✒️📚STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI
Open in Telegram
STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI rasmiy kanali... 🏨 Manzil: Chust tumani, Varzik shaharchasi markazida... ☎️ Murojaat uchun: 🧑🏫 https://t.me/stem_lc 👉instagram.com/stem_lc +998942714015 💻 Saytimiz: www.stemlc.uz
Show more761
Subscribers
-324 hours
-27 days
+3830 days
Posts Archive
Bizni og'ir hamda quvonchli damlarimizda, ustozi Kamoliddinova Zarina oya bilan yonma yon turgan shogirtimiz natijasi!
Barchasi uchun RAHMAT Jasmina...
👉@stem_lc
Ajoyib natijalari bilan bizni xursand qilgan shogirdlarimdan birining natijasi....
FIZIKA 😋 MATEMATIKA 😉➕
Rahmat Shabnam....
👉@stem_lc
Shogirdlarim bilan har doim faxrlanganman...
Boringizga shukur...
👉@stem_lc
💟💟💟
Ayni damda STEM EDUCATION oʼquvchilari TEMURBEKLAR imtihonida
👉@stem_lc
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi
#abituriyent
Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi.
O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi.
Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi.
‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
#Kvota #Bakalavriat #XarbiyXizmat #Kunduzgi #Qabul2026
Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimot
✅ Jami: 7 793 ta. Shundan:
➖davlat granti – 1 828 ta;
➖kontrakt – 5 965 ta.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
#Kvota #Bakalavriat #QurolliKuchlar #Kunduzgi #Qabul2026
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun besh foizli hamda Milliy gvardiyaning amaldagi shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti
✅ Jami davlat granti qabul parametrlari – 36 562 ta.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
#Kvota #Bakalavriat #IIV #Qabul2026
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 1 828 ta.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
#Kvota #Bakalavriat #SOS #Qabul2026
Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning (yolg‘iz onaning) vafot etganligi natijasida boqimchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga to‘lganlar bundan mustasno) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 2 056 ta.
Shundan:
➖kunduzgi – 1 559 ta;
➖kechki – 289 ta;
➖masofaviy – 208 ta.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
#Kvota #Bakalavriat #NogironShaxslar #Qabul2026
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
✅Jami: 4 112 ta.
Shundan:
➖kunduzgi – 3 117 ta;
➖kechki – 579 ta;
➖masofaviy – 416 ta.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
#Kvota #Bakalavriat #Sohaviy #Qabul2026
Ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa) o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga ko‘ra taqsimoti
✅Jami: 21 015 ta.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
⚡️Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha)
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti.
Obuna bo‘ling - @stem_lc
