Tanzila Narbaeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Tanzila Narbaeva
Channel Tanzila Narbaeva (@tanzilanarbaeva) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 44 470 subscribers, ranking 1 351 in the Politics category and 1 700 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 44 470 subscribers.
According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -791 over the last 30 days and by -278 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 9.12%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.88% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 060 views. Within the first day, a publication typically gains 3 956 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 24.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +467 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 004 |
| 2 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqandda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashdik.
Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish hamda «Markaziy Osiyo – Xitoy» formati doirasidagi hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik.
Parlamentlar o‘rtasidagi muntazam muloqot, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdik.
Parlamentlararo hamkorlik orqali hududlarni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, raqamlashtirish, «yashil» iqtisodiyot, kadrlar tayyorlash va innovatsiyalar sohalarida to‘plangan tajribani o‘zaro o‘rganish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva | 32 970 |
| 3 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqandda «Zamin» xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «RCOY Markaziy Osiyo — 2026» mintaqaviy bolalar va yoshlar konferensiyasida ishtirok etdik.
Anjumanda mintaqamiz yoshlarining iqlim o‘zgarishi va suv resurslari xavfsizligi kabi umummintaqaviy muammolarni hal etish borasidagi taklif va tashabbuslari bilan tanishdik.
Markaziy Osiyoda suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va cho‘llanish tobora dolzarb masalaga aylanib, odamlarning turmushi va farovonligiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu muammolarni bir mamlakat doirasida hal etib bo‘lmaydi. Suv — mintaqamizni birlashtiradigan umumiy boylik. Uni asrash va undan oqilona foydalanish uchun o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosida birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Senat yoshlarning takliflarini Yoshlar parlamenti va tegishli qo‘mitalar bilan birgalikda o‘rganib, ularni qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlariga tatbiq etishga tayyor.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 21 624 |
| 4 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Shu kunlarda Samarqand yosh parlamentariylarning g‘oyalari, tashabbuslari va ochiq muloqoti uchun xalqaro maydonga aylandi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh deputatlar o‘z qarashlari, tajribasi va takliflari bilan konferensiya kun tartibini boyitdilar. Eng muhimi, bildirilgan fikrlar yakuniy hujjatda o‘z ifodasini topdi va kelgusi ishlar uchun aniq yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Endi navbat amaliy qadamlarga. O‘zbekiston konferensiya doirasida ilgari surilgan takliflarni milliy darajada ko‘rib chiqadi.
Samarqandda bildirilgan har bir asosli taklif o‘z mamlakatlarimizda qonunchilik tashabbusi, byudjet ustuvorligi, parlament nazorati, xalqaro hamkorlik loyihalarida o‘z aksini topishi muhim. Ishonamanki, qabul qilingan yakuniy hujjat milliy parlamentlar va ularning yosh a’zolari uchun amaliy harakat dasturiga aylanadi.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 39 035 |
| 5 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Shu kunlarda Samarqand yosh parlamentariylarning g‘oyalari, tashabbuslari va ochiq muloqoti uchun xalqaro maydonga aylandi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh deputatlar o‘z qarashlari, tajribasi va takliflari bilan konferensiya kun tartibini boyitdilar. Eng muhimi, bildirilgan fikrlar yakuniy hujjatda o‘z ifodasini topdi va kelgusi ishlar uchun aniq yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Endi navbat amaliy qadamlarga. O‘zbekiston konferensiya doirasida ilgari surilgan takliflarni milliy darajada ko‘rib chiqadi.
Samarqandda bildirilgan har bir asosli taklif o‘z mamlakatlarimizda qonunchilik tashabbusi, byudjet ustuvorligi, parlament nazorati, xalqaro hamkorlik loyihalarida o‘z aksini topishi muhim. Ishonamanki, qabul qilingan yakuniy hujjat milliy parlamentlar va ularning yosh a’zolari uchun amaliy harakat dasturiga aylanadi.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 1 |
| 6 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya ikki tomonlama muloqotlarga ham boy bo‘ldi.
Portugaliya Assambleyasi vakili, Parlamentlararo Ittifoqning sobiq Prezidenti Duarte Pacheko bilan O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish xususida fikr almashdik.
Hindiston Parlamenti yuqori palatasi a’zosi Raghav Chadda bilan yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki, yosh parlamentariylar o‘rtasida professional muloqotni kuchaytirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ta’lim, savdo va investitsiyalar sohalarida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlariga to‘xtaldik.
Har ikki uchrashuvda ham parlamentlararo aloqalarni amaliy mazmun bilan boyitishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 27 867 |
| 7 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida Global mehr-shafqat uchun Satyarthi harakati bosh direktori Asmita Satyarthi xonim bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdik.
Suhbatimizda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash, bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalarimiz haqida fikr almashdik.
Shuningdek, ijtimoiy liderlikni rivojlantirish va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Kelgusida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldik.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 28 943 |
| 8 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekistonning Parlamentlararo Ittifoq bilan izchil hamkorligi doirasida bugun Samarqandda uchinchi bor Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning roli muhokama qilinmoqda.
Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida «Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlar ishtirokini kuchaytirish» mavzusidagi maxsus ochiq sessiyada mamlakatimiz tajribasini taqdim etdik.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan «Inson qadri uchun» tamoyili barcha islohotlarimizning bosh mezoni bo‘lib qolmoqda. Bugun Barqaror rivojlanish maqsadlari «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi, qonunchilik va byudjet jarayonlariga integratsiya qilingan.
Parlament esa ularning ijrosini muntazam o‘rganib, aniqlangan muammolar yechimi yuzasidan Hukumat bilan birgalikda ish olib bormoqda. Bu jarayonda Yoshlar parlamentlari hududlardagi muammolarni o‘rganib, parlament muhokamalariga olib chiqishda faol ishtirok etmoqda.
Ishonchim komil, bugungi muloqot dunyo mamlakatlari parlamentlarining salohiyatini aniq natijalarga aylantiradigan yangi g‘oya va tashabbuslarga yo‘l ochadi.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 29 009 |
| 9 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqandda BMT Bosh kotibining Yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, BMT Yoshlar byurosi rahbari Felipe Pauler bilan uchrashdik.
Felipe Pauler O‘zbekistonda Yoshlar parlamentlari orqali yoshlarni qonun ijodkorligiga jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish borasidagi tajribani yuqori baholadi.
Muloqotda O‘zbekistonda «Tinchlik uchun yoshlar umumjahon harakati»ni tashkil etish tashabbusi, BMT Yoshlar byurosi va yoshlar parlamentlari o‘rtasida tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlarimizning BMT dasturlari va xalqaro platformalardagi ishtirokini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratdik.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt kabi bugungi kunning dolzarb yo‘nalishlarida yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldik.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 20 956 |
| 10 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida tashkilot Bosh kotibi Anda Filip xonim bilan uchrashdik.
Bugun O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi munosabatlar keng ko‘lamli amaliy sheriklikka aylanib bormoqda.
Suhbatimiz davomida Parlamentlararo Ittifoqning 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan yangi Strategiyasiga alohida e’tibor qaratdik. Undagi kuchli va inklyuziv parlamentlar, tinchlik va muloqot, barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya kabi ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va xalqaro maydonda ilgari surilayotgan tashabbuslar bilan hamohang.
Yangi Strategiya doirasida qo‘shma tashabbus va amaliy loyihalarni ilgari surish orqali parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldik.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 21 418 |
| 11 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida tashkilot Bosh kotibi Anda Filip xonim bilan uchrashdik.
Bugun O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi munosabatlar keng ko‘lamli amaliy sheriklikka aylanib bormoqda.
Suhbatimiz davomida Parlamentlararo Ittifoqning 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan yangi Strategiyasiga alohida e’tibor qaratdik. Undagi kuchli va inklyuziv parlamentlar, tinchlik va muloqot, barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya kabi ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va xalqaro maydonda ilgari surilayotgan tashabbuslar bilan hamohang.
Yangi Strategiya doirasida qo‘shma tashabbus va amaliy loyihalarni ilgari surish orqali parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldik.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 1 |
| 12 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida Parlamentlararo Ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson xonim bilan uchrashdik.
Muloqotda o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi munosabatlarda erishilgan salmoqli natijalarni mamnuniyat bilan qayd etdik. Hamkorlik davomida qator muhim tashabbuslarning ro‘yobga chiqishi va parlamentlararo aloqalarning yangi mazmun bilan boyishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Shu nuqtayi nazardan, Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi o‘tkazilgani hamda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida parlamentlarning rolini kuchaytirishga qaratilgan rezolyutsiyaning qabul qilingani alohida e’tiborga molik.
Tuliya Eksonga samarali, ochiq va ishonchli muloqot uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Shu o‘rinda, Tanzaniyaning Arusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoqning navbatdagi 153-Assambleyasini yuqori saviyada o‘tishiga tilakdoshman.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 21 504 |
| 13 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Samarqandda Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlamentariylarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Ishtirokchilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning murojaatini tingladilar. Unda yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda parlament diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan muhim g‘oyalar ilgari surildi.
Ushbu konferensiyani O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan edi. Bugun bu tashabbus amaliy ro‘yobini topdi.
Bugun yoshlar oldida ta’lim, bandlik, xavfsizlik, inson huquqlari, iqlim o‘zgarishi va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq murakkab masalalar turibdi. Bunday sharoitda yoshlarni tinglashning o‘zi yetarli emas — ularning o‘z hayoti va kelajagiga daxldor qarorlarni qabul qilishda faol ishtiroki prinsipial ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda Yoshlar parlamentlari ana shunday ishtirokni ta’minlaydigan ta’sirchan maydonga aylandi. Ular orqali yoshlarning g‘oya va tashabbuslari parlament muhokamalariga, qonunchilik jarayonlariga va aniq qarorlarga kirib bormoqda.
Samarqandda ilgari surilayotgan g‘oya va takliflar milliy parlamentlar faoliyatida, qonunchilik tashabbuslari va yangi hamkorlik loyihalarida amaliy davomini topishiga ishonaman.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 21 756 |
| 14 | Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
—
Поздравление участникам XII Всемирной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 18 520 |
| 15 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Samarqandga dunyoning turli mamlakatlaridan yosh parlamentarilar tashrif buyurmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 4–6-sentabr kunlari Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. U turli mamlakatlar yosh parlamentarilarini bugungi avlod uchun muhim bo‘lgan masalalar atrofida birlashtiradi.
Oldinda ochiq muloqot va jiddiy muhokamalar. Raqamli dunyoda yoshlar huquqlari, munosib mehnat va iqtisodiy imkoniyatlar, iqlim o‘zgarishi, siyosiy jarayonlarda yoshlarning ovozi va ishtiroki konferensiyaning asosiy mavzulari bo‘ladi.
Turli tajribalar, qarashlar va yangi g‘oyalar yoshlar uchun muhim masalalarga amaliy yechimlar topishga xizmat qilishiga ishonaman.
Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi ishtirokchilari, O‘zbekistonga, Samarqandga xush kelibsiz!
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva | 24 433 |
| 16 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning o‘z kuchiga, salohiyatiga va kelajagiga bo‘lgan ishonchidir.
O‘tgan 35 yil xalqimiz taqdirida ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar va yangi imkoniyatlar davri bo‘ldi. Bugungi O‘zbekistonda bu yillar davomida to‘plangan tajriba, xalqimizning mehnati va o‘z kelajagini o‘zi bunyod etishga bo‘lgan qat’iy ishonch mujassam. Bu — barchamiz faxr bilan davom ettirayotgan yo‘l.
Aziz yurtdoshlar, barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz fayzli bo‘lsin. Farzandlarimiz baxtli, kelajagimiz yorug‘ bo‘lsin. Elimizning birdamligi, mehr-oqibati va bunyodkorlik ruhi bizni doimo yangi marralar sari yetaklasin.
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
#Mustaqillik35
@tanzilanarbaeva | 22 048 |
| 17 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning o‘z kuchiga, salohiyatiga va kelajagiga bo‘lgan ishonchidir.
O‘tgan 35 yil xalqimiz taqdirida ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar va yangi imkoniyatlar davri bo‘ldi. Bugungi O‘zbekistonda bu yillar davomida to‘plangan tajriba, xalqimizning mehnati va o‘z kelajagini o‘zi bunyod etishga bo‘lgan qat’iy ishonch mujassam. Bu — barchamiz faxr bilan davom ettirayotgan yo‘l.
Aziz yurtdoshlar, barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz fayzli bo‘lsin. Farzandlarimiz baxtli, kelajagimiz yorug‘ bo‘lsin. Elimizning birdamligi, mehr-oqibati va bunyodkorlik ruhi bizni doimo yangi marralar sari yetaklasin.
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
#Mustaqillik35
@tanzilanarbaeva | 36 |
| 18 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Oliy Majlis Senatida Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun bilan senatorlar va deputatlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida jahonda kechayotgan o‘zgarishlar, Osiyoning tobora ortib borayotgan o‘rni, samarali davlat boshqaruvi, ta’lim, inson kapitali va innovatsiyalar haqida fikr almashildi.
Li Syan Lun O‘zbekiston va Singapur geografik jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lsa-da, mamlakatlarimizni ko‘p jihatlar bog‘lab turishiga alohida urg‘u berdi. Xalq farovonligini oshirish, inson salohiyatini yuksaltirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi maqsadlarimiz yaqinligi qayd etildi.
Kelgusi yili davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. O‘tgan davrda o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan mustahkam sheriklik shakllandi. Bugun uning amaliy natijalari iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarda, bilim va tajriba almashinuvida namoyon bo‘lmoqda.
Parlamentlararo muloqot ham ikki tomonlama aloqalarning muhim yo‘nalishidir. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy ijrosiga ko‘maklashish va yangi tashabbuslarga yo‘l ochish parlamentlarimiz oldida turgan muhim vazifalardandir.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva | 22 089 |
| 19 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning ulug‘ ayyomi keng nishonlanayotgan shu qutlug‘ kunlarda Singapur Respublikasi Katta vaziri, hurmatli Li Syan Lun janoblari boshchiligidagi delegatsiyani Oliy Majlis Senatida ko‘rganimizdan mamnun bo‘ldik.
O‘zbekiston–Singapur munosabatlari qariyb 30 yillik tarixga ega. Keyingi yillarda davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muloqotlar ikki mamlakat hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi.
Bu jarayonda parlamentlararo aloqalar ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari, qo‘mitalar va parlamentlararo do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Bugungi muloqot esa ushbu aloqalarni yanada mazmunan boyitish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Li Syan Lun xalq vakillari oldida mazmunli nutq so‘zlab, O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi. Davlat boshqaruvi, ta’lim, inson kapitali, iqlim o‘zgarishi, innovatsiyalar va iqtisodiy taraqqiyot sohalarida tajriba almashish muhimligini qayd etdi.
Parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish doirasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish, do‘stlik guruhlari va qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Singapur Respublikasi Katta vazirining tashrifi va istiqbolga qaratilgan nutqi O‘zbekiston–Singapur hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish uchun katta imkoniyatlar borligini ko‘rsatdi. Endi asosiy maqsad — o‘zaro tajribani amaliy tashabbuslarga aylantirib, hamkorlikni yanada kuchaytirish.
#senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva | 27 |
| 20 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
#mustaqillik35
@tanzilanarbaeva | 23 535 |
