cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"Хоразм ва хоразмликлар" расмий канали

Advertising posts
1 555Subscribers
+124 hours
-37 days
+5330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Хива шаҳрида расман "Lazgi II" Халқаро рақс фестивалининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди. Расмий очилиш маросимда бир қатор Ўзбек санъатининг устоз санъаткорлари ва Ўзбек эстрадаси юлдузлари ва кўплаб вакиллари иштирок этишди. Маълумот ўрнида Лазги 2019 йилда ЮНЕСКОнинг номоддий маданий мероси дурдоналари рўйхатига киритилган бўлиб ушбу фестивалда дунёнинг 22 давлатидан вакиллар қатнашади. Хива шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати
Show all...
🥊🇺🇿Танишинг, бу Хоразм углони Исроил Мадримовнинг кейинги рақиби Теренс Кроуфорд Мадримовни супер жанг кутмоқда, чунки Кроуфорд ҳали бирор марта мағлуб бўлмаган. У "P4P" рейтингида етакчи. Ҳа, у Бивол, Усик ва Фьюри каби машҳурлардан юқорида. Кроуфорднинг ҳисобида 40 та жанг ва 40 та ғалаба бор. Бокс кечаси 3 август куни Лос-Анжелесда бўлиб ўтади. Кроуфорд - Мадримов тўқнашуви оқшомнинг марказий жангидир.
Show all...
👍 22
#HAMDARDLIK Xonanda Feruza Jumaniyazovaning volidasi Zuhra Jumaniyazovaning vafoti munosabati bilan Madaniyat boshqarmasi nomidan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiramiz. O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!
Show all...
😢 14👍 1
Хазоразсп туман 1990 йиллар👍😊 Хазораспликлар борми гурухимизда, Уша пайтлар эсингиздами, кимни танидингизлар?
Show all...
👍 16
Хоразм булбули, Ўзбекистон халқ артисти Оғабек Собиров “Тожикистон халқ ҳофизи” унвонини олибди. Буюк ҳофизимизни ушбу юксак эътироф билан муборакбод атамиз! 👏🎉🥇
Show all...
👍 56 4
Географ ал Идриси .. Карта Хорезма..
Show all...
👍 8
Африкада хам хоразмликлар бор деса ишонаверинг😄👍 Исоп лекин...
Show all...
👍 21 3
Tarixchilarga savol: Xorazmda va Hindistonda sabzini gashir deyishadi. Nechun?
Show all...
👍 6 3🔥 1
Taʼziya ERKIN SAMANDAR VAFOT ETDI Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar vafot etdi. Erkin Samandar 1935-yilning 22-martida Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1957-yili viloyat Pedogogika institutini, 1967-yili O‘zFA Til va adabiyot institutining aspiranturasini tamomlagan. O‘zbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri, adabiy-dramatik eshittirishlar dasturining bosh muharriri, “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan. Birinchi sheʼriy to‘plami “Amu jilolalari” (1966) nomi bilan chop qilingan. Shuningdek, uning “Dunyoning yoshligi” (1968), “Osmon to‘la nur” (1970), “Vafo degan gavhar” (1973), “Mening yigitlik vaqtim” (saylanma, 1979), “Qabul soatlari” (1980), “Sohildagi bolalar” (1982), “Яблоня во дворе” (Moskva, 1982), “Bahor oqshomlari” (1984), “Шедрост рассвета” (1985), “Sevgi fasllari” (1987), “Bu bog‘ni qaysi bog‘ derlar” (1988), “Sevgi kitobi” (1996), “Va yana bahor” (2010, Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Ko‘ngil yoshligi” (2010) kabi sheʼriy to‘plamlari nashr etilgan. “Osmonning tosh tulpori”, “Oltin sandiq”, “Qo‘shiq izlab”, “Samarqandni oshiqlar qurgan” kabi dostonlari, 100 dan ortiq qo‘shiqlar muallifidir. Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” (roman, 1989), “Tangri qudug‘i” (roman, birinchi kitob 1989), “Quduq tubidan sadolar” (roman, ikkinchi kitob, 1989), “Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy” (2000), “Sulton Jaloliddin” (roman, 2007), “Quyun yuzlari yoxud Ogahiy” (roman, 2009), “G‘ayb qushlari” (roman, qissa va hikoyalar, 2011) kabi kitoblar muallifi hamdir. Dramaturg sifatida “Javohir” (musiqali drama, 1984), “Ajdodlar qilichi” (tarixiy drama, 1986), “Jaloliddin Manguberdi” (“Yot hujra”, pyesa, 1988), “Bashorat” (musiqali drama, 1988), “Arabmuhammad” (tarixiy drama, 1992), “Dilda borim” (musiqali komediya, 2012) kabi sahna asarlarini yozdi. “Avaz O‘tar”, “Madraim Sheroziy”, “Ming otlilar diyori”, “Ogahiy qo‘lini olgan rais”, “Xiva”, “Qum sayli” kabi hujjatli-publitsistik filmlar yaratdi, ko‘plab esselar yozdi. Xorazm viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Dilda borim” (2012) va “Jaloliddin Manguberdi” (2019) spektakllari sahnalashtirilgan. Erkin Samandar milliy adabiyotimiz va jurnalistikamizni rivojlantirishdagi samarali hissasi uchun Vatanimizning oliy mukofotlari – “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1990) faxriy unvoni va “Do‘stlik” (2015) ordeniga sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari uyushma aʼzosi Erkin Samandarning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Janoza namozi ertaga, 14-aprel kuni soat 12:00da Urganch shahri Jaloliddin Manguberdi ko‘chasi, 60-uy, shoir xonadonida o‘qiladi. Mo‘ljal: Viloyat bojxona boshqarmasi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Show all...

😢 19
Открыть комментарии