en
Feedback
81-MAKTAB | Rasmiy kanal

81-MAKTAB | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402

Show more
2 177
Subscribers
+224 hours
+597 days
+11030 days
Posts Archive
📚 YANGI O‘QUV YILI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN MUROJAAT Hurmatli ota-onalar! Aziz o‘quvchilar! Avvalo, barchangizni yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda “Bilimlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman! Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi maqsadlar, ezgu niyatlar va katta yutuqlar boshlanishi bo‘lishiga tilakdoshman. 📅 Dars mashg‘ulotlari 2026-yil 2-sentabr kunidan boshlanadi. Shu munosabat bilan barcha o‘quvchilarimizdan: 🔹 maktabga belgilangan maktab formasida kelishlarini; 🔹 dars mashg‘ulotlariga kechikmasdan, o‘z vaqtida yetib kelishlarini; 🔹 zarur o‘quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlangan holda kelishlarini; 🔹 maktabga kelish va qaytishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini; 🔹 yo‘lni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tishlarini; 🔹 o‘z xavfsizligi va atrofdagilar xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘rayman. 🚗 HURMATLI OTA-ONALAR! Farzandlarimizning xavfsizligi — barchamiz uchun eng muhim masala. Shu sababli maktab oldida farzandingizni olib kelish yoki olib ketish vaqtida transport vositalarini tartibsiz to‘xtatib, tirbandlik hosil qilmasligingizni, piyodalar va boshqa o‘quvchilarga noqulaylik tug‘dirmasligingizni so‘raymiz. ❗️ Ayniqsa, farzandlaringizning turli avtomototransport vositalarini ruxsatsiz boshqarib maktabga kelishlariga yo‘l qo‘ymang. Bir lahzalik e’tiborsizlik katta baxtsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. 🏫 MAKTABGA KIRISH-CHIQISH TARTIBI Bugungi kunda Samarqand shahar 81-maktabida 4632 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 200 nafar pedagog ta’lim bermoqda. Shunday katta jamoaning maktabga kirib-chiqishini tartibli va xavfsiz tashkil etish biz uchun juda katta mas’uliyat va mashaqqatni talab qiladi. Ayrim ota-onalar farzandlarini maktab ichiga kirib, hatto sinf xonasigacha kuzatib qo‘yishni istashmoqda. Bu esa maktabga kirish-chiqish jarayonida ortiqcha gavjumlikni yuzaga keltirib, o‘quvchilar harakatini nazorat qilish hamda maktabdagi tartib va xavfsizlikni ta’minlash ishlarimizni qiyinlashtirmoqda. 🙏 Shu bois, hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabning kirish darvozasigacha kuzatib qo‘yishingizni va undan keyingi yo‘lni mustaqil ravishda davom ettirishiga imkon berishingizni iltimos qilamiz. ☝️ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda maktabga yangi qabul qilingan o‘quvchilar bundan mustasno. Ularning maktab muhitiga moslashish davrida ota-onalar tomonidan kuzatib borilishiga tushunish bilan qaraymiz. Farzandingizni maktab darvozasigacha kuzatib qo‘yish orqali Siz nafaqat maktabimizdagi tartib va xavfsizlikni ta’minlashga, balki minglab o‘quvchilarning maktabga erkin va xavfsiz kirib-chiqishiga ham o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz. 🤝 Sizning hamkorligingiz — bizning ishimizni yengillashtiradi, farzandingiz xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Keling, yangi o‘quv yilini tartib, intizom, o‘zaro hurmat va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilgan holda boshlaylik! 🌟 Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin! Barcha o‘quvchilarimizga mustahkam sog‘lik, a’lo baholar, ilm olish yo‘lida ulkan zafarlar tilayman! Samarqand shahar 81-maktab direktori

photo content

📚 PEDAGOGIK KENGASHDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI 🗓 Joriy yilning 28-avgust kuni Samarqand shahar 81-maktabda o'tgan o'quv yilida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔰Yig‘ilishda yangi o‘quv yilida maktab faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar natijadorligini yuksaltirish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🎯 2026–2027-o‘quv yilida 81-maktab faoliyatining asosiy shiori:“Sifatli ta’lim — kuchli jamoa — yuqori natija!”
Pedagogik kengash davomida maktab faoliyatining quyidagi 10 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi: 1️⃣ Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchi natijadorligini yuksaltirish 2️⃣ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv 3️⃣ Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish 4️⃣ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish 5️⃣ Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va yuqori natijalarga erishish 6️⃣ O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va maktab madaniyatini yuksaltirish 7️⃣ Ota-ona — maktab — mahalla hamkorligini kuchaytirish 8️⃣ O‘qituvchi mehnatini qadrlash va sog‘lom jamoa muhitini yaratish 9️⃣ Maktabda intizom, xavfsizlik va sog‘lom muhitni ta’minlash 🔟 Maktab boshqaruvida shaffoflik va natijadorlikni ta’minlash 📌 Belgilangan har bir ustuvor vazifa bo‘yicha aniq mas’ullar, bajarish muddatlari va kutilayotgan natijalar belgilab olinib, amalga oshirilgan ishlarni muntazam tahlil va monitoring qilish vazifalari belgilandi. 🔹 Vazifa → Mas’ul → Muddat → Natija → Tahlil Bu tamoyil orqali har bir vazifaning aniq ijrochisi, muddati va natijasi bo‘lishi, amalga oshirilgan ishlar esa muntazam tahlil qilinishi ko‘zda tutiladi. 🤝 Bir maqsad — bir jamoa — bir natija! 📖 Sifatli ta’lim — kelajak poydevori!Maqsad sari intilish — yuksalishning eng ishonchli yo‘lidir! 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram |  🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

#Samarqand81maktab #PedagogikKengash #YangiÕquvYili #TaʼlimSifati #YuqoriNatija #KuchliJamoa
+7
#Samarqand81maktab #PedagogikKengash #YangiÕquvYili #TaʼlimSifati #YuqoriNatija #KuchliJamoa

📚 SINF RAHBARLAR YIG‘ILISHI 🗓 Joriy yilning 27-avgust kuni Samarqand shahar 81-maktabda o'tgan o'quv yilida yo'l qo'yilgan
+7
📚 SINF RAHBARLAR YIG‘ILISHI 🗓 Joriy yilning 27-avgust kuni Samarqand shahar 81-maktabda o'tgan o'quv yilida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar muhokama etilib yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sinf rahbarlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida sinf rahbarlarga: 🔹 o‘quvchilarning maktabga moslashuvi va davomatini nazorat qilish; 🔹 ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish; 🔹 ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash; 🔹 o‘quvchilarning odob-axloqi va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishini ta’minlash; 🔹 sinf jamoasida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 💡 Shuningdek, sinf rahbarlariga o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash hamda har bir o‘quvchining ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram |  🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

✅ Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabi yangi o‘quv yiliga tayyor! 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Tele
+9
Samarqand shahridagi  81-umumta’lim maktabi yangi o‘quv yiliga tayyor! 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram |  🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

🔈"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRLARIGA MARHAMAT! 🎭 Aziz san'at ixlosmandlari! 🎬 Samarqand viloyati musiqali drama teatri sizl
🔈"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRLARIGA MARHAMAT! 🎭 Aziz san'at ixlosmandlari! 🎬 Samarqand viloyati musiqali drama teatri sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlariga taklif etadi. 🗓 2-sentabr kuni ⏱️soat 18:00 da "BAHODIR YALANGTOʻSH" spektakli. 🗓 3-sentabr kuni ⏱️soat 18:00 da "IBRAT" spektakli. 🗓 5-sentabr kuni ⏱️soat 17:00 da "MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY" spektakli. namoyish etiladi. 🎫 Kirish (Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan) mutlaqo bepul. Ma’lumot uchun telefonlar:  📞+998 93353-67-06 📞+998 97396-94-96 🏛 Manzil: Samarqand shahar Koʻksaroy maydoni 3-uy. Moʻljal: (Amir Temur haykalining roʻparasida). Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan madaniy tadbirlar, konsert tomoshalar va koʻngil ochar dasturlardan xabardor boʻlib turishni istasangiz quyidagi telegram kanalimizga aʼzo boʻlishingiz mumkin.👇 https://t.me/TeatrSamarqandYangiliklari

#EduX EduX — OLIMPIADACHILAR UCHUN MUKAMMAL PLATFORMA! ⚡️Platforma to‘liq ishga tushdi! 🤩 Endi uyda o‘tirgan holda ham olimpiadaga tayyorlanasiz, ishtirok etasiz va bilimingizni muntazam mustahkamlab borasiz. PLATFORMA BILAN TANISHISH ⬅️ Platformada: Jonli tahliliy dars, Onlayn olimpiadalar, Ilmiy-motivatsion podkast, Pedagoglarning masalalar muallifligi. 🤩 Har bir ishtirokchi olimpiada yakuni bo'yicha to'plagan foizdan kelib chiqqan holda ballarni qo'lga kiritishadi hamda ballar doimiy jamlanib, Respublika bo'yicha reyting sistemasi shakllantiriladi. Ballarni esa ushbu reyting sistemasida doimiy kuzatib borishingiz mumkin. ⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin

#Soʻrovnoma Siz olimpiadachi ustozmisiz? Yoki hali o‘quvchini xalqaro olimpiadalarga tayyorlamagansiz, ammo olimpiadachilar bilan ishlashga qiziqasizmi? ⚡️Unda bu so‘rovnoma aynan Siz uchun!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan olimpiada ta’limi, ustozlarning ehtiyojlari va olimpiadachilarni tayyorlashga bo‘lgan qiziqishni o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnoma e’lon qilinmoqda.
SO‘ROVNOMAGA KIRISH 👈 ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim. Chunki kuchli olimpiadachi ortida — kuchli ustoz turadi! 📝So‘rovnomada ishtirok eting va olimpiada ustozlari hamjamiyatini shakllantirishga o‘z hissangizni qo‘shing! Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube

photo content

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing! 📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin, endilikda Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin tumanlarida yo’lga qo’yiladi. ✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan 8-sinf o‘quvchilari saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. ✅Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. ⚡️Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 🗣Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🚀Telegram |📷 Instagram

#Samarqand_viloyat_Kelajak_markazi #Mustaqilligimiz_35_yilligi #Milliy_raqs ⚡️Joriy yilning 26-avgust kuni O’zbekiston Respub
+5
#Samarqand_viloyat_Kelajak_markazi #Mustaqilligimiz_35_yilligi #Milliy_raqs ⚡️Joriy yilning 26-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat “Kelajak” markazining 81-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Milliy raqs” to’garak a’zolari uchun Samarqand shahridagi Registon ansambliga sayohat tashkil etildi. ✨ Sayohat davomida to’garak a’zolari diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, tashrif buyurgan mehmonlar uchun ajoyib raqslar ham ijro etishdi. 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram |  🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

Samarqand shahar 81-maktab quyidagi fanlardan vakant ish o'rinlarini e'lon qiladi. 1.Tabiiy fan rus sinflar uchun 14 soat. 2. Fizika rus sinflar uchun 23 soat. 3. Kimyo 8 soat rus o'zbek. 4. Texnologiya 20 soat dekret o'rni qizlar uchun. 5. Jismoniy tarbiya qizlar rus sinf 1 st. 6. Jismoniy tarbiya yuqori sinf o'g'il bolalar 1 st. 7. Matematika rus sinflar 25 soat. 8. Matematika 15 soat uy ta'limi o'zbek sinf. 9. Rus tili dekret o'rni. Yuqoridagi vakant dars soatlariga pedagogik tajribaga ega xodimlarni ishga taklif qilamiz.

Repost from Xushnudbek.uz
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang: 1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan,
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang: 1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan, tarix + chet tili yo’nalishida vakant joy yo’qligini ko’rsatmoqda. My.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali bo’sh joy bor yoki yo’qligini bilib olishingiz mumkin; 2️⃣ siz tanlagan fanlar majmuasi uchun vakant kvota bor bo’lsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bo’lmasligi mumkin. Menga Toshkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yo’q. Ro’yxatda qayer chiqsa, o’shanga bor, chiqmaganiga yo’q. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
❗️32 mingdan ortiq vakant o‘rinlar uchun oltinchi yo‘nalish tanlash boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’li
❗️32 mingdan ortiq vakant o‘rinlar uchun oltinchi yo‘nalish tanlash boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 🏫 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 ming 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. ⌛️2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. 📋 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

📢 11-sinf bitiruvchilari va abituriyentlar uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda! Qabul bo‘yicha quyidagi savollarga javoblarni video orqali bilib oling:
00:10 — Hujjatlar qachongacha qabul qilinadi? 00:16 — Qaysi platforma orqali ariza topshiriladi? 00:28 — Qanday o‘quv shakllari mavjud? 00:32 — Tibbiyot texnikumida o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishi uchun necha kun vaqt beriladi? 00:48 — Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul imtihonlari qanday o‘tkaziladi? 00:54 — Bu yil nechta qabul kvotasi tasdiqlangan? Grant kvota-chi? 01:06 — Dual ta’limga kirgan o‘quvchilar uchun qanday imkoniyatlar bor?
Eslatma, qabul: — tibbiyot texnikumlariga abituriyentlar uchun qabul 25-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali; — boshqa texnikumlarga 11-sinf bitiruvchilari uchun qabul 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | X

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi
Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qarori tasdiqlandi.
Unga muvofiq: ➖kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilanadi; ➖mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi; ➖10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanib, o‘quvchilar uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi; ➖kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi; ➖Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi; ➖davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi; ➖fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoni raqamlashtiriladi, soddalashtiriladi va ortiqcha byurokratik jarayonlar kamaytiriladi. 🌐 BATAFSIL
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

+6
🎒 1-SINF O‘QUVCHILARIGA “PREZIDENT SOVG‘ALARI” ORTILGAN KARVON TUMANLARGA YO‘L OLDI 📚 Samarqand viloyatida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda viloyatda 1 278 ta umumta’lim maktabi hamda 56 ta nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. 🔹 2026–2027-o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasalarining 1-sinfiga 92 ming 923 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 90 ming nafarga yaqin bola maktablarning 1-sinfiga qabul qilindi. 🎁 Bugundan boshlab adm.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘alari” ortilgan karvon viloyat tuman va shaharlariga yo‘l oldi. 📦 Birinchi sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” to‘plami 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat bo‘lib, unga: ▫️ o‘quv sumkasi; ▫️ 12 ta daftar; ▫️ ruchka; ▫️ 2 ta oddiy qalam; ▫️ rangli qalamlar to‘plami; ▫️ rangli qog‘oz; ▫️ plastilin; ▫️ rasm daftari; ▫️ 2 ta o‘chirg‘ich; ▫️ rangli akvarel bo‘yoqlari; ▫️ yelim; ▫️ qalamdon kiritilgan. ✨ Mazkur sovg‘alar yangi o‘quv yilini ilk bor maktab ostonasidan qarshi olayotgan jajji o‘quvchilarga bayramona kayfiyat ulashishi, ularning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati             📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchilariForumi 🇺🇿Forumning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari To‘xt
+7
#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchilariForumi 🇺🇿Forumning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari To‘xtayev Husan Mirzayevich, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Toshev Farmon Ishoqovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand filiali rahbari Ibragimov Azizbek Sodiqovich shuningdek, Samarqand davlat texnika universiteti rektori Chidem Turkyilmaz, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich so’zga chiqib, forum ishtirokchilarini samimiy qutladilar. Mehmonlar o‘z nutqlarida maktab maslahatchilarining yoshlar bilan ishlashdagi muhim o‘rni, o‘quvchilarning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi vazifalariga alohida to‘xtaldilar. 📣Bizni kuzatishda davom eting! Telegram| Instagram| Facebook| YouTube