1 316
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-5630 days
Posts Archive
❓Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? Bizdan kamida 50% to‘lov qilishni talab qilishmoqda.
✅ JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.
Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda muddatlar quyidagicha:
25% qismini — 1-kursga tavsia etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha;
50% qismini — 1-yanvargacha;
75% qismini — 1-aprelgacha;
100% qismini — 1-iyulgacha.
Bundan xulosa qilish mumkinki, 1-kurslardan dastlab 50% to‘lov talab qilish amaldagi tartibga zid. 1-kursga tavsiya etilganlar kamida 25% to‘lovni 15-sentyabrga qadar amalga oshirishlari lozim.
kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.
‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈
❓56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?
#abituriyent
✅JAVOB: Ha, mumkin.
Buni biz shartli ravishda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam to’plaganlar super-kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak.
Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).
‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q!
56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.
Yanada osonroq hisoblash uchun, mana bu yerdagi faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib chiqadi.
*️⃣ Aytgancha, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma super-muperga ham taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar
Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:
1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:
👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.
2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:
👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;
👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:
➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);
➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).
❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;
👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.
3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:
➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.
👉 @xushnudbek 👈
❓Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?
Kecha 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya berilmaydi.
Kontraktdagilar ham stipendiya olish uchun nima qilish kerak?
Buning uchun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qo‘shib to‘lash kerak.
Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 so‘m. Buni 12 oyga ko‘paytirsak, 6 mln 214 ming 560 so‘m bo‘ladi.
Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 so‘m deb tasavvur qilaylik. Shunda agar talaba har oy stipendiya to‘lashni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 so‘m kontrakt to‘lashi kerak bo‘ladi.
Shunda o‘zi to‘lagan pulni har oy bo‘lib-bo‘lib stipendiya shaklida qaytarib oladi.
Bu oddiy holatda unchalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bo‘lsa, stipendiyali shaklda to‘lab qo‘ygani yaxshi. Bundan tashqari ishxonasidagi oylikdan to‘laydiganlar ham stipendiyali qilib o‘tkazsa, soliq imtiyozidan 745 ming so‘m qo'shimcha foyda qiladi.
Bundan tashqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga shartnoma olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali bo‘ladi, chunki ularga foizsiz kredit beriladi.
Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
#abituriyent
Mazkur faylda 2023/24- o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.
P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Tuzatish: o‘tgan yili magistraturaga qo‘shimcha tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida kirgan xotin-qizlar joriy yilda 2-kurs uchun ham kontraktni xuddi o’tgan yilgidek oshirilgan miqdorda to‘lashar ekan. Shu sababli ularning 2-kurs uchun kontraktlari davlat tomonidan qoplab berilmaydi.
Ya’ni bundan keyin magistraturaga tabaqalashtirilgan (qo’shimcha) kontraktga kirgan xotin-qizlarning kontraktlari davlat tomonidan to’lab berilmas ekan.
👉 @xushnudbek 👈
❓4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?
✅ JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.
Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.
Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.
Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:
➖ o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,1 balldan 2 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,1 balldan 4 ballgacha — 3 barobari.
Mana shu toifadagilar garchi 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.
❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.
4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalish necha barobarligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Mana shu masala bo‘yicha ayrim tushuntirishlar:
➖ magistraturada o‘qiydigan HAMMA talaba-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi. Ayrimlar faqat kam taʼminlangan ayollarga to‘lanadi, deb tushunayotgan ekan. Yo‘q, unaqa emas.
Milliarderning qiziga ham, ehtiyojmandning qiziga ham, umuman HAMMAGA davlat tomonidan birdek to‘lab berilaveradi. Faqat 15-sentyabrgacha ariza berish kerak bo‘ladi. Masalan, qaysidir boy inson magistraturada o‘qiydigan qiziga kontrakt to‘lab berishini davlatdan so‘rashga xijolat bo‘lib, o‘zi to‘lashni istasa, unda bemalol o‘zi to‘lashi mumkin. Ariza bermay qo‘ya qoladi xolos;
➖ O‘tgan yili magistraturaga qo‘shimcha tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida kirgan xotin-qizlar joriy yilda 2-kurs uchun oddiy (bazaviy) kontrakt to‘lashadi (aslida magistraturada ikkalasi ham bir xil miqdorda). Shu sababli ularning 2-kurs uchun kontraktlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi. Ariza berishsa kifoya;
➖ qo‘shma taʼlim shaklida tashkil qilingan magistratura mutaxassisliklari uchun kontrakt to‘lab berilmaydi. Garchi ushbu qo‘shma taʼlim davlat OTMda bo‘lsa ham.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
⛔️ Tatbiq etilmaydi:
— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
— qo‘shma taʼlim uchun.
📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
Umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi super-kontrakt miqdorlari
Ushbu miqdorlarni mana bu yerdagi bazaviy kontrakt summasiga ko'paytirgan holda super-kontrakt qancha bo'lishini hisoblash mumkin.
Eslatma: yuqoridagi faylda ko'rsatilgan miqdorlar 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈
2023/2024-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari
Bakalavriat (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy), magistratura hamda ikkinchi mutaxassislik uchun.
💾 PDF shaklida yuklash
👉 @xushnudbek 👈
‼️Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!
Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
Shuningdek, yana bir yengillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
#Rektor_tabrigi
Yangi o’quv yilida yangi muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo’lsin!
Boshlanayotgan har bir kun, har bir daqiqa siz uchun yangi bir imkoniyatlar eshigini ochadi. Porloq erta uchun bugun mashaqqatli mehnat qilish talab etiladi. Mustaqil Oʻzbekistonimizning shonli kelajagi uchun siz-u biz bugun harakat qilmogʻimiz zarur.
Mana, safimiz ulkan marralarni koʻzlagan gʻayratli yigit-qizlar bilan boyidi. Yana bir guruh mutaxassislarni yurt kelajagini bunyod etishlari uchun jamiyat faoliyati tomon kuzatib qoʻydik.
Hurmatli yigit-qizlarim! Sizlar bilan 2023/2024 oʻquv yilida ham ulkan marralarni zabt etishdan umidvorman. Ilm yoʻlidagi harakatlaringizga faqat va faqat muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
🎗Yangi oʻquv yilingiz muborak boʻlsin!
Facebook | Telegram
#Muhim
Yangi 2023/2024-oʻquv yilida Andijon davlat universiteti talabasi degan yuksak maqomga erishgan birinchi bosqich talabalarini 4-sentabr kuni soat 8:00 da universitetda oʻtkaziladigan, yangi o’quv yiliga bagʻishlangan tantanali tadbirga taklif etamiz.
Manzili: Universitet ko'chasi 129-uy 🚖geolokatsiya
Qadrli talaba-yoshlar, Andijon davlat universiteti sizlarni o'z bag'rida ko'rishdan mamnun!
Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Байрам_Муборак
-Мустақиллик айёми
-Жума айёми
- Кузнинг илк куни
Кузнинг биринчи куни ва ИЛК ЖУМА айёми ҳамда юртимиз Мустақиллигининг 32 йиллиги муборак бўлсин!
Яқинларни юбориб биринчи бўлиб табрикланг
👇🏻👇🏻
https://telegram.me/joinchat/SDdS2FAiH5e4grs5
#Tabrik
Aziz vatandoshlar!
Qadrli universitet jamoasi!
Oʻzbekistonimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman. Ona yurtimizning tinchligi va farovonligiga koʻz tegmasin.
Aziz jamoa, siz va siz orqali oila aʼzolaringizni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.
Osmonimiz musaffo, hayotimiz toʻkin va sochinlikda oʻtsin.
Mustaqil yurtga hamisha bayramlar yarashadi, toʻylar yarashadi. Ana shunday shodiyonalar, toʻy-u tantanalar har bir xonadonning mehmoni boʻlsin.
Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, unda yashovchi ko`p millatli bebaho xalqning mamnuniyatini, farzandlarimiz va yosh avlodning baxtu iqbolini, buguni va yorqin ertasini ko‘rish nasib etsin!
Yana bir bor Sizlarni Mustaqillik ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Facebook | Telegram
Мактабларнинг янги таҳрирдаги намунавий устави тасдиқланди
Барча мактаб маъмуриятларидан мазкур намуна асосида мактаб Уставларини янгилаб олишлари ҳамда белгиланган тартибда рўйхатдан ўтказишлари сўралади.
➡️ https://idum.uz/ru/archives/19737
———————————————
Был утвержден типовой устав школ в новой редакции
Всех школьных администраций просят обновить устав школы на основе этого образца и зарегистрировать его в установленном порядке.
➡️ https://idum.uz/ru/archives/19737
🚀 @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
Синф раҳбарлари учун «Мустақиллик дарс ишланмаси» 2023
2023-2024 янги ўқув йилида “Мустақиллик дарс”лари “Янги ҳаёт учун, Янги Ўзбекистон учун!” шиори остида ўтказилади. Қуйидаги ҳавола орқали вазирлик хати, тақдимот ва дарс ишланмаларни юклаб олишингиз мумкин:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/9742
———————————————
Разработка урока для классных руководителей - «Урок независимости Республики Узбекистан» 2023
В новом 2023-2024 учебном году «Уроки независимости» пройдут под девизом «За новую жизнь, за новый Узбекистан!». Скачать разработки уроков можно по следующей ссылке:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/9742
🚀 @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
“Ёшлигимизда 5 метр нарига чиқиб ўқитувчига салом берардик” — Шавкат Мирзиёев
Президент ўқитувчиларнинг жамиятдаги обрўйини кўтариш ҳақида гапирди.
Айни вақтларда Шавкат Мирзиёев бошчилигида ўқитувчиларга бағишланган селектор бўлмоқда.
————————
”Когда мы были молоды, мы отходили на 5 метров и здоровались с учителем" — Шавкат Мирзиёев.
Президент высказался о повышении престижа учителей в обществе.
В настоящее время под руководством Шавката Мирзиеева проводится селектор, посвященный учителям.
🚀 @talim_obrazovaniye
