cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring

Show more
Advertising posts
1 515
Subscribers
-324 hours
-107 days
-5930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube (Yoshlar ovozi gazetasi) , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi (@yoshlarovozi) obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan. Hozirgi matbuot xuddi shunday yo‘l tutishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasi misolida buni ko‘ramiz.
Show all...
👍 6🔥 1
​​Kimdir taqib ketsa, indamay taqib yuravermang. Georgiy tasmasi nima o‘zi u? Har yili 9-may arafasida Georgiy tasmasining tarqatilishini, uning tarixini bilib-bilmay, goh ko‘ksiga, goh mashinasiga taqib yuradigan yurtdoshlarimizni ko‘rib hayron qolasan kishi. Axir bu tasma ortida qanchalik qora tarix bor! Yekaterina II davrida, rus-turk urushi paytida joriy etilgan bu tasma va shu nomdagi orden urushda jasorat ko‘rsatgan rus harbiylariga berilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu tasma o‘zga yurt tuproqlarini toptagan, bosib olgan bosqinchilarga rag‘bat ramziga aylangan. Uch qator qora va ikki qator to‘q sariq rangdan iborat bu tasma chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasiga bosqinchilik yurishlari davrida bosqin uchun mukofot bo‘lgan. Bizning ota-bobolarimiz qonini to‘kkani uchun ne-ne bosqinchilar bu tasmani taqmagan deysiz. “Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida shu mazmun aks etgani achchiq haqiqat. Begunoh odamlarning to‘kilgan daryo-daryo qonlari, mushtipar ayollarning ohu voylari, yetim qolib bo‘zlagan bolalarning faryodlari, yonib ketgan uylar, vayron bo‘lgan binolar, zo‘ravonlik va xo‘rlikning haddi a’losiga yetishi ortida bu tasma yomg‘irdan keyin chiqqan kamalak kabi tovlanib turadi. Bu qora tarixni bilmasdan yoki ongli ravishda qatida qon jilvalanib turgan tasmani tarqatish kimgadir kerakdir, lekin uni taqish sharafsizlik emasmi? Hech bir vatanparvar inson bu tasmani o‘ziga ravo ko‘rmaydi, aksincha, undan jirkanadi. O‘zbek degan millat o‘ziga qilingan yomonlikni kechirishi mumkin, lekin hech qachon unutmaydi. Biz ota-bobolarga munosib avlod bo‘lish uchun eng avval ularning qonini to‘kkan dushmanlarni tanib olishimiz zarur. Zotan, o‘z vataningni bosib, talab, vayron qilib, uni toptagan bosqinchiga muhabbat qo‘yish, uning faxr belgisi bo‘lmish – ramziy tasmasini taqish millatga nisbatan xiyonatdir. Biz faxr qiladigan muqaddas bayrog‘imiz bor. Ataylab bizga tiqishtiriladigan yovuz tasma o‘rniga o‘z bayrog‘imiz tasvirlangan tasmalarni taqib yurganga nima yetsin! Ularga munosib javob shu! Yaqinlarni ogohlantirishni unutmang! @masofatalim
Show all...

12💯 2👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!” 🎗Yoshlar ishlari agentligi jamoasi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi! Bu kun xotiralari – Ikkinchi jahon urushi oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. 🇺🇿Tinchligimizga ko‘z tegmasin! #9mayXotiravaqadrlashkuni
Show all...
👍 8🔥 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Ya’ni, grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
Show all...
6🔥 2
Камола Алиева ва Дилфуза Куроловаларнинг фикрларига қўшиламан. Жумладан қуйидагиларга: 1. Оилавий зўравонликни криминаллаштирувчи Қонун қабул қилинганидан кейин зўравонлик бўйича мурожаатлар статистикаси ортганини табиий ҳол деб қабул қилиш керак. Чунки энди мурожаатлар қайд этиляпти, ишлар очиляпти, табиийки, статистикада 0 дан юқори рақамлар пайдо бўлади. “Кейинчалик зўравонлик бўйича жавобгарликка тортилаётганларни кўрганларга бу таъсир қилиб, тийилиш эффекти пайдо бўлади ва статистика тушади” деяпти Куролова. Умид қиламиз. 2. Интернетда аёлларнинг булинг қилиниши, хусусан, Лола кейсига тўхталишган. Куролова ўзининг шахсий тажрибасини гапириб, интернетда унга нисбатан “хейт” бошланганида бирданига юзлаб одамлар чиқиб унга хабарни етказишгани, гўёки оғзаки қўллашгани, аммо ўша хейтерларга нисбатан тармоқда бирон сўз айтишга қўрқишгани ва буни тан олишганини айтяпти. (Менимча, бу "ижтимоий иккиюзламачилик") 4. “Эркак эркакка нисбатан ёмон гапларни ёзса, дарров баҳсни реал ҳаётга кўчириш ва тенг шароитда куч синашиш мумкин. Аёл эса ундай қилмайди, шахсийда телефон рақамини олиб чиқиб юзма-юз гаплашиб куч синаша олмайди. Яъни аёлларни булинг қилишнинг зарарли оқибати йўқ деб ишонганлари учун уларга қаттиқроқ босим бўлади”. – Камола Алиева. 5. Камола Алиева бутун жамиятдаги аёллар ўртасида “опа-сингиллик” ғоясини илгари суряпти. Яъни ҳар бир аёл бошқа бир аёлни қўллаши керак, жуда бўлмаганда жим туриши лозим”, деяпти. Ўзимнинг хулосамни айтсам: зўравонлик муаммоси кўтарилганида, ҳамма шахсий қобиқдан ташқарига чиқиб бутун жамият бўлиб биргаликда курашиши шарт. Чунки... Зўравонлик авж олган жамиятда забун ("комплексли") инсонлар, қўрқоқлар, ношудлар, журъатсизлар, муте қултабиат одамлар кўп бўлади. Бу эса кучсизлар ва мағлублар жамиятини юзага келтиради. Биз музаффарлар жамияти бўлиб қолишимиз керак! Фарзандимизнинг қадди тик, боши баланд, тили узун бўлиши лозим. Онасини ҳар куни зулм остида кўрган фарзандларнинг қадди қандай тик бўлсин? Юқоридаги иқтибослар сўзма-сўз эмас, хотирадан тахминий ёзилди. Яна контекст масаласи ҳам бор. Шунга подкастни тўлиқ кўринглар. https://youtu.be/b_UFvBFONb8
Show all...
Aksent.uz | Расмий канал

Оилавий зўравонлик ва унинг ҳуқуқий ечимлари | FiKR podcast Лойиҳанинг биринчи сонида лойиҳа муҳаррири Авазбек Араббоев гендер масалалари бўйича эксперт Камола Алиева ва ҳуқуқшунос Дилфуза Куролова билан оилавий зўравонлик ва у бўйича ўтган йили қабул қилинган қонун, аёлларга нисбатан нафрат нутқи ҳамда зўравонлик ҳолатларининг олдини олишда учинчи шахс тушунчаси каби мавзуларда суҳбатлашди. Лойиҳамизнинг илк сонини эътиборингизга ҳавола этмоқдамиз. 👉

https://youtu.be/b_UFvBFONb8

https://t.me/aksentuz

👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi
Show all...
9🔥 2🥰 2
📚“Yosh kitobxon oila” tanlovida ishtirok etish uchun @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar joriy yilning 30-may kuniga qadar qabul qilinadi. 📚Tanlovda o’qishga tavsiya etilgan adabiyotlarni “Mutolaa” mobil ilovasi orqali o’qishingiz mumkin. 📖Adabiyotlar ro’yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 🖐Turmush o‘rtog‘ingiz bilan kitob o‘qishni boshlang va 100 million so‘mni qo’lga kiriting!
Show all...

👍 5 1🔥 1
Repost from davletovuz
01:59
Video unavailableShow in Telegram
Нью-Йоркда бўлиб ўтган БМТнинг Иқтисодий ва ижтимоий кенгаши Ёшлар форуми ва унинг доирасидаги тадбирларда Ўзбекистон ёшлари делегацияси ҳам иштирок этиб, Ёшлар ишлари агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Дилноза Каттаханова нутқ сўзлабди.
Show all...
23👍 6🔥 6👏 2
02:00
Video unavailableShow in Telegram
🌎Nyu-York shahrida o’tkazilgan Birlashgan Millatlar tashkiloti Iqtisodiy va ijtimoy kengashi Yoshlar forumining “Yoshlar barqaror va innovatsion yechimlarni shakllantirmoqda: 2030 kun tartibini mustahkamlash va inqiroz davrida qashshoqlikka barham berish” mavzusidagi Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy sessiyasida mamlakatimizda 1, 2, 13, 16 va 17-barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdik. #unecosoc #un #uzbekistan
Show all...
15👍 8👏 3🔥 2
00:23
Video unavailableShow in Telegram
👍 24 12🔥 5🥰 2👏 1