cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Hoshimov Iqtisodiyoti

Канал мухлис томонидан юритилади Мурожаат учун: @econ_uzb Расмий канал: @iqtisodchi_kundaligi Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/ YouTube: https://www.youtube.com/@hoshimoviqtisodiyoti https://youtube.com/@Uzbekonomics

Show more
Tajikistan3 066The language is not specifiedEconomy & Finance54 511
Advertising posts
901
Subscribers
+224 hours
+17 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Juda zoʻr imkoniyat! Iqtisodiy til bilan aytsak — haqiqiy yulduzlar Oʻzbekistonga kelishmoqda ekan. Iqtisodiyotga va metodlarga qiziqsangiz albatta hujjat topshiring. Toʻgʻrisi, oʻzim ham topshirishni oʻylayapman… Stiven Durlauf hozirgi Chikago universitet professori, hozir u Chikagoda Hekman bilan birga tadqiqot markaz ko-direktori. Dunyodagi eng yorqin ekonometrik mutafakkirlardan. Uning leksiyalaridan keyin, toʻgʻrisi, qarsak chalgim kelgan edi. Omadim kelib, menga umrimdagi birinchi ekonometrika kursini aynan u oʻtgan, oʻsha payt Viskonsinda ishlagan edi. Lourens Blume hamma bilgan iqtisodchilar uchun matematika kitobi hammuallifi — bir necha avlod iqtisodchilar uni yozgan kitoblaridan dars olib kelishmoqda. Xullas qoʻyib yuborish mumkin emas bunday imkoniyatni. Albatta topshiring. Deadline bugun ekan. Ochig'ini aytsam - O'zbekistonda bunday narsa tashkil qilingani - katta narsa. https://econsummer.newuu.uz/
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Amerikaliklar daromadlarini 6.7% ni oziq-ovqat uchun ishlatishar ekan. Dunyodagi eng kichik ko’rsatkich.
Show all...
👍 3
Repost from Uzbekonomics
​​“Uzbekonomics” podkastimiz bu yil 5 yoshga to’ladi. Shu munosabat bilan podkastimizning navbatdagi sonini O’zbekistonda jonli va muxlislar bilan birga yozishga qaror qildik. AloqaBank hamkorligi va yordamida tashkil etilayotgan va Toshkentda 26 iyun kuni bo’ladigan bu tadbirga podkastimiz obunachilari, muxlislari va umuman qiziqqanlarni taklif etamiz. Jarayonda podkastning yangi epizodi jonli ravishda yoziladi va so’ng muxlislar bilan jonli suhbat qilish imkoniyati bo'ladi. Joylar chegaralangan. Qatnashish uchun quyidagi havola orqali registratsiya qilishingiz talab qilinadi: https://forms.gle/KqkzmraU4URVJveA8 Podkastimizni yillar davomida tinglab, tomosha qilib, ulashib kelayotgan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Toshkentda ko'rishguncha! Botir Kobilov | Behzod Hoshimov @uzbekonomics
Show all...

🔥 5
Assalomu Alaykum Barchangizga Qurbon hayiti muborak bo'lsin. Oilangizga sog'lik salomatlik, o'zingizni olayotgan ilmingizga, qilayotgan kasbi kamolingizga barakot tilayman.
Show all...
👍 10🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Taylor Sviftni monetar siyosatga ta'siri haqida qo'shimcha. Britaniya Markaziy Banki konsertni sanasiga qarab stavkani belgilash haqida fikrlamoqda.
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Internetdan. Ko'pchilik nomini ham eshitmagan Xitoyni yetti quyosh energiyasi kompaniyalari Exxon, Chevron, Shell va BPlardan ko'ra global iqtisodiyot uchun, KO'PROQ energiya ishlab chiqaryapti. Uglevodorodlar asri tugashi biz o’ylagandan tezroq kechmoqda. Tosh asri tugashi ham, toshlar qolmagani uchun bo’lmagan. @Hoshimoviqtisodiyoti
Show all...
👍 8
Qiziq fikrlar. Men buni teskarisini aytgan bo’lar edim: Amerika nihiyatda g’amxo’r, hatto mutlaq notanish odamlarga. Amerikaliklar shunday bo’lganiga. Kechagina chegaradan noqonuniy yo’l bilan o’tgan muhojirlarga ham, hatto uy berishadi, ovqat beradi, jamoat maktablariga bolalarini bir xujjat so’ramasdan olishadi. Bolalarga ovqat, teglik va kiyimlarni ham berishadi. “G’amxo’r va hamdard” amerikani ko’proq ko’rgandekman. “Qirni ustidagi charaqlaydigan shahar” nomi - adolatli berilgan deb o’ylayman. Balki shuning uchundir, o’ylayman, insonlar ko’chib kelmoqchi bo’lgan eng jozibador makon. Lekin qurol yarog’ haqiqatdan juda bir katta muammo - va hal bo’lishi ko’rinmaydigandek… https://t.me/profsherzod/156
Show all...
Prof. Sherzod

Шафқатсиз Америка Мартда 11 йиллик танаффусдан сўнг АҚШга бордим. Қайтгач, сафар таассуротлари ҳақида нимадир ёзмоқчи эдим. Аммо иш билан бўлиб, қолиб кетди. Бугун дўстлардан бири мана бу хабарни юбориб қолди. Вашингтон штати Рентон шаҳрида (мен борган Катта Сиэтлга киради) 17 ёшли ўсмир спорт маҳсулотлари сотиладиган дўконга ўзи сотиб олган милтиқни қайтариб бериш учун келганида, уни қурол кўтариб дўконни ўмаришга келяпти деб ўйлаган қўриқчи отиб ўлдирган. Қизиғи, боланинг қўлидаги милтиқ пластмасса ўйинчоқ бўлган. Яъни, бировнинг 17 йил катта қилиб, кўзларига сурган боласини бир аҳмоқ бир лаҳзада ҳаётдан ўчирган... Бизда "Америка—сеҳрли диёр" деган гап кўп айтилади. Тан оламан, Америка сехрли. Ўзимдан келиб чиқиб айтай: энг номдор университетлар ўша ерда. Ҳарвард, Стэнфорд, Принстон. Энг зўр шаҳарлар (гарчи мен учун биронтаси Токиога тенг келмаса-да). Соҳамдаги—аслида, хоҳлаган соҳадаги—энг қизиқ олимлар, тадқиқотлар, лойиҳалар Америкада. Дунёнинг етук олимлари ўз уюшмалари ҳар йили ташкил қиладиган конференцияларда…

Koviddan keyingi “yumshoq qo’nish” sodir bo’lyapti. Lekin bir ikki chegaralar bilan. Aynan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda mamlakatlararo farqlar keskinlashyapti. AQShda muammo - iqtisodiyot keragidan ortiq “qizib” ketgan, juda tez iqtisodiy o’sish va inflyatsiya. Xitoyda teskarisi - sekin o’sish, kutilmalardan sekin samaradorlik oshishi va tabiiyki past inflyatsiya. @Hoshimoviqtisodiyoti
Show all...
Hoshimov Iqtisodiyotini ko’rganlarga rahmat. Yozda ham bir ikki sonini olaman. Reja qilyapman. Agar hamkor chiqsa undan ham zo’r bo’ladi. Behzod Hoshimov
Show all...
🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
Afsona borki, xuddi Sovet paytida O’zbeklarni hammasi, yoki bo’lmasa, ko’pi ruschada erkin gapirgan. Bu albatta xato. Sovet Ittifoqi qulashidan oldin eng oxirgi aholini ro’yxatga olishda 1989 yili, Rus tili bilish haqida savol bo’lgan. Shunda, O’zbeklar Sovet millatlari ichida ruschda eng yomon gaplashadigan xalq bo’lib topilgan edi. Aytish joizki, o’sha payt, bilmagan odam ham “bilaman” deyishi ehtimoli balandroq edi. Ya’ni bu oshirib ko’rsatilgan raqamlar (Latishlarga qarang). Shuning uchun, agar sizni ajdodlaringiz, 89-yilda ruscha bemalol so’zlay olishgan bo’lishsa demak ular O’zbeklarni ichida kamchlikni tashkil etishgan. Menimcha bu afsonaga sabablaridan biri ham shu bo’lib kelmoqda. Dodalarimiz ruscha so’ylagan bo’lsa - demak o’sha payt hamma shunday gapirgan deb o’ylashimiz mumkin. Lekin unday bo’lmagan. @Hoshimoviqtisodiyoti
Show all...
👍 6
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.