81-MAKTAB | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402
Show more2 177
Subscribers
+224 hours
+597 days
+11030 days
Posts Archive
Repost from Xushnudbek.uz
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang:
1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan, tarix + chet tili yo’nalishida vakant joy yo’qligini ko’rsatmoqda.
My.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali bo’sh joy bor yoki yo’qligini bilib olishingiz mumkin;
2️⃣ siz tanlagan fanlar majmuasi uchun vakant kvota bor bo’lsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bo’lmasligi mumkin. Menga Toshkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yo’q. Ro’yxatda qayer chiqsa, o’shanga bor, chiqmaganiga yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️32 mingdan ortiq vakant o‘rinlar uchun oltinchi yo‘nalish tanlash boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
🏫 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 ming 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
⌛️2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
📋 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
📢 11-sinf bitiruvchilari va abituriyentlar uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda!
Qabul bo‘yicha quyidagi savollarga javoblarni video orqali bilib oling:
00:10 — Hujjatlar qachongacha qabul qilinadi? 00:16 — Qaysi platforma orqali ariza topshiriladi? 00:28 — Qanday o‘quv shakllari mavjud? 00:32 — Tibbiyot texnikumida o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishi uchun necha kun vaqt beriladi? 00:48 — Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul imtihonlari qanday o‘tkaziladi? 00:54 — Bu yil nechta qabul kvotasi tasdiqlangan? Grant kvota-chi? 01:06 — Dual ta’limga kirgan o‘quvchilar uchun qanday imkoniyatlar bor?Eslatma, qabul: — tibbiyot texnikumlariga abituriyentlar uchun qabul 25-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali; — boshqa texnikumlarga 11-sinf bitiruvchilari uchun qabul 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | X
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi
Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qarori tasdiqlandi.Unga muvofiq: ➖kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilanadi; ➖mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi; ➖10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanib, o‘quvchilar uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi; ➖kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi; ➖Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi; ➖davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi; ➖fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoni raqamlashtiriladi, soddalashtiriladi va ortiqcha byurokratik jarayonlar kamaytiriladi. 🌐 BATAFSIL
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🎒 1-SINF O‘QUVCHILARIGA “PREZIDENT SOVG‘ALARI” ORTILGAN KARVON TUMANLARGA YO‘L OLDI
📚 Samarqand viloyatida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda viloyatda 1 278 ta umumta’lim maktabi hamda 56 ta nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.
🔹 2026–2027-o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasalarining 1-sinfiga 92 ming 923 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 90 ming nafarga yaqin bola maktablarning 1-sinfiga qabul qilindi.
🎁 Bugundan boshlab adm.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘alari” ortilgan karvon viloyat tuman va shaharlariga yo‘l oldi.
📦 Birinchi sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” to‘plami 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat bo‘lib, unga:
▫️ o‘quv sumkasi;
▫️ 12 ta daftar;
▫️ ruchka;
▫️ 2 ta oddiy qalam;
▫️ rangli qalamlar to‘plami;
▫️ rangli qog‘oz;
▫️ plastilin;
▫️ rasm daftari;
▫️ 2 ta o‘chirg‘ich;
▫️ rangli akvarel bo‘yoqlari;
▫️ yelim;
▫️ qalamdon kiritilgan.
✨ Mazkur sovg‘alar yangi o‘quv yilini ilk bor maktab ostonasidan qarshi olayotgan jajji o‘quvchilarga bayramona kayfiyat ulashishi, ularning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
+7
#KelajakMarkazlari
#MaktabMaslahatchilariForumi
🇺🇿Forumning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari To‘xtayev Husan Mirzayevich, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Toshev Farmon Ishoqovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand filiali rahbari Ibragimov Azizbek Sodiqovich shuningdek, Samarqand davlat texnika universiteti rektori Chidem Turkyilmaz, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich so’zga chiqib, forum ishtirokchilarini samimiy qutladilar.
Mehmonlar o‘z nutqlarida maktab maslahatchilarining yoshlar bilan ishlashdagi muhim o‘rni, o‘quvchilarning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi vazifalariga alohida to‘xtaldilar.
📣Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
#Диққат_эълон
‼️‼️‼️
Yurtimiz maktablarida 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi
✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (chorshanba kuni) boshlanadi.
📊 Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
_____
С 2 сентября во всех школах страны начнётся новый учебный год
✅ Во всех общеобразовательных школах республики учебный год начнется 2 сентября.
📊 Кроме того, в этом году более 795 тысяч первоклассникам торжественно вручат «Подарок Президента», включающий 12 наименований школьных принадлежностей.
🟢 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzatib boring.
📱Telegram| 📱 Facebook | 📱 YouTube | 📱Web-sayt
+9
📚 “SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBЕKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDЕVORI” SHIORI OSTIDA BЕSHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI SHO‘BA YIG‘ILISHLARI BO‘LIB O‘TDI
Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabida V Ustozlar milliy forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida ishtirokchilar 9 ta sho‘ba yo‘nalishida seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.
💡 Shuningdek, forum doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, bilim va zukkolik sinovdan o‘tkazildi.
🏆 Bugun forumning so‘nggi kunida faol ishtirokchilarga sertifikatlar berildi. “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari ham munosib taqdirlanib, ular qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
🎁 Faol ishtirok etgan xodimlar va “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblariga sovg‘alarni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev topshirdi.
🎯 Nufuzli ta’lim anjumani yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirishni maqsad qilgan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
+9
#2_kun
✅Samarqand shahridagi 81-maktabda “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlari davom etmoqda.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
+6
1_kun
Samarqand shahrida“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi doirasida ishtirokchilar o‘rtasida "Zakovat " intellektual o‘yini tashkil etildi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
+8
📚 SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI
🇺🇿 Samarqand viloyatida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlari davom etmoqda.
🔹 Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzaev forumning sho‘ba yig‘ilishlariga kirib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
💡 Sho‘ba yig‘ilishlarida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🤝 Forum — ustozlar uchun tajriba almashish, yangi g‘oyalar va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini muhokama qilish uchun muhim professional maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
+9
🇺🇿 SAMARQANDDA V “USTOZLAR MILLIY FORUMI”GA START BERILDI
🌐 Bugun Samarqand shahrida“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi o‘z ishini boshladi.
📍 Forumning ochilish marosimi Samarqand shahridagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda forum ishtirokchilari 9 ta sho‘ba bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
🎯 Mazkur nufuzli ta’lim anjumani yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ustozlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan.
💡 Forum doirasida ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilmoqda.
📚 “Ustoz — millat kelajagini tarbiyalaydi!”
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
✅✅✅✅
✅ “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari doirasida ishtirokchilar Samarqand shahridagi 81- va 13-umumiy oʻrta ta’lim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
+9
⚡️Samarqandda inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari davom etmoqda
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan "Inklyuziv ta'limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminari doirasidagi tadbirlar mazmunli va amaliy ruhda davom etmoqda.
Seminar dasturiga muvofiq, ishtirokchilar Samarqand shahridagi 81- umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida tashkil etilgan inklyuziv ta'lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda alohida ta'lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
📣Diqqat, e’lon!
✅ Xabaringiz bor Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Samarqand shahrida yangidan tashkil etilayotgan 83-umumiy o'rta ta'lim maktabiga o'qituvchilar tanlovini e'lon qilgan.
Tanlovda qatnashish uchun arizalar
joriy yil 25-iyuldan 5-avgust kuniga qadar qabul qilindi.
Tanlovning birinchi bosqichi uchun test sinovlari joriy yilning
8-avgust kuni tashkil etiladi.
🔗Ushbu maktablarga ishga kirish uchun elektron platforma orqali 1 714 nafar talabgor ariza topshirgan.
✅Test sinovlari 2026-yil 8-avgust kuni
reja-jadval asosida tashkil etiladi.
🔵Ishga kirish istagini bildirib ariza yuborgan talabgorlar yuqoridagi reja-jadvalda belgilangan vaqtda test sinovida ishtirok etishini so'raymiz.
📎Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport, ID karta) bilan kelishi talab etiladi.
📌Test o'tkaziladigan joy: Bilimlarini baholash markazi
👉Mo'ljal: Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
📌Lokatsiya:
👇👇👇👇👇👇👇
https://maps.app.goo.gl/RxBuEQFkPX9DUeDr6?g_st=ic
🟢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱Telegram| 📱 Facebook | 📱 YouTube | 📱Web-sayt
+3
Samarqand shahar 81-maktabning 4-M sinf o'quvchisi Toshmuxammadova Nazira sportning Badiiy gimnastika turi bo'yicha Toshkent shahrida Turkiya,BAA,Gruziya Rossiya,Azarbayjon,Qozog'iston,Turkmaniston, Tojikiston davlatlari orasida bo'lib o'tgan Davlatlararo xalqaro musobaqada eng yuqori "A" kategoriyada faxrli 1-o'rinni egalladi
Naziraning yutuqlari davomli bo'lsin 👏👏👏👏👏👏
