cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Davlat xizmatlari yangiliklari

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
46 982
Obunachilar
+2424 soatlar
+317 kunlar
+20830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Bilasizmi #Madaniy #Meros 📃Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash 🔹Litsenziya nomi: Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya 👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs 🏢Litsenziyalovchi organ(lar): O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi ma’lumotlar (F.I.O, lavozimi, mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji). b) yuridik shaxsda ishlaydigan mutaxassislarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot bo‘yicha diplom nusxasi; v) yuzasi 10 m.kv dan kam bo‘lmagan qurilish havozasi va g‘isht kesish, silliqlash, metall kesish, yog‘ochga ishlov berish asbob-uskunalarning nomi, markasi va soni haqida ma’lumotnoma. Litsenziyalovchi organ quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda o‘zi oladi: ➖“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumot; ➖litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan restavrator-ustaning malaka sertifikati. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. 💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: I toifadagi litsenziya uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; II toifadagi litsenziya uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari. 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 7 ish kuni 📆Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 2
#Bilasizmi #Nodavlat #Talim 📃Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash 🔹Litsenziya nomi: Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya 👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs 🏢Litsenziyalovchi organ(lar): O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash faoliyatiga litsenziya olmoqchi bo‘lgan talabgorlar arizada litsenziyalanadigan faoliyat bilan birga avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tadi; b) pedagog kadrlar haqida ma’lumot; v) o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari. Litsenziyalovchi organ quyidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali avtomatik ravishda mustaqil tarzda tekshiradi: oliy pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi; pedagog kadrlar ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. 💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida) 📆Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 2🔥 1
#Adliya_tashabbus Bolalarni bog‘chaga joylashtirish yana-da soddalashdi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda: 1. Elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi; 2. Qurilishi tugallanmagan obyektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi; 3. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi. Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi. 4. Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi. 5. Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi. 6. Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi. 7. Fuqarolarga Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatiga litsenziya olish jarayonida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanish imkoniyati yaratildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 1
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyat davlat arxivi hamda Guliston shahar FHDY bo‘limida bo‘ldi Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Sirdaryo viloyat davlat arxivida bo‘lib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, Guliston shahar FHDY organi faoliyati bilan yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 1
#Bilasizmi #Aktuariy #Malaka #Sertifikat 📃Aktuariy malaka sertifikatini berish 🔹Malaka sertifikatining nomi: Aktuariy malaka sertifikati 👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi: Jismoniy shaxs 🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: a) So‘rovnoma; so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi); ➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR); ➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami; ➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka sertifikatini olish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish, malaka sertifikati muddatini uzaytirish). b) quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: ➖pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlari; ➖da’vogarning belgilangan shakldagi fotosurati; ➖iqtisodiyot yoki matematika oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno); ➖ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno); ➖jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. 📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni 📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati: 5 yil Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 1
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Xovos tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi Vazir o‘rinbosari dastlab, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifati bilan tanishib, xodimlarning kasb etikasi, fuqarolar bilan muomala madaniyati yuzasidan fikr almashdi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, tizim xodimlari bilan muloqot qilinib, adliya organlari yangicha tizim asosida ishlashga o‘tgani, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatishda mas’uliyatni yanada oshirish zarurligi ta’kidlanib, yangi farmon ijrosini sifatli tashkil qilish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2🔥 1
#Bilasizmi #Qimmatli #Attestatsiya 📃Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish 🔹Malaka sertifikatining nomi: Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati 👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi: Jismoniy shaxs 🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: a) So‘rovnoma; so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi); ➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR); ➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami; ➖chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) ma’lumotlari. Attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan, II toifali malaka sertifikatini oladigan shaxslar quyidagilarni ko‘rsatadi: ➖CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega shaxs bo‘lgan hollarda — ushbu xalqaro sertifikat(lar) ma’lumotlari; ➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplom ma’lumotlari; ➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatsiyasidan o‘tish, malaka sertifikatini olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish). b) Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: ➖pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi; ➖talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati; ➖moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno); ➖ish staji to‘g‘risida ma’lumotlar (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno); ➖jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risida ma’lumotlar. 💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. 📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati: 3 ish kuni 📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati: 5 yil Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 9
Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli ko'rsatish masalalari tahlil qilindi Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Xovos va Yangiyer shahridagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan uchrashdi. Qayd etilganidek, 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida Sirdaryo viloyatida 189 744 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 13 817 ta ariza boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish rad etilgan. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 1-yanvardan 28-iyunga qadar boʻlgan davrda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jami 6 772 ta qonun buzilish holati aniqlangan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 86 ta taqdimnoma 4 ta ogohnoma kiritilgan hamda 137 ta maʻmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, qoʻllanilgan taʻsir choralari natijasida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy hamda 137 nafariga nisbatan maʻmuriy jarima qoʻllanilgan. Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi. Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha mas’ullarning izohi eshitilib, shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 3🔥 1
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev “Zamon Teks” MCHJ klasteri faoliyati bilan tanishdi Xovos tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu korxona tomonidan 2021-yilda qiymati 3,8 mln dollar bo‘lgan, 1 kunda 150 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega paxtani qayta ishlash zavodi ishga tushirilib, 160 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Vazir o‘rinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli to‘qimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini, yurtimizda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi to‘liq qayta ishlanishi natijasida to‘qimachilik mahsulotlarini dunyo bozorida sotishga keng yo‘l ochilgani va bu eksport hajmi oshishida muhim omil ekanligini alohida ta’kidladi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va rejalari o‘rganilib, huquqiy tushuntrishlar berildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 1🔥 1
Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi. Vazir o'rinbosari dastlab  mahalla binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarining natijadorligi bilan tanishish maqsadida Xovos tumanidagi  "Xovosobod" mahallasiga bordi. Qo'shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh usbu hudud tuman markazidan 10 km uzoqda joylashgan. Mahalla binosiga o'rnatilgan infokiosk davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda. X.Meliyev ushbu qurilmadan foydalanishning afzalliklari haqida to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng  "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishib, mavjud masalalar, faoliyatda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi. Muloqotda aholining huquqiy muammolarini aniqlash, mahallalarda "Adliya kuni",  "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlarini tashkil etish orqali fuqarolarning huquqiy muammolarini bartaraf etishga ko'maklashish yuzasidan zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Hammasini ko'rsatish...
👍 10🔥 1
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.