en
Feedback
АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.

АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.

Open in Telegram
1 316
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-5630 days
Posts Archive
+1
Барча Аёл ўқитувчиларга табрик 1-октябрга

БАЙРАМИНГИЗ МУБОРАК АЗИЗ УСТОЗЛАР!

Repost from Xushnudbek.uz
Ikkinchi mutaxassislikka kirganlar uchun ham taʼlim krediti berilishi boshlanibdi Bu haqda obunachilarimiz xabar berishdi. Mazkur maʼlumotni Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼullaridan tekshirdim, ular ham tasdiqlashdi. Taʼlim krediti berish jarayoni ilk boshlangan vaqtlarda ikkinchi mutaxassislikka taʼlim krediti berilmas edi. Ammo keyinchalik talabalardan kelgan so‘rovlarning ko‘pligi sabab bunga ruxsat berilibdi. Shunday qilib, ikkinchi mutaxassislikka kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlimga o‘qishga kirgan talabalar banklarga taʼlim krediti olish uchun murojaat qilishlari mumkin. 👉 @xushnudbek 👈

Ўқитувчилар ҳақида шеърлар ➡️ https://idum.uz/ru/archives/11798 ——————————————— Стихи про учителя ➡️ https://idum.uz/ru/archi
Ўқитувчилар ҳақида шеърлар ➡️ https://idum.uz/ru/archives/11798 ——————————————— Стихи про учителя ➡️ https://idum.uz/ru/archives/11798@talim_obrazovaniye 👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.) ✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q) ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 8-sentyabr holatiga), 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga ✅ bakalavr yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ❌ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. *** Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti olish bo’yicha ma’lumot: https://t.me/xushnudbek/20892 Taʼlim krediti mavzusida ovozli chatni eshitish (2021-yil 21-avgustdagi): https://t.me/xushnudbek/10938 O‘qishni ko‘chirganlar qachon taʼlim krediti olishi mumkin: https://t.me/xushnudbek/10942 10 mln so‘m taʼlim krediti olish uchun oyiga qancha oylik ish haqi talab etiladi: https://t.me/xushnudbek/10950 Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa bo‘ladimi? https://t.me/xushnudbek/21153 👉 @xushnudbek 👈

Талабалар тўлаган контракт пулидан 12 фоизни қайтариб олиш усули (ВИДЕО) Батафсил: 👉 https://idum.uz/ru/archives/19048 —————
Талабалар тўлаган контракт пулидан 12 фоизни қайтариб олиш усули (ВИДЕО) Батафсил: 👉 https://idum.uz/ru/archives/19048 ———————————— Как вернуть деньги за оплату контракта в вузе — инструкция (ВИДЕО) Подробно: 👉 https://idum.uz/ru/archives/19048 🚀 @talim_obrazovaniye 👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот

Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “NAMXU OTM” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2023-yil 10-fevralda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 062797-sonli litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Ushbu universitetga hujjat topshirmoqchi bo’layotgan yoki topshirgan abituriyentlar shuni hisobga olishlarini so’raymiz. 👉 @xushnudbek 👈

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab: — aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilanadi; — Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi; — onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

#yengillik Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda 2023/2024-o‘quv yil
#yengillik Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga: ➖talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati; ➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi. Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi. 👉На русском 👉In English Bizni kuzating👇🏻 Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

#Биласизми 🔰 Таълим муассасаларининг камида С1 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро тан олинган
#Биласизми 🔰 Таълим муассасаларининг камида С1 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро тан олинган сертификатга эга хорижий тиллар (инглиз, француз, немис, испан, итальян, араб, хитой, япон, корейс, турк, форс, пушту, дари, урду, ҳинд) ўқитувчиларига уларнинг базавий тариф ставкасига нисбатан ҳар ойлик 50 фоиз миқдорида қўшимча устама ҳақи тўланиши белгиланган. ❗️Бунда ўқитувчиларининг халқаро сертификатни олиш учун имтиҳон топшириш билан боғлиқ харажатлари қоплаб берилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

#Muhim 2023/2024-o‘quv yili uchun Andijon davlat univesitetiga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish suhbat asosida o'tkazilishi belgilandi. Talabgorlar uchun suhbat jarayonlari 14-sentabr kuni universitetning kichik majlislar zalida soat 9:00 da o’tkazilishi belgilandi. Talabgorlar qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali olishlari mumkin. Murojaat uchun telefon: +998742248189 +998742248187 📱Manzil: Andijon shahar Universitet ko'chasi 129-uy 🚖geolokatsiya Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube

#to‘lov_kontrakt Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida t
#to‘lov_kontrakt Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi. Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga: 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar; 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar; 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar; 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish davom etmoqda Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan. ❓Kimlarga beriladi? ✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari); ✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi kurslarga beriladi? ✅ Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q. ❓Qaysi ta’lim shakliga beriladi? ✔️ Kunduzgi; ✔️ Sirtqi; ✔️ Kechki. ❌ Quyidagilarga berilmaydi: ➖ super-kontrakt; ➖ qo‘shma ta’lim; ➖ masofaviy ta’lim; ➖ ikkinchi mutaxassislik; ➖ ordinatura; ➖ xorijdagi OTMlarga. ❓To‘lash qachondan boshlanadi? Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi. ❓Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi? ✅ Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri. 👉 @xushnudbek 👈

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.) ✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q) ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 8-sentyabr holatiga), 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga ✅ bakalavr yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ❌ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. *** Taʼlim krediti mavzusida ovozli chatni eshitish (2021-yil 21-avgustdagi): https://t.me/xushnudbek/10938 O‘qishni ko‘chirganlar qachon taʼlim krediti olishi mumkin: https://t.me/xushnudbek/10942 10 mln so‘m taʼlim krediti olish uchun oyiga qancha oylik ish haqi talab etiladi: https://t.me/xushnudbek/10950 Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa bo‘ladimi? https://t.me/xushnudbek/10974 👉 @xushnudbek 👈

Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin. ❗️ Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi. Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda. Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman. ✅ Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q. kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈