-sinf o'quvchilari o‘rtasida “Yilning Eng Faol Ingliz tili Bilimdoni” tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur bosqichda 6-"B", 6-"F" hamda 6-"G" sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
* 6-"G" sinfi 39 ball
6-"F" sinfi 42.6 ball
6- "B" sinfi 44 ball to'plashdi
6-"B" sinfi Ingliz tili fani bo'yicha "Yilning Eng Faol Ingliz Tili Bilimdoni" tanlovining g'olibi bo'ldi.
G‘olib jamoani samimiy muborakbod etamiz va kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O'qituvchilar: Ismoilova N
Muminova Sh
Mamadaliyeva X
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
Repost from Samarqand sadosi
#maromiylik
#qadriyat_va_tarbiya
25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” nafaqat quvonchli bayram, balki yoshlar hayotidagi muhim va mas’uliyatli bosqichdir.
Ushbu ayyomni xalqimizga xos kamtarlik, samimiyat va ma’naviy qadriyatlar asosida, ortiqcha dabdaba hamda isrofgarchiliksiz o‘tkazish — barchamizning mas’uliyatimizdir. Asl qadriyat — hashamatda emas, ustozga hurmat, ota-onaga ehtirom va unutilmas xotiralardadir. 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+2
Samarqand shahar 81-maktabning 10-E sinf o'quvchilarining o'quv yili davomida faol, tashabbuskor va a'lo o'qishi, xulqi, darslardagi muntazam ishtiroki bilan namuna bo'lgan o'quvchilari maktab ma'muriyati va sinf rahbari tomonidan taqdirlandi.
O'quvchilarimizning kelgusi o'qish va ishlarida omadlar tilaymiz.
Sinf rahbari: Boboyarova Shaxnoza
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
