en
Feedback
✒️📚STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI

✒️📚STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI

Open in Telegram

STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI rasmiy kanali... 🏨 Manzil: Chust tumani, Varzik shaharchasi markazida... ☎️ Murojaat uchun: 🧑‍🏫 https://t.me/stem_lc 👉instagram.com/stem_lc +998942714015 💻 Saytimiz: www.stemlc.uz

Show more
763
Subscribers
-324 hours
-27 days
+3830 days
Posts Archive
⚡️Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 892 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 832 ta; ➖rus tili – 50 ta; ➖qoraqalpoq tili – 10 ta. Obuna bo‘ling - @stem_lc

⚡️Magistratura kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 1 393 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 1 103 ta; ➖rus tili – 156 ta; ➖qoraqalpoq tili – 130 ta; ➖qozoq tili – 4 ta. Obuna bo‘ling - @stem_lc

⚡️Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta. Obuna bo‘ling - @stem_lc

⚡️Bakalavriat masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.Jami: 20 810 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 18 543 ta; ➖rus tili – 1 800 ta; ➖qoraqalpoq tili – 467 ta. Obuna bo‘ling - @stem_lc

⚡️Bakalavriat kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 28 942 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 26 010 ta; ➖ rus tili – 2 277 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 655 ta. Obuna bo‘ling - @stem_lc

⚡️Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta. Obuna bo‘ling - @stem_lc

#Tezkor #Kvota #Abituriyent ⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:
Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; ➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; ➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; ➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; ➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; ➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati;Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; ➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; ➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; ➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; ➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; ➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; ➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.
Obuna bo‘ling - @stem_lc

🖌✅✅✅✅✅ni online test2026.uz sayti orqali koʼrishingiz mumkun 🌟 @mspromath

💖💖💖 🎗Aziz oʼquvchilarim! Yillar davomida quygan mehnatingiz, uyqusiz tunlaringiz, yechilmagan misollar ustida bosh qotirgan daqiqalaringiz — bularning barchasi aynan shu kun uchun edi. Ertaga siz nafaqat bilimingizni, balki sabringizni, matonatingizni va oʼzingizga boʼlgan ishonchingizni ham namoyish etasiz. 🖐Esingizda boʼlsin: bu imtihon sizni belgilab bermaydi — siz bu imtihonni belgilab beryapsiz. Har bir mashq, har bir takrorlagan mavzu, hozir sizning ichingizda mustahkam bilim boʼlib joylashgan. Faqat oʼsha bilimga ishoning. 🖐Hayajonlanish tabiiy — bu sizning bu ishga jiddiy qaraganingizning belgisi. Lekin ertaga xonaga kirganingizda chuqur nafas oling va oʼzingizga ayting: *"Men tayyorman. Men buning uddasidan chiqaman."* 🌟 MS PRO Super Matematik STEM EDUCATION jamoasi sifatida biz siz bilan faxrlanamiz va sizga ishonamiz. Omad, aziz oʼzuvchilarim — natija sizni kutmoqda! 🌟 Ishonch bilan qadam qoʼying, gʼalaba sizniki boʼlsin! 💖💖💖

📊 Sertifikatli abituriyentlar soni rekord darajaga yetdi Joriy yilda 12 997 nafar abituriyent barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod etilib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 📈 Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 📝 Shuningdek, joriy yilda: 🔹 193 186 nafar abituriyent umumta’lim fanlari bo‘yicha (2025-yilda — 85 140 nafar); 🔹 125 354 nafar abituriyent chet tillari bo‘yicha (2025-yilda — 58 216 nafar) milliy yoki xalqaro sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tgan. 📌 Bu ko‘rsatkichlar sertifikatga ega abituriyentlar soni yildan yilga keskin ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. @Sertifikat_pro

🏢 OTMlarga 30% yoki 15% ligota beruvchi harbiy akademik litseylar Bular qaysilar...? 5 ta Temurbeklar maktabi: ➖ DXX qoshida
🏢 OTMlarga 30% yoki 15% ligota beruvchi harbiy akademik litseylar Bular qaysilar...? 5 ta Temurbeklar maktabi:DXX qoshidagiFVV qoshidagiMudofaa vazirligi qoshidagiIchki ishlar vazirligi qoshidagiMilliy Gvardiya qoshidagi bundan tashqari: ➖ Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Xorazm viloyatida joylashgan Jaloliddin Manguberdi akademik litseyi; ➖ Surxondaryo viloyatida joylashgan Yosh chegarachilar akademik litseyi. ➡️ Milliy Gvardiya qoshidagi "Temurbeklar maktabi"ga qizlar ham qabul qilinadi. Faqat bo'y 170 dan yuqori bo'lishi kerak. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @stem_lc

"Temurbeklar maktabi" uchun imtihon fanlari ➖nomzodlarga beriladigan imtiyozlar ➖bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar ➖jism
"Temurbeklar maktabi" uchun imtihon fanlarinomzodlarga beriladigan imtiyozlarbitiruvchilarga beriladigan imtiyozlarjismoniy tayyorgarlik mezonlario'tgan yilgi o'tish ballari ‼️Fanlardan olingan sertifikat "Temurbeklar maktabi"ga o'tmaydi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

⚡️DIQQAT E'LON Assalamu-alaykum STEM EDUCATION o'quv markazining MATRITSA TARIX guruhi talabalari diqqatiga! Haftaning oxiri
⚡️DIQQAT E'LON
Assalamu-alaykum STEM EDUCATION o'quv markazining MATRITSA TARIX guruhi talabalari diqqatiga!
Haftaning oxiri charchoqlar va OTM ning yaqin qolgan qabul imtihonlaridan oldin o'quvchilarimizga ozgina kayfiyat va ruhiyat berish maqsadida SHAXMAT boʻyicha turnir tashkil etiladi!
Ushbu turnirga MATRITSA TARIX guruhining barcha talabalarini taklif qilamiz
👉 @stem_lc 👉 @Matritsa_Tarix

‼️ESLATMA #abituriyent Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin. ❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG! To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈

💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi ☑️2026/2027-oʻquv yilida ab
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi. ➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 📝 Bunda: 🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi; 🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi; 🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi; 🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🟢🔴🔴🔴💙💙💙 STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI INGLIZ TILI fani o'qituvchi Nuriddinova Tohiraxon ustoz shogirdlaridan SHEDEVR! E
🟢🔴🔴🔴💙💙💙 STEM EDUCATION O'QUV MARKAZI  INGLIZ TILI fani o'qituvchi Nuriddinova Tohiraxon ustoz shogirdlaridan SHEDEVR! Erkinov Zoirshohni bu yutug'i bilan tabriklaymiz! 👏👏👏👏👏👏👏👏 👉 @stem_lc

Mana sertifikat! Tabriklaymiz! 👉@stem_lc
Mana sertifikat! Tabriklaymiz! 👉@stem_lc

😉➕ lar MUBORAK BOʻLSIN! Bizda natijalar davom etadi! 👉@stem_lc
😉➕ lar MUBORAK BOʻLSIN! Bizda natijalar davom etadi! 👉@stem_lc

Mashaalloh natijalar kelishi davom etmoqda... 👉@stem_lc
Mashaalloh natijalar kelishi davom etmoqda... 👉@stem_lc