cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика

پست‌های تبلیغاتی
3 444
مشترکین
+824 ساعت
+447 روز
+28730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим 17-19 май кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади. — По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим 17–19 мая посетит нашу страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 1
#Tatariston Tatariston Respublikasi Qozon shahri Privoljskiy tumani Otari nohiyasida 140 gektarda "Yadran-Stroy" MCHJ tomonidan sobiq Oqova suv tozalash inshootining hovuzlaridagi mavjud illardan tozalash va rekultivatsiya qilish natijasida zamonaviy pilot loyihasi bilan tanishdi. Mazkur loyiha 2021-2025-yillar davomida davlat dasturi doirasida 8,2 mlrd. rubl evaziga "Yadran stroy" MCHJ tomonidan 13 mln. kub metr il maydonlarini innovasion tarzda tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 5
#Tatariston Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov Tatariston Respublikasi Qozon shahrining "Samosirovskiy" nohiyasida 14,4 gektarda "Yadron-Stroy" MCHJ korxonasi tomonidan tashkil etilgan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish paligonini rekultivasiya qilish natijasida hosil boʻlgan metan gazini yoqish hisobiga soatiga 1500 kv elektr energiya ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Mazkur loyiha 2021-2023-yillar davomida davlat dasturi doirasida 8,1 mln. dollar evaziga “Yadron-Stroy” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 4
01:35
Video unavailableShow in Telegram
Хотин-қизлар спорти — соғлом миллат пойдевори Батафсил юқоридаги лавҳада⬆️ 🌐https://t.me/ToshvilADOLATSDP
نمایش همه...
👍 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#Hamkorlik ⚡️ "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida Xitoy - O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasining Shandun viloyati xalq kongressi doimiy komissiya raisi o’rinbosari Van Lyan O‘zbekiston Respublikasi Investisiya, savdo-sanoat vazirining o‘rinbosari Ilzat Qosimov, Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Bobojonov, "Shandong Gold Group" bosh direktorining o‘rinbosari Pey Dyanfey qatnashdi. Tadbir davomida Toshkent viloyati va Shandun provinsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan Memorandum imzolandi. #Shandun #Chirchiq #Hamkorlik Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 5 1🔥 1😍 1
01:40
Video unavailableShow in Telegram
CHIRCHIQ SHAHRI_DAVLAT YERLARIDA NOQONUNIY QURILISH QILGANLARNING ISHI KO‘RILDI_16.05.2024 OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
نمایش همه...
#Tatariston #Qozon ⚡️ Tatariston Respublikasi Qozon shahrida o‘rganish davom etmoqda. Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov "Tatenergosbit" AJga tashrif buyurib u yerda aholiga va yuridik iste’molchilarga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar va ko‘p qavvatli uy-joylarni saqlash uchun elektron to‘lov tizimi imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishdi. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 4
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo’yicha respublika komissiyasi raisi boshchiligida 2024-yil 10-may kuni o’tkazilgan 35-sonli yig'ilish bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida davlat reyestriga kiritilmagan, bir hudud doirasida takrorlanadigan geografik obyektlarning nomlarini belgilangan tartibda qayta nomlash, davlat ekspertizasidan o'tkazish, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlash ishlarini yakuniga yetkazish masalalari yuzasidan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida tahliliy va tanqidiy yig’ilish o'tkazildi. Yig’ilishda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi Sh.Xo’jayeva,  Davlat kadastrlari palatasi respublika toponimika xizmati mutaxassisi D.Qodirov,  Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish markazi viloyat hududiy bo’linmasi rahbari A.To’ychiyev, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi bo’lim boshlig’i R.Kuriyazov, shuningdek, tuman va shahar hokimlarining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchilari ishtirok etdi. Yig’ilish davomida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha respublika komissiyasi tomonidan o’rganish natijalari muhokama qilindi. Jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari ogohlantirildi, mazkur masala boʻyicha mas'ullar oldida turgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
#Qozon #Tatariston Tatariston Respublikasi Qozon shahrida bo‘lib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasining tashrif doirasida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abduraximov va hokim o‘rinbosari Shuxrat Shorxmedov Qozon shahridagi "Ximgrad"da bo‘ldi. Ximgrad Texnopolis rahbari Aleksey Grushin bilan hududida joylashgan rezidentlari faoliyatlari bilan tanishdi. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 4
#Sayyor_qabul 4-sektor "Ma’rifat" va "Hamza" mahallalar aholisi bilan 4- sektor rahbari A.Xamdamov va Xalq qabulxonasi mudiri A.Isayev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, elektr yog‘och ustunlarini almashtirish, oqova tarmog‘idagi avariya holatlarini bartaraf etish va tungi chiroqlar o‘rnatib berilishi borasidagi masalalarda 18 tadan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Mas’ul tashkilotlarga topshiriq berilib ijrosi nazoratga olindi. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 4
آرشیو پست ها