🌐Oliy maktab 18🌐
Open in Telegram
📰Kanalga yoritib boriladigan malumotlar📰 📚Onlayn darslar📖 🙋Iqtidorli o'quvchilar🙌 🔰Kerakli malumotlar📑 💰O'quvchi stipendiyasi💸 🏰Maktab tanlovlari🗻 🎋Kunlik tadbirlar🌁 Murojat uchun✒ @Husan0692
Show more547
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+130 days
Posts Archive
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim
2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).
📌Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Расман: 1-курс талабалари учун ҳам ётоқхонага ариза қабул қилиш бошланди
18 августдан 2026/2027 ўқув йилида 1-курсга тавсия этилган абитуриентлар ётоқхонага жойлашиш учун ариза топшириши мумкин.
Аризаларни Давлат хизматлари марказлари ёки my.gov.uz орқали бериш мумкин.
Ётоқхонага жойлаштиришда аввало имтиёзга эга талабалар қабул қилинади, қолган ўринлар эса навбат асосида тақсимланади.
Ариза бериш учун ҳавола⬇️
https://my.gov.uz/uz/service/870
Repost from Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati
🔥APK TUZOG‘I
➡️ Noma’lum manbadan yuborilgan APK faylni o‘rnatishga shoshilmang. Unda zararli dastur yashiringan bo‘lishi mumkin.
Bunday fayllar orqali firibgarlar:
- bank ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishi;
- SMS-kodlaringizni o‘qishi;
- telefonizdagi shaxsiy ma’lumotlarga kirishi;
- hisoblaringizdan pul yechib olishlari mumkin.
Faqat ishonchli va rasmiy manbalardan ilovalarni yuklab oling.
🎙 To'liq video ushbu havolada👇👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=4hICFLlKVog&t=79s
Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👥 Diqqat e’lon
🗣 2026-yil 18-avgust kuni soat 9:00 da Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi binosida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida mehnat yarmarkasi oʻtkaziladi.
Mazkur yarmarkada bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumot beriladi va ishga joylashish uchun arizalar qabul qilinadi.
✈️Ushbu mehnat yarmarkasiga barcha fuqarolar taklif etiladi.
⭐️ Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Prezident maktablarining asosiy imtihon natijalari e’lon qilindi
17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalarini quyidagi havolalar orqali aniqlash mumkin:
✅ Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi portali: https://ariza.piima.uz/
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
+3
Ustoz AI ilovasida 70 dan ortiq kurslarni o‘rganish mumkin
Yangi kasb va zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rganishni istaganlar uchun Ustoz AI ilovasida turli yo‘nalishlardagi kurslar taqdim etilmoqda. Ilovaning Premium obunasi oyiga 39 ming soʻmni tashkil etadi.
Foydalanuvchilar mobilografiya, data analitika, haydovchilik, AI kontent va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari mumkin. Ilovada jami 70 dan ortiq kurs mavjud.
Shuningdek, kurslarni o‘rganish jarayonida tangachalar yig‘ish va Ustoz Market’dagi 100 dan ortiq sovg‘alar uchun ularni almashtirish imkoniyati ham mavjud.
🔗 Ustoz AI ilovasini yuklab olish
Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi
#abituriyent
O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.
💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan boshlanadi.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Bugun Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi.
Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
UBS universiteti: DTM balli yetmagan abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat
Davlat OTMlariga kirishda ballingiz yetarli bo‘lmagan bo‘lsa, UzBMB (DTM) natijangiz bilan UBS universitetiga hujjat topshirishingiz mumkin.
💎Tibbiyot yo'nalishlariga DTM 94 va undan yuqori ball
💎 Boshqa yo'nalishlarga DTM 75 va undan yuqori ball
Bugunoq hujjat topshiring, KVOTALAR SONI cheklangan!
Litsenziya (№ 1008764, 05.10.2022-y.)
👉Hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz
Murojaat uchun: +998555202626 yoki @ubsuzbekistan_bot
💎qabul ofislari
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Reklama
Repost from Xushnudbek.uz
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasiga o‘tish ballari e’lon qilindi
#abituriyent
Kvota ajratilgan 8 ta tashkilot ro‘yxati, kvotalar soni hamda o‘tish bali yiqoridagi rasmda berilgan.
Eng past o‘tish bali Milliy gvardiyaga to‘g‘ri kelgan — 68 ball. Bu grant uchun minimal o‘tish balining chegarasi. Ya’ni 68 dan kam olganlar shundoq ham grantga tavsiya qilinmaydi. Demak, katta ehtimol bilan Milliy gvardiya uchun ajratilgan 731 ta kvota to‘lmay qolgan bo‘lsa kerak. Xullas, 68 balldan oshira olgan Milliy gvardiya xodimlarining barcha farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.
Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida — 167 ball.
Lekin boshqa jihati ham bor, Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun bundan tashqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga ko‘ra, IIV xodimlari uchun 1 ming 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi berilgan va u yerda o‘tish bali 78,6 ball bo‘lgan. Ya’ni 78,6 balldan oshirgan IIV xodimlarining farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.
Shunaqa gaplar. Buyoqda esa 189 ball bilan kimlardir kontraktga kiryapti, kimlardir esa 183 ball bilan o‘qishdan yiqilyapti.
A — adolat!
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar ko‘tarilgan
#abituriyent
UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘tgan yilgiga qaraganda oshganini ko‘rish mumkin.
O‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim.
Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uchun bo‘lgan — 49,2 ball oshgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qo‘ygan edi, ya'ni tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali naq 80,1 ball tushgan edi. Bu safar esa, aksincha, Sirdaryoda texnika fanlari uchun o‘tish bali 49,2 ballga ko‘tarilgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin oshgan:
🔺Toshkent (tibbiyot) — 44,5 ball;
🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball;
🔺Namangan (texnika) — 32 ball;
🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball;
🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball.
O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari tushgan ham. Eng katta ball tushishi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tushgan. O‘tgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori to‘plagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin tushgan:
🔻 Toshkent (texnika) — 29,8 ball;
🔻 Toshkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball;
🔻 Qoraqalpog‘iston (tibbiyot) — 26,6 ball.
❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi?
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p berilayotgan 8 ta savolga javoblar:
#abituriyent
1-qism:
1️⃣ Magistratura javobi qachon chiqadi?
2️⃣ O‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishga super-kontrakt qila oladimi?
3️⃣ Tibbiyot yo‘nalishlariga super-kontrakt yopildimi?
4️⃣ Nega imtiyozim qo‘shilmadi?
2-qism:
5️⃣ Oltinchi yo‘nalishga onlayn ariza topshiriladimi?
6️⃣ Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun bu yil ham qo‘shimcha kvota bormi?
7️⃣ 56,7 balldan kam ball olganlar super-kontrakt qila oladimi?
8️⃣ Nega talabalar turar joyiga 1-kurslar ariza topshira olmayapti?
👉 @xushnudbek 👈
