Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Open in Telegram
Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Show more3 331
Subscribers
-924 hours
+4357 days
+1 07030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+792
in 7 channels
August '26
+1 375
in 6 channels
Get PRO
July '26
+23
in 7 channels
Get PRO
June '26
+9
in 5 channels
Get PRO
May '26
+77
in 7 channels
Get PRO
April '26
+69
in 7 channels
Get PRO
March '26
+71
in 6 channels
Get PRO
February '26
+17
in 2 channels
Get PRO
January '26
+26
in 3 channels
Get PRO
December '25
+43
in 6 channels
Get PRO
November '25
+86
in 2 channels
Get PRO
October '25
+38
in 3 channels
Get PRO
September '25
+17
in 1 channels
Get PRO
August '25
+38
in 3 channels
Get PRO
July '25
+81
in 4 channels
Get PRO
June '25
+1 224
in 2 channels
Get PRO
May '25
+58
in 2 channels
Get PRO
April '25
+33
in 3 channels
Get PRO
March '25
+80
in 0 channels
Get PRO
February '25
+64
in 3 channels
Get PRO
January '25
+25
in 5 channels
Get PRO
December '24
+440
in 3 channels
Get PRO
November '24
+111
in 5 channels
Get PRO
October '24
+41
in 2 channels
Get PRO
September '24
+31
in 3 channels
Get PRO
August '24
+142
in 6 channels
Get PRO
July '24
+33
in 4 channels
Get PRO
June '24
+56
in 3 channels
Get PRO
May '24
+102
in 6 channels
Get PRO
April '24
+73
in 2 channels
Get PRO
March '24
+116
in 4 channels
Get PRO
February '24
+81
in 1 channels
Get PRO
January '24
+73
in 3 channels
Get PRO
December '23
+90
in 4 channels
Get PRO
November '23
+77
in 3 channels
Get PRO
October '23
+42
in 5 channels
Get PRO
September '23
+81
in 0 channels
Get PRO
August '23
+89
in 0 channels
Get PRO
July '23
+24
in 0 channels
Get PRO
June '23
+45
in 0 channels
Get PRO
May '23
+94
in 0 channels
Get PRO
April '23
+67
in 0 channels
Get PRO
March '23
+55
in 0 channels
Get PRO
February '23
+22
in 0 channels
Get PRO
January '23
+15
in 0 channels
Get PRO
December '22
+18
in 0 channels
Get PRO
November '22
+22
in 0 channels
Get PRO
October '22
+23
in 0 channels
Get PRO
September '22
+18
in 0 channels
Get PRO
August '22
+27
in 0 channels
Get PRO
July '22
+5
in 0 channels
Get PRO
June '22
+16
in 0 channels
Get PRO
May '22
+39
in 0 channels
Get PRO
April '22
+55
in 0 channels
Get PRO
March '22
+9
in 0 channels
Get PRO
February '22
+8
in 0 channels
Get PRO
January '22
+26
in 0 channels
Get PRO
December '21
+143
in 0 channels
Get PRO
November '21
+19
in 0 channels
Get PRO
October '21
+27
in 0 channels
Get PRO
September '21
+7
in 0 channels
Get PRO
August '21
+11
in 0 channels
Get PRO
July '21
+32
in 0 channels
Get PRO
June '21
+33
in 0 channels
Get PRO
May '21
+293
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +131 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +2 | |||
| 04 September | +4 | |||
| 03 September | +64 | |||
| 02 September | +590 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
📣 XORAZM VILOYATI AHOLISI DIQQATIGA!
📅 9-sentyabrdan 11-sentyabrgacha Xorazm viloyatidagi barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalarida bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi!
🩺 Tibbiy ko‘rik doirasida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
👨⚕️ Malakali tor mutaxassislar konsultatsiyasi;
🧪 Laboratoriya tahlillari;
🩻 Instrumental diagnostika;
🚑 Mobil poliklinika xizmati;
🎗 Mobil mammografiya xizmati.
❗️Aziz yurtdoshlar! O‘z salomatligingizga e’tiborli bo‘ling va bepul tibbiy ko‘rikda faol ishtirok eting!
Telegram | Instagram | YouTube
| 2 | ⁉️103 RAQAMIGA QACHON QO‘NG‘IROQ QILISH KERAK?
Tez yordam hayot uchun xavf tug‘diradigan yoki shoshilinch tibbiy yordam talab qiladigan holatlarda chaqiriladi. Masalan, hushdan ketish, nafas olish qiyinlashishi, kuchli og‘riqlar, og‘ir jarohatlar va boshqa shoshilinch holatlarda. Bunday vaziyatlarda vaqtni boy bermang — 103 raqamiga tezroq qo‘ng‘iroq qiling.
📲 Videoni Instagramda tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozing:
👉 https://www.instagram.com/reel/Dc292Iyqy8s/?stkn=MTBhZmp1dTFxanpsYg==
Telegram | Instagram | YouTube | 1 199 |
| 3 | XITOYLIK SHIFOKORLAR XORAZMDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK VA OPERATSIYALARNI BOSHLADI
📲 Videoni Instagramda tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozing:
👉 https://www.instagram.com/reel/Dc-8eA6KPvO/?stkn=MTExdWU2bWk5cHY0Yw==
Telegram | Instagram | YouTube | 1 682 |
| 4 | XITOYLIK SHIFOKORLAR XORAZMDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK VA OPERATSIYALARNI BOSHLADI
“Future Smile” O‘zbekiston — Xitoy do‘stlik tibbiyot missiyasi doirasida Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan bir guruh malakali mutaxassislar tashrif buyurdi.
Xayriya loyihasi doirasida xitoylik tajribali ortoped, plastik jarroh va urologlar 7-sentyabrdan 15-sentyabrga qadar bolalarni bepul ko‘rikdan o‘tkazib, zarur jarrohlik amaliyotlarini bajarishadi. Hozirgi kunga qadar 61 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 29 nafarida murakkab operatsiyalarni o‘tkazish rejalashtirildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 639 |
| 5 | URGANCH SHAHRIDA PATRONAJ HAMSHIRALARI UCHUN SEMINAR-TRENING
Sog‘liqni saqlash vaziri, Xorazm viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan tuman (shahar)lar darajasida endokrinologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Urganch shahri Tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan endokrinologik yordam sifatini oshirish hamda kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida patronaj hamshiralari uchun o‘quv seminar-treningi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining malakali trener-mutaxassislari tomonidan endokrin kasalliklarining eng ko‘p uchraydigan 6 ta turi bo‘yicha bemorlarni to‘g‘ri va vaqtida yo‘naltirish (marshrutini ta’minlash) ko‘nikmalari oshirildi. Ushbu o‘quv seminar-treninglari tasdiqlangan reja-grafik asosida viloyatimizning boshqa tuman va shaharlarida ham bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram | Instagram | YouTube | 941 |
| 6 | 🔹 “DGI Health” istiqbolli startup loyihasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹DMED dasturidan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹Endokrinologiya xizmati va endoskrining natijalari muhokama qilindi.
🔹 Qo‘shko‘pir tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Urganch shahridagi 3-son oilaviy poliklinikadagi DH36 gematologik avtomat analizatori LIS moduliga, shuningdek, Rentgen hamda UTT apparatlari PACS moduliga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi.
Telegram | Instagram | YouTube | 862 |
| 7 | Xorazm viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi faoliyatiga doir haftalik dayjest:
🔹 Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi delegatsiyasi o‘zaro tajriba almashish maqsadida Samarqand viloyatida bo‘ldi.
🔹Gurlan tumanida malakali shifokorlar tomonidan bemorlarda murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N. Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qurbonovlar raisligida yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹Gurlan hamda Yangibozor tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida o‘rganishlar o‘tkazildi.
🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Tohir Palvanovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. | 883 |
| 8 | DMED DASTURIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N.Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev rahbarligida viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yana bir muhim yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda DMED tizimidagi elektron poliklinika, elektron shifoxona, elektron retsept, laboratoriya modullari bilan ishlash va ularning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bu borada tibbiyot xodimlarning mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga muassasalarda fuqarolarga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan tegishli qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 452 |
| 9 | TIBBIYOTDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
Shovot tumanining IT mutaxassisi X.Abdrimov tomonidan DMED yagona tibbiyot axborot tizimining PACS va LIS modullariga ulash bo'yicha tibbiyot muassasalaridagi analizator va apparatlarni ko'zdan kechirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Urganch shahridagi 3-son oilaviy poliklinikadagi DH36 gematologik avtomat analizatori LIS (Laboratoriya axborot tizimi)ga, shuningdek, Rentgen hamda UTT (ultratovush diagnostikasi) apparatlari PACS (Tibbiy tasvirlarni arxivlash va uzatish tizimi) modullariga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi. Ushbu raqamli tizimlarning joriy etilishi tahlil va diagnostika natijalarini tezkorlik bilan elektron shaklga o'tkazish, shifokorlar o'rtasida ma'lumot almashinuvini soddalashtirish hamda bemorlarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | YouTube | 3 144 |
| 10 | QO‘SHKO‘PIR TUMANIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev rahbarligida Qo‘shko‘pir tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish hamda 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran amaliyotga kiritiladigan yangiliklarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik imkoniyatlarini tubdan yaxshilash, belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash, shuningdek, fuqarolarga barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan tegishli qat'iy ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 094 |
| 11 | TUMAN VA SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMALARIDA DMED DASTURIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N.Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev rahbarligida barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda DMED tizimidagi elektron poliklinika, elektron shifoxona, elektron retsept, laboratoriya modullari bilan ishlash holati jiddiy tanqid ostiga olindi. Ayrim muassasalarda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanilmayotganligi ta'kidlanib, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator rahbarlarga qat’iy ogohlantirishlar berildi. Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tegishli qat’iy ko‘rsatmalar belgilab berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 566 |
| 12 | ENDOKRINOLOGIYA XIZMATI VA ENDOSKRINING NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Raxmatullayev rahbarligida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari APH bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomidagi hududlarda endokrinologiya xizmatida bajarilgan ishlar hamda 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan endoskrining natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, birlamchi bo‘g‘inda aholi o‘rtasida endokrin kasalliklarning barvaqt oldini olish, qandli diabet va boshqa kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron bazasini sifatli yuritish hamda ularga manzilli tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 993 |
| 13 | DMED DASTURIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N.Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev rahbarligida viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yana bir muhim yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda DMED tizimidagi elektron poliklinika, elektron shifoxona, elektron retsept, laboratoriya modullari bilan ishlash va ularning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bu borada tibbiyot xodimlarning mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga muassasalarda fuqarolarga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan tegishli qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 329 |
| 14 | YOSH MUTAXASSISLARNING TIBBIY STARTUP LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI
Urganch davlat tibbiyot instituti A.Baxtiyarova hamda Ranch texnologiyalari universiteti magistranti S.Saidmurodov hamkorlikda “DGI Health” nomli istiqbolli startup loyihasini ishlab chiqmoqda. Mazkur loyiha yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N.Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qurbonovlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida loyihani amaliyotga joriy etish, tibbiyot sohasini raqamlashtirish jarayonlariga integratsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilinib, uning kelgusidagi rivoji va samaradorligini oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 046 |
| 15 | DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Xorazm viloyati yoshlar markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Tohir Palvanovning faol yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, “Adolat” SDP Xorazm viloyati Kengashi raisi S.Sodiqov, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B.Olimov hamda viloyatdagi faol yoshlar ishtirok etdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning ta’lim, tibbiyot, bandlik va ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlarga oid fikr-takliflari tinglandi. Xususan, tibbiyot sohasida o‘z tashabbuslari bilan qatnashayotgan yoshlarning g‘oyalari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi takliflari muhokama markazida bo‘ldi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 550 |
| 16 | MY5 TELEKANALIDA MAXSUS LAVHA NAMOYISH ETILDI
Xorazm viloyati qon quyish markazi faoliyati haqidagi maxsus lavha MY5 telekanalining “Gapiring” tok-shousida efirga uzatildi. Lavhada markazning bugungi kundagi faoliyati, donorlik harakatining ahamiyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Bir donor topshirgan qon bir nechta bemorga yordam berishi mumkin.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 481 |
| 17 | TIBBIYOT MUASSASALARIDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI O‘RGANILMOQDA
Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N.Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qurbonovlar rahbarligida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalarida “DMED” tizimining yuritilishi, Kassa tizimi integratsiyasi, laboratoriya jarayonlari va texnik jihozlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ombor tizimidagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 766 |
| 18 | GURLAN VA YANGIBOZOR TUMANIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MUHOKAMA QILINDI
Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev rahbarligida Gurlan hamda Yangibozor tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish hamda 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran amaliyotga kiritiladigan yangiliklarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash, belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ijro etish va aholiga qulay, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 2 100 |
| 19 | 📢 Hurmatli fuqarolar!
🚨 Shifoxonalar hududi va kirish yo‘laklarida avtomobilingizni qoldirmang! Tez yordam avtomobillari uchun doim yo‘llarni ochiq tutishingizni so‘raymiz.
Bitta noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobil sabab yo‘qotilgan bir necha daqiqa — kimningdir salomatligi va hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
📲 Videoni Instagramda tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozing:
👉 https://www.instagram.com/reel/Dcxu6N-q01X/?igsi=bXdreDMzYzcxeHF5
🚑 Yo‘l bering — inson hayotini saqlab qolishda ko‘maklashing!
Telegram | Instagram | YouTube | 4 092 |
| 20 | SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI MUHOKAMA QILINDI
Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli siyosat va regulyatorika boshqarmasi boshlig‘i N. Allaberganov hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qurbonovlar raisligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Videokonferensaloqa shaklida IT-operatorlari va AKT mutaxassislari uchun o‘tkazilgan yig‘ilishda raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, tibbiyot muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda raqamli sog‘liqni saqlash tizimiga doir mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, IT-operatorlari va AKT mutaxassislarining kundalik faoliyatidagi amaliy takliflari tinglandi va mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Instagram | YouTube | 1 421 |
